Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

146


• 
sodir
etilgan 
qilmishning xususiyatini,
birmchi 
marta
ijtimoiy 
xavfi katra bo‘lmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga olib
materiallami voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga qarab 
chiqish uchun berish maqsadga muvofiq bo‘Isa;
• agarda, jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchiga qo‘yilgan ayb- 
lovni to ‘ldirish yoki uni og'irlashtirish tomoniga yoxud haqiqiy 
holatlarga ko‘ra, awalgi ayblovdan jiddiy farq qiladigan tomonga 
o‘zgartirish talab qilinsa, prokuror yoki uning o‘rinbosari qo‘shim- 
cha yoki o‘zgartirilgan ayb e’lon qilish uchun ishni qo‘shimcha 
tergovga qaytaradi.
4.2. Protsessual majburlov choralari qoMlashning qonuniyligi
ustidan prokuror nazorati tushunchasi va vazifalari
Ushbu masalada prokurorlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti- 
tutsiyasi va qonunlari hamda qonunosti hujjatlarida ko‘rsatilgan 
talablarga qay darajada amal qilinayotganligi, fuqarolarning huquq 
va erkinliklari muhofazasi qay darajada ta’minlanayotganligi, kerak 
bo‘lsa, xalqaro konvensiya talablari asosida ularning huquqlari 
muhofazasi ta ’minlanayotganligi e’tiborida bo‘lishi lozim.
Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini 
amalga oshirishga to ‘sqinlik qilayotgan, o ‘ziga yuklatilgan majbu- 
riyatlarni bajarmayotgan bo‘Isa, shuningdek, gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm 
ijrosini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi, 
prokuror va sud 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKda belgilangan 
hollarda hamda tartibda majburlov choralarni qo‘llashga haqlidir. 
Protsessual majburlov choralarini qo‘llash qonuniy va asoslangan 
bo‘lishi lozim. Faqat qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud 
bo‘lganda qo‘llanishi mumkin.
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza 
o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual 
majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxslarga nisbatan g‘ayriinsoniy 
munosabatda bo‘lish mumkin emas. Ularga nisbatan protsessual 
majburlov chorasi qo‘llanilganda, bu haqda yigirma to ‘rt soatdan 
kechiktirmasdan uning oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan 
taqdirda, qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi, 
shuningdek, bu haqda ish yoki o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart.
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza o‘tka- 
zish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual
147


majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi 
bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabamomaning 
nusxasi ishga ilova qilinadi.
Prokurorning protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqi­
dagi ko‘rsatmasi surishtiruvchi va tergovchi uchun majburiydir. 
Bunday ko‘rsatmalarga e’tirozlar bo‘Isa, qonunda belgilangan tar­
tibda tergovchi yuqori turuvchi prokurorga shikoyat bilan murojaat 
qilishi mumkin.
Fuqarolami ushlash, qamoqqa olish va jinoiy javobgarlikka 
tortishda qonunga, tergov va gumon ostidagilar hamda ayblanuv­
chilarni qamoqda saqlashda protsessual qonunchilik muddatlariga 
rioya qilish ustidan nazorat masalalariga alohida to ‘xtalib o'tsak. 
Prokurorlar:
• qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash uchun sudga iltimos­
noma bilan og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llash 
lozimligi: 
^
• og‘ir jinoyat sodir qilganlikda fosh etilgan jinoyatchini ozod- 
likda qolishi holatlariga keskin barham berish lozimligi;
• uncha og‘ir boMmagan jinoyatlar uchun qamoqqa olish ehtiyot 
chorasini qo‘llash uchun sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishni 
maqsadga muvofiqmi yoki yo‘qligi masalasiga alohida e’tibor berilishi 
kerakligi;
• har bir jinoyat ishi bo'yicha ayblanuvchining yoshi, sog‘lig‘i, 
oilaviy ahvoli, nima ish bilan shug'ullanishi va unga qarshi to'plan- 
gan dalillaming mazmunini inobatga olinishi kerakligi;
• prokurorlar qamoqqa olishga ruxsat berish uchun sudga iltimos­
noma bilan murojaat qilishdan oldin shaxsan jinoyat ishi material- 
lari bilan tanishishlari va qamoqqa olinishi lozim bo‘lgan shaxsni 
so‘roq qilishlari shartligi;
• shahar va tuman prokurorlari sud tomonidan shaxsni qamoqqa 
olganidan so‘ng ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish to ‘g‘risidagi 
sud qarori (ajrimi)ning nusxasini yuqori turuvchi prokurorga yubo- 
rishi lozimligi;
• jinoyat sodir qilganlikda gumondor sifatida fuqarolami ushlab 
turish qonuniyligi ustidan nazorat kuchaytirilishi va muntazam 
ravishda har 10 kunda kamida bir marta tekshirib borilishi lozimligi;
• tergov hibsxonalarida saqlanayotgan mahbuslami qamoqda 
ushlab turishning qonuniyligi oyda kamida bir marta tekshirib 
borilishi lozimligi;
148


• qonunda ko‘rsatilgan qamoqda saqlash muddati va bu muddat 
tegishli tartibda uzaytirilmagan hollarda qamoqdagi shaxs darhol 
ozod qilinishi kerakligiga alohida e’tibor berishi lozim;
• prokurorlar tomonidan qonunni qasddan har qanday chetlab 
o ‘tish, adolatsizlikka yo‘l qo‘yish, g‘ayriqonuniy ravishda fuqarolarni 
ushlash, hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortish, tintuv o‘tkazish 
kabi harakatlarga favqulodda hodisa deb qaralishi lozim;
• javobgar shaxslarga tegishli chora ko‘rilishi shart;
• fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya­
lash lozim. Protsessual majburlov choralarini to‘g‘ri qoilanishi 
ustidan nazoratning maqsadi ham aynan shu hisoblanadi.
Jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasini 
ta ’minlash yuzasidan prokuror nazoratini tubdan yaxshilash 
to ‘g‘risida Bosh prokurorning 2005-yil 17-fevraldagi 40-buyrug‘i 
qabul qilingan. Buyruq talablariga ko‘ra:
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli tarmoq- 
lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar, 
tuman-shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokuror­
lar surishtiruv va dastlabki tergovning barcha bosqichlarida jinoyat 
protsessual qonun normalarining og‘ishmay bajarilishi ustidan 
qat’iy nazoratni ta’minlashlari zarur;
• jinoyat protsessida shaxsning O 1 zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, protsessual qonunchiligi hamda xalqaro-huquqiy 
hujjatlarda vakolatlangan huquq va erkinliklarining ta’minlanishiga 
bosh mezon sifatida qaralishi kerak;
• jinoyat ishlarini yuritish chog'ida mutasaddi davlat organlari 
va mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarga to ‘liq amal qilinishi 
hamda shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolar­
ning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, aybsizlik prezump- 
siyasi, jinoyat protsessining boshqa insonparvarlik prinsiplariga rioya 
etilishi ustidan samarali va ta’sirchan nazorat ta’minlashlari lozim;
• surishtiruv va tergovning boshlang‘ich bosqichlaridan jinoyat 
protsessi ishtirokchilarining qonunda belgilangan tartibda himoya 
huquqi bilan ta’minlanishiga alohida e ’tibor qaratish zarur;
• surishtiruv va tergov harakatlarini o ‘tkazishda qonunni har 
qanday tarzda buzish, adolatsizlikka yo‘l qo‘yish, shaxsning qadr- 
qimmati, sha’nini kamsitish va ayblanuvchi (gumonlanuvchi)ning 
himoya huquqining buzilishi holatlariga favqulodda hodisa deb 
qaralsin va aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi qonun doirasida 
hal qilinishi lozim;
149


• fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, 
o‘zaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefonlar orqali so‘zlashuv- 
larining sir saqlanishi to ‘g‘risidagi konstitutsiyaviy kafolatlarni 
cheklash bilan bogliq tergov harakatlarining o ‘tkazilishiga ruxsat 
berishda jinoyat ishida yetarli asoslar mavjudligi sinchkovlik bilan 
tekshirilishi kerak;
• prokuror roziligisiz o‘tkazilgan tintuvlaming asosliligi zudlik 
bilan o‘rganib borilsin. Zaruriyatsiz, qonunga xilof tarzda tintuv 
o‘tkazish va ashyolarni olib qo‘yishning har bir holati yuzasidan 
qat’iy munosabat bildirilishi lozim;
• fuqarolami jinoyat sodir etganlikda gumon qilib ushlashning 
asoslari va qonuniyligi har o‘n kunda kamida bir marotaba tekshirib 
borilishi zarur;
• gumonlanuvchi, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish, qamoqda 
saqlab turish yoki ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga 
joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari qo‘llanil- 
ganida, bu haqda 24 soatdan kechiktirmasdan, ufting oila a’zolariga 
yoxud yaqin qarindoshlariga, agarda bu shaxs chet el fuqarosi bo‘lsa, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish 
shartligi to‘g‘risidagi qonun talablariga og‘ishmay rioya qilinishi lozim;
• prokurorlar tergov va surishtiruv organlari tomonidan ushlab 
turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy 
muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj 
voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, qaramog‘ida 
bo'lgan boshqa shaxslarini qarindoshlarining yoki tegishli muassasa- 
laming homiyligiga topshirishi hamda protsessual majburlov chorasi 
qo'lianilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud 
uy-joyi bo‘lsa, ularning qo‘riqlanishini tashkil etish choralari ko‘rili- 
shiga alohida e ’tibor qaratishlari kerak.
Qamoqqa olishga ruxsat berish uchun sudga iltimosnoma bilan 
murojaat qilish to ‘g‘risidagi masalani hal qilishda prokurorlarning 
shaxsiy mas’uliyati oshirilishi talab etilib, prokurorlar surishtiruv 
va tergov jarayonida jinoyat protsessual qonunchilik talablariga rioya 
qilinganligiga baho bergan holda barcha qamoqqa olish uchun sudga 
iltimosnoma bilan hujjatlari yuborilayotgan shaxslarni shaxsan 
so‘roq qilib, ularga taalluqli quyidagi hujjatlaming mavjudligi hamda 
ishga qo‘shilganligiga alohida e’tibor qaratishlari lozim:
• shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
• yashash va ish (o‘qish) joylaridan berilgan rasmiy m a’lumot­
lar hamda tavsiyanomalar;
150


• oilaviy ahvoli, voyaga yetmagan farzandlari va qaramog‘idagi 
shaxslar haqida m a’lumotlar;
•jinoyat ishi bo'yicha yetkazilgan moddiy zararning to'liq yoki 
qisman to ‘langanligi haqidagi hujjatlar;
• muqaddam sudlangan yoki sudlanmaganligi haqidagi vakolatli 
organlardan olingan m a’lumotlar (talabnomalar);
• shuningdek, ish holatidan kelib chiqib, shaxsning turmush 
tarzi, xulq-atvori, sog‘lig‘i to ‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar haqi­
dagi hujjatlar olinib, ehtiyoj chorasini qo‘llash uchun jinoyat ishida 
yetarli asoslar mavjudligi to ‘liq tekshirilishi shart;
• voyaga yetmaganlar, ayollar hamda uncha og‘ir bo‘lmagan 
jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ehtiyot 
choralarini qo‘llashda, ularning shaxsi, oilaviy sharoiti, jinoyat 
oqibatlarini bartaraf etganliklari, qilmishlaridan pushaymonliklari, 
muqaddam sudlanmaganliklari holatlari inobatga olinishi kerak;
• ularni qamoqqa olish masalasi istisno tariqasida, ayblanuv- 
chining tergovdan qochib yashirinishi mumkinligi ehtimolini 
tasdiqlovchi aniq asoslar bo‘lgan taqdirda muhokama qilinsin;
• iqtisodiyot sohasidagi jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan 
shaxslarga nisbatan ehtiyot choralarini qo‘llash masalasiga e’tibor 
kuchaytirilib, uning muhokamasi davomida jinoyat oqibatida yetka­
zilgan moddiy zararning qoplanganligi holatiga hal qiluvchi mezon 
tariqasida qaralishi lozim;
• yetkazilgan moddiy zararning miqdori va qilmishning ijtimoiy 
xavfliligi darajasiga mutanosib ravishda, asosan, garov ehtiyot 
chorasini qo‘llashga ustuvor ahamiyat berilishi kerak;
• surishtiruv va tergov ustidan nazoratni amalga oshirishda, 
shuningdek, dastlabki tergov va ayblanuvchilarni qamoqda saqlash 
muddatlarini uzaytirish, ayblov xulosasini tasdiqlash chog‘ida e’lon 
qilingan ayblov hamda qo‘llanilgan ehtiyot chorasining asoslan- 
ganligi xolisona o‘rganilsin. Yetarli asoslar mavjud bo'lganda qamoq­
qa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o ‘zgartirish yoki bekor qilish 
masalasi muhokama qilinsin;
• tergov jarayonida qamoqqa olish ehtiyot chorasini o'zgartirish 
uchun qonunda ko‘rsatilgan asoslar vujudga kelgan taqdirda, bu 
asoslar tegishli qarorda to ‘liq ko‘rsatilgan holda gumonlanuvchi 
yoki ayblanuvchining qamoqdan ozod qilish masalasi ko‘rib 
chiqilishi lozim;
•jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya 
qilinishi yuzasidan prokuror nazoratini ta ’minlashda Birlashgan
151


M illatlar Tashkilotining «Inson qadr-qim m atini kamsituvchi 
harakatlar, qiynoq va boshqa tazyiqlarga qarshi kurash borasida»gi 
konvensiyasi va bu boradagi 0 ‘zbekiston Respublikasining amal- 
dagi qonun hujjatlarining bajarilishiga qat’iy amal qilish talab 
etiladi;
• tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish muassasalarida 
mahbus va mahkumlarning saqlanishi qonuniyligi, belgilangan 
muddatlarga rioya etilishi, ularga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy 
jazolaming qonunga muvofiqligi, jazo o ‘tash tartibi va sharoitlarini 
belgilovchi qonun talablarining bajarilishi yuzasidan har oyda bir 
marotaba tekshirishlar o‘tkazib turishlari lozim;
• tergov va surishtiruv davomida fuqarolami qiynoqqa solish, 
qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, ularga azob berish, ruhiy yoki jismo­
niy ta ’sir ko‘rsatish yoxud boshqa g‘ayriqonuniy usullar bilan 
dalillarni to ‘plash holatlari aniqlanganida zudlik bilan aybdor 
shaxslarning qonunda ko‘rsatilgan javobgarlik masalasi hal etilishi 
zarur;
• tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan 
mahbuslarda tan jarohatlarining aniqlanishi holatlari bo‘yicha 
hujjatlar sinchkovlik bilan tekshirilishi va jinoyat protsessual qonun­
chilik talablari asosida qarorlar qabul qilinishi kerak;
•jinoyat sodir etishda gumonlanib ushlangan va qamoqqa olish 
shaxslarni qonunga zid tarzda tergov va surishtiruv uchun maqbul 
ko‘rsatuv berishga majbur qilish hollariga yo‘l qo‘yilmasligi talab 
etiladi;
• surishtiruv va dastlabki tergovning har tomonlama, to ‘Iiq va 
xolisona o ‘tkazilishi ustidan nazoratni ta’minlashda, shuningdek, 
davlat ayblovini quwatlash chog‘ida dalillaming jinoyat protsessual 
qonunchilik talablari asosida vakolatli mansabdor shaxs tomonidan 
olinganligi, ularning ishga aloqadorligi va ishonchliligi to ‘liq 
tekshirilishi lozim.
Gum on qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda 
aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim:
1) ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi 
o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa;
2) uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa;
3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa.
Quyidagi hollarda shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi 
to ‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishi tugatilishi 
lozim, basharti:
152


1) shaxsni javobgarlikka tortish muddati o‘tgan bo‘lsa;
2) e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki 
shaxsga daxldor bo'lsa;
3) ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan bo‘lsa;
4) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha sudning qonuniy 
kuchga kirgan hukmi bo‘lsa;
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha ishni tugatish 
haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli 
mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoxud 
ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori bo‘Isa;
6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo‘zg‘atiladigan 
hollarda uning shikoyati bo‘lmasa, ushbu kodeksning 325-mod- 
dasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
7) shaxs ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javob­
garlikka tortish mumkin bo£Igan yoshga to‘lmagan bo‘lsa.
Shaxs ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilin- 
ganidan keyin, javobgarlikka tortish muddati o‘tgan yoki amnistiya 
akti qabul qilingan taqdirda, shuningdek, ayblanuvchi, sudlanuv­
chi vafot etgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot 
etgan ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa, 
ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday 
hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, ayblov hukmi 
jazo belgilanmasdan chiqariladi.
Jinoyat sodir etilganidan keyin o‘z harakatlarining mohiyatini 
idrok etish yoki ularni idora qilish imkoniyatidan mahrum etadigan 
ruhiy kasallikka chalinib qolgan shaxs to‘g‘risidagi jinoyat ishi ushbu 
kodeksning 6 1-bobida belgilangan tartibda ayblilik haqidagi masala 
hal qilinmasdan tugatiladi.
Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda 
tutilgan jinoyatlar to ‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi 
ushbu kodeksning 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan 
ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin.
Jinoyat ishi quyidagi hollarda shaxsning roziligi bilan uning 
aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib 

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish