Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

ta q d im n o m a
kiritadi.
Taqdimnoma 
qoida bo‘yicha qonun bilan belgilangan tartibda 
prokuror va uning o ‘rinbosari tom onidan im zolanib, qonun 
buzilishini bartaraf etuvchi va ularning oldini olish chora-tadbir- 
larini ko'ruvchi davlat organlariga va mansabdor shaxslariga, yoxud 
ularning yuqori turuvchi organlariga yuboriladi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlari xuddi shu tekshirilgan 
korxona, muassasa va tashkilotning tarmoq idoralari bo‘yicha ham
128


aniqlanishi mumkin bo‘lgan tarqalganlik xususiyatiga ega bo‘lganda 
yoki prokuror taqdimnomasi rad etilganda, yoxud taqdimnoma 
bo‘yicha noto‘g‘ri qaror qabul qilingan bo‘lsa, taqdimnoma yuqori 
turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yuboriladi.
Taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tad- 
birlar to‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda 
m a’lum qilinishi lozim.
Umumiy nazorat tartibida ilgari amrnoma tarzida zudlik bilan 
qonun buzilishini bartaraf etilishi zarur bo'lgan hollarda kiritiladigan 
hujjat o'rniga ham hozirda «taqdimnoma» kiritiladi. Masalan, 
mohiyati yuzasidan qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish 
zarurati mavjud. Agarda bunday qilinmasa, yomon oqibatlar kelib 
chiqishi mumkin.
Taqdimnomada qonun buzilishida aybdor mansabdor shaxslarni 
intizomiy, m a’muriy yoki moddiy javobgarlikka tortish haqidagi 
prokuror talablari bayon etilishi mumkin. Buning uchun javobgar- 
likning ushbu turlarini qo‘zg‘atish haqidagi maxsus qaror chiqa- 
rilishi shart emas.
Taqdimnoma kollegial organ tomonidan ко‘ rib chiqiladigan 
hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda 
ishtirok etishga haqli.
Taqdimnomani tayyorlashda nafaqat uning chiqarilishi uchun 
aniq sabablardan, balki ushbu taqdimnoma yuboriladigan korxona, 
muassasa yoki tashkilotdagi qonuniylik va huquq-tartibotning holati 
haqidagi xulosalardan foydalanish kerak.
Prokuror o‘z taqdimnomasida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari 
ularga imkoniyat yaratgan sabab va sharoitlardan tashqari ushbu 
qonun buzilishi hollarini bartaraf etish va ularning oldini oluvchi 
sharoitlarni yaratishga imkon beradigan chora-tadbirlar haqida 
ko'rsatib o'tsa, maqsadga muvofiqdir.
Taqdimnoma o‘z shakliga ko'ra, ma’lum talablarga javob berishi 
kerak. Taqdimnomada quyidagi unsurlar mavjud bo‘ladi:
• Taqdimnoma kiritish uchun asos bo‘lgan materiallar (o‘tka- 
zilgan tekshiruv natijalari, qonuniylikka rioya etilishi haqidagi mate- 
riallami umumlashtirish va tahlil qilish, jinoyatni tergov qilish 
natijalari va h.k.);
• buzilgan qonunning nomi va yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishiga 
olib kelgan sabablar, sharoitlar tavsifi;
9
-
21
129


• qonun buzilishiga olib kelgan sabab-sharoitlarni bartaraf qilish 
va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun tavsiya qilinadigan 
chora-tadbirlari;
• qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan aniq mansabdor shaxslarni 
ko‘rsatish;
• ularni javobgarlikka tortish haqidagi prokuror takliflari; 
taqdimnomani darhol ко‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar 
to‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum 
qilinishi lozimligi haqidagi talab;
• prokurorning lavozimi va darajali unvoni, taqdimnomani 
kiritish sanasi, taqdimnoma muallifi imzosi;
• umuman, taqdimnoma, nafaqat, qonun buzilishi hollarini 
bartaraf qilishga xizmat qilmasdan, balki qonun buzilishining oldini 
olishda ahamiyati yuqoridir.
Taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tad- 
birlar to ‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda 
m a’lum qilinishi lozim. Taqdimnoma kollegial organ tomonidan 
ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga m a’lum 
qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Taqdimnoma deyilganida, faqat tor ma’noda tushunilmasligi 
kerak. Bunday hujjat nomi bilan jinoyatlarni tergov qilishda dast­
labki tergov organlari, jumladan, prokuratura organlari tergovchilari 
tomonidan ham, taqdimnomalar kiritilishi ham tushunilishi lozim.
Bunday taqdimnoma jinoyat ishi yakunlanayotganida, jinoyatni 
keltirib chiqaruvchi sabablar, shart-sharoitlarni bartaraf qilish va 
kelgusida shu kabi qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
tegishli chora va tadbirlar belgilash uchun ham jinoyat sodir bo'lgan 
joyga (masalan, mahalla fuqarolar yig‘ini, mehnat jamoasi nomiga) 
kiritiladi.
Bundan tashqari, jinoyat ishi bo‘yicha sud (qarori) hukmi 
chiqarilganidan keyin, jinoyat protsessual qonunchiligida belgilan­
gan protest kiritish muddati quyi turuvchi prokuror tomonidan 
o'tkazib yuborilganida, qonunga muvofiqlashtirilishi lozim bo'lgan 
sud hujjatini va bu hujjatga nisbatan protest kiritishni so‘rab, o‘z 
asoslarini bayon qilingan taqdimnomani quyi turuvchi prokuror 
yuqori turuvchi prokuror nomiga yuborishi lozim.
Prokuror nazorati hujjati sifatida a r i z a . Prokuror fuqarolar, 
yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaat- 
larini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huqu- 
qiga ega.
130


Prokuror arizasi — bu sud muhokamasi orqali qonunlarning 
bir 
xilda va aniq ijro etilishi qonun buzilishi hollari va sud tartibida 
bartaraf 
etilishi lozim bo‘lgan va aybdor shaxslarni javobgarlikka 
tortishning samarali vositasidir.
Prokurorning arizasi sud tomonidan qonun hujjatlarida nazarda 

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish