Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

 
 
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR. 
. . . . . . . . . . . . . . . . . . 362 
 
 
 



KIRISH 
 
Mamlakatimizning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida tabiiy 
muhit holatini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning 
huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish, inson va tabiat 
o‘rtasidagi munosabatlarning uyg‘un muvozanatda rivojlanishiga erishish, 
ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ayrim tabiiy obyektlarning 
muhofaza qilinishini ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega 
bo‘lish huquqini kafolatlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq davlatimiz bu sohada keng qamrovli 
islohotlarni amalga oshirib kelmoqda.
Hozirda barqaror rivojlanib borayotgan O‘zbekiston Respublikasida 
amalga oshirilayotgan ekologik siyosat natijasida ekologik inqirozning 
zararini kamaytirish, yangi inqiroziy jarayonlarning oldini olish yuzasidan 
qattiq va keskin chora-tadbirlar qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lgan, zamon 
talabi darajasidagi atrof-muhitni muhofaza qilish tizimi yaratilgan. Ushbu 
tizim jamiyat va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qolish, 
fuqarolarning qulay atrof-muhitda yashashini va ekologik xavfsizlikni 
ta’minlash, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiat 
boyliklarining butligi va muhofazaga olinganligini kafolatlaydigan 
tashkiliy-huquqiy mexanizm hisoblanadi. Mazkur mexanizmning amalga 
oshirilish jarayoni ko‘p jihatdan ekologik qonunchilik tizimi va holatidan 
kelib chiqadi. 
Shundan kelib chiqqan holda ekologiya sohasidagi milliy qonunchilik 
tizimini takomillashtirish yo‘nalishida pirovard natijalarga erishish uchun 
hozirgi zamon talablariga javob beradigan malakali yuridik kadrlarni 
tayyorlash talab etiladi. Aynan shu kabi maqsadlar ko‘zlangan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ–1990-sonli “Yuridik 
kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi va 2017-yil 28-apreldagi PQ–2932-sonli “Toshkent davlat 
yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish 
va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga 
muvofiq zamonaviy yuridik fanning yutuqlarini, davlat-huquqiy, sud, 
huquqni muhofaza qilish, huquqni qo‘llash sohalaridagi demokratik 
o‘zgarishlar tajribasini inobatga olgan holda huquqiy fanlar va predmetlar 
bo‘yicha yangi avlod darsliklari tayyorlanishi ko‘zda tutilib, yuridik ta’lim 
tizimining fundamental negizini tubdan isloh qilish va yaxshilash 
poydevori yaratildi. Shu ma’noda mazkur “Ekologiya huquqi” darsligi 
ham yuqoridagi maqsadlarga erishishga xizmat qiladi. 



Shundan kelib chiqqan holda ushbu o‘quv darsligining asosiy vazifasi 
bo‘lajak yuridik kadrlarda tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil 
ravishda egallash va ulardan foydalanish, ekologiya huquqini, ekologik 
huquqiy tartibga solish amaliyoti nazariy asoslarini, ularni ishlab chiqarish 
amaliyotida qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirishdan iboratdir. Bu esa 
qonunlarni takomillashtirish, ularni amaliyotda qo‘llash mexanizmini 
mukammallashtirish, pirovard natijada qonun ustuvorligini jamiyat 
hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Darslik umumiy va maxsus qismlardan tashkil topgan.
Darslik ekologiya qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o
‘zgartish va
qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va qonun osti normativ-huquqiy hujjatlari, 
tegishli Davlat dasturlari talablari inobatga olingan holda tayyorlangan. 
O‘ylaymizki, ushbu darslik hurmatli kitobxon va aziz o‘quvchilarga 
ekologiya sohasidagi bilimlarni kengroq egallashga yordam beradi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish