Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

4.4. Jinoyat ishini sudga yuboTish
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 
372-moddasida dastlabki tergovni tamomlash turlari belgilangan 
bo‘lib, unga ko‘ra, dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish to ‘g‘risida 
qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish yoki ishni tibbiy yo‘sindagi 
majburlov choralarini qo‘llash uchun sudga yuborish to ‘g‘risida 
qaror chiqarish bilan tamomlanadi.
Jinoyat ishini tegishli sudga yuborish prokuror va uning o‘rin- 
bosari tomonidan ayblov xulosasini tasdiqlagandan so‘ng amalga 
oshiriladi. Ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash 
uchun qaror bilan ham yuborilganida, bu qaror prokuror va uning 
o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanishi lozim. Jinoyat ishi bilan birga, 
shu sudga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar 
va shikoyatlar yuboriladi.
Prokuror va uning o‘rinbosari ishning sudga yuborilganligi haqida 
ayblanuvchiga va himoyachiga, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy 
da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga darhol xabar 
qiladi va, agar iltimoslari bo‘lsa, ularni sudga yuborishga yoki sud 
majlisida bayon qilishga haqli ekanligi to ‘g‘risida ma’lum qiladi. 
Ayni vaqtda prokuror yoki uning o‘rinbosari ayblanuvchi va himoya­
chiga ayblov xulosasi hamda unga qilingan ilovalaming tasdiqlangan 
nusxalarini yuboradi, sud majlisiga chaqirilishi lozim bo'lgan shaxs­
lar ro‘yxati bundan mustasno, basharti, ayblov xulosasiga yoki
156


ilovaga o'zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa, ularni o ‘zgartirish to ‘g‘ri- 
sidagi qarorning nusxasi ham yuboriladi (JPKning 388-moddasi).
Agarda jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov mobaynida amnistiya 
to‘g‘risidagi Farmon yoki Qarorni qo‘llash yo‘li bilan jinoyat ishini 
tugatish zarurati vujudga kelsa, prokuror jinoyat ishi bo‘yicha aybli­
lik masalasini hal etmasdan turib ham, sudga amnistiya aktini qo‘l- 
lash haqida qaror bilan ishni ko‘rib chiqish uchun yuborishi 
mumkin.
Xuddi shuningdek, jinoyat ishi yuzasidan ayblilik masalasini 
hal etmasdan turib, yarashuv to ‘g‘risidagi bitimni qo'llash haqidagi 
jinoyat ishlarini qaror bilan sudga yuborilishi ham mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi «Jinoiy 
jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan 0 ‘zbekiston Res­
publikasining Jinoyat, Jinoyat protsessual kodekslari hamda 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shim- 
chalar kiritish haqida»gi Qonuni bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi 
JPKning 36-moddasi, ya’ni tergovchining vakolatlariga tugallangan 
ishni qo‘shimcha tergovga qaytarish haqidagi ko‘rsatmalariga rozi 
bo‘lmasa, o‘z e’tirozlarini yozma ravishda bayon qilgan holda ishni 
yuqori turuvchi prokurorga taqdim etishga haqliligi belgilab berildi. 
Bunga ko‘ra, tergovchilar ayblov xulosasi bilan tugallagan jinoyat 
ishi yuzasidan tegishli prokuror ayblov xulosasini tasdiqlamasdan, 
ishni qo‘shimcha tergov harakatlarini olib borish uchun qaror 
bilan qaytargan bo‘lsa, tergovchi prokurorning qo‘shimcha tergov 
olib borish lozimligini ko‘rsatuvchi qarorini bajarmasdan turib, 
yuqori turuvchi prokurorga o ‘z e’tirozlari bilan yozma ravishda ishni 
o‘z e’tiroznomasiga qo‘shib, yuqori turuvchi prokurorga taqdim 
qiladi.
Xuddi shunday, ayblilik masalasini hal etmay turib, jinoyat 
sodir etgan shaxsga nisbatan yoki sodir etilgan harakatga nisbatan 
amnistiya qarori chiqqan bo‘lsa, amnistiya qo‘llash va jinoyat ishini 
amnistiya qo‘llanganligi munosabati bilan harakatdan tugatishlik 
uchun prokuror tomonidan qaror bilan sudga, ko‘rib chiqish uchun 
yuborilishi ham mumkin.
Amnistiya to ‘g‘risidagi Qaror, Farmonni qo‘llash masalasini, 
albatta, sud tomonidan hal qilinishi to ‘g‘risidagi qonun talabi, 
jinoyat ishini prokuror tomonidan sudga yuborish majburiyati va 
amnistiyani qo'llash jarayonida ishtirok etish m ajburiyatini 
yuklaydi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish