Qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining
ishni tugatishiga rozilik beradi
У
'
"4
Ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlaydi, ishni
sudga yuboradi; qonunga muvofiq, boshqa
vakolatlami amalga oshiradi
140
4-bob. JIN O Y A T I S H I N I Q O ‘Z G ‘A T IS H , DASTLABK I
T E R G O V N I T O ‘X T A T ISH , T U G A T IS H , P R O T S E S S U A L
M A JB U R L O V C H O R A L A R I Q O ‘L L A SH N IN G Q O N U N IY L IG I
U S T ID A N N A Z O R A T . AYBLOV X U L O S A S I BILA N KELGAN
IS H L A R B O ‘Y IC H A P R O K U R O R HAL Q IL IS H I L O Z IM
B O ‘LGAN M A S A IA L A R , P R O K U R O R VAKOLATLARI
4.1. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish, dastlabki tergovni to‘xtatish,
tugatishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati
tushunchasi va vazifalari
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi
Qonuni 28-moddasida jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga
oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan
nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning vakolatlari belgilangan
bo‘lib, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi
ariza va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal
etish to ‘g‘risidagi qonun talablari ijrosini har oyda kamida bir
marta tekshiradi, jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘a-
tishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan
ish yuritilishini. to'xtatadi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish, dastlabki tergovni to ‘xtatish va tuga
tishning qonuniyligi ustidan nazorat qilish 0 ‘zbekiston Respub
likasi JPK va «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonunga asosan proku-
rorlarga yuklatilgan. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning
33-moddasida qayd etilishicha, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori va unga bo'ysumivchi prokurorlar surishtiruv va dastlabki
tergov bosqichlarida 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining aniq
va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Prokuror surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida qonun-
ning buzilishini, kim tomonidan sodir etilganligidan qat’i nazar,
bartaraf etish uchun qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlami
o‘z vaqtida ko'rishi shart.
Prokuror o‘z vakolatlarini har qanday organ va mansabdor
shaxsdan mustaqil ravishda, faqat qonunga bo‘ysunib va 0 ‘zbekiston
141
Respublikasining Bosh prokurori ko‘rsatmalariga tayangan holda
amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni
27-moddasida jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan
organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat
predmeti belgilangan bo‘lib, unga ко‘ra, jinoyatlar to ‘g‘risidagi
arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish va tergovni
olib borishning qonun hujjatlarida belgilangan protsessual tartibi,
shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan
organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi
jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning
qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi.
Ushbu Qonunning 28-moddasida prokurorning vakolatlari qatoriga:
• jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishi mumkinligi;
• jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishni rad etishi mumkinligi;
• olib borilayotgan tergov harakatlarini qonuniyligi ustidan
nazoratni olib borishi;
K
• jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan har bir tergov hara-
kati bo‘yicha bevosita topshiriq berish, shu tergov harakatlarida ishtirok
etish, tergov harakatlarini amalga oshirilishini qonuniyligini ta’minlash;
• jinoyat ishlarini tugatishi mumkinligi;
•jinoyat ishlari yuzasidan ish yuritilishini to ‘xtatishi mumkinligi;
• qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining ishni tuga-
tishiga rozilik berishi;
• ayblov xulosasini yoki qarorini tasdiqlashi, ishni sudga yubo-
rishi vakolatlari belgilangan.
Shuningdek, prokurorning jinoyat protsessual qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda bergan tergovoldi tekshiruvini o‘tkazish; jinoyat
ishlari qo‘zg‘atish; tergov qilish bilan bog‘liq ko‘rsatmalari surishtiruv
va dastlabki tergov organlari uchun majburiyligi ta’kidlangan.
Prokuror jinoyat ishini qo‘zg‘atishning asosliligi va qonuniyligi
ustidan nazoratni amalga oshirishda jinoyat ishini qo‘zg‘atish asoslari
sodir qilingan yoki tayyorlanayotgan jinoyatni tasdiqlovchi faktik
m a’lumotlarda o ‘z aksini topganligini hisobga olishi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 337-moddasiga muvofiq
jinoyat ishini qo‘zg‘atishning qonuniyligi ustidan nazorat olib
borayotgan prokuror:
• surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig‘ining, tergov
chining jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorini bekor qi-
lishga va ish qo‘zg‘atishni rad qilishga;
142
• surishtiruvchining, surishtiruv organi boshlig‘ining, tergov-
chining jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risidagi qarorini
bekor qilishga va ayni vaqtda ish qo‘zg‘atishga;
• ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi yoki ish qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘ri-
sidagi sudning ajrimi ustidan yuqori sudga protest berishga haqUdir;
• 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 331-moddasiga muvofiq,
surishtiruvchi yoki tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi
qaror nusxasi ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga
oshirishi lozim bo‘lgan prokurorga yuboradi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning qonuniyligi bilan birgalikda jinoyat
ishi qo‘zg‘atishni rad etishni qonuniyligi ustidan ham nazoratni
prokuror yuksak saviyada amalga oshiradi. Surishtiruv va dastlabki
tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazo
ratni amalga oshirishda prokuror 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning
382-moddasida belgilangan vakolatlardan foydalanadi.
Qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokurorlik
nazorati surishtiruv va dastlabki tergov organlarining barcha fao
liyati 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoyat protsessual
qonun hujjatlariga qat’iyan va aniq muvofiq kelishi lozim.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish bosqichi — jinoyat protsessining mus-
taqil bosqichi bo‘lib, bir tomondan, jinoiy hodisaga nisbatan darhol
ta ’sir k o ‘rsatilishini ta ’minlasa, ikkinchi tom ondan, jinoyat
alomatlari bo‘lgan faktlarni aniqlaydi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atilishi ustidan nazorat o‘matilishi o‘z vaq
tida jinoyat ishini qo‘zg‘atilishi, jinoiy faoliyatni davom ettirishni
to ‘xtatish, jinoyatni tez va to ‘la ochish, aybi bo‘lgan shaxslarni
javobgarlikka tortilishi, aybi b o ‘lmagan shaxsni javobgarlikka
tortilmasligi hamda jinoyat-sudlov ishlarining boshqa masalalarini
hal qilishga yordam beradi.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atishni yetarli asoslarsiz rad qilish, qoidaga
ko‘ra, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzilishiga
olib keladi. Shuning uchun jinoyat ishini qo‘zg‘atishni yetarli
asoslarsiz rad qilishga yo‘l qo'ymaslik uchun jinoyat ishi qo‘zg‘a-
tilgan vaqtdan boshlab emas, balki jinoyat to ‘g‘risidagi xabar kelib
tushgan vaqtdan boshlab amalga oshirilishi lozim.
JPKning 382-moddasi talablariga ko‘ra, prokuror jinoyatlarni
tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o ‘zgartirish yoki bekor
qilish to ‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi, tergov yuritish hamda
ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytirish
to ‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qiladi.
143
Jinoyat ishini tugatish haqidagi o‘z qarorini tergovchi asoslan-
tirilgan tarzda rasm iylashtirish y o ‘li bilan amalga oshiradi.
Tergovchining bunday qarori, odatda, prokuror tomonidan tasdiq-
lanmaydi. Lekin, amaliyotda qonun buzilish hollarining oldini olish
va fuqarolarning qonunlar bilan belgilangan huquq va erkinliklarini
ta ’minlash maqsadida har qanday jinoyat ishini tugatish haqidagi
tergovchining qarori prokuror tomonidan o ‘rganib chiqilib, uning
roziligi olinmog‘i lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPK ning 374-moddasiga binoan,
jinoyat ishini tugatish to ‘g‘risidagi qaror belgilangan qoidalarga
rioya qilingan holda tuziladi. Qaror tavsif va xulosa qismidan iborat
bo‘ladi. Tavsif qismida qarorning nomi, qayerda va qachon chiqa-
rilayotganligi, kim tomonidan qaysi jinoyat ishi bo‘yicha chiqarila-
yotganligi ko‘rsatiladi.
Shuningdek, qarorning tavsif qismida: *
• jinoyat ishini qo‘zg‘atish asoslari va uning sodir etilishiga
doir tergov vaqtida tekshirilgan tusmollar;
• gumon qilinuvchi va ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga
jalb qilingan shaxslar qoTlanilgan ehtiyot choralari, basharti, bu
shaxslarga qo‘yilgan gumon yoki ayb ilgari chiqarilgan alohida qaror
bilan tugatilmagan bo‘lsa;
• jinoyat ishini tugatish asoslari;
• bu asoslami tasdiqlovchi dalillar, ular ishning qaysi jildlari
va sahifalarida aks ettirilganligi;
• ashyoviy dalillarning ro‘yxati, bu ashyolar saqlanayotgan
joy va ularning egalari, shuningdek, manfaatdor shaxslar yoki muas-
sasalar tomonidan bu ashyolarni ularga qaytarib berish to‘g‘risidagi
iltimoslari, basharti, shunday iltimos qilingan bo‘Isa;
• fuqaroviy da’voni ta’minlash choralari bayon qilinadi. »
Qarorning xulosa qismida:
s
• jinoyat ishini tugatish to ‘g‘risidagi;
,
• gumonni yoki ayblovni olib tashlash to ‘g‘risidagi;
• ehtiyot choralarini, shuningdek, fuqaroviy da’voni ta’minlash
uchun ko‘rilgan choralarni bekor qilish to ‘g‘risidagi;
• ashyoviy dalillar to ‘g‘risidagi qarorlar bayon qilinadi.
Agarda jinoyat ishi bo‘yicha bir necha shaxslar ayblanuvchi
tariqasida jinoyat ishiga jalb qilingan boTishsa, ularning faqat ba’zi
biriga nisbatan jinoyat ishini tugatish asoslari mavjud boTsa, unda
Do'stlaringiz bilan baham: |