Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

5.5. Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida
saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat
0 ‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralari tizimidagi 
ixtisoslashgan prokurorlar, ya’ni jinoiy jazolarni ijro etish joylarida 
qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus 
prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular hududiy viloyat 
prokurorlariga bo‘ysunadilar. Masalan, Toshkent viloyatida joy- 
lashgan jinoiy jazolarni ijro etish joylaridagi qonunlarga rioya etilishi 
ustidan nazoratni Zangiota tumanida joylashgan ixtisoslashgan jinoiy 
jazolarni ijro etish muassasalarida qonunlarga rioya etilishi uchun 
nazoratni amalga oshiruvchi maxsus prokuror amalga oshiradi. Uning 
vakolatiga Toshkent viloyatida joylashgan barcha jinoiy jazolarni 
ijro etish muassasalarining qonunga asosan faoliyat ko‘rsatishi, u 
yerda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklariga qay darajada 
rioya qilinayotganUgi va aniqlangan qonun buzilish holatlariga zudlik 
bilan prokuror ta ’siri choralari qo‘llash vakolati kiradi. Ular o ‘z 
vakolat doirasidagi muassasalarga xizmat guvohnomalarini ko‘r- 
satib, kunning xohlagan vaqtida, xohlagan mahkumning yashash 
kameralari va intizomiy jazoga tortish xonalari, ularning ishlash 
joylariga kirib borishlari va qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish- 
lari mumkin.
206


Jinoiy jazolarni ijro etishda qonunlarga rioya etilishi ustidan 
nazorat sohasida:
• tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida qonu- 
niylik ahvoli, jazolarni ijro etish qonuniyligi masalalari yuzasidan 
qabul qilingan qarorlarning asosliligi prokurorlar tom onidan 
doimiy ravishda o ‘rganilib, tahlil qilib borilsin, aniqlangan qonun 
buzilishlarning oldini olish va bartaraf etish borasida o‘z vaqtida 
tegishli choralar ko‘rilishi zarurligi;
• tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida mahbus 
va mahkumlarni saqlab turishning qonuniyligi va belgilangan 
muddatlarga rioya etilishi, ularga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy 
jazolarning qonuniyligi, voyaga yetmaganlar va ayollarning jazo 
o ‘tash tartibi va sharoitlarini belgilovchi qonun talablarining 
bajarilishi ahvoli oyida kamida bir marta tekshirib borilishi shartligi;
• asossiz ravishda qamoqda saqlanayotgan shaxslar zudlik bilan 
ozod etilsin. Aniqlangan qonunbuzarlik holatlariga barham berib, ayb- 
dor mansabdor shaxslarning tegishli javobgarligi hal qilinishi lozimligi;
• viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar 
hamda ularning o‘rinbosarlari bunday tekshirishlarda shaxsan qat- 
nashishlari lozimligi qayd etilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi IlVning jazoni ijro etish Bosh bosh- 
qarmasiga qarashli tergov hibsxonasi va jazoni ijro etish muassasa- 
laridagi qonuniylik va jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqqan holda 
tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda reja asosida yalpi tekshi- 
rishlar o‘tkazilishi lozim.
Ushbu tekshirishlarda mahbus hamda mahkumlarning huquqlari 
erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosini o‘rganish 
bilan birgalikda, ularni ish bilan ta ’minlash, davlat mulkining 
saqlanishi, shuningdek, jinoiy-ijroiya tizimini moliyaviy ta’minlash 
masalalari va budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ahvoliga 
alohida e’tibor qaratilishi kerak.
Boshqarma va joylardagi prokurorlar IIV, uning tizimlari tomo­
nidan tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish muassasalarida 
mahkum va mahbuslarni saqlash masalalari yuzasidan chiqarilgan 
normativ-huquqiy hujjatlarining qonuniyligi ustidan doimiy nazo­
rat o‘matishlari lozim. Aniqlangan qonunga xilof buyruq, farmoyish 
va qarorlarni bekor qilish yuzasidan o‘z vaqtida protest kiritilishi 
ta’minlanishi zarur.
0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tergov hibs- 
xonalarida mahbus va mahkumlarni saqlanishining qonuniyligi
207


ustidan nazorat Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik va bojxona organ- 
larida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga vakolatli 
prokurorlar zimmasiga yuklatilgan.
Respublika Harbiy prokurori va joylardagi harbiy prokurorlar 
mahbus va mahkumlarni qo‘riqlovchi, ularni manzilga kuzatib 
borish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar qo‘shinlari qismlarida 
qonunchilikka rioya qilinishini doimiy tekshirsinlar, intizomiy 
batalyonlar va gauptvaxtalarda harbiy xizmatchilarning saqlanishi 
qonuniyligi ustidan nazorat o‘rnatishlari kerak.
Jazoni ijro etish muassasalarida har oyda bir marta mahkumlarni 
shaxsiy masalalar bo‘yicha qabul qilish yo'lga qo‘yilsin, mahbus 
va mahkumlarning ariza va shikoyatlari ko‘rib chiqilishining qonu­
niyligi ustidan doimiy nazorat o ‘rnatishlari lozim.
Prokurorlar o ‘z vakolatlari doirasida har qanday ko‘rinishdagi 
qonun buzilishlarni aniqlash va darhol bartaraf etish, mahbus va 
mahkumlarni tahqirlovchi va qadr-qimmatini kamsituvchi harakat- 
larni oldini olishga qaratilgan choralarni fc>‘rishlari kerak.
Hibsxonalar va muassasalar hududida sodir etilgan jinoyatlar, 
qasddan odam o'ldirish, ommaviy tartibsizliklar, bo‘ysunmaslik, 
qurolli hujum, qamoq yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qo- 
chishlar, og‘ir oqibatlarga olib keluvchi, muassasada o‘matilgan 
tartibni izdan chiqaruvchi holatlar yuzasidan Bosh prokuraturaga 
maxsus xabarnomalar yuborilishi zarur.
Bu toifadagi jinoyat ishlari tergovi ustidan nazorat Bosh proku­
raturaning Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlami 
saqlashda qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda joy­
lardagi prokurorlarga yuklatilgan.
Bunday jinoiy ishlarini sudlarda ko‘rilishida prokurorlarning 
ishtiroki ta ’minlanib, natijalari haqida Bosh prokuraturaga batafsil 
axborotlar taqdim etib borishlari talab etiladi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish