Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

tugatilishi mumkin,
basharti:
1) 
ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rib chiqish paytiga kelib, 
qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan yoxud vaziyat 
o‘zgarishi oqibatida bu shaxs ijtimoiy jihatdan xavfli bo‘lmay qolgan 
deb e ’tirof etilsa;
153


2) birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki 
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat sodir 
etilganidan keyin yetkazilgan zararni bartaraf etgan, qilmishiga 
chin ko'ngildan pushaymon qilgan va jinoyatni fosh qilishga faol 
ko‘maklashgan bo‘lsa;
3) sodir etilgan qilmishning xususiyatini, birinchi marta ijti­
moiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga 
olib, materiallarni voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga 
qarab chiqish uchun berish maqsadga muvofiq bo‘lsa, aybliligi 
haqidagi masalani hal qilmay turib tugatilishi mumkin.
4.3. Ayblov xulosasi bilan kelgan ishlar bo‘yicha prokuror hal
qilishi lozim bo‘lgan masalalar, prokuror qarori
Prokuror yoki uning o‘rinbosari ko‘p voqeali jinoyat ishlari 
bo‘yicha ayblovni ayrim voqealari yuzasidan muayyan shaxsga 
nisbatan to ‘plangan dalillarni ayblov xulosasi tuzish uchun yetarli 
deb e’tirof etsa, shu voqealar bo‘yicha tergovni tamomlash va ishni 
sudga yuborish haqida yozma ko‘rsatma berishga haqlidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 384-moddasi talablariga 
asosan, prokuror va uning o ‘rinbosari tergovchidan ayblov xulosasi 
bilan kelgan jinoyat ishini o ‘rganib chiqishi va quyidagi masalalarga 
e ’tiborni qaratishi lozim:
• ayblanuvchini zimmasiga qo‘yilayotgan qilmish sodir etilgan 
yoki etilmaganligi va bu qilmishda jinoyat tarkibi bor-yo‘qligini;
• qo‘yilgan ayb ishdagi mavjud dalillar bilan asoslantirilgan- 
asoslantirilmaganligini;
• ayblanuvchining isbotlangan barcha jinoiy qilmishlari ayblov 
mazmuniga kiritilgan-kiritilmaganligini;
• jinoyati fosh qilingan barcha shaxslar ayblanuvchi tariqasida 
ishda ishtirok etishga jalb qilingan-qilinmaganligini;
• ayblovni yoki ishni tugatishga sabab bo‘ladigan holatlar bor- 
yo‘qligini;
• ayblanuvchining qilmishlariga to ‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tavsif 
berilganligini;
• ehtiyot chorasi to ‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tavsif berilganligini;
• fuqaroviy da’voni ta ’minlash choralari ko‘rilgan-ko‘rilma- 
ganligini;
• jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan 
shart-sharoitlar aniqlangan-aniqlanm aganligini ham da ularga 
barham berish choralari ko‘rilgan-ko‘rilmaganligini;
154


• tergov sinchkovlik bilan, har tomonlama, to ‘la va xolisona 
о ‘ tkazilgan-o ‘ tkazilmaganligini;
• ayblov xulosasi JPKning 379 va 380-moddalarida nazarda 
tutilgan talablarga muvofiq tuzilgan-tuzilmaganligini;
• surishtiruvchi va tergovchi JPKning boshqa talablariga rioya 
qilgan-qilmaganligini tekshirishi shart.
Ayblov xulosasi bilan kelgan jinoyat ishi bo‘yicha prokuror 
yoki uning o‘rinbosari ehtiyot chorasini o‘z qarori bilan bekor 
qilishga, o ‘zgartirishga yoki ilgari ehtiyot chorasi tanlanmagan 
bo‘lsa, shunday chorani tatbiq etishga haqlidir. Ehtiyot chorasi 
qamoqqa olish tariqasida bo‘lsa, unda sudga bu haqda qonunda 
belgilangan tartibda iltimosnoma bilan chiqadi. Jinoyat ishi sudga 
yuborilgunga qadar, prokuror yoki uning o‘rinbosari sud majlisiga 
chaqiriladigan shaxslarning ro‘yxatini o‘z qarori bilan qisqartirish 
yoki to ‘ldirishga haqlidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 386-moddasi talablariga 
ko‘ra, prokuror yoki uning o ‘rinbosari ayblov xulosasi bilan kelgan 
jinoyat ishini ко‘pi bilan besh sutkada ко‘rib chiqishi va quyidagi 
qarorlardan birini qabul qilishi shart:
• ishni sudga yuborish uchun asoslar mavjud deb topib, ayblov 
xulosasini tasdiqlash;
• o‘z qarori bilan ayblov mazmunidan ayrim bandlarni chiqarib 
tashlash, yengilroq jinoyatni nazarda tutuvchi qonunni qo'llash va 
shu o‘zgartirishlar bilan ayblov xulosasini tasdiqlash;
• qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun ishni o‘z ko‘rsatmalari 
bilan tergovchiga qaytarish;
• ish yuritishni to ‘xtatish;
• ishni tugatish;
• basharti, ayblovni to ‘ldirish yoki uni og‘irlashtirish tomoniga 
yoxud haqiqiy holatlarga ko‘ra, awalgi ayblovdan jiddiy farq qila- 
digan tomonga o‘zgarish talab qilinsa, prokuror yoki uning o‘rin- 
bosari qo‘shimcha yoki o'zgartirilgan ayb e’lon qilish uchun ishni 
qo‘shimcha tergovga qaytaradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2004-yil 11-mayda 
«Sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida prokuror ishtirokining samara- 
dorligi va ta’sirchanligini oshirish to‘g‘risida»gi 21-buyrug‘i qabul 
qilingan. Buyruq mazmuniga ko‘ra, jinoyat ishining dolzarbligi va 
jam oatchilik o ‘rtasida ahamiyati aniqlanib, hajm va mazmun 
jihatdan murakkab bo‘lgan hamda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar 
turkumiga kirgan ishlar bo‘yicha ish prokurorga ayblov xulosasi
155


bilan kelgan vaqtdan boshlab davlat ayblovchisi tayinlanishi va 
uning ish hujjatlariga asoslangan fikri ayblov xulosasini tasdiqlash 
masalasini hal etishda inobatga olinishi lozimligi qayd etilgan.
Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar, prokuror yoki uning 
o‘rinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning ro‘yxatini o ‘z 
qarori bilan qisqartirish yoki to ‘ldirishga haqlidir. Bunda ayblanuv- 
chilar, muomala layoqatiga ega bo'Igan jabrlanuvchilar, voyaga 
yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek, 
fuqaroviy da’vogar deb e ’tirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy 
javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning 
vakillari ro‘yxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki 
tergovda guvoh sifatida so‘roq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa 
bermagan shaxslar ro‘yxatga qo‘shimcha qilib kiritilishi mumkin 
emas (JPKning 387-moddasi).

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish