108
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning
moddiy manbayi jamiyat
ishtirokchilarining hissalaridan tashkil topgan ustav fondi (kapitali)dir.
Ustav kapitalining miqdori odatda ustavda nazarda tutiladi, lekin u qonun
hujjatlarida belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. Jamiyat
fuqarolarning ixtiyoriy ravishda tuzadigan tashkiloti bo‘lganligi tufayli
hissaning yetmay qolgan qismini undirish uchun sudda da’vo
qo‘zg‘atilmaydi. Bunday hollarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
qoidalarga binoan ustav fondiga qo‘shiladigan
hissaning miqdori
kamaytirilishi yoki jamiyatning faoliyati tugatilishi mumkin. Ustav
fondining miqdori qisqartiriladigan bo‘lsa, bu haqida jamiyatning
kreditorlari, albatta, xabardor qilinadi. Ular majburiyatni jamiyat tomonidan
belgilangan muddatdan oldin bajarishni yoki uni bekor qilishni va shu
tufayli yetkazilgan zararni qoplashni undan talab qilish huquqiga ega.
Kommandit (ishonchga asoslangan) shirkatni boshqarish uning to‘liq
sheriklari tomonidan amalga oshiriladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatda
bunday emas. Bu jamiyatda uning barcha ishtirokchilari teng va jamiyat
faoliyatini boshqarish uchun ulardan birontasiga qonunda ustunlik
berilmagan. Shuning uchun ham jamiyat ishtirokchilari
tomonidan uning
boshqaruv organini tuzish nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning umumiy
majlisi jamiyatning oliy organi hisoblanadi.
Umumiy majlis mahalliy
ahamiyatga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni, jamiyatning ichki ishlarini
hal qilishga qaratilgan qarorlarni qabul qilish huquqiga ega. Kundalik
muammolarni hal qilish uchun va umumiy majlisga hisobot berib turuvchi
va unga itoat etadigan ijrochi organ tuziladi. Bunday organ yakka direktor
yoki maslahatchilar hayʼati (kollegiya)dan iborat bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari
uning majburiyatlari
boʻyicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan
hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida
belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladi.
Demak, jamiyat majburiyatlari boʻyicha hamma ishtirokchilar sheriklik
(solidar) asosida karrali miqdorda bir tekisda qo‘shimcha (subsidiar)
javobgar bo‘ladilar
(FKning 63-moddasi).
Ushbu moddaga binoan
ishtirokchilardan birortasi bankrot bo‘lsa, javobgarlik boshqa ishtirokchilar
o‘rtasida ularning hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanishi mumkin.
Jamiyatning ta’sis hujjatlari ta’sis shartnomasidan va uning ustavidan
iborat. Ta’sis shartnomasi jamiyatni tashkil etish paytida uning
ta’sischilarining huquq va burchlarini belgilaydi hamda tartibga soladi.
Jamiyatning davlat roʻyxatidan o‘tkazilishi va ta’sischilar o‘z zimmalariga
olgan majburiyatlarining bajarilishi bilan ta’sis shartnomasi o‘z
kuchini
109
yo‘qotadi. Ustav esa, o‘z navbatida, jamiyatning yuridik shaxs sifatida
huquqiy maqomini belgilaydi. Barcha manfaatdor shaxslar jamiyat ustavi
bilan tanishib chiqish huquqiga ega. Aksiyadorlarning talabi boʻyicha
jamiyat ustavi va unga keyinchalik kiritilgan o‘zgarishlar bilan tanishib
chiqish uchun aksiyadorga imkoniyat yaratib berish kerak.
Aksiyadorlik jamiyatining faoliyati uning organlari tomonidan amalga
oshiriladi. Jamiyatning oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
hisoblanadi. Umumiy yig‘ilish jamiyatning boshqaruv organi –
kuzatuv
kengashi tomonidan chaqiriladi. Ko‘p masalalar boʻyicha qarorlar oddiy
ko‘pchilik ovoz bilan, muhim masalalar boʻyicha malakaviy ko‘pchilik
ovozlar bilan qabul qilinadi.
Kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlik vazifasini
amalga oshiradi. Umumiy yig‘ilish vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar
yuzasidan kuzatuv kengashi qaror qabul qilish huquqiga ega emas.
Har qanday fuqaro u jamiyat aksiyadori bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan
qatʼi nazar, kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi mumkin. Kuzatuv
kengashining a’zolari jamiyatning yillik umumiy yig‘ilishida saylanadi.
Kengash a’zolari o‘z tarkibidan yopiq ovoz bilan kuzatuv kengashi raisini
saylaydi.
Kuzatuv kengashining qarorlari, agar ustavda boshqacha hol
nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda qatnashgan kengash a’zolarining
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat ustavida majlisda ovozlar
teng taqsimlangan taqdirda kengash raisiga hal qiluvchi ovoz berish
huquqi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilish qarori bilan kuzatuv kengashi a’zosining vakolati turli asoslarga
ko‘ra muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: