146
•
sodir
etilgan
qilmishning xususiyatini,
birmchi
marta
ijtimoiy
xavfi katra bo‘lmagan jinoyat sodir etganning shaxsini hisobga olib,
materiallami voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga qarab
chiqish uchun berish maqsadga muvofiq bo‘Isa;
• agarda, jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchiga qo‘yilgan ayb-
lovni to ‘ldirish yoki uni og'irlashtirish tomoniga yoxud haqiqiy
holatlarga ko‘ra, awalgi ayblovdan jiddiy farq qiladigan tomonga
o‘zgartirish talab qilinsa, prokuror yoki uning o‘rinbosari qo‘shim-
cha yoki o‘zgartirilgan ayb e’lon qilish uchun ishni qo‘shimcha
tergovga qaytaradi.
4.2. Protsessual majburlov choralari qoMlashning qonuniyligi
ustidan prokuror nazorati tushunchasi va vazifalari
Ushbu masalada prokurorlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Konsti-
tutsiyasi va qonunlari hamda qonunosti hujjatlarida ko‘rsatilgan
talablarga qay darajada amal qilinayotganligi, fuqarolarning huquq
va erkinliklari muhofazasi qay darajada ta’minlanayotganligi, kerak
bo‘lsa, xalqaro konvensiya talablari asosida ularning huquqlari
muhofazasi ta ’minlanayotganligi e’tiborida bo‘lishi lozim.
Jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini
amalga oshirishga to ‘sqinlik qilayotgan, o ‘ziga yuklatilgan majbu-
riyatlarni bajarmayotgan bo‘Isa, shuningdek, gumon qilinuvchi,
ayblanuvchining kelgusi jinoiy faoliyatining oldini olish va hukm
ijrosini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi,
prokuror va sud 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKda belgilangan
hollarda hamda tartibda majburlov choralarni qo‘llashga haqlidir.
Protsessual majburlov choralarini qo‘llash qonuniy va asoslangan
bo‘lishi lozim. Faqat qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud
bo‘lganda qo‘llanishi mumkin.
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza
o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual
majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxslarga nisbatan g‘ayriinsoniy
munosabatda bo‘lish mumkin emas. Ularga nisbatan protsessual
majburlov chorasi qo‘llanilganda, bu haqda yigirma to ‘rt soatdan
kechiktirmasdan uning oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan
taqdirda, qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berishi,
shuningdek, bu haqda ish yoki o‘qish joyiga ma’lum qilishi shart.
Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza o‘tka-
zish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual
147
majburlov chorasi qo‘llanilgan shaxs boshqa davlatning fuqarosi
bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida 0 ‘zbekiston Respub
likasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berilishi shart. Xabamomaning
nusxasi ishga ilova qilinadi.
Prokurorning protsessual majburlov choralarini qo‘llash haqi
dagi ko‘rsatmasi surishtiruvchi va tergovchi uchun majburiydir.
Bunday ko‘rsatmalarga e’tirozlar bo‘Isa, qonunda belgilangan tar
tibda tergovchi yuqori turuvchi prokurorga shikoyat bilan murojaat
qilishi mumkin.
Fuqarolami ushlash, qamoqqa olish va jinoiy javobgarlikka
tortishda qonunga, tergov va gumon ostidagilar hamda ayblanuv
chilarni qamoqda saqlashda protsessual qonunchilik muddatlariga
rioya qilish ustidan nazorat masalalariga alohida to ‘xtalib o'tsak.
Prokurorlar:
• qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash uchun sudga iltimos
noma bilan og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llash
lozimligi:
^
• og‘ir jinoyat sodir qilganlikda fosh etilgan jinoyatchini ozod-
likda qolishi holatlariga keskin barham berish lozimligi;
• uncha og‘ir boMmagan jinoyatlar uchun qamoqqa olish ehtiyot
chorasini qo‘llash uchun sudga iltimosnoma bilan murojaat qilishni
maqsadga muvofiqmi yoki yo‘qligi masalasiga alohida e’tibor berilishi
kerakligi;
• har bir jinoyat ishi bo'yicha ayblanuvchining yoshi, sog‘lig‘i,
oilaviy ahvoli, nima ish bilan shug'ullanishi va unga qarshi to'plan-
gan dalillaming mazmunini inobatga olinishi kerakligi;
• prokurorlar qamoqqa olishga ruxsat berish uchun sudga iltimos
noma bilan murojaat qilishdan oldin shaxsan jinoyat ishi material-
lari bilan tanishishlari va qamoqqa olinishi lozim bo‘lgan shaxsni
so‘roq qilishlari shartligi;
• shahar va tuman prokurorlari sud tomonidan shaxsni qamoqqa
olganidan so‘ng ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish to ‘g‘risidagi
sud qarori (ajrimi)ning nusxasini yuqori turuvchi prokurorga yubo-
rishi lozimligi;
• jinoyat sodir qilganlikda gumondor sifatida fuqarolami ushlab
turish qonuniyligi ustidan nazorat kuchaytirilishi va muntazam
ravishda har 10 kunda kamida bir marta tekshirib borilishi lozimligi;
• tergov hibsxonalarida saqlanayotgan mahbuslami qamoqda
ushlab turishning qonuniyligi oyda kamida bir marta tekshirib
borilishi lozimligi;
148
• qonunda ko‘rsatilgan qamoqda saqlash muddati va bu muddat
tegishli tartibda uzaytirilmagan hollarda qamoqdagi shaxs darhol
ozod qilinishi kerakligiga alohida e’tibor berishi lozim;
• prokurorlar tomonidan qonunni qasddan har qanday chetlab
o ‘tish, adolatsizlikka yo‘l qo‘yish, g‘ayriqonuniy ravishda fuqarolarni
ushlash, hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortish, tintuv o‘tkazish
kabi harakatlarga favqulodda hodisa deb qaralishi lozim;
• javobgar shaxslarga tegishli chora ko‘rilishi shart;
• fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya
lash lozim. Protsessual majburlov choralarini to‘g‘ri qoilanishi
ustidan nazoratning maqsadi ham aynan shu hisoblanadi.
Jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklari himoyasini
ta ’minlash yuzasidan prokuror nazoratini tubdan yaxshilash
to ‘g‘risida Bosh prokurorning 2005-yil 17-fevraldagi 40-buyrug‘i
qabul qilingan. Buyruq talablariga ko‘ra:
• 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli tarmoq-
lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar,
tuman-shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokuror
lar surishtiruv va dastlabki tergovning barcha bosqichlarida jinoyat
protsessual qonun normalarining og‘ishmay bajarilishi ustidan
qat’iy nazoratni ta’minlashlari zarur;
• jinoyat protsessida shaxsning O 1 zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, protsessual qonunchiligi hamda xalqaro-huquqiy
hujjatlarda vakolatlangan huquq va erkinliklarining ta’minlanishiga
bosh mezon sifatida qaralishi kerak;
• jinoyat ishlarini yuritish chog'ida mutasaddi davlat organlari
va mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarga to ‘liq amal qilinishi
hamda shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish, fuqarolar
ning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, aybsizlik prezump-
siyasi, jinoyat protsessining boshqa insonparvarlik prinsiplariga rioya
etilishi ustidan samarali va ta’sirchan nazorat ta’minlashlari lozim;
• surishtiruv va tergovning boshlang‘ich bosqichlaridan jinoyat
protsessi ishtirokchilarining qonunda belgilangan tartibda himoya
huquqi bilan ta’minlanishiga alohida e ’tibor qaratish zarur;
• surishtiruv va tergov harakatlarini o ‘tkazishda qonunni har
qanday tarzda buzish, adolatsizlikka yo‘l qo‘yish, shaxsning qadr-
qimmati, sha’nini kamsitish va ayblanuvchi (gumonlanuvchi)ning
himoya huquqining buzilishi holatlariga favqulodda hodisa deb
qaralsin va aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi qonun doirasida
hal qilinishi lozim;
149
• fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi,
o‘zaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefonlar orqali so‘zlashuv-
larining sir saqlanishi to ‘g‘risidagi konstitutsiyaviy kafolatlarni
cheklash bilan bogliq tergov harakatlarining o ‘tkazilishiga ruxsat
berishda jinoyat ishida yetarli asoslar mavjudligi sinchkovlik bilan
tekshirilishi kerak;
• prokuror roziligisiz o‘tkazilgan tintuvlaming asosliligi zudlik
bilan o‘rganib borilsin. Zaruriyatsiz, qonunga xilof tarzda tintuv
o‘tkazish va ashyolarni olib qo‘yishning har bir holati yuzasidan
qat’iy munosabat bildirilishi lozim;
• fuqarolami jinoyat sodir etganlikda gumon qilib ushlashning
asoslari va qonuniyligi har o‘n kunda kamida bir marotaba tekshirib
borilishi zarur;
• gumonlanuvchi, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish, qamoqda
saqlab turish yoki ekspertiza o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga
joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari qo‘llanil-
ganida, bu haqda 24 soatdan kechiktirmasdan, ufting oila a’zolariga
yoxud yaqin qarindoshlariga, agarda bu shaxs chet el fuqarosi bo‘lsa,
0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish
shartligi to‘g‘risidagi qonun talablariga og‘ishmay rioya qilinishi lozim;
• prokurorlar tergov va surishtiruv organlari tomonidan ushlab
turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza o'tkazish uchun tibbiy
muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj
voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, qaramog‘ida
bo'lgan boshqa shaxslarini qarindoshlarining yoki tegishli muassasa-
laming homiyligiga topshirishi hamda protsessual majburlov chorasi
qo'lianilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud
uy-joyi bo‘lsa, ularning qo‘riqlanishini tashkil etish choralari ko‘rili-
shiga alohida e ’tibor qaratishlari kerak.
Qamoqqa olishga ruxsat berish uchun sudga iltimosnoma bilan
murojaat qilish to ‘g‘risidagi masalani hal qilishda prokurorlarning
shaxsiy mas’uliyati oshirilishi talab etilib, prokurorlar surishtiruv
va tergov jarayonida jinoyat protsessual qonunchilik talablariga rioya
qilinganligiga baho bergan holda barcha qamoqqa olish uchun sudga
iltimosnoma bilan hujjatlari yuborilayotgan shaxslarni shaxsan
so‘roq qilib, ularga taalluqli quyidagi hujjatlaming mavjudligi hamda
ishga qo‘shilganligiga alohida e’tibor qaratishlari lozim:
• shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar;
• yashash va ish (o‘qish) joylaridan berilgan rasmiy m a’lumot
lar hamda tavsiyanomalar;
150
• oilaviy ahvoli, voyaga yetmagan farzandlari va qaramog‘idagi
shaxslar haqida m a’lumotlar;
•jinoyat ishi bo'yicha yetkazilgan moddiy zararning to'liq yoki
qisman to ‘langanligi haqidagi hujjatlar;
• muqaddam sudlangan yoki sudlanmaganligi haqidagi vakolatli
organlardan olingan m a’lumotlar (talabnomalar);
• shuningdek, ish holatidan kelib chiqib, shaxsning turmush
tarzi, xulq-atvori, sog‘lig‘i to ‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar haqi
dagi hujjatlar olinib, ehtiyoj chorasini qo‘llash uchun jinoyat ishida
yetarli asoslar mavjudligi to ‘liq tekshirilishi shart;
• voyaga yetmaganlar, ayollar hamda uncha og‘ir bo‘lmagan
jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ehtiyot
choralarini qo‘llashda, ularning shaxsi, oilaviy sharoiti, jinoyat
oqibatlarini bartaraf etganliklari, qilmishlaridan pushaymonliklari,
muqaddam sudlanmaganliklari holatlari inobatga olinishi kerak;
• ularni qamoqqa olish masalasi istisno tariqasida, ayblanuv-
chining tergovdan qochib yashirinishi mumkinligi ehtimolini
tasdiqlovchi aniq asoslar bo‘lgan taqdirda muhokama qilinsin;
• iqtisodiyot sohasidagi jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan
shaxslarga nisbatan ehtiyot choralarini qo‘llash masalasiga e’tibor
kuchaytirilib, uning muhokamasi davomida jinoyat oqibatida yetka
zilgan moddiy zararning qoplanganligi holatiga hal qiluvchi mezon
tariqasida qaralishi lozim;
• yetkazilgan moddiy zararning miqdori va qilmishning ijtimoiy
xavfliligi darajasiga mutanosib ravishda, asosan, garov ehtiyot
chorasini qo‘llashga ustuvor ahamiyat berilishi kerak;
• surishtiruv va tergov ustidan nazoratni amalga oshirishda,
shuningdek, dastlabki tergov va ayblanuvchilarni qamoqda saqlash
muddatlarini uzaytirish, ayblov xulosasini tasdiqlash chog‘ida e’lon
qilingan ayblov hamda qo‘llanilgan ehtiyot chorasining asoslan-
ganligi xolisona o‘rganilsin. Yetarli asoslar mavjud bo'lganda qamoq
qa olish tarzidagi ehtiyot chorasini o ‘zgartirish yoki bekor qilish
masalasi muhokama qilinsin;
• tergov jarayonida qamoqqa olish ehtiyot chorasini o'zgartirish
uchun qonunda ko‘rsatilgan asoslar vujudga kelgan taqdirda, bu
asoslar tegishli qarorda to ‘liq ko‘rsatilgan holda gumonlanuvchi
yoki ayblanuvchining qamoqdan ozod qilish masalasi ko‘rib
chiqilishi lozim;
•jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya
qilinishi yuzasidan prokuror nazoratini ta ’minlashda Birlashgan
151
M illatlar Tashkilotining «Inson qadr-qim m atini kamsituvchi
harakatlar, qiynoq va boshqa tazyiqlarga qarshi kurash borasida»gi
konvensiyasi va bu boradagi 0 ‘zbekiston Respublikasining amal-
dagi qonun hujjatlarining bajarilishiga qat’iy amal qilish talab
etiladi;
• tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish muassasalarida
mahbus va mahkumlarning saqlanishi qonuniyligi, belgilangan
muddatlarga rioya etilishi, ularga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy
jazolaming qonunga muvofiqligi, jazo o ‘tash tartibi va sharoitlarini
belgilovchi qonun talablarining bajarilishi yuzasidan har oyda bir
marotaba tekshirishlar o‘tkazib turishlari lozim;
• tergov va surishtiruv davomida fuqarolami qiynoqqa solish,
qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, ularga azob berish, ruhiy yoki jismo
niy ta ’sir ko‘rsatish yoxud boshqa g‘ayriqonuniy usullar bilan
dalillarni to ‘plash holatlari aniqlanganida zudlik bilan aybdor
shaxslarning qonunda ko‘rsatilgan javobgarlik masalasi hal etilishi
zarur;
• tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan
mahbuslarda tan jarohatlarining aniqlanishi holatlari bo‘yicha
hujjatlar sinchkovlik bilan tekshirilishi va jinoyat protsessual qonun
chilik talablari asosida qarorlar qabul qilinishi kerak;
•jinoyat sodir etishda gumonlanib ushlangan va qamoqqa olish
shaxslarni qonunga zid tarzda tergov va surishtiruv uchun maqbul
ko‘rsatuv berishga majbur qilish hollariga yo‘l qo‘yilmasligi talab
etiladi;
• surishtiruv va dastlabki tergovning har tomonlama, to ‘Iiq va
xolisona o ‘tkazilishi ustidan nazoratni ta’minlashda, shuningdek,
davlat ayblovini quwatlash chog‘ida dalillaming jinoyat protsessual
qonunchilik talablari asosida vakolatli mansabdor shaxs tomonidan
olinganligi, ularning ishga aloqadorligi va ishonchliligi to ‘liq
tekshirilishi lozim.
Gum on qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi quyidagi hollarda
aybsiz deb topiladi va reabilitatsiya etilishi lozim:
1) ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi
o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa;
2) uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa;
3) uning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa.
Quyidagi hollarda shaxsning jinoyat sodir etilishida aybliligi
to ‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishi tugatilishi
lozim, basharti:
152
1) shaxsni javobgarlikka tortish muddati o‘tgan bo‘lsa;
2) e’lon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki
shaxsga daxldor bo'lsa;
3) ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan bo‘lsa;
4) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha sudning qonuniy
kuchga kirgan hukmi bo‘lsa;
5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha ishni tugatish
haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi (qarori) yoki vakolatli
mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoxud
ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori bo‘Isa;
6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo‘zg‘atiladigan
hollarda uning shikoyati bo‘lmasa, ushbu kodeksning 325-mod-
dasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
7) shaxs ijtimoiy-xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javob
garlikka tortish mumkin bo£Igan yoshga to‘lmagan bo‘lsa.
Shaxs ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilin-
ganidan keyin, javobgarlikka tortish muddati o‘tgan yoki amnistiya
akti qabul qilingan taqdirda, shuningdek, ayblanuvchi, sudlanuv
chi vafot etgan hollarda, agar ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki vafot
etgan ayblanuvchi, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari talab qilsa,
ishni yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkin. Bunday
hollarda hukm qilish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, ayblov hukmi
jazo belgilanmasdan chiqariladi.
Jinoyat sodir etilganidan keyin o‘z harakatlarining mohiyatini
idrok etish yoki ularni idora qilish imkoniyatidan mahrum etadigan
ruhiy kasallikka chalinib qolgan shaxs to‘g‘risidagi jinoyat ishi ushbu
kodeksning 6 1-bobida belgilangan tartibda ayblilik haqidagi masala
hal qilinmasdan tugatiladi.
Jabrlanuvchi Jinoyat kodeksining 661-moddasida nazarda
tutilgan jinoyatlar to ‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi, sudlanuvchi bilan yarashgan taqdirda jinoyat ishi
ushbu kodeksning 62-bobida belgilangan tartibda sud tomonidan
ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilishi mumkin.
Jinoyat ishi quyidagi hollarda shaxsning roziligi bilan uning
aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib
Do'stlaringiz bilan baham: |