Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Jinoyat ishini tugatish tushunchasi, asoslari va tartibi



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

Jinoyat ishini tugatish tushunchasi, asoslari va tartibi
144


tugatish asoslari mavjud b o ‘lgan ayblanuvchilarning qismini 
tugatiladi, qolgan ayblanuvchilarning qismi esa umumiy ish yurituv 
tartibida ayblov xulosasi bilan prokurorga yuboriladi. Ishni tugatish 
haqidagi qarorda ashyoviy dalillar taqdiri belgilab qo‘yilishi lozim. 
Agarda ish yurituvi tugatilayotgan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot 
chorasi qo‘llangan bo‘lsa, ehtiyot chorasi bekor qilinishi kerak. 
Ro‘yxatga olingan va olib qo‘yilgan mulk ro'yxatdan chiqarilib, 
egasiga qaytarilishi lozim.
Tergovchi jinoyat ishini tugatganligi haqida yozma ravishda 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi, fuqa- 
roviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga hamda 
jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun ariza bilan murojaat qilgan fuqaro 
yoki mansabdor shaxsga ma’lum qilishi shart. Shu bilan bir vaqtda, 
tergovchi jinoyat ishini tugatish haqidagi qarori ustidan shikoyat 
qilish tartibini tushuntirishi majbur hisoblanadi.
Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda 
tergovchi bu haqda yetti kunlik muddati ichida yozma ravishda tuman 
(shahar) mudofaa ishlari bo‘limiga xabar qiladi.
Jinoyat ishini tugatish ustidan prokuror nazoratini o'rganish 
uchun tugatish turlari tushunchasiga to ‘xtalib o'tamiz.
Jinoyat ishini tugatish yo‘li bilan dastlabki tergovni tamomlash 
qonunda belgilangan ( 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 83—84-mod- 
dalaridagi ko‘rsatilgan) asoslar mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. 
Birinchidan, 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasida 
ko‘rsatilgan reabilitatsiya uchun asoslar mavjud bo‘lganda, ya’ni:
• ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi 
o‘tkazilgan ish bo'yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa;
• gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining qilmishida 
jinoyat tarkibi bo‘lmasa;
• gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining sodir 
etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa.
Ikkinchidan, 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasida 
ko'rsatiJgan ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat 
ishini tugatish uchun asoslar mavjud bo'lganda, ya’ni:
• shaxsni javobgarlikka tortish muddati o‘tgan bo‘Isa;
• e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga 
daxldor bo‘lsa;
• ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan bo'lsa;
• shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha sudning qonuniy 
kuchga kirgan hukmi bo‘lsa;
10
-
21
145


• shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha ishni tugatish 
haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli 
mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoxud 
ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori bo‘lsa;
• ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo‘zg‘atiladigan 
hollarda uning shikoyati bo‘lmasa, JPKning 325-moddasida nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno;
• shaxs ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javob­
garlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to ‘lmagan bo‘lsa.
Shu yerda shuni hisobga olish lozimki, agarda shaxs jinoyat 
ishiga ayblanuvchi tariqasida jalb qilinganidan keyin, javobgarlikka 
tortish muddati o‘tgan bo‘lsa yoxud amnistiya akti qabul qilingan 
taqdirda, yoinki ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etsa, uning yaqin 
qarindoshlarini talabiga ko‘ra, ishni yuritish umumiy tartibda davom 
ettirilishi mumkin. Mabodo, ushbu hollarda hukm chiqarish uchun 
asoslar mavjud bo‘lsa, ayblov hukmi jazo belgilanmasdan chiqa- 
riladi.
Jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilganidan keyin o ‘z 
harakatlarining mohiyatini idrok etish yoki ularni idora qilish imko- 
niyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinib qolsa, ularga 
tegishli jinoyat ishi JPKning 61-bobida belgilangan tartibda ayblilik 
haqidagi masala hal qilinmasdan tugatiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 66'-moddasida 
nazarda tutilgan jinoyatlar to ‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha jabrlanuv- 
chi jinoyat sodir qilishda gum onlanayotgan, ayblanayotgan, 
sudlanayotgan shaxs bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi JPKning 
62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan ayblilik haqidagi 
masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi talabiga asosan, 
jinoyat ishi quyidagi hollarda shaxsning roziligi bilan uning aybliligi 
haqidagi masalani hal qilmay turib tugatilishi mumkin, basharti:
• ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rib chiqish paytiga kelib, 
qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan yoxud vaziyat 
o‘zgarishi oqibatida bu shaxs ijtimoiy jihatdan xavfli bo‘lmay qol- 
gan, deb e’tirof etilsa;
• birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki uncha 
og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilganidan 
keyin yetkazilgan zararni bartaraf etgan, qilmishiga chin ko‘ngildan 
pushaymon qilgan va jinoyatni fosh qilishga faol ko‘maklashgan 
b o ‘Isa;

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish