Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet147/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

yer berish jarayoni
muhim 
ahamiyatga ega. Yer berish foydalanishni keltirib chiqaruvchi asosiy 
vosita bo‘lib, bu jarayon ma’lum bosqichlardan iborat. Dastlabki bosqich 
yer berilishini so‘rab berishdir; ikkinchi bosqich ushbu arizani tegishli 
davlat organida ko‘rib chiqish; uchinchisi yer berish to‘g‘risida qaror 
chiqarish; to‘rtinchisi natura tartibida yer uchastkasini joyida yer 
tuzilishiga asosan ajratib berishdan iborat. Demak, yerdan foydalanish o‘z-
o‘zidan kelib chiqmasdan, balki belgilangan tartibda, yer berish jarayoni 
orqali amalga oshiriladi. Yer uchastkasidan natura holida ajratib 
berilgandan so‘nggina foydalanish mumkin. Aks holda yerdan g‘ayri 
qonuniy foydalanish kelib chiqadi.
Biror-bir foydalanuvchi egaligida bo‘lgan yer uchastkalarini boshqa 
bir foydalanuvchi egaligiga berish to‘g‘risida qaror chiqarilishi yoki olib 
berilishi mumkin emas. Yer uchastkalari foydalanib kelayotgan 
subyektdan qonunda belgilangan tartibda to‘liq olib qo

yilgandan 
so‘nggina, boshqa foydalanuvchiga berilishi mumkin. Yer berish ilmiy 
asosda, belgilangan maqsad yo‘lida, yerning shart-sharoitlari, tuproq 
unumdorligiga qarab amalga oshiriladi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar
ga “Yer 
uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati”, “Yer 
uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati”, “Yer 
uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini 
beruvchi davlat hujjati”, “Yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini 
beruvchi davlat hujjati”, “Yer uchastkasi ijarasi shartnomasi” kiradi. Sanab 
ko‘rsatilgan hujjatlarga ega bo‘lish yerdan foydalanish huquqini keltirib 
chiqarishga asos bo‘ladi.
Yerga egalik qilish huquqini va undan foydalanish huquqini 
bekor qilish
deganda, foydalanish uchun berib qo

yilgan yer 
uchastkalarini tegishli davlat organlari tomonidan qaytarib olish va shu yer 
uchastkasini bundan keyin o‘sha foydalanuvchi ishlata olish huquqiga ega 
emasligi tushuniladi. Foydalanish uchun berib quyilgan yer uchastkalarini 
qaytarib yoki tortib olish yoxud boshqacha qilib aytganda, yerga egalik 
qilish huquqini va undan foydalanish huquqini bekor qilishga faqat tegishli 
hokimliklarning haqlari bor.


163 
Yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqini bekor bo‘lish 
asoslari O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasida 
ko‘rsatilgan. Butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish 
huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, 
shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor 
qilinadi: 

yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda; 

yer uchastkasiga berilgan muddat tugaganda; 

yuridik shaxs tugatilganda; 

xizmatda foydalanish uchun chek yer berib qo’yishga asos 
bo‘lgan mehnatga oid munosabatlar bekor bo‘lganda, agar qonun 
hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa; 

yer 
uchastkasidan 
belgilanganidan 
boshqa 
maqsadlarda 
foydalanilganida; 

yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda, bu qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun hosildorlik darajasi uch yil 
mobaynida normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past bo‘lishida 
ifodalanganda; 

yer uchastkasidan tuproq unumdorligi pasayishiga, uning 
kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga, ekologik 
vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan 
taqdirda; 

qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yer solig‘i, 
shuningdek ijaraga olish shartnomasida belgilangan muddatlarda ijara haqi 
muntazam to‘lanmay kelinganda; 

qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo

yilgan yer 
uchastkasidan bir yil mobaynida va qishloq xo‘jaligi sohasiga taalluqli 
bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berib qo

yilgan yer uchastkasidan ikki yil 
mobaynida foydalanilmaganida; 

meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini 
beruvchi order kimoshdi savdosi asosida sotib olinganidan keyin yer 
uchastkasidan ikki yil mobaynida foydalanilmaganida, yer uchastkasiga 
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi garovda bo‘lgan 
taqdirda esa garov shartnomasi muddati mobaynida foydalanilmaganida. 
Foydalanilmayotgan yer uchastkalari avvalgi egalaridan ular to‘lagan haq 
qiymati qoplangan holda olib qo

yiladi; 

yer uchastkasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib 
qo

yilganida.


164 
Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi belgilangan tartibda 
quyidagi hollarda bekor qilinadi:

savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, Shuningdek uy-joy 
binolari va boshqa binolar yoki binolarning bir qismi shu binolar 
joylashgan yer uchastkalari bilan birga sotilganda; 

davlat va jamoat ehtiyojlari uchun savdo va xizmat ko‘rsatish 
sohasi obyektlari, shuningdek uy-joy binolari va boshqa binolar yoki 
binolarning bir qismi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda 
qayta sotib olinganda; 

qonunda belgilangan hollarda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi 
obyektlari, shuningdek uy-joy binolari va boshqa imoratlar yoki 
imoratlarning bir qismi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga 
musodara etilganda; 

ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv yer uchastkasiga qaratilganda.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish