Apostil (Apostille) – bu shu turdagi qonuniylashtirishni tan oladigan davlatlar hudududa taqdim etish uchun beriladigan hujjatning qonuniyligi haqidagi ma’lumotlarni to’ldirishning xalqaro standartlashtirilgan formasi. “Apostil” shtampi davlat namunasidagi hujjatlarning asl nusxasiga qo’yiladi.
Hujjatlarni qonuniylashtirishning 2 xil asosiy turi bo’lib ular: “Apostil” shtampining qo’yilishi yoki konsullik qonuniylashtirishdir. Qonuniylashtirish turini tanlash har bir alohida holat uchun hujjat yuborilgan davlatga bog’liq bo’ladi.
“Apostil” shtampining qo’yilishi (ba’zan bu jarayonni yana “osonlashtirilgan, soddalashtirilgan qonuniylashish” yoki “apostillashish” deb ham ataladi) 5-oktabr 1961 yildan Gaaga konvensiyasiga qo’shilgan va konsullik qonuniylashtirishni rad etuvchi va osonlashtirilgan/soddalashtirilgan qonuniylashish – “Apostil” shtampini qo’yishni tan olgan davlatlarga hujjat yuborish uchun qo’llaniladi. Bu jarayonning soddalashtirilgan deb atalganligining sababi shundaki, birinchidan, apostillashtirish anchayin tez bajariladi va faqat bitta organ tomonidan amalga oshiriladi, ikkinchidan, hujjat Gaaga konvensiyasiga a’zo bo’lgan barcha davlatlar hududida yuridik kuchga ega bo’ladi.
Agarda, siz hujjat tayyorlayotgan davlat Gaaga konvensiyasiga a’zo bo’lmasa, unda konsullik qonuniylashtirish kerak bo’ladi. Bu anchayin qiyin jarayon bo’lib oz ichiga O’zbekiston Respubliksi Adliya Vazirligi organlarida, O’zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi organlariga, undan keyin esa O’zbekiston Respublikasidagi hujjat tayyorlayotgan davlat elchixonasi tomonidan hujjat tasdiqdan o’tishi lozim. Buning ustiga hujjat faqat konsullik tamg’asi urilgan davlat hududidagina o’z yuridik kuchiga ega bo’ladi.
Quyiga Gaaga konvensiyasiga a’zo ba’zi davlatlarning ro’yxati keltirilgan( Bu davlatlar chet el ijtimoiy hujjatlarni qonuniylashtirish talablarini rad etadi):
Albaniya, Andora, Angilya, Antigua va Barbuda, Argentina, Armaniston, Avstraliya, Avstriya, Azerbayjon, Bagama, Baxreyn, Barbados, Belorusiya, Belgiya, Beliz, Burmuda, Bosniya, Botsvana, Bruney Darussalam, Bolgariya, Xitoy, Kolumbiya, Kuku oroli, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kipr, Chexiya Respublikasi, Daniya, Dominika, Dominika Respublikasi, Ekvador, Salvador, Estoniya, Folklend orollari, Fidji, Finlandiya, Fransiya, Makedoniya, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Grenada, Gayana, Gondurasa, Vengriya, Islandiya, Hindiston, Irlandiya, Men orollari, Isroil, Italiya, Yaponiya, Qozoqiston, Koreya Respublikasi, Qirg’iziston, Latviya, Lesoto, Liberiya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malavi, Malta, Marshal orollari, Mavrekiy, Meksika, Moldaviya, Monako, Chernogoriya, Namibiya, Niderlandiya, Yangi Koledoniya, Yango Zelandiya, Niue, Norvegiya, Panama, Peru, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya Federatsiyasi, Samao, San-Marino, Serbiya, Seyshel orollari, Slovakiya, Sloveniya, Solomon orollari, Janubiy Afrika, Ispaniya, Sent-Kist va Nevis, Sent-Lyusiya, Sankt-Vinsent va Grenada, Surinam, Svazilend, Shvetsiya, Shetsariya, Tonga, Trinida va Tobago, Turkiya, Terks va Kaykos, Ukraina, Birlashgan Qirollik, Qo’shma Shtatlar, Urugvay, O’zbekiston.
Apostil qanday ko’rinishga ega?
1961- yildagi Gaaga konvensiyasiga binoan, apostil tomonlari 9 smdan kam bo’lmagan to’rtburchak shakliga ega bo’lib Konvensiyaga biriktirilgan namunaga o’xshashi lozim.
Apostil matni quyidagi rekvizitlarni o’z ichiga olishi kerak:
Apostil bergan davlatning nomi
Apostil bilan tasdiqlangan, hujjatni imzolagan shaxs familiyasi va ismi
Apostil bilan tasdiqlangan hujjatni imzolagan shaxsning lavozimi
Apostil qo’yilgan shaharning nomi
Apostil qo’yilgan sana
Apostil qo’yilgan idoraning nomi
Apostil raqami
Apostil qo’ygan idoraning muhri/shtampi
Apostil qo’ygan amaldor shaxsning imzosi
Apostil
Apostil Konvensiyaning rasmiy tillaridan (fransuz yoki ingliz) birida yoki apostil qo’ygan davlatning ona tilida yozilgan bo’lishi mumkin. Amalda Apostil ko’pincha 2 tilda (konvensiya tillaridan birida va milliy tilda)tuziladi.
“Apostille (convention de la Hayedu 5 octobre 1961)” sarlavhasi fransuz tilida bo’lishi shart.
Konvensiya bo’yicha, Apostil hujjatning o’ziga yoki hujjatga biriktirilgan varaqqa qo’yiladi.
Apostilni qayerdan olish mumkin?
Apostilni hujjatlari notarius tomonidan o’tkazilgan joydan olinadi ya’ni, siz tug’ilgan va fuqaroligingiz qayd qilingan jodan. Biroq shunday holatlar ham borki, bola AQSH fuqarosi, ota-onasi esa boshqa davlat fuqarosi, bu holatda bolaga AQSHga apostil rasmiylashtirishga to’g’ri keladi.
Qaysi turdagi hujjatlarni qonuniylashtirish mumkin(apostil qo’yish)?
Istagan hujjat chet el davlatida qonuniylashtirilishi yaki sertifikatlanishi mumkin.(Bunda tug’ilganlik haqida guvohnoma, turmush qurganlik to’g’risidagi guvohnoma, vafot etganlik to’g’risidagi guvohnoma, ajrashganlik to’g’risidagi guvohnoma, diplom, turli xil sertifikatlar, sudlanganlik to’g’risida guvohnoma va h.k.) Apostil talablari hujjat turiga va shu hujjat berilgan berilgan davlat talablariga bog’liq. Hujjatlarni tezda tekshirish bo’yicha chet el agentligi (Foreign Documents Expert) sizning hujjatlaringizni tez va mustaqil ravishda tekshirib, sizning hujjatlaringiz u yoki bu sabab bilan qonuniylashtirishga to’g’ri kelmasa sizga o’zlarining qimmatli maslahatlarini ham berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |