Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

126-bet.
173


0 ‘zbekiston Respublikasi bilan mustahkamlangan, oliy qadriyat 
darajasida ko‘tarilgan inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy, shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini, shuningdek, davlat 
mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzum ini, siyosiy va iqtisodiy 
tizimlarini, milliy guruhlar va hududiy tuzulmalarning huquqlarini 
g‘ayriqonuniy tajovuzlardan m uhofaza qilishni ta ’minlashga 
qaratilgan.
«Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasida prokuratura 
organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri — ushlab turil- 
ganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni 
va jinoiy-huquqiy ta ’sirining boshqa sohalarini ijro etish chog‘ida 
qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 25-apreldagi 
sessiyasida yangi Jinoyat-ijroiya kodeksi qabul qilindi. Ushbu kodeks 
xalqaro huquqning m ahkum larni qiynoqqa solish va boshqa 
g‘ayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilishni 
ko‘zda tutgan o‘ta muhim normalarini o‘z ichiga olgan va qonuniylik, 
adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda differensia- 
tsiyalash va individuallashtirishga rioya qilish, majburlov vositalarini 
oqilona qo‘llash hamda mahkumlarning qonunga itoatkor xulq- 
atvorini rag‘batlantirish prinsiplariga asoslangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 12-aprel- 
dagi «Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda 
qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi to ‘g‘risida»gi 
Nizomni tasdiqlash haqidagi 5-buyrug‘i qabul qilingan. Shu­
ningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 
11-maydagi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda 
hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi 
ustidan nazoratni yanada takomillashtirish to ‘g‘risida»gi 24-buyrug‘i 
qabul qilingan bo‘lib, unda quyidagilar ta’kidlab o‘tilgan:
«Mamlakatda yuz berayotgan huquqiy islohotlar natijasida davlat, 
jamiyat, luqaro, inson huquqlari va manfaatlariga davlat yondashuvi 
jiddiy takomillashmoqda. Davlat boshqaruvining jahon andozalariga 
mos yangicha huquqiy mexanizmi shakllanmoqda.
Biroq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda, 
qamoqqa olinganlarni saqlashda, jazoni ijro etish joylarida qonun­
larga rioya etilishi ahvoli bugungi kun talabiga javob bermaydi.
Mulkchilik, tadbirkorlik faoliyati va shartnomaviy munosabat- 
larni erkinlashuvi munosabati bilan ijro hujjatlari bo‘yicha yuridik 
shaxslardan qarzlami undirish amaliyoti birmuncha murakkablashdi.
174


Nazorat qilinmaydigan foyda olish imkoniyati vujudga kelganligi 
sababli jismoniy shaxslardan qarzlarni undirish muammosi mavjud.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlashda 
sud ijrochilari hamda boshqa ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan 
ko'pgina hollarda ijro ishi yuritishni tartibga soluvchi qonunlar 
talablari buzilishiga yo‘l qo'yilmoqda.
Xususan, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa 
organlar hujjatlarini ijro etish to ‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan 
ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqidagi qarorni undiruvchiga, 
qarzdorga hamda ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga 
yuborish, qarzdorning mol-mulkini xatlash asoslari, tartibi va mud- 
datlariga, ijro hujjatidagi talablari 5 kunlik muddatda ixtiyoriy 
ravishda bajarish qoidalariga rioya qilinmasligi holatlari mavjud.
Sud ijrochilari mol-mulkni xatlash jarayonini xolislarsiz, bitta 
xolis ishtirokida yoki manfaatdor shaxslarni xolis sifatida jalb qilgan 
holda rasmiylashtirishga, mulkdorning huquqlarini poymol etib, 
undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklarining xatlani- 
shiga, qarzdorning mol-mulkini qonunga xilof ravishda tasarruf 
qilish holatlariga yo‘l qo‘ymoqdalar.
So'nggi yillarda Jinoyat-ijroiya qonunchiligida sezilarli islohiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. Mahbus va mahkumlarning huquqlari ken- 
gaytirilib, qamoqda saqlash va jazoni ijro etish sharoitlari jahon 
andozalariga moslashtirilmoqda. Bu islohotlar jazoni ijro etish joy­
larida jinoyatchilikning keskin kamayishiga, qonuniylik va huquq- 
tartibotning mustahkamlanishiga o ‘zining ijobiy samarasini ko‘r- 
satmoqda.
Biroq, hamon Jinoyat-ijroiya kodeksidagi qator talablarga rioya 
etilmayapti, jazoni ijro etish muassasalarida sanitariya qoidalariga 
to'liq javob beradigan sharoitlar yaratilmagan, mahbus va mah- 
kumlarga maishiy xizmat ko‘rsatish qoniqarsiz ahvolda, ularning 
sog'ligini ta ’minlash, malakali tibbiy yordam olish borasidagi 
huquqlari buzilmoqda, shaxsiy xavfsizlik choralari to ‘liq ta ’min- 
lanmagan.
Mahkumlarni jamiyatdan ajratilgan holda saqlash sharoitlari 
hozirgi kun talablariga to ‘liq javob bermayotgani, ularning jazo 
o'tashlari ustidan nazorat yetarli emasligi natijasida muassasalar 
hududiga spirtli ichimlik, giyohvand moddalar va boshqa taqiq- 
langan buyumlar olib kirilishiga barham berilmagan, mahbus va 
mahkumlar jinoyat sodir etishi, jazoni o‘tash tartibini qo‘pol buzilishi 
holatlari davom etib kelmoqda.
175


Muassasalar xodimlarining mahbus va mahkumlarga nisbatan 
qo‘pol muomalada bo'lishi, ularni kamsitish, qamoqda ushlab turish 
muddatlarini buzish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida qonunga 
xilof ravishda saqlash, huquqlarini asossiz cheklash, qonuniy imtiyoz- 
laridan mahrum etish, mahbus va mahkumlarni yetarli asoslarsiz 
karser va intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yish holatlariga chek qo‘yil- 
magan.
Ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi qonuniylik ahvoliga jazoni 
ijro etish muassasalarining mablag£ bilan to‘liq ta’minlanmaganligi, 
muassasalar m a’m uriyati faoliyatida qonun talablariga amal 
qilinmayotgani salbiy ta ’sir ko‘rsatmoqda.
Jinoyat-ijroiya m uhitining o ‘zgarishi, inson huquqlarini 
himoyalash prokuratura organlarining ustuvor vazifasiga aylangani 
prokuror nazoratining eski, yildan yilga takrorlanayotgan kamchi- 
liklardan xalos bo'lishni, uning samaradorligini yangi bosqichlarga 
ko£tarishni taqozo etadi (yuzakichilik, qonunda belgilab berilgan 
vakolatlarii to£la hajmda tatbiq etmaslik, qonun buzilishi holatlarini 
bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalalariga 
beparvolik bilan qarash, sustkashlikka, qat’iyatsizlikka yo£l qo£yish, 
prokuror nazorati hujjatlarini qonunda belgilangan muddat ichida 
ko£rib chiqilmaganligiga chora ko‘rmaslik va h.k.).
Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2004-yil 11-martdagi Farmoniga ko£ra, tashkil etilgan O'zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuraturasining Sud qarorlarini ijro etishda 
va qamoqqa olinganlami saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan 
nazorat boshqarmasi o £z faoliyatini qayd etilgan salbiy holatlami 
oldini olishga qaratmog£i lozim.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish, qamoqqa 
olinganlarni saqlash, jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya 
etilishi ustidan prokuror nazoratini yanada takomillashtirish va 
samaradorligini oshirish maqsadida:
1. 
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining sud qaror­
larini ijro etishda va qamoqqa olinganlami saqlashda qonunlarga rioya 
etilishi ustidan nazorat boshqarmasi (bundan keyin matnda bosh- 
qarma deb yuritiladi), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent 
shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan proku­
rorlar, tuman-shahar prokurorlari va maxsus prokurorlar ham- 
korlikda:
O'zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar 
hujjatlarini ijro etish to £g£risida»gi Qonuni 5-moddasida nazarda
176


tutilgan fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha sudlaming hal qiluv 
qarorlari, ajrimlari va qarorlari, jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukm- 
laii, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, m a’mu­
riy huquqbuzarliklar to ‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlarining 
mulkiy undirishga tegishli qismi va shu moddada sanab o‘tilgan, 
ijro etilishi lozim bo‘lgan sud va boshqa organlaming hujjatlari, 
ijro ishi yuritish bilan bog'liq bo‘lgan sud hujjatlari, ajrim hamda 
qarorlarning ijro qilinishida qonunlarga rioya etilishi ustidan;
• fuqarolami qamoqda saqlanishida qonuniylikni ta’minlovchi, 
jinoiy jazolarning ijrosini tartibga soluvchi qonunchilikni aniq va 
bir xilda qo‘llanishi ustidan doimiy va samarali nazorat o‘matsinlar.
2. 
Prokurorlik nazoratining bu boradagi ustuvor yo'nalishlari 
sifatida quyidagilar belgilansin:
2.1. Ijro ishi yuritish jarayonida fuqarolarning konstitutsiyaviy 
huquq va erkinliklarini, jismoniy, yuridik shaxslar va davlat man- 
faatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlarga rioya etilishi ustidan 
nazorat.
2.2. Mansabdor shaxslar va ijro ishi yurituvchi organlar tomo­
nidan 0 ‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organ­
lar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonuni aniq va bir xilda 
qo‘llanilishi ustidan nazorat.
2.3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro 
etish Bosh boshqarmasi tizimlari faoliyatining barcha yo‘nalishlarida:
• huquqbuzarlikning oldini olish Bosh boshqarmasining ozod- 
likdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolami ijro etish 
faoliyatida;
• tibbiyot boshqarmasining tergov hibsxonalari va jazoni ijro 
etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga tibbiy xizmat ko'rsatishga 
oid faoliyatida qonun ijrosini ta’minlash, mahkumlarni axloqan 
tuzatish, jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, mahkumlarning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga 
qaratilgan qonunlarning ijrosi ustidan nazorat.
2.4. 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 
sud qarorlari ijrosini ta’minlovchi maxsus shifoxonalarida tibbiy 
yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llangan shaxslarni saqlash, 
bunday choralami qo'llash muddatini uzaytirish, o‘zgartirish va 
bekor qilishda, tibbiy, maishiy shart-sharoitlami ta’minlanishida 
qonunlarga amal qilinishi ustidan nazorat.
2.5. Xalqaro huquq normalari talablaridan kelib chiqib mahbus 
va mahkumlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish, qiynash va g‘ayriinsoniy
12
-
21
177


munosabatda bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ularning huquqlari 
va qonun bilan qo‘riqlanadigan m anfaatlarini himoya qilish 
borasidagi qonunlar hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi qo'shilgan 
xalqaro shartnomalar talablariga rioya etilishi ustidan nazorat.
3. 
Prokuror nazorati hujjatlari orqali ijro ishi yuritish sohasida 
fuqarolar, jismoniy, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini 
kamsituvchi har qanday qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish 
choralari ko‘rilsin. Sog‘lig‘i yoki yoshiga ko'ra, himoyaga muhtoj 
bo'lgan, o‘z huquqlarini o ‘zlari mustaqil amalga oshira olmaydigan 
shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor 
qaratilsin.
Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish muddatlari va tartibi buzilganligi, 
ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish qarori chiqarilmasdan, sud hujjatlari 
va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yuzasidan ijro harakatlarini 
amalga oshirilgani, qarzdorga tegishli bo‘lmagan mol-mulkning 
olib qo‘yilishi, qarzdoming xatlangan mol-mulkini arzon narxda 
sotib yuborilganligi, qarzdorning doimiy yashash joyini o‘zgartiril- 
ganligi haqida tegishli ma’lumotga ega bo‘lmagani, undiruvni ta’min­
lash uchun qarzdorning pul mablag‘lari va boshqa daromadlarini 
aniqlash choralarini ko‘rmagani holatlari yuzasidan prokuror 
nazorati hujjatlari qo‘llanishi majburiyligi ta’minlansin.
3.1. Sud ijrochilari ish yurituvidagi, ijro harakatlari o‘tkazish 
muddati tugamagan ijro hujjatlarini prokuraturaga kelib tushgan 
kundan boshlab, bir haftalik muddatda o‘rganish tartibi o ‘rnatilsin.
Sud ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishda ijro harakatlarining 
to'liq ta ’minlanganligi, davlat bojlari, ijro sanksiyasining 10 foizlik 
tushumini budjetga undirilishi bo'yicha choralar ko‘rilgani, ijro- 
chining o‘z vakolatlari doirasida harakatlarida m a’muriy huquq- 
buzarlik holatlari mavjud bo'lgan qarzdor tomonlarga m a’muriy 
ish qo‘zg‘atilganligi, sud qarorlarini ijro etishdan bo‘yin tovlovchi- 
larga nisbatan materiallarni jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal 
qilish uchun prokuratura organlariga belgilangan muddatlarda o'tka- 
zilganligi muntazam ravishda tekshirib borilsin.
3.2. Tekshirishlarda aniqlangan, sud ijrochilari qabul qilgan 
qonunga xilof barcha huquqiy hujjatlar va qonun buzilishi holatlari 
yuzasidan qat’iy ravishda prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilsin.
Sud ijrochilarining mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf qilishi 
oqibatida mulk egasiga ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazishdan 
iborat mansab vakolati doirasidan chetga chiqish holatlari yuzasidan 
jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinsin.
178


3.3. Prokurorlar ijro ishi yuritishning 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik protsessual kodekslarida ko‘zda tutilgan, 
darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan, xususan, da’voni ta’minlashga qara­
tilgan hujjatlaming ijrosiga oid, hal qiluv qarori chiqqunga qadar 
aliment undirish to‘g‘risidagi, mol-mulkni egasiz deb topish haqidagi 
hujjatlaming ijrosi, davlat manfaatlarining himoyasiga aloqador 
masalalar ustidan muntazam nazorat o‘matsinlar.
3.4. Ijro ishi yuritish bosqichida sudlarning shu jarayon bilan 
bog‘liq noqonuniy hujjatlari aniqlangan hollarda tegishli tartibda 
yuqori turuvchi prokuraturalarga nazorat tartibida protest keltirish 
uchun taqdimnomalar kiritilsin.
3.5. Fuqarolarning sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini 
moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining 
mansabdor shaxslari va joylardagi sud ijrochilarining noqonuniy 
xatti-harakatlari yoki harakatsizligi hamda ijro ishi yurituvidagi 
qonunbuzarliklar haqidagi murojaatlarning qonunda belgilangan 
muddatlarda ko‘rib chiqilishi va hal qilinishi ta’minlansin.
3.6. Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik 
jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti hamda uning joy­
lardagi tizimlarining mansabdor shaxslari faoliyatida ijro ishi 
yurituvi to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishi ahvoli yil davomida 
kamida bir marta tekshirilsin.
3.7. Har olti oyda davlatga yetkazilgan moddiy zararning (shu 
jumladan, prokurorning da’volari bo‘yicha) undirilishi yuzasidan 
sud qarorlarining ijrosini ta ’minlashdagi qonuniylik ahvoli umum- 
lashtirib borilsin.
Joylarda o‘tkazilgan tekshirishlar va umumlashtirishlar haqida 
Bosh prokuraturaga axborotlar yuborilsin. Ijro ishini yuritish ama- 
liyoti ustidan prokurorlik nazoratini takomillashtirish borasida 
takliflar kiritish yo‘lga qo‘yilsin.
4. 
Jinoiy jazolarni ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan 
nazorat sohasida:
4.1. Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida 
qonuniylik ahvoli, jazolarni ijro etish qonuniyligi masalalari yuza­
sidan qabul qilingan qarorlarning asosliligi prokurorlar tomonidan 
doimiy ravishda o'rganilib, tahlil qilib borilsin, aniqlangan qonun 
buzilishlaming oldini olish va bartaraf etish borasida o‘z vaqtida 
tegishli choralar ko‘rilsin.
4.2. Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida mah­
bus va mahkumlarni saqlab turishning qonuniyligi va belgilangan
179


muddatlarga rioya etilishi, ularga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy 
jazolarning qonuniyligi, voyaga yetmaganlar va ayollaming jazo 
o‘tash tartibi va sharoitlarini belgilovchi qonun talablarining 
bajarilishi ahvoli oyida kamida bir marta tekshirib borilsin.
Asossiz ravishda qamoqda saqlanayotgan shaxslar zudlik bilan 
ozod etilsin. Aniqlangan qonunbuzarlik holatlariga barham berib, 
aybdor mansabdor shaxslarning tegishli javobgarligi hal qilinsin.
Viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda 
ularning o‘rinbosarlari bunday tekshirishlarda shaxsan qatnashishlari 
lozimligi ko‘rsatib o ‘tilsin.
4.3. O'zbekiston Respublikasi llVning jazoni ijro etish Bosh 
boshqarmasiga qarashli tergov hibsxonasi va jazoni ijro etish muassa- 
salaridagi qonimiylik va jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqqan holda 
tegishli m utaxassislarni jalb qilgan holda reja asosida yalpi 
tekshirishlar o ‘tkazilsin.
Ushbu tekshirishlarda mahbus hamda mahkumlaming huquq- 
erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonimlar ijrosini o ‘rganish 
bilan birgalikda, ularni ish bilan ta ’minlash, davlat mulkining 
saqlanishi, shuningdek, jinoiy-ijroiya tizimini moddiy ta’minlash 
masalalari va budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ahvoliga 
alohida e’tibor qaratilsin.
4.4. Qonun bilan belgilangan vakolatlar doirasida inson huquq- 
lariga oid, mahbus va mahkumlarga nisbatan adolatli munosabatda 
boMish borasidagi qonunlar va xalqaro shartnomalaming aniq va 
bir xilda qo‘llanishiga erishish ta’minlansin. Inson huquqlarini 
himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish choralari 
ko‘rilsin.
4.5. Boshqarm va joylardagi prokurorlar IIV va uning tizimlari 
tomonidan tergov lubsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida 
mahkum va mahbuslami saqlash masalalari yuzasidan chiqarilgan 
normativ-huquqiy hujjatlarining qonuniyligi ustidan doimiy nazo­
rat o‘matsinlar. Aniqlangan qonunga xilof buyruq, farmoyish va 
qarorlami bekor qilish yuzasidan o ‘z vaqtida protest kiritilsin.
4.6. 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tergov 
hibsxonalarida mahbus va mahkumlarni saqlanishining qonuniyligi 
ustidan nazorat Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik va bojxona organ- 
larida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatii 
prokurorlar zimmasiga yuklatilsin.
4.7. Respublika Harbiy prokurori va joylardagi harbiy prokurorlar 
mahbus va mahkumlarni qo'riqlovchi, ularni manzilga kuzatib
180


borish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar qo‘shinlari qismlarida 
qonunchilikka rioya qilinishini doimiy tekshirsinlar, intizomiy 
batalyonlar va gauptvaxtalarda harbiy xizmatchilarning saqlanishi 
qonuniyligi ustidan muntazam nazorat o‘rnatsinlar. Qonun buzi- 
lishining har qanday ko‘rinishlariga ta’sirchan prokurorlik chora­
larini ко‘rib borsinlar.
5. Jazoni ijro etish muassasalarida har oyda bir marta mahkum­
larni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish yo‘lga qo‘yilsin, 
mahbus va mahkumlaming ariza va shikoyatlari ko‘rib chiqilishining 
qonuniyligi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilsin. Qonun buzilishlar 
haqidagi xabarlar zaruratga ko‘ra, joyiga chiqib tekshirilsin.
.5.1. Prokurorlar o‘z vakolatlari doirasida har qanday ko‘rinish- 
dagi qonun buzilishlarni aniqlash va darhol bartaraf etish, mahbus 
va mahkumlarni tahqirlovchi va qadr-qimmatini kamsituvchi 
harakatlarning oldini olishga qaratilgan choralami ko‘rsinlar.
6. Hibsxonalar va muassasalar hududida sodir etilgan jinoyatlar, 
qasddan odam o ‘ldirish, ommaviy tartibsizliklar, bo‘ysunmaslik, 
qurolli hujum, qamoq yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan 
qochishlar, og‘ir oqibatlarga olib keluvchi, muassasada o'rnatilgan 
tartibni izdan chiqaruvchi holatlar yuzasidan Bosh prokuraturaga 
maxsus xabarnomalar yuborilsin.
Bu toifadagi jinoyat ishlari tergovi ustidan nazorat Bosh proku­
raturaning Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni 
saqlashda qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda 
joylardagi prokurorlarga yuklatilsin. Bunday jinoiy ishlarini sudlarda 
ko‘rilishida prokurorlarning ishtiroki ta’minlanib, natijalari haqida 
Bosh prokuraturaga batafsil axborotlar taqdim etib borilsin.
7. Viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar 
muassasalardagi favqulodda hodisalar yuzasidan zudlik bilan voqea 
joyiga chiqsinlar, vaziyatni o‘nglashning tezkor choralarini ko'rsinlar.
7.1. 
Favqulodda holatlar va ularning kelib chiqishiga sababchi 
b o ‘lgan m ansabdor shaxslarga nisbatan o'tkazilgan xizmat 
tekshiruvlari natijalari hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarining sudda 
ko‘rilishi natijalari haqida Bosh prokuraturaga axborotlar yuborilishi 
yo‘lga qo'yilsin.
Jazoni ijro etish muassasalarida qayta jinoyatlar sodir etilishi- 
ning oldini olish choralari ko‘rilsin.
8. Mahkumlarni muddatdan ilgari shartli va kasalligi tufayli, 
shuningdek, qonunda ko‘rsatilgan boshqa holatlarda ozod qilish, 
yopiq turdagi muassasalardan manzil-koloniyalariga, bir rejimli
181


muassasadan boshqa rejimli muassasaga o‘tkazishda qonunlarga rioya 
etilishi ustidan nazorat ta’minlansin. Mahkumlarga nisbatan asossiz 
ravishda insonparvarlik aktlari, amnistiya asosida ozod qilish yoki 
ularni qo‘llashda rad etilishi holatlarini aniqlab, yo‘l qo‘yilgan 
qonun buzilishlar zudlik bilan bartaraf etilsin.
9. Muassasalar m a’muriyati tomonidan mahkumlarni jazodan 
ozod qilishga tayyorlash, ozod etilganlarni o ‘z vaqtida ishga, 
qariyalar va nogironlar uyiga joylashtirishning qonunda belgilangan 
choralari ko‘rilganligi tekshirib borilsin.
Doim iy yashash joyiga qaytib kelgan shaxslarni ijtimoiy 
ko‘nikma markazlari tomonidan hisobga olinishi va ularga moddiy 
yordam ko‘rsatilishining qonuniyligi muntazam ravishda tekshirib 
borilsin.
10. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo‘lmagan, shu­
ningdek, shartli hukm qilish hamda majburiy xarakterdagi chek- 
lanishlar tarzidagi jazolarni ichki ishlar organlari tomonidan ijro 
etilishi ustidan amaliy nazorat ta ’minlansin. *
11. 0 ‘zbekiston Respublikasi IIV HOOBB qoshidagi jazoni 
ijro etish inspeksiyalari faoliyatida qonunlarga rioya etilishi ahvoli 
yuzasidan har chorakda tekshirishlar o ‘tkazilsin.
12. Jazoni ijro etish amaliyoti doimiy ravishda tahlil qilinib, 
tayyorlangan umumlashtirishlardan foydalangan holda aniqlangan 
kam chiliklarni b artaraf qilish borasida vakolatli idoralarga 
taqdim nom alar kiritilsin.
13. Boshqarma, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan 
prokurorlar quyi prokurorlarning bu yo'nalishdagi ishlarining 
samarasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlami amalga oshirsinlar.
Viloyatlar prokuraturalarining sohaga mas’ul xodimlari o‘zlari- 
ning xizmat vazifalarini quyi turuvchi prokurorlarga yuklagan holda 
ularning faoliyatini nazorat qilmasdan va amaliy yordam ko‘rsat- 
masdan sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lishlari yo‘l qo‘yib bo‘l- 
maydigan holat deb topilsin.
14. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda va 
qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi yo‘na- 
lishidagi nazorat faoliyatini baholashning asosiy mezoni sifatida:
• 
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda 
tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalarida qonuniylik 
holati va fuqarolarning (shu jumladan, mahbus va mahkumlarning) 
huquqlari hamda erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari himoya 
qilinishining ta’minlanishi;
182


• sohaga oid ariza va shikoyatlarni o‘z vaqtida, qonuniy va sifatli 
hal etilishi;
• qonunga xilof hujjatlarga belgilangan muddatlarda protestlar 
keltirilishi;
• aniqlangan qonun buzilishi holatlarining oldini olishga qara­
tilgan prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanganligi.
15. Boshqarma, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan 
prokurorlar o‘z faoliyatini prokuraturaning boshqa sohalari bilan 
muvofiqlashtirgan holda, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, 
Adliya vazirligi va uning huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar 
faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash depar- 
tamenti, o‘quv va ilmiy muassasalar bilan uzviy hamkorlik asosida 
olib borsinlar.
16. Bosh prokuratura, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglash­
tirilgan prokurorlar quyi prokurorlar uchun normativ hujjatlar 
bazasini yaratib bersinlar, tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatsinlar.
0 ‘quv mashg‘ulotlari, birgalikda tekshirishlar, soha bo‘yicha 
prokuror yordamchilari, maxsus prokuraturalar xodimlarining 
ish o‘rganishi tashkil etilsin. Qonunchilikni mukammallashtirish 
masalalarida tashabbus ko'rsatish ijobiy tajribalarni o'rganish va 
ommalashtirish yo'lga qo'yilsin.
17. Amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda 
dolzarb masalalarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish yo'li 
bilan huquqiy targ‘ibotni amalga oshirsinlar».
Ko‘rinib turibdiki, prokurorlar tomonidan jazoni o'tash muas- 
sasalaridagi kriminogen vaziyat chuqur tahlil qilinishi kerak. 
Mahkamaviy nazoratni kuchaytirilishi, muassasa rahbarlari va 
mas’ul xodimlari loqaydliklarga yo‘l qo‘ymasliklari, mahkumlar 
bilan g‘ayriqonuniy muloqotga kirishish, ko‘z bo'yamachilik, 
jinoyatlarni yashirish kabi xizmat manfaatlariga zid holatlami yuzaga 
keltirmasliklari, ularga nisbatan murosasizlik muhiti ta’minlanishi, 
tergov hibsxonalari va jazo o‘tash joylariga man qilingan ashyo- 
lar, pul, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar olib kirish 
holatlarini paydo qilmaslik choralarini ta’minlashlari lozim. Mahbus 
va mahkumlarni axloqan tuzatish va qayta tarbiyalashni ta’minlovchi 
qonuniy choralarni qo‘llash lozim.
Mahkumlarga tibbiy yordam ko'rsatish, kasb-hunar o ‘rgatish 
va ularni mehnatga jalb qilish. Ularni shartli ravishda jazodan mud- 
datidan ilgari ozod qilishda yoki jazoni yengilrog'i bilan almash- 
tirishda qonun talablaridan chekinishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
183


Jinoyat-ijroiya kodeksida qayd qilinib, mahkumlarga yangidan 
berilgan qo‘shimcha huquqlar ta’minlanishi lozim.
Davlatimizning siyosatidagi sezilarli o‘zgarishlar qamoqqa olin­
ganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir 
choralarini ijro qilishda qonunlarning bajarilishi ustidan prokuror 
nazoratini jiddiy yaxshilashni, qonun va davr talablari darajasida 
tashkil etishni taqozo etadi. Axloq tuzatish, qamoq va davolab 
axloqni tuzatish muassasalari rahbariyatlari tomonidan qonunni 
amalga oshirishlarini nazorat etish prokurorlik faoliyatining eng 
qiyin tomonlaridan hisoblanadi.
II vazirligi penitensiar muassasalarida olib boruvchi ijtimoiy- 
ruhiy tanglik, o‘z jazosini o‘tayotgan shaxslar moddiy-yashash va 
sanitariya-tibbiy ta ’minotning yomonlashuvi, Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitu- 
tsiyasida aytilgan inson huquqlarini buzish holatlariga, umuman, 
yo‘l qo‘yilmasligiga erishish lozim. Axloq tuzatish muassasalari 
ishchilari tomonidan hukm etilganlarga nisbatan zo‘ravonlik va 
qo‘pollik, ular bilan taqiqlangan aloqalarga kirish holatlari yuz 
bermasligi kerak.
Prokurorlar axloq tuzatish va umumiy, qattiq, maxsus tartibli 
koloniyalarining hamda turmani tekshirish vaqtida diqqatni, asosan, 
inson qadrini poymol qiluvchi, hukm etilganlarga nisbatan shaf- 
qatsiz munosabatda bo'lish, jarima izolatorlariga asossiz mahkum 
etish, insoniy shart-sharoitlarni ta’minlash haqidagi dalillarga qara- 
tish kerak. Jinoiy jazolarni ijro etish muassasalari xodimlari tom o­
nidan muassasalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ahamiyatli 
qonunbuzarliklarga alohida e’tibor berilishi lozim.
Nazorat vaqtida prokurorlarning birinchi navbatdagi harakatlari 
aynan mana shularni ilg‘ab olish va ularga barham berishga yo‘nal- 
tirilgan bo‘lishi kerak. Ammo tekshiruv vositasi sifatidagi savollar 
ko‘lami keng. Tekshirishlar kompleks xususiyatga ega rejali bo'lishi 
mumkin. Bunda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatining barcha 
tomonlari hisobga olinmog'i lozim. Yana maqsadli, ya’ni faqat 
alohida savol va masalalami o‘z ichiga olgan bo‘lsa, maqsada mu- 
vofiqdir.
Jazoni ijro etish muassasalarida qonunga rioya qilishni tekshirish 
bo‘yicha metodik tavsiyalarga binoan, tekshirish amalga oshirish 
optimal bo‘lmog‘i kerak. Qonuniylikni buzilishi haqida xavfli signal 
kelib qolganda, favqulodda holat hodisalarida muddat kelishini 
kutmay, prokuror tekshiruv o ‘tkazmog‘i lozim.
184


Prokuror tomonidan o'tkaziladigan tekshiruv bu muassasalarda 
hukm etilganlami saqlash qonuniyligi, jazoni o‘tash tartibi qonun 
talablariga mosligi, rahbariyat tomonidan hukm etilganlar huquqiga 
rioya etish, ular bilan tarbiya ishlarini o ‘tkazish, ularga nisbatan 
mukofot va jarima choralarini qo‘llash, ularning shikoyatlarini, 
ariza va takliflarini ко‘rib chiqish va yechishga tegishli bo'ladi.
Prokuror, awalambor, har bir hukm etilganning shaxsiy hujjat­
lari ichida uning jazoni ijro etish muassasasida saqlanishini yuridik 
asoslovchi qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sud qarori borligiga 
ishonch hosil qilish kerak. Prokuror hukmning qonunga mos 
ekanligi nuqtayi nazaridan emas, balki sud bilan belgilangan jazo- 
ning axloq tuzatish muassasasi ko‘rinishiga mos ekanligi nuqtayi naza­
ridan; qarorda bo‘lgan boshqa qismlami amalga oshirish (masalan, 
giyohvandlarga nisbatan majburiy davolanishdan foydalanish 
haqida) uchun hukmnoma bilan tanishadi.
Prokuror, agarda, sud qarori noqonuniyligini aniqlab olgan 
hollarda metodik tavsiyalarga binoan, u suddan jinoiy ishni talab 
qilish va bu bo‘yicha o‘z protestini keltirish haqida tegishli prokuror 
oldida masala qo'yishi lozim. Prokuror hukm etilganlami alohida 
saqlash haqidagi qonun talablariga rioya qilinayotganligini tekshiradi.
Bir xil ko‘rinishdagi muassasada hukm etilgan shaxslarni saqlash 
sharoitlarini o‘zgartirish haqidagi qarorning qonuniylik va asosliligiga 
prokuror o‘z diqqatini qaratishi kerak. Hukm etilgan shaxslarni bir 
koloniyadan o‘sha turdagi boshqasiga yoki bir qamoqxonadan o‘sha 
turdagisiga o'tkazish ustidan nazoratni ham kuchaytirish lozim.
Ozodlikdan mahrum etilgan holda o‘z jazosini o‘tayotgan shaxs- 
larga qonun tomonidan qaralgan jazoni ijro etish muassasalari 
chegarasidan qisqa muddatga yoki uzoq muddatga chiqish, konvoysiz 
yoki hamrohsiz yurish imkoni berilishi mumkin. Axloq tuzatish 
muassasalarida o‘z saqlanish sharoitlarini yaxshi tomonga o ‘zgar- 
tirishga harakat qila oladigan shaxslar toifasiga nisbatan, bu turdagi 
qarorlarni qabul qilish yoki taqiqlash qonuniyligini tekshirish 
prokuror majburiyatiga kiradi. Prokuror ozodlikdan mahrum etilgan- 
larning moddiy-yashash; tibbiy-sanitar ta’minlanganligi norma- 
lariga rahbariyat rioya qilayotganligini ham tekshiradi.
Mehnat ularning tuzalishi va qayta tarbiyalanishi jarayonining 
asosidir. Mehnat huquqi bir vaqtning o‘zida ular uchun majburiyat 
hamdir, agarda unga o‘z kuchiga mos ish berish imkoniyati bo‘lsa. 
Prokuratura jinoiy jazolarni ijro etuvchi muassasalar rahbariyati 
mahkum etilganlaming jinsi, yoshi, mehnatga layoqatliligi, sog‘li-
185


g‘ining ahvoli, iloji boricha, mutaxassisligidan kelib chiqqan holda 
mehnatga jalb qilinishini ta ’minlashni, mahkum etilganlar ish 
kuni davomiyligiga rioya qilinishini, bayram kunlari ishdan ozod 
qilish tartibini, ish haqi tartibiga rioya qilinishiga, ish haqidan olib 
qolish qonuniyligini, ish haqisiz mehnatga jalb qilinishini nazorat 
qiladi.
Ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazoni amalga oshi­
ruvchi muassasa faoliyatining o‘ziga xos tomoni jazoni o'tash bo‘yi- 
cha o'matilgan tartibini buzuvchi shaxslarga nisbatan jinoyat-ijroiya 
qonunchiligida ko‘rsatib o‘tilgan intizomiy jazolash yo‘llarini qo‘l- 
lash kerakligi bilan ham bog‘liqdir. Shuning uchun ozodlikdan 
mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida qonun­
larning bajarilishini nazorat qilayotgan paytda prokuror o‘z diqqa- 
tini jazolashning o‘sha yoki boshqa yo‘llaridan foydalanish qonuniy- 
ligiga qaratishi kerak, ya’ni asos borligiga, jazoning qilingan xatoga 
mosligiga, tartibga rioya qilinishiga e’tibor qaratmog‘i lozim.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar huqucfva majburiyatlariga 
amal qilish nazorati muassasa rahbari tomonidan mahkum etilgan- 
larni shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etish yoki jazoning 
yengilrog‘i bilan almashtirish haqidagi taqdimnomasini qonuniy­
ligini tekshirish kabi prokuror faoliyatini o‘z ichiga oladi. Sud qarorlari 
tegishli yuridik ahamiyatga ega boisa ham, muassasa rahbari tomo­
nidan qilingan tasawurlarning asoslanganligini prokuror tekshir- 
masligi kerak degani emas.
Bundan tashqari, kasalligi tufayli shartli ravishda muddatidan 
ilgari ozodlikka chiqishga va yengil jazo bilan almashtirilishiga asoslari 
bo‘lgan shaxslar jinoiy jazolarni ijro etish muassasalari rahbarlari 
faolsizligi va nohaq qarorlari tufayli bunday imkoniyatdan mahrum 
bo‘lmasliklarini prokuror kuzatib borishi lozim.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, prokuror bayonnoma (ma’Iumot- 
noma) tuzadi. Bu hujjatda JIEM (jazoni ijro etish muassasasi) 
rahbariyati tomonidan qonuniylikka amal qilinganligi holatiga huqu­
qiy baho beriladi. Aniqlangan huquqiy normalaming buzilishi to ‘liq- 
ligicha aks ettiriladi, qonun buzilishiga imkon tug'dirgan sabab va 
sharoitlar ko‘rsatiladi, ularni bartaraf etish bo'yicha aniq takliflar 
kiritiladi. Tekshiruv natijalarini amalga oshirish choralarini proku­
ror qonun talablarining buzilish xarakteri va tarqalganligini hisobga 
olgan holda aniqlaydi.
Sud bilan belgilangan majburlash xarakteridagi choralarni qo‘l- 
lovchi jinoiy-ijro etuvchi inspeksiyalar va muassasalar faoliyatida
186


qonunlarga amal qilishda prokuror nazoratining xususiyatlari: 
jinoyat jazolarni ijro etuvchi inspeksiyalar tuman (shahar) ichki 
ishlar boshqarmasining mustaqil tuzilmaviy bo‘linmasi va tuman 
(shahar) prokurorlari nazorati ostida hisoblanadi.
Jinoiy jazolarni ijro etuvchi inspeksiyalarning asosiy vazifasi — 
ko‘plab jinoiy ishlar bo'yicha sud tomonidan belgilangan axloq 
tuzatish ishlari ko'rinishidagi jazoni ijro etish.
Jinoiy jazolarni ijro etish inspeksiyalari tomonidan qonun 
talablarining quyidagi masalalariga amal qilishlarini prokuror 
tekshiruvi nazoratning mohiyatini kasb etadi:
a) sud qarori bilan hukm nusxasi (formal) inspeksiyaga kelgan 
kundan 15 kundan kech bo‘lmagan vaqt ichida hukm etilganlar jazoni 
o‘tash uchun tuzatuv ishlariga jalb qilinganligi;
b) hukm etilganlar hisobi olib borilayotganligi;
d) jazo o‘tash tartibi va shartlari ularga tushuntirilayotganligi;
e) hukm etilganlar tomonidan jazo o‘tash shartlariga amal 
qilinayotganligi va ular ishlayotgan tashkilot rahbariyati tomonidan 
hukm talablari bajarilayotganligini tekshirish;
f) ular bilan tarbiyaviy ishar o'tkazilayotganligi;
g) ularning xulq-atvorlari tekshirilayotganligi va ishga o‘rna- 
shishga ularni yo‘naltirilayotganligi;
h) ish haqidan ushlab qolish va ushlab qolingan miqdorlarni 
ular ishlayotgan tashkilot buxgalteriyasi tomonidan budjetga o‘tka- 
zilish tekshiruvini amalga oshirilayotganligi.
Axloq tuzatish ishlariga mahkum etilganlarning shaxsiy hujjat­
larida taqiqlar bo'lganda (masalan, kunning ma’lum vaqtlarida uyda 
bo'lmaslik taqiqi, tuman yoki shaharning m a’lum joylarida bo‘l- 
maslik, dam olish kunlarida turar joyihi tark etish, shu bilan birga, 
mehnat ta ’tili mobaynida) yoki oyida ikki martagacha inspeksiyaga 
ro‘yxatdan o ‘tish uchun kelish majburiyati yuklatilganda, prokuror 
bu qarorlarning qonuniyligini tekshiradi.
Prokuror yana shuni tekshiradiki, mahkum etilganga nisbatan 
axloq tuzatish ishlarini o ‘tashdan bosh tortganligi tufayli jazoning 
boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risida yozma ogohlantirish qo‘lla- 
nilganligiga asoslar borligini.
Bir qatorda inspeksiya rahbariyati tomonidan o ‘z xohishi bilan 
ishdan bo‘shashga rozilik yoki iltimosni inkor etishning, mahkum 
etilganning vaqtidan oldin ozodlikka chiqish (yoki inkor etish) 
taqdimnomalarining qonuniyligini ham prokuror tekshiradi.
187


Prokuror m a’lum lavozim egallab turish yoki ma’lum faoliyat 
bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish ko‘rinishidagi jazo­
ning amalga oshirilayotganligini nazorat qilar ekan, u quyidagilami 
aniqlashtiradi:
• gap borayotgan mahkum etilganlar jinoiy-ijro etuvchi inspek- 
siyalar tomonidan hisobga olinayotganligi;
• ma’lum lavozimni egallash yoki ma’lum faoliyat bilan shug‘ul- 
lanish haqidagi sud qarori bilan aniqlangan taqiqlarga amal qilini­
shini tekshirayotganligini;
• mahkum etilganlar ishlayotgan tashkilotlar rahbariyati qaror 
talablarini ijro etishlarini tekshirayotganligini;
• inspeksiya tomonidan mahkum etilganlarga nisbatan tarbiya 
ishlarini tashkil etayotganlarini.
Prokuror yana sud qarori nusxalari harbiy komissariati yoki 
harbiy xizmatga chaqirilgan va xizmatni o ‘tayotgan joylariga jazoni 
o'tashni davom ettirish uchun yetkazilganligini tekshiradi.
Jinoiy-ijro etish inspeksiyalari qonuniylikka amal qilish fao­
liyatini tekshirishda prokuror ro‘yxatda shartli mahkum etilganlar 
va ayollar hamda ularga nisbatan jazo o‘tash majburiyati uzoqlash- 
tirilganligini aniqlashtiradi. Ular ro‘yxatda bo‘lganda, prokuror 
shartli mahkum etilganlar xatti-harakati va sud bilan yuklatilgan 
majburiyatlarga amal qilayotganligini tekshirayotgan boshqa ichki 
ishlar organlari faoliyatini, shartli mahkum etishni bekor qilish 
haqida ogohlantirishlar bo‘Iganligini, ularni harbiy chaqiriq holla- 
rida xatti-harakatlarni tekshirishi uchun sud qarorlari nusxalari 
harbiy komissariatga yetkazilganligini aniqlashtiradi.
Jinoiy ijro etish inspeksiyalari ro‘yxatida vaqtincha jazoni o'tash- 
dan ozod qilingan mahkum etilgan ayollar bo'lsa, prokuror ular­
ning o‘z vaqtida ro‘yxatga kirishlarini, ikki hafta ichida kelmagan- 
larning qidiruvini amalgi oshirish choralarini yoki yashirinayotgan 
ayollar qidiruv choralarini tekshiradi.
Maxsus davlat organlari, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tash 
maxsus belgilangan muassasalar faoliyati qonuniyligini nazorat 
etish xususiyatlari shundaki, prokuror mahkum etilganlaming haq- 
huquqlariga poymol etilmayotganligini, voyaga yetmaganlarga nis­
batan jazo choralari qanday muddatda belgilanganligini tekshiradi. 
Bundan tashqari, prokuror voyaga yetmagan holda jinoyat sodir 
etgan shaxslarni jazosini ijro etuvchi organ tomonidan voyaga 
yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy ta’sirga ega majburlash choralari 
qo‘llanilishi tekshirilayotganligini aniqlaydi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish