Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


' И.В. Баскев. Курс прокурорского надзора. М., «Зеркало», 1998



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

' И.В. Баскев. Курс прокурорского надзора. М., «Зеркало», 1998.
200


IIV maxsus tibbiy komissiyasi kasalliklar ro‘yxatida qayd etilgan 
og‘ir kasallikka chalinganligi haqidagi qarorni, bemor mahkum 
davolash muassasalarida statsionar sharoitda chuqur tibbiy tek- 
shiruvdan o‘tkazilib, undagi klinik tashxis sog‘liqni saqlash idora- 
larining yetakchi mutaxassislari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng 
qabul qiladi. Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga qarashli respublika 
miqyosidagi kasalxonada davolanayotgan og‘ir bemorlar tashxisi 
0 ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqar- 
masi bosh mutaxassislari tomonidan ham tasdiqlanishi lozim.
Ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan mahkumlar ruhiy bemorlar 
kasalxonasida yoki ruhiy kasalliklarni davolash bo'linm asida 
statsionar sharoitda sinchiklab tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladilar. 
Ushbu statsionarlarda ularga qo‘yilgan klinik tashxis Sog‘liqni saqlash 
vazirligining psixiatriya bo'yicha yetakchi mutaxassisi va Ichki ishlar 
vazirligi tibbiyot boshqarmasi bosh psixiatri tomonidan maslahat 
ko‘rigida tasdiqlanishi lozim. Klinik tashxisi tasdiqlangan va 
bemorning ruhiy holati bo'yicha kamida ikki psixiatr ishtirokida 
psixiatrik tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan bemorlar komissiya 
ko‘rigiga taqdim etiladi.
Jazoni ijro etish muassasalari kasalxonalarida davolanayotgan 
bu toifadagi mahkumlar tomonidan sodir etilgan har bir o‘z joniga 
yoki o‘zga shaxsning sog‘lig‘i va joniga suiqasd qilish, shuningdek, 
muassasaning ichki tartib-intizomini buzish holatlari tegishli nazo- 
ratchi-navbatchi guruh xodimlari tomonidan hujjatlashtirib bori­
lishi lozim. Mutaxassislar tomonidan tashxis qo‘yilishi jarayonida 
tibbiy ko‘rik bayoni to liq , aniq dalillar bilan yoritilishi, klinik 
simptomlar va laborator tahlillar bilan isbotlanishi lozim. Bemor 
qo‘yilgan klinik tashxisga binoan, zamriy (konservativ, radikal, xirur- 
gik va ba’zi kasalliklar uchun maxsus) davo muolajalarini imkon 
boricha olgan bo‘lishi lozim.
Mahkumga nisbatan o'tkazilgan tekshiruv va davolash natija- 
lariga asosan IlVning maxsus tibbiy komissiyasi uni ko‘rikdan o‘tka- 
zadi. Bemor mahkumlarda aniqlangan kasalliklar, kasalliklar ro‘y- 
xatida qayd etilgan kasalliklardan biri yoki bir nechtasining tusini 
olganligi va ular jazoni o'tashga monelik qilishi ma’lum bo‘lgan 
hollarda IlVning maxsus tibbiy komissiyasi ularga nisbatan tibbiy 
ko‘rikdan o'tkazilganligi haqida xulosa tuzadi. Mahkumlarni kasalligi 
tufayli o‘talmay qolgan jazodan ozod qilish masalasi u saqla­
nayotgan joydagi sud tomonidan qonunda belgilangan muddat- 
larda ko‘rib chiqilishi lozim.
201


Sud majlisida bemox mahkum, prokuror, qonunda belgilangan 
holatlarda himoyachi, taqdimnoma kiritgan muassasa boshlig‘i va 
kasalxona (tibbiyot bo'limi) mas’ul xodimi hamda bemomi davo- 
lovchi (aihiy kasallikka chalingan bemor masalasi ko‘rilayotganda — 
psixiatr) shifokor ishtirok etadi. Himoyachi qatnashishi majburiy 
bo£lgan hollarda uning ishtirok etishi muassasa boshlig‘i tomonidan 
ta’minlanadi. Mahkumning kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod 
qilish haqidagi taqdimnoma bo‘yicha qabul qilingan sud qarori 
ustidan yuqori turuvchi sudga prokuror, himoyachi va mahkum 
tomonidan protest yoki shikoyat kiritilishi mumkin.
Kasallikning kechishidagi o‘zgarishlar to ‘xtamay, bemor mah­
kumning salomatligi yomonlashishi davom etsa, bunday bemor 
mahkum taqdimnomani rad etish haqida sudning ajrimi chiqqan 
kundan qancha vaqt o'tishidan qat’i nazar, o'matilgan tartibda, qayta- 
dan komissiya ko‘rigiga taqdim etilishi lozim. Joylardagi maxsus tibbiy 
komissiya qaroriga norozilik bildirilgan hollarda IlVning maxsus 
tibbiy komissiyasiga murojaat kiritiladi. IlVning maxsus tibbiy 
komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga norozilik bildirish 
belgilangan tartibda sudga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Sud bemor mahkumga nisbatan berilgan IlVning maxsus tibbiy 
komissiyasining xulosasi bilan kelishmagan yoki xulosada ko‘rsa- 
tilgan holatlar ishning haqiqiy holatiga mos kelmagan yoxud shubha 
tug‘dirgan taqdirda, xulosaning asosliligini tekshirib ко‘rish maqsa­
dida, ko‘rilayotgan ish bo'yicha qonunda belgilangan tartibda tegishli 
sud-tibbiy, sud-psixiatrik yoki boshqa turdagi ekspertiza tayinlash 
huquqiga ega. Ekspertiza tayinlangan holda lining xulosasi olingunga 
qadar, ishni ko‘rish muddati vaqtincha to ‘xtatiladi.
Bemor mahkum tomonidan kasallik alomatlari bo‘rttirib ko'rsa- 
tilayotganligi yoki bemor noqonuniy yo‘l bilan komissiyaga taqdim 
etilayotganligi haqida ma’lumotlar bo‘lsa, muassasa ma’muriyati 
bu holatlar to ‘g£risida IlVning maxsus tibbiy komissiyasiga (joylar­
dagi maxsus tibbiy komissiyaga) darhol bildirishi shart.
Bemor mahkumda aniqlangan kasalliklar kasalliklar ro£yxatida 
qayd etilgan kasalliklar tusini olganligi IlVning maxsus tibbiy komis­
siyasi tomonidan tasdiqlanib, tibbiy xulosa tuzilgan hollarda muas­
sasa boshlig£i mahkumni o£talmay qolgan jazodan ozod qilish to £g£ri- 
sidagi taqdimnomani mazkur tibbiy xulosa bilan birgalikda uning 
shaxsiy yig‘majildi va boshqa zarur hujjatlami komissiya xulosa tuzib 
bergan paytdan boshlab, 24 soat mobaynida jinoyat ishlari bo£yicha 
hududiy sudga taqdim etishi shart.
202


Og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan mahkumdagi tashxisga aniqlik 
kiritish uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tizimidagi ixtisoslashtirilgan ilmiy tibbiy markazlarda va boshqa tibbiy 
muassasalarda zamonaviy tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish hamda 
bemor mahkumdagi kasallik kasalliklar ro‘yxatidagi kasallik tusini 
olganligini tasdiqlash uchun uni yetakchi mutaxassislarning masla- 
hat ko'rigidan o‘tishini ta’minlash mas’uliyati qayd etilgan markaz- 
lar, tibbiy muassasalarning boshliqlariga yuklatiladi. Bu holatda 
qo‘shimcha tekshirish va maslahat ko‘riklari uchun 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan pul to ‘lash 
yo‘li bilan hal qilish belgilangan bo‘lsa, bemor mahkum saqla­
nayotgan jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i ushbu masalani 
o'rnatilgan tartibda hal qilishi lozim.
Og‘ir kasallikka duchor bo‘lganligi tufayli sud ajrimiga ko'ra 
jazoni o ‘tashdan ozod etilgan shaxs davolanishni davom ettirishi 
uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat­
lar sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan awaldan belgilab 
qo‘yilgan, u ozod etilgan muassasaga yaqin joylashgan, uning kasal- 
ligi xususiyatiga mos bo‘lgan, tegishli kasalxonaga kechiktirilmasdan 
yotqizilishi shart.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish