Тошкент давлат юридик университети


Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet148/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi 
mulkdorining huquq va majburiyatlari 
 
Yer resurslaridan samarali, oqilona foydalanish hamda ularni 
muhofaza qilish ko‘p jihatdan yer egalari va yerdan foydalanuvchi 
subyektlarning yerdan foydalanish bo‘yicha qonunda belgilangan huquq 
va majburiyatlariga qanchalik og‘ishmay rioya qilishlari, ularni 
bajarishlariga 
bog‘liq bo‘ladi. Yoxud yer egalari va yerdan 
foydalanuvchilarning yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonun 
normalariga og‘ishmay itoat etishlari, ularni to‘la ijro qilishlari yerdan 
maqsadga muvofiq foydalanish hamda muhofazasini ta’minlashga xizmat 
qiladi.
Ushbu qonunlar normalaridagi asosiy talablar yerdan ilm-fan 
tavsiyalari asosida foydalanish, yerdan kelajak avlod manfaatlarini ham 
inobatga olib foydalanish, yerdan aniq belgilangan maqsad asosida 
foydalanish, yerni ishdan chiqarmaslik, ifloslantirmaslik, yerdan xalq 
farovonligi yo‘lida, mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash yo‘lida 
foydalanishdan iboratdir.
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi 
mulkdori quyidagi huquqlarga ega: 

yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga muvofiq mustaqil 
xo‘jalik yuritish; 

qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari hamda dov-
daraxtlarga, yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti va uni realizatsiya 
qilishdan olingan daromadga bo‘lgan mulk huquqi; 


165 

yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, 
o‘rmonzorlar, suv obyektlaridan xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan 
tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga 
solish; 

yerlarni sug‘orish va ularning zaxini qochirish, agrotexnika va 
boshqa melioratsiya ishlari o‘tkazish; 

qishloq xo‘jalik ekinlarini, dov-daraxtlarni sug‘orish hamda 
boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv 
olish; 

belgilangan tartibda uy-joy binolari, ishlab chiqarish, madaniy-
maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlarni barpo etish, yer 
uchastkalaridan foydalanish maqsadi va loyiha hujjatlariga muvofiq ularni 
qayta qurish va buzib tashlash. Yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar bu 
ishlarni yer egalari bilan kelishib amalga oshirishga haqli; 

yer uchastkasi olib qo

yilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning 
(shu jumladan, boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer 
uchastkasidan 
ixtiyoriy 
ravishda 
voz 
kechilganida 
sarflangan 
xarajatlarning to‘lanishini talab qilish; 

yer uchastkasini yoki uning bir qismini qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda vaqtincha foydalanishga va ichki xo‘jalik ijarasiga 
berish.
Yer egasi bo‘lgan fuqaro yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan 
umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida 
olingan shunday huquqni dehqon xo‘jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy 
qurish maqsadida kreditlar olish uchun garovga qo

yishi mumkin.
Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachi va yer uchastkasi 
muldorlari yerdan foydalanishda huquqlar bilan bir qatorda ma’lum 
majburiyatlarni ham bajarishlari kerak. Bu majburiyatlar yer kodeksining 
40-moddasida belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 

yerdan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish, 
tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza 
qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida 
hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik; 

ishlab turgan irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari, muhandislik 
kommunikatsiyalarini soz holatda saqlab turish; 

yerlarni muhofaza qilishga oid, ushbu Kodeksning 79-moddasida 
nazarda tutilgan turkum tadbirlarni amalga oshirish; 


166 

yer solig‘ini yoki yer uchun ijara haqini o‘z vaqtida to‘lash; 

boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari 
ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik; 

foydali qazilma konlarini ishlatish, qurilish va boshqa ishlarni 
amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jalik yerlari va o‘rmonzorlarni 
ularga ehtiyoj qolmaganidan keyin o‘z hisobidan qishloq xo‘jaligi, o‘rmon 
xo‘jaligi yoki baliq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holatga, mazkur 
ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa belgilangan 
maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish; 

foydali qazilma konlarini ishlatish chog‘ida, shuningdek boshqa 
ishlarni amalga oshirish paytida o‘zlariga egalik qilishga va foydalanishga 
hamda mulk etib berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkalari 
hududidan tashqaridagi qishloq xo‘jalik ekinzorlari, o‘rmonzorlar va 
boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishni oldini olish yoki uni mumkin 
qadar cheklash chora-tadbirlarini amalga oshirish; 

mahalliy davlat hokimiyati organlariga yerdan foydalanish 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida 
taqdim etish; 

boshqa 
yer 
egalariga, 
yerdan 
foydalanuvchilarga, 
yer 
uchastkalarining ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni 
belgilangan tartibda qoplash.
Qonun hujjatlariga muvofiq yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer 
uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari boshqa majburiyatlarga ham 
ega bo‘lishlari mumkin.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi 
mulkdorining huquqlarining ta’minlanishi qonun bilan kafolatlanadi. Yer 
kodeksining 41-moddasida ko‘rsatilishicha, yer egalari va yerdan 
foydalanuvchilarning faoliyatiga davlat, xo‘jalik organlari, mansabdor 
shaxslarning aralashuvi taqiqlanadi. Yer egalari va foydalanuvchilarning 
buzilgan huquqlari tiklanishi kerak va yetkazilgan zarar, shu jumladan boy 
berilgan foyda to‘la hajmda qoplanishi lozim.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish