Tergov va ayblanuvchini qam oqda ushlab turish m uddatini
6 oydan ko‘proqqa uzaytirish haqida prokuratura, ichki ishlar va
milliy xavfsizlik organlari tergovchilari qo ‘zg‘atgan iltimosnomalar,
respublika prokuraturasiga shaxsan viloyat va ularga tenglashtirilgan
prokurorlar ham da Ichki ishlar vazirligi,
Milliy xavfsizlik xizmati
tergov boshqarmalarining boshliqlari tom onidan taqdim etilishi
qonun bilan belgilab qo‘yilgan.
Jinoyat ishini tugatish yoki to'xtatish haqidagi qarorlar birinchi
m arta b ek o r qilinganda, n azo rat olib b o ru v ch i p ro k u ro rla r
tomonidan qo ‘shimcha tergov muddati bir oy davomida belgilanadi.
Shu jinoyat ishlari b o ‘yicha yana tugatish yoki to ‘xtatish haqidagi
qarorlar bekor qilingan taqdirda, tergov m uddatining um um iy
asoslarda uzaytirilishi lozimligi xususidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi
JPK ning 351-moddasi talablariga qat’iy am al qilinishi kerak.
Tergov va ayblanuvchilarni qam oqda ushlab turish m uddatla-
rining uzaytirilganligi, tergov tamomlanganligi haqida tergovchilar
tergov izolatoriga zudlik bilan xabar berishlan zarur.
Quyidagi hollarda respublika prokuraturasiga axborot yuborilishi
ta ’m inlanishi shart:
• tem iryo‘l,
havo va suv transportlarida, sanoat, qurilish ham da
qishloq xo‘jaligida ro‘y bergan kishilarning nobud b o ‘lishiga yoki
ko‘p m iqdorda moddiy zarar yetishiga sabab b o ‘lgan barcha halo-
katlar, yem irilishlar haqida;
• jiddiy zarar yetkazilishiga sabab bo ‘lgan portlashlar, yong‘inlar
va yoppasiga tarqalgan kasalliklar ham da zaharlanishlar ro ‘y
berganligi haqida;
• qurollar, jangavor aslahalar, portlovchi m oddalar, harbiy
texnikalar, portlash moslamalari va boshqa anjom larning talon-
taroj
qilinganligi, shuningdek, bunday vositalami qo'llash yo'li bilan
sodir
etilgan jinoyatlar haqida;
• giyohvandlik moddalari yoki psixotrop vositalam i talon-taxoj
qilganligi, shuningdek, giyohvandlik vositalari bilan ko!p miqdorda
biznesni amalga oshirganligi haqida;
• uyushgan jinoiy guruhlar tom onidan sodir etilgan barcha
jinoyatlar haqida;
• kelib chiqishidan q at’i nazar, ommaviy tartibsizliklar haqida;
• terrorlik va ekstremistik faoliyatlar,
havo kemasini egallash
yoki bunga suiqasd qilish, shaxsni garov sifatida tutqinlikka olish
holatlari haqida;
116
• prokuratura, sud, adliya, ichki ishlar va Milliy xavfsizlik
xizm ati organlari, axloq tuzatish m uassasalari, D avlat soliq
qo‘mitasi
xodimlari, shuningdek, hokimiyat hamda boshqaruv
organlarining m as’ul mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan
barcha jinoyatlar haqida;
• ozodlikdan m ahrum qilish joylari va maxsus tarbiyaviy m uas-
sasalarda sodir b o ‘lgan ommaviy tartibsizlik, itoatsizliklar, qurolli
guruh b o ‘lib qochish hollari, shuningdek, axloq tuzatish muassa
salari ishlarini izdan chiqarishga qaratilgan va og‘ir oqibatlarga olib
kelgan
harakatlar haqida;
• xorijiy m amlakatlar diplom atik vakolatliklar bilan bog‘liq
jinoyatlar, shuningdek, chet el fuqarolari tom onidan yoki ularga
nisbatan sodir etilgan jinoyatlar haqida;
• tergov o ‘tkazishda qonunsiz usullarning qo‘llanilganligi, bila
turib g'ayriqonum y ushlash, qamoqqa olish, asossiz jinoiy javob
garlikka tortish va boshqa yo‘llar bilan qonunni qo‘pol ravishda
buzilganligi haqida;
• qasddan odam
0
‘ldirish yoki unga
suiqasd qilish;
• nomusga tegish yoki unga suiqasd qilish;
• o ‘zini o ‘zi o ‘ldirish va unga suiqasd qilish;
• tamagirlik maqsadida odam
0
‘ldirish;
• huquqni muhofaza qilish organlari, hokimiyat va boshqaruv
organlari xodimlari, nazorat organlari, ommaviy axborot vositalari
vakillari, siyosiy va jam oat arboblariga nisbatan, ularning xizmat
faoliyati bilan bog‘liq hollarda sodir etilgan jinoyatlar haqida;
• juda ko ‘p miqdorda talon-taroj qilish haqida;
• poraxo‘rlik jinoyati haqida;
• qalbaki pullar tayyorlash va sotish haqida;
• milliy, irqiy yoki diniy nizolar asosida sodir etilgan jinoyatlar
haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: