ZAHARLI MODDALARNING ASOSIY XOSSALARI.
RADIOAKTIV NURLANISHLAR VA ULARNING INSON
ORGANIZMIGA TA’SIRI.
R E J A :
1.Havoda zaharli moddalarning xossalari va klassifikatsiyasi.
2.Ionlovchi nurlanishlar va ularning insrn organizmiga ta’siri.
1). O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalari
Bo‘lgan 89 ta ob’ekt bo‘lib, shulardan 6 tasi kimyoviy xavfli shaharlarda :
Samarkand, Chirchiq, Farg‘ona, Navoiy, Angren va Olmaliqda mavjud.
Bu shaharlarda quyidagicha mikdorda zaharli moddalar saqlanadi:
Chirchiqda – 1050 tonna ammiak ;
Olmaliqda – 2500 tonna ammiak va yana shuncha sulьfat kislota bor.
Angrenda – 14 tonna xlor;
Farg‘onada – 700 tonna ammiak;
Samarkandda – 1000 tonna ammiak;
Navoiyda – 137 tonna xlor, 2000 tonna nitril, akril kislotasi,
96 tonna fosьgen kislotalari mavjud.
Bu kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalarning saqlanishi, ularni saqlashda
Ko‘zda tutilgan xavfsizlik chora-tadbirlari ko‘rib qo‘yilganligi uchun unga katta
Xavf manbasi bo‘lmasada, lekin biron bir avariya sodir bo‘lganda yoki Tabiiy
Ofatlar: masalan er qimirlashi, toshqinlar bo‘lishi natijasida bu zaharli moddalar
Saqlanayotgan idishlar va boshqa anjomlarga zarar etkazilishi natijasida zaharli
Moddalar suv xavzalariga borib quyiilishi natijasida juda katta maydonlarni zaharli
Moddalar bilan zaharlashga sababchi bo‘ladi.
Shuni eslatib o‘tish ham maqsadga muvofiqki, bu zaharli moddalar
Saqlanayotgan shaharlarning ko‘pchiligi daryolarning boshlanish qismida
Joylashgan va bunda Chirchiq daryosining uzunligi 174 km ni, Sirdaryo
Daryosining uzunligi 2790 km tashkil qilishni hisobga olganda, bu moddalarning
Ta’sir doirasini tasavvur qilish mumkin.
Inson organizmiga yomon ta’sir qiladigan va uning normal xayot faoliyati
Jarayonlarini buzadigan moddalar zaharli moddalar deb ataladi.
Inson organizmiga zararli ta’sir qiladigan moddalar sanoat zaharlari
Hisoblanadi (qo‘rg‘oshin, mishьyak va hokazo).
Korxona va tashkilotlarda ishlatiladigan zaharli moddalar ikki guruhga
Bo‘linadi: qattiq zaharlar – mishьyak, qo‘rg‘oshin, kobalьt va hokazo. Suyuq va
Gazsimon zaharlar – atsitilen, toluol, etil spirt, sulьfat angidrid, simob va hokazo.
Xossalari va inson organizmiga turlicha ta’sir etishiga ko‘ra bu moddalar
Quyidagilarga bo‘linadi:a) nafas olish organlarini shikastlovchi moddalar - kremniy (4) oksidi,
sulьfat angidrid va hokazo.
b) qonga ta’sir etuvchi moddalar – uglerod oksid, mishьyakli vodorod.
v) teri va shiliq pardani shikastlaydigan o‘yuvchi moddalar – sulьfat,
xlorid kislota, xrom angidrid va hokazo.
g) nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi moddalar – spirtlar, efirlar, vodorod
sulьfidlar, simob bug‘i va hokazo.
Ishlab chiqarishda sanitariya-giigena talablariga rioya qilinmasa,
ishlovchilarning organizmiga zaharli moddalar ta’sir etadi. Zararli moddalar inson
organizmiga uch yo‘l bilan kirishi mumkin: nafas olish organlari, me’da va ichaklar
orqali va teri orqali.
Zararli moddalar nafas olish organlari orqali organizmga bug‘, gaz va chang
ko‘rinishida kiradi. Zararli moddalar me’da va ichaklar orqali iflos qo‘llar, chekish,
ovqatlanish va zaharli moddalarni yutish oqibatida organizmga kiradi. Organizmga
teri orqali asosan yog‘, moy va xamir quyuqligidagi ximiyaviy zararli organik
moddalar kiradi. Zaharlarning nafas olish organlari orqali kirishi eng xavfli
hisoblanadi. Ayniqsa jismoniy ish qilinganda yoki yuqori haroratli havo sharoitida
ishlaganda o‘pkada zaharlanishga qulay sharoit vujudga keladi.
Organizmga zaharlar ichaklar, buyrak, o‘pka va qisman teri orkali tarqaladi.
Ayrim moddalar organizmga kirib, uning turli sistema va organlari - jigar,
mushaklar, qorajigar, suyaklarga o‘tiradi va turg‘un qatlamlar vaqti-vaqti bilan
yana qonga o‘tib, kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin. Simobli pribor va
apparatlar bilan ishlashda simobning zahar ekanligini nazarda tutish kerak. Bug‘
holidagi simob asosan nerv sistemasini zaharlaydi, bunda uyqu buziladi, umumiy
xolsizlik seziladi, bosh og‘riydi va boshqa noxushliklar yuzaga keladi.
Agar qizib turgan metallga bir necha tomchi simob tushib ketganda o‘limga
olib keluvchi o‘tkir zaharlanish yuz berishi mumkin. Metall simob asta-sekin
oshqozon-ichak yo‘liga o‘tib, jigar, buyrak va boshqa organlarni zaharlaydi. Uni
ochiq idishlarda qoldirish mumkin emas, simobning rangli metallar yoki ruxlangan
temirga tegishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak, chunki ularga qo‘shilgan simob sog‘lik
uchun yanada zaharli bo‘ladi. To‘kilgan simob darhol rezina nok bilan sinchiklab
yig‘ishtirib olinib va suvi bor idishga solinadi.
Zararli moddalarning yo‘l qo‘yilgan chegaraviy mikdori sanitariya
normalarida qat’iy belgilangan. Butun ish staji davomida har kuni 8 soat atrofida
ishlaganda, kishida kasallik paydo qilmaydigan yoki sog‘ligiga zarar
etkazmaydigan zararli moddalarning ish zonasidagi miqdori havodagi yo‘l
qo‘yilgan chegaraviy miqdor hisoblanadi.
2).Ionlovchi nurlanishlar radioaktiv izotoplar parchalanganda chiqadigan
alьfa va beta nurlardan iborat. Rentgen va gamma nurlanishlar ayniqsa kiruvchan
bo‘ladi.
Ionlovchi nurlanish oqibatida teri shikastlanishi, xatarli shishlar, katarakta,
kamqonlilik paydo bo‘lishi, hatto odam o‘lishi mumkin. Nurlanishning xavfli
tomoni shundaki, dastlab u birorta ham sezish organida sezilmaydi.
Ionlovchi nurlanishlarni miqdoriy baholash uchun doza tushunchasidan
Foydalaniladi.Biologik hujayralarga bir xil dozada ionlovchi nurlanish yutilganda
Nurlanish turiga qarab ularning ta’siri har xil bo‘lishi mumkin.
Nurlanish uch xil bo‘ladi: organizmdan tashqaridagi nurlanish manbalaridan tashqi
Nurlanish; organizm ichiga kirgan nurlanish manbalaridan ichki nurlanish; ichki va
Tashqi nurlanish manbalaridan umumiy nurlanish. Nurlanish dozasi yo‘l qo‘yilgan
Chegaraviy dozadan oshib ketmasligi kerak. Nurlanishning effektiv ta’siri oqibatida
Organizmda qaytmas protsesslar yuz bermaydigan eng katta doza nurlanishning
Yo‘l qo‘yilgan chegaraviy dozasi hisoblanadi. Nurlanishning yillik, haftalik va bir
Gallik va hakozo yo‘l qo‘yilgan chegaraviy dozasi belgilangan.
Odamlarga nurlanishning 3 kategoriyasi aniqlangan.
“A” – kategoriya bevosita ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan
Shaxslarning kasbiy nurlanishi. Bunday shaxslar jumlasiga manba solingan
Konteynerlarni o‘rnatadigan, radioizotopli priborlarni tekshiradigan
Laboratoriyalarining xodimlari kiradi. Bu shaxslar uchun nurlanishning yo‘l
Qo‘yilgan chegaraviy dozasi haftasiga 0,1 rentgen.
“B” – kategoriya ionlovchi nurlanish manbalari bo‘lgan priborlar o‘rnatilgan
Xonaga qo‘shni xonada ishlaydigan yoki shu xonaning o‘zida vaqtincha ishlagan
Shaxslarning va sanitariya himoya zonasida bo‘lgan hamma shaxslarning
Nurlanishi. Bu shaxslar uchun nurlanishning yo‘l qo‘yilgan chegaraviy dozasi
Haftasiga 0,01 rentgen.
“V”–kategoriya hamma yoshdagi kishilarning nurlanishi. Nurlanishning yo‘l
Qo‘yilgan chegaraviy dozasi haftasiga 0,001 rentgen.
Radioaktiv moddalar va ionlovchi nurlanishlar manbalari bilan ishlovchi
Barcha kishilar xavfsiz ish metodlariga o‘rnatilgan bo‘lishlari, himoya vositalaridan
Foydalanish va shaxsiy gigiena qoidalarini bilishlari zarur.
Ionlovchi nurlanishlar manbalar o‘rnatilgan jihozlar, konteynerlar, transport
Vositalari, apparatlar va priborlarda radiotsion xavfsizlik belgisi bo‘lishi lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |