Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Jinoiy jazolar va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

5.2. Jinoiy jazolar va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa
choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya qilinishi
ustidan prokuror nazorati, uning predmeti, vazifalari.
Prokuror vakolatlari
Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan 
nazorat prokuraturasi IlVning JIEBBga qarashli jazoni ijro etish 
va tarbiya koloniyalarida qonunlarga aniq va bir xilda rioya qilinishi 
ustidan nazorat olib boradi. U viloyat prokuroriga bo‘ysunadi va 
o‘z faoliyatini respublika prokuraturasining qamoqqa olinganlami 
saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan 
nazorat bo‘limi va viloyat prokurorlarining shu soha bo‘yicha katta 
yordamchilari, boshqarma va bo‘limlarining bevosita rahbarligi ostida 
amalga oshiradi. Bu prokuratura o‘z faoliyatini 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, 0 ‘zbekiston Res­
publikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Q onuni va boshqa
194


qonunlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruq 
va ko‘rsatmalari asosida tashkil qiladi.
Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan 
nazorat prokurori yuqorida qayd etilgan muassasalarda qonunchilik 
va huquq-tartibotning holatiga, unga bo‘ysungan prokuratura xodim­
lari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bekam-u ko‘st bajarilishiga 
mas’ul bo‘lib hisoblanadi.
Prokuraturaning ishi prokuratura tarmoqlari faoliyati uchun 
umumiy bo‘lgan prinsiplarga muvofiq, predmetlarga bo‘lingan holda 
tashkil etilib, qonunlarga aniq va bir xilda rioya qilish, har qanday 
qonunbuzarliklarning oldini olish, buzilgan huquqlarini tiklash 
va aybdorlami tegishli javobgarlikka tortish masalasini qo‘yish asosida 
amalga oshiriladi.
Umumiy nazorat sohasidagi Ichki ishlar vazirligiga qarashli 
surishtiruv va tergov bo‘g‘inlarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan 
hamda jinoyat ishlarining sudda ko‘rilish jarayonidagi faoliyati 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuni 
va 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari bilan 
tartibga solinadi.
Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan 
nazorat prokuraturasining vazifalariga quyidagilar kiradi:
• mahkamalarning qonunda belgilangan huquq va burchlariga 
rioya qilishlari;
• ularni jazodan ozod etishga tayyorlash tartibi to ‘g‘risidagi 
qonun talablarining bajarilishi;
• muassasalar m a’muriyati tomonidan chiqarilgan qarorlar, 
buyruqlar, farmoyishlar va tezkor-qidiruv harakatlarining qonuniy­
ligi ustidan nazorat qilish;
• qayd etilgan muassasalarda davlat mulkini saqlashda, suiiste’mol- 
chiliklarga, xo‘jasizlikka, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish, yoqil- 
g‘i, elektr energiyasi va boshqa resurslardan o‘rinsiz foydalanish 
va shu kabi qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan shaxslardan yetka­
zilgan zararni undirib olishga qaratilgan choralarni ko‘rish;
• texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish haqidagi qonun­
lar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish;
•jazoni ijro etish muassasalari xodimlari tomonidan mahkum- 
lar va boshqa fuqarolarga nisbatan qonunsiz harakatlarni aniqlash, 
bunday harakatlar sodir etilishining oldini olish;
• muassasalarda tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar 
haqidagi xabar va arizalami qabul qilib, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda
195


hal etish, jinoyat ishlarini o‘z vaqtida qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qonun 
talablarini bajarilishini nazorat qilish va har bir qonun buzilish 
holati bo‘yicha chora ko‘rish:
•jazoni ijro etish muassasalarida qonunlarning ijrosini tekshirish 
jarayonida aniqlangan sud tom onidan mahkumlarga nisbatan 
chiqarilgan noqonuniy hukmlar, ajrimlar va qarorlar yuzasidan 
hududiy prokurorlarga protest keltirish to ‘g‘risida taqdimnomalar 
yuborish;
•jazoni ijro etish va tarbiya koloniyalarida jazo o'tayotgan mah- 
kumlar tomonidan hamda bu muassasalarning xodimlari (ichki 
qo‘shinlar harbiy xizmatchilari bundan mustasno) sodir etgan va 
prokuratura tarmoqlari tergoviga taalluqli jinoyatlar yuzasidan 
dastlabki tergovni amalga oshirish;
• jazoni ijro etish va tarbiya koloniyalarida jinoyat sodir qilgan- 
likda gumonlangan va ayblanganlarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida 
qamoqqa olishga sanksiya berishni iltimos qilib, iltimosnoma bilan 
sudga murojaat qilish;
• bu prokuratura tergovchilari Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish 
muassasalari ma’muriyati xadimlari tomonidan sodir qilingan man- 
sabdorlik jinoyatlarini ham tergov qiladilar. Prokuror jinoyat ishlarini 
tergovi ustidan rahbarlik qilib, ayblov xulosasini tasdiqlaydi;
• jazoni ijro etish muassasalari rahbar xodimlarining xizmatni 
bajarish qoidalariga qarshi harakatlariga oid jinoyat ishlari bo‘yicha 
ayblov xulosasini tasdiqlash uchun viloyat prokuroriga taqdim 
etish;
•jazoni ijro etish muassasalarida sodir qilingan jinoyatlar bo‘yi- 
cha surishtiruv va tergov harakatlari olib borishda ichki ishlar organ­
lari xodimlari tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan 
nazorat qilish;
• sudlarga prokurorlar tom onidan yuborilgan bu toifadagi 
jinoyat va fuqarolik ishlarini birinchi bosqichdagi sud majlislarida 
ko‘rilishida prokuror vakolatini ta’minlash;
• jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyati tomonidan mah- 
kumlami jazoni o ‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, 
jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish haqidagi qonunlarni to ‘g‘ri 
va aniq bajarilishi ustidan nazorat qilish;
• sudlarda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, 
jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish hamda ularga hukmning ijrosi 
bilan bog‘liq boMgan boshqa masalalarni hal qilishda xulosalar 
berish;
196


• sudlar tom onidan chiqarilgan qonunga xilof va asossiz 
hukmlar, ajrimlar, qarorlar ustidan apellatsiya, kassatsiya va nazorat 
hamda xususiy protestlar keltirish.
Prokuratura muassasalar ma’muriyati tomonidan takliflar, ariza 
va shikoyatlarni ko‘rib chiqishni tartibga soluvchi qonunlarning 
ijrosini muntazam nazorat qilib boradi, ularni ko‘rib, hal qilish 
jarayonida sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik choralarini amalga oshiradi.
0 ‘zbekiston IlVning ichki qo‘shinlari xizmatchilari tomonidan 
mahkumlarga nisbatan qonun buzilish hollari ifoda etilgan ariza va 
shikoyatlar ham shu prokuratura tomonidan tekshiriladi. Agar 
tekshirish natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atish zarurati tug‘ilsa, 
hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli harbiy 
prokurorga yuboriladi.
Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan 
nazorat prokurori o‘z vakolati doirasida:
• jazoni ijro etish muassasalarida yalpi va sohaviy tekshirishlar 
o ‘tkazib, mahkumlarning ozodlikdan mahrum etish joylarida 
saqlanishlari qonuniy ekanligiga, jazo o‘tash rejimi, mehnatga jalb 
qilish, ular orasida tarbiyaviy ishlami amalga oshirish, kasb o‘rgatish 
to‘g‘risidagi qonun talablarining izchil bajarilishiga alohida ahamiyat 
beradi;
• aniqlangan noqonuniy holatlami bartaraf qilish choralarini 
ko'radi, bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnomalar, qarorlar chiqa- 
radi, jazoni o'tash tartibiga rioya qilish haqida talablar qo'yadi, 
qonunga zid rasmiy hujjatlar ustidan protestlar keltiradi, qonun­
larning buzilishiga olib kelayotgan sabab va sharoitlarini bartaraf 
qilish haqida taqdimnomalar kiritadi, ogohnomalar e’lon qiladi;
• respublika va viloyat miqyosidagi tashkilotlarga qonunbuzar- 
liklarga chora ko‘rish haqidagi yo‘llanilishi kerak bo'lgan hujjatlar 
ular tomonidan bunday huquqqa ega bo‘lgan prokurorlar orqali 
yuboriladi;
• yalpi va sohaviy tekshirishlardan tashqari muassasalardagi 
qonunchilikning ahvoliga qarab, har oyda kamida bir marotaba 
ularga borib mahkumlarni qabul qiladi, intizomiy bo‘linmalarda 
saqlanayotganlarga jazo choralari qo‘llanilishining qonuniyligini 
tekshiradi va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar o'tkazadi;
• muassasalarda favqulodda holatlar ro‘y berganda, zudlik bilan 
tekshirish uchun voqea sodir bo‘lgan joyga chiqib, uning sabablarini 
aniqlash va bartaraf qilish choralarini ko‘radi, agar prokuratura 
voqea joyidan olisda joylashgan bo‘lsa, joyga hududiy prokuror
197


chiqadi, maxsus prokuror esa yetib kelgach, tafsilotlarini aniqlashni 
davom ettiradi.
Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ust idan nazorat 
prokuraturalari tarkibida prokuror, uning o‘rinbosari, katta yordamchi 
va yordamchilari, tergovchi va nozir faoliyat ko‘rsatadilar.
Prokuror prokuraturaga taalluqli b o ‘lgan respublika Bosh 
prokurorining, viloyat prokurorlarining buyruq va ko‘rsatmalarini, 
hay’at qarorlari va ish rejalari ijrosini nazorat qiladi, xodimlar 
orasida ish taqsimlaydi, ularning xizmat faoliyatini tashkil qiladi, 
ishni usul va uslublarini takomillashtirish choralarini ko‘radi, 
kadrlarni tarbiyalash va o'qitish ishlarida faol qatnashadi.
Xodimlar orasida ish taqsimoti hududiy predmetli usulda, 
prokurorning farmoyishiga asosan amalga oshiriladi. Respublika Bosh 
prokurori tarm oq buyruqlarining ijrosi, muassasalar, m a’lum 
predmet bo‘yicha tahlil va umumlashtirishlar tayyorlash ham taq- 
simlanadi. 
*
Prokuratura ishini rejalashtirish jazoni ijro etish muassasala- 
ridagi qonunchilik va huquq-tartibot ahvolining tahlili, prokuror 
nazorati amaliyotini umumlashtirishlari asosida bo‘lishi shart. 
Prokuratura xodimlari o‘z ish faoliyatlarida, jazolarni ijro etish 
muassasalarida qonunchilikni mustahkamlashda jam oatchilik 
yordamiga tayanadi, ularga yuklangan majburiyatlarni bajarishlarida 
yordam berib, qonunlami targ‘ibot etadilar.
Prokuratura hududiy prokuraturalar hamda harbiy prokurorlar 
bilan hamkorlikni jazoni ijro etish muassasalarida qonunchilik va 
h u q u q -tartibotni m ustahkam lash m aqsadida rejalashtirilgan 
tadbirlami birgalikda o£tkazish va boshqa masalalami tartibga soluvchi 
qonunlarning ijrosini nazorat etish yo‘li bilan amalga oshiradi. 
Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat 
prokurori bu muassasalarda jinoyatchilikka va boshqa qonunbuzar- 
liklarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 
faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Prokuror ushlab turilganlami, qamoqqa olinganlami saqlash 
joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta ’sirining boshqa 
choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazo­
ratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida:
• 
ushlab turilganlami, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, 
qamoqqa olish, intizomiy qismga jo ‘natish, ozodlikdan mahrum 
qilish tariqasidagi jazolari ijro etish muassasalariga, tibbiy yo‘sin- 
dagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga
] 9N


yetmaganlarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va 
istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, 
shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish;
• shuningdek, jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa 
choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishishga;
• ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, 
intizomiy qismga jo ‘natish, ozodlikdan malmim qilish tariqasidagi 
jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yo‘sindagi majburlov 
choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning 
maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan 
shaxslarni darhol ozod qilishga;
• agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy 
qismga jo £natish, ozodlikdan mahrum etishga hukum qilingan 
shaxslarga nisbatan qo'llanilgan intizomiy jazo choralari qonunga 
nomuvofiq bo'lsa, bu choralarni bekor qilishga va o ‘z qarori bilan 
bunday shaxslarni intizomiy bo'linmalardan darhol ozod qilishga;
• ushlab turilgan, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat- 
huquqiy ta’sirining boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslardan ushlab 
turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’siming boshqa 
choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari 
ishtirokida ham, ulardan xoli holda ham so‘rab-surishtirishga;
• ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy 
ta ’sirining boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassa- 
salar ma’muriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, 
tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga;
• ushlab turilgan, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va 
jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslar- 
ning huquqlarini ta ’minlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab 
turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa 
choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriya- 
tidan talab qilishga;
•jazoni ijro etuvchi muassasa boshlig‘ining mahkumlarga alohida 
holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruxsat berish to‘g‘risidagi, 
o‘n sakkiz yoshga to ‘lgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish 
to ‘g‘risidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi 
tashqarisida yashashi to cg‘risidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli.
Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi:
• ushlab turilganlami, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, 
jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralarini 
ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi;
199


• ushlab turilganlami, qamoqqa olinganlarni saqlash jazolarni 
va jinoyat-huquqiy ta ’sirining boshqa choralarini ijro etish tartibi 
va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi;
• ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shu­
ningdek, jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralari qo‘llanilgan 
shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya 
etilishi;
• jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qo‘llayotgan organ va muas­
sasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga rioya 
etilishi.
Prokuror sudlanganlar, ya’ni mahkumlarning huquq va erkin­
liklarini ta’minlash maqsadida muassasa boshlig‘i tomonidan jazo- 
dan muddatidan oldin ozod qilish to ‘g£risidagi chiqargan aktlarini 
tekshiradi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, akt tuziladi. Bu hujjatda 
muassasadagi qonuniylik masalariga alohida to ‘xtalib 
0
‘tiladi1.
Og£ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan 
o £tkazish va ulami kasalligi tufayli jazoni o^tashdan ozod qilishga 
taqdim etish qoidalari ham mavjud bo£lib, bu qoidalar talablari 
ham prokuror nazoratining predmeti hisoblanadi. Bu qoidalar 
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 9-sentabrda 
1854 raqam bilan ro£yxatga olingan 1IV va Sog£liqni saqlash vazirli- 
gining 2008-yil 13-avgustdagi 12.9-qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu 
qoidalar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-mod- 
dasi, Jinoyat-ijroiya kodeksining 165-moddasi va Jinoyat protsessual 
kodeksining 534 va 542-moddalariga muvofiq, mahkumlarning 
kasalligi tufayli jazoni o£tashdan ozod qilishga taqdim etish tartibini 
belgilaydi.
Tartib talabiga ko£ra, sud hukmi bilan jazo muddatini o£tayotgan 
mahkumlar jazoni o£tash davrida og£ir kasallikka chalinsa yoki 
ularda sudlanishdan oldin bor bo‘lgan kasalliklar jazo muddatini 
o ‘tash davrida kuchayib, jazoni o£tashga to £sqinlik qiladigan bo‘lsa, 
qoidalaming 1-ilovasiga muvofiq, mahkumlarni kasalligi tufayli 
jazoni o£tashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos bo£ladigan 
kasalliklar ro‘yxatida ko‘rsatilgan kasalliklardan birining yoki bir 
nechtasining tusini olsa, ular O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar 
vazirligining maxsus tibbiy komissiyasi joylarda Qoraqalpog£iston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar IIB maxsus tibbiy 
komissiyalari tomonidan tibbiy ko'rikdan o£tkaziladilar.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish