Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

Qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining
ishni tugatishiga rozilik beradi
У
'
"4
Ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlaydi, ishni
sudga yuboradi; qonunga muvofiq, boshqa
vakolatlami amalga oshiradi
140


4-bob. JIN O Y A T I S H I N I Q O ‘Z G ‘A T IS H , DASTLABK I
T E R G O V N I T O ‘X T A T ISH , T U G A T IS H , P R O T S E S S U A L
M A JB U R L O V C H O R A L A R I Q O ‘L L A SH N IN G Q O N U N IY L IG I
U S T ID A N N A Z O R A T . AYBLOV X U L O S A S I BILA N KELGAN
IS H L A R B O ‘Y IC H A P R O K U R O R HAL Q IL IS H I L O Z IM
B O ‘LGAN M A S A IA L A R , P R O K U R O R VAKOLATLARI
4.1. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish, dastlabki tergovni to‘xtatish,
tugatishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati
tushunchasi va vazifalari
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi 
Qonuni 28-moddasida jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga 
oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan 
nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning vakolatlari belgilangan 
bo‘lib, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi 
ariza va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal 
etish to ‘g‘risidagi qonun talablari ijrosini har oyda kamida bir 
marta tekshiradi, jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘a- 
tishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan 
ish yuritilishini. to'xtatadi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish, dastlabki tergovni to ‘xtatish va tuga­
tishning qonuniyligi ustidan nazorat qilish 0 ‘zbekiston Respub­
likasi JPK va «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonunga asosan proku- 
rorlarga yuklatilgan. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 
33-moddasida qayd etilishicha, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurori va unga bo'ysumivchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki 
tergov bosqichlarida 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining aniq 
va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonun- 
ning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qat’i nazar, 
bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlami 
o‘z vaqtida ko'rishi shart.
Prokuror o‘z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor 
shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib va 0 ‘zbekiston
141


Respublikasining Bosh prokurori ko‘rsatmalariga tayangan holda 
amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni 
27-moddasida jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan 
organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat 
predmeti belgilangan bo‘lib, unga ко‘ra, jinoyatlar to ‘g‘risidagi 
arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish va tergovni 
olib borishning qonun hujjatlarida belgilangan protsessual tartibi, 
shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan 
organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi 
jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning 
qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi.
Ushbu Qonunning 28-moddasida prokurorning vakolatlari qatoriga:
• jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishi mumkinligi;
• jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishni rad etishi mumkinligi;
• olib borilayotgan tergov harakatlarini qonuniyligi ustidan 
nazoratni olib borishi; 
K
• jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan har bir tergov hara- 
kati bo‘yicha bevosita topshiriq berish, shu tergov harakatlarida ishtirok 
etish, tergov harakatlarini amalga oshirilishini qonuniyligini ta’minlash;
• jinoyat ishlarini tugatishi mumkinligi;
•jinoyat ishlari yuzasidan ish yuritilishini to ‘xtatishi mumkinligi;
• qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tuga- 
tishiga rozilik berishi;
• ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlashi, ishni sudga yubo- 
rishi vakolatlari belgilangan.
Shuningdek, prokurorning jinoyat protsessual qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda bergan tergovoldi tekshiruvini o‘tkazish; jinoyat 
ishlari qo‘zg‘atish; tergov qilish bilan bog‘liq ko‘rsatmalari surishtiruv 
va dastlabki tergov organlari uchun majburiyligi ta’kidlangan.
Prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atishning asosliligi va qonuniyligi 
ustidan nazoratni amalga oshirishda jinoyat ishini qo‘zg‘atish asoslari 
sodir qilingan yoki tayyorlanayotgan jinoyatni tasdiqlovchi faktik 
m a’lumotlarda o ‘z aksini topganligini hisobga olishi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 337-moddasiga muvofiq 
jinoyat ishini qo‘zg‘atishning qonuniyligi ustidan nazorat olib 
borayotgan prokuror:
• surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig‘ining, tergov­
chining jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorini bekor qi- 
lishga va ish qo‘zg‘atishni rad qilishga;
142


• surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig‘ining, tergov- 
chining jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorini 
bekor qilishga va ayni vaqtda ish qo‘zg‘atishga;
• ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi yoki ish qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘ri- 
sidagi sudning ajrimi ustidan yuqori sudga protest berishga haqUdir;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 331-moddasiga muvofiq, 
surishtiruvchi yoki tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi 
qaror nusxasi ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga 
oshirishi lozim bo‘lgan prokurorga yuboradi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning qonuniyligi bilan birgalikda jinoyat 
ishi qo‘zg‘atishni rad etishni qonuniyligi ustidan ham nazoratni 
prokuror yuksak saviyada amalga oshiradi. Surishtiruv va dastlabki 
tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazo­
ratni amalga oshirishda prokuror 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 
382-moddasida belgilangan vakolatlardan foydalanadi.
Qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokurorlik 
nazorati surishtiruv va dastlabki tergov organlarining barcha fao­
liyati 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat protsessual 
qonun hujjatlariga qat’iyan va aniq muvofiq kelishi lozim.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichi — jinoyat protsessining mus- 
taqil bosqichi bo‘lib, bir tomondan, jinoiy hodisaga nisbatan darhol 
ta ’sir k o ‘rsatilishini ta ’minlasa, ikkinchi tom ondan, jinoyat 
alomatlari bo‘lgan faktlarni aniqlaydi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atilishi ustidan nazorat o‘matilishi o‘z vaq­
tida jinoyat ishini qo‘zg‘atilishi, jinoiy faoliyatni davom ettirishni 
to ‘xtatish, jinoyatni tez va to ‘la ochish, aybi bo‘lgan shaxslarni 
javobgarlikka tortilishi, aybi b o ‘lmagan shaxsni javobgarlikka 
tortilmasligi hamda jinoyat-sudlov ishlarining boshqa masalalarini 
hal qilishga yordam beradi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni yetarli asoslarsiz rad qilish, qoidaga 
ko‘ra, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzilishiga 
olib keladi. Shuning uchun jinoyat ishini qo‘zg‘atishni yetarli 
asoslarsiz rad qilishga yo‘l qo'ymaslik uchun jinoyat ishi qo‘zg‘a- 
tilgan vaqtdan boshlab emas, balki jinoyat to ‘g‘risidagi xabar kelib 
tushgan vaqtdan boshlab amalga oshirilishi lozim.
JPKning 382-moddasi talablariga ko‘ra, prokuror jinoyatlarni 
tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o ‘zgartirish yoki bekor 
qilish to ‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi, tergov yuritish hamda 
ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytirish 
to ‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qiladi.
143


Jinoyat ishini tugatish haqidagi o‘z qarorini tergovchi asoslan- 
tirilgan tarzda rasm iylashtirish y o ‘li bilan amalga oshiradi. 
Tergovchining bunday qarori, odatda, prokuror tomonidan tasdiq- 
lanmaydi. Lekin, amaliyotda qonun buzilish hollarining oldini olish 
va fuqarolarning qonunlar bilan belgilangan huquq va erkinliklarini 
ta ’minlash maqsadida har qanday jinoyat ishini tugatish haqidagi 
tergovchining qarori prokuror tomonidan o ‘rganib chiqilib, uning 
roziligi olinmog‘i lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPK ning 374-moddasiga binoan, 
jinoyat ishini tugatish to ‘g‘risidagi qaror belgilangan qoidalarga 
rioya qilingan holda tuziladi. Qaror tavsif va xulosa qismidan iborat 
bo‘ladi. Tavsif qismida qarorning nomi, qayerda va qachon chiqa- 
rilayotganligi, kim tomonidan qaysi jinoyat ishi bo‘yicha chiqarila- 
yotganligi ko‘rsatiladi.
Shuningdek, qarorning tavsif qismida: *
• jinoyat ishini qo‘zg‘atish asoslari va uning sodir etilishiga 
doir tergov vaqtida tekshirilgan tusmollar;
• gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga 
jalb qilingan shaxslar qoTlanilgan ehtiyot choralari, basharti, bu 
shaxslarga qo‘yilgan gumon yoki ayb ilgari chiqarilgan alohida qaror 
bilan tugatilmagan bo‘lsa;
• jinoyat ishini tugatish asoslari;
• bu asoslami tasdiqlovchi dalillar, ular ishning qaysi jildlari 
va sahifalarida aks ettirilganligi;
• ashyoviy dalillarning ro‘yxati, bu ashyolar saqlanayotgan 
joy va ularning egalari, shuningdek, manfaatdor shaxslar yoki muas- 
sasalar tomonidan bu ashyolarni ularga qaytarib berish to‘g‘risidagi 
iltimoslari, basharti, shunday iltimos qilingan bo‘Isa;
• fuqaroviy da’voni ta’minlash choralari bayon qilinadi. »
Qarorning xulosa qismida: 
s
• jinoyat ishini tugatish to ‘g‘risidagi; 
,
• gumonni yoki ayblovni olib tashlash to ‘g‘risidagi;
• ehtiyot choralarini, shuningdek, fuqaroviy da’voni ta’minlash 
uchun ko‘rilgan choralarni bekor qilish to ‘g‘risidagi;
• ashyoviy dalillar to ‘g‘risidagi qarorlar bayon qilinadi.
Agarda jinoyat ishi bo‘yicha bir necha shaxslar ayblanuvchi
tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan boTishsa, ularning faqat ba’zi 
biriga nisbatan jinoyat ishini tugatish asoslari mavjud boTsa, unda

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish