Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob.  M U A L L IF L IK   H U Q U Q I



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

60-bob.  M U A L L IF L IK   H U Q U Q I

l-§ .  M ualliflik  huquqi  obyektlarini  huquqiy  muhofaza  qilish.

M ualliflik  huquqi  tushunchasi,  tamoyillari 

va  asosiy  kategoriyalari

Intellektual faoliyat  mahsullari  orasida  mualliflik  huquqi  va  turdosh 

huquqlar  obyektlari  alohida  ajralib  turadi.  Bu  alohidalik  ijodkor-muallif 

huquqiy  maqomida  ham,  mualliflik  huquqi  va  turdosh  huquqlar  obyekti 

bo'lgan fan,  adabiyot,  san’at asarlari,  ijrochilik faoliyati  huquqiy rejimida 

ham  o'z  ifodasini  topgan.

Jahonda  turli  mamlakatlar  o'rtasida  ijtimoiy-madaniy  aloqalar  o'sib 

borgani  sayin  bir  mamlakatdagi  ijod k orlar  asarlaridan  boshqa 

mamlakatlardagi  kishilar  foydalanish  imkoniyatlari  kengayib  bormoqda, 

bu  esa  mualliflik  va  turdosh  huquqlar  dunyoning  ko'p  mamlakatlarida 

bir xilda tartibga solinishiga bo'lgan zaruratni vujudga keltirmoqda. Ushbu 

zarurat  taqozosiga  ko'ra,  mualliflik  huquqi  bo'yicha  Butunjahon 

Konvensiyasida  (uni  Jeneva  Konvensiyasi  ham  deyishadi)  hamda  adabiy 

va  badiiy  asarlarni  muhofaza  qilish  bo'yicha  Xalqaro  Konvensiyada  (uni 

Bern  Konvensiyasi  deb  ham  ataydilar1)  ishlab  chiqilgan  va  dunyoning 

ko'pgina  mamlakatlari  o'z  milliy  qonunlarini  u  yoki  bu  Konvensiya 

asosida  shakllantirmoqdalar.  Bern  Konvensiyasi  m e’yorlari  mualliflik 

huquqlarini  huquqiy  muhofaza  etishda  qat’iyroq  tusga  ega2.  O'zbekiston 

Respublikasining  2006-yil  20-iyuldagi  «Mualliflik  huquqi  va  turdosh 

huquqlar  to'g'risida»gi  Qonun  mazmunida  Bern  Konvensiyasining  asosiy 

qoidalari  yotadi.

Mualliflik  huquqi  fuqarolik  huquqining  tarkibiy  qismi  bo'lib,  uning 

eng  muhim  institutlaridan  hisoblanadi.  Mualliflik  huquqi  va  turdosh 

huquqlar  adabiyot,  san’at  asarlarini  yaratish,  ulardan  foydalanish  va 

ijro etish  bilan bog'liq  bo'lgan shaxsiy va  mulkiy munosabatlarni tartibga 

soladi.


Mualliflik  huquqi  tamoyillari  deb  uning  negizida  yotgan  asosiy 

qoidalarga  aytiladi.  Bu  tamoyillar  ichida  O'zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  42-moddasida  mustahkamlab  qo'yilgan  ijod  erkinligi

1 Узбекистон  Республикаси  мазкур  конвенцияга  2006  йил  19 апрелдан  бошлаб аъзо 

хисобланади.

2  Тошев  Б..  Муаллифлик 

ХУКУКИ. 

Тошкент.  Абдулла  Кодирий  номидаги  халк мероси 

нашриёти.1997 -  88—96-6.

www.ziyouz.com kutubxonasi




muhim  ahamiyatga  ega.  Uning  mohiyati  shundan  iboratki,  ijodkor  o ‘z 

ijodiy mahsuli mavzusini tanlashda, uning shaklini belgilashda, uni yaratish 

uslublarini  tanlashda,  undan  foydalanishda  erkin  va  mustaqildir.  Ayni 

vaqtda  bu  erkinlik  qonun  doirasida  amalga  oshirilmog‘i  lozim  Ijodkor  o'z 

asari  orqali  konstitutsiyaviy  tuzumga  qarshi,  zo'ravonlik  yoki  behayolikni 

targ'ib  qilish,  boshqalarning  huquqlarini  poymol  qilish  maqsadlarini 

ko'zlamasligi  lozim  Muhim  konstitutsiyaviy  tamoyillardan  yana  biri  ijodiy 

mahsulotlarga  nisbatan  senzuraning  yo'l  qo'yilmasligi  haqidagi  qoidadir.

Muallif  asami  yaratishda  yoki  e’lon  qilishda  agarda  u  davlat  sirlari, 

shaxsiy  sirlar  yoxud  boshqalarning  qonuniy  manfaatlari  bilan  bog'liq 

bo'lmasa,  oldindan  ruxsat  olish,  asar  mazmunini  nazoratdan  o'tkazish 

talab  etilmaydi.  Mualliflik  huquqining  yana  bir  asosiy  qoidalaridan  biri

—   muallif  huquqlarining  vujudga  kelishi,  uni  muhofaza  etish,  asarni 

yaratish  fakti  asosida  vujudga  kelishi,  u  qandaydir  rasmiyatchiliklarga 

rioya  etilishi talab etilmasligidir. Ushbu tamoyil  FKning  1041-moddasi  va 

Qonunning  10-moddasida  o'z  ifodasini  topgan.

Mualliflaming asarlarni  yaratish va ulardan foydalanishda  ma’naviy 

va  m oddiy  manfaatdorligini  har  tomonlama  muhofaza  etish  ham 

qonunlarda  mustahkamlab  qo'yilgan.  Ushbu  tamoyil  mualliflik  huquqiy 

munosabatlari  qatnashchilarining  huquq  va  burchlarini  belgilovchi 

m e’yorlardagina  emas,  balki  subyektiv  huquqlami  amalga  oshirish 

kafolatlarida, muallif huquqlarini muhofaza etish bo'yicha davlat organlari 

zimmasiga  yuklangan  majburiyatlarda,  buzilgan  muallif  huquqlarining 

himoya  qilinishini  ta’minlovchi  me’yorlarda  ham  o'z  ifodasini  topgan.

Mualliflik  huquqi  bo'yicha  munosabatlar  O'zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi  (27,  29,  42,  67-moddalar  va  boshqalar),  O'zbekiston 

Respublikasi  Fuqarolik  kodeksi  (1041-1081  moddalar),  «Mualliflik huquqi 

va  turdosh  huquqlar  to'g'risida»gi  Qonun,  «ЕНМ  uchun  dasturlar  va 

ma’lumotlar bazalari to'g'risida»gi Qonun, «Noshirlik faoliyati to'g'risida»gi 

qonun,  «Ommaviy axborot vositalari» Qonuni va boshqa qonuniy hujjatlar 

bilan  tartibga  solinadi.  Bu  borada,  ayniqsa,  FK  muhim  ahamiyatga  ega. 

FKning  bevosita  mualliflik  huquqi  bilan  bog'liq  munosabatlarni  tartibga 

soluvchi me’yorlardan tashqari boshqa me’yorlari ham bu sohada tartibga 

soluvchi  vazifalarni  bajaradi.  Masalan,  fuqarolarning  huquq  layoqati 

mazmunini  belgilovchi  m e’yorda  fuqarolarning  fan,  adabiyot,  san’at 

asarlariga  muallif  bo'lish  huquqi  (FKning  18-moddasi),  moddiy  va 

m a’ naviy  zararlarni  undirish  bo'yicha  qoidalari  (FKning  14,  1021- 

moddalari),  intellektual  faoliyat  natijalariga  bo'lgan  mutlaq  huquqlar 

haqidagi  qoidalari  (FKning  97-moddasi)  shular  jumlasidandir.

www.ziyouz.com kutubxonasi




FKning  1041-moddasiga  asosan,  mualliflik  huquqi  ijodiy  faoliyat 

natijasi  bo'lmish  fan,  adabiyot,  san’at  asarlariga  ularning  maqsadi  va 

qadr-qiymati,  shuningdek,  ifodalanish  usulidan qat’iy  nazar,  joriy  etiladi.

Har qanday asar mualliflik huquqi  obyekti sifatida muhofaza  etilishi 

uchun  u  ijodiy  faoliyat  mahsuli  bo'lishi  shart.  Shu  sababli  ham  oddiy, 

kundalik  hayotdagi  so'zlashuvlar,  muloqotlar  mualliflik  huquqi  obyekti 

bo'lib  hisoblanmaydi.  Ijodiy  jarayon  bu,  eng  avvalo,  inson  tafakkuri, 

aqliy  faoliyat  mahsuli,  u  o'ziga  xos  original  tusga  ega.

Huquqiy  adabiyotlarda  ijodiy  jarayonning  ikki  holati  ta’kidlab 

ko'rsatiladi:

a)  asar  yaratish  jarayonining  ongli,  intellektual  xarakteri;

b)  yaratilgan  asarning  yangiligi,  originalligi1.

Ijodkor  ijodiy  jarayonining  ongli,  intellektual  tusi  shundan  iboratki, 

asar  yaratilishidan  oldin  u  ijodkorning  ongida,  xayolida  shakllanadi, 

vujudga  keladi.  Asar  ma’lum  bir  o'y-fikr  asosida  paydo  bo'lib,  u  fikr- 

g'oya,  fikr-reja,  fikr-qoralama  tarzida  bosqichlardan  o'tadi,  shu  tarzda 

asar  yaratilib,  shakllanib  boradi2.

Asarning yangilanishi ijodiy faoliyatning zarur unsuri sifatida asarning 

yangi  mazmunida,  yangi  shaklida,  yangi  g'oyalarida,  yangi  milliy 

konsepsiyasida  ifodalanadi3.

Asarning  yangiligi  haqidagi mezon  mutlaq  tusga  ega  bo'lmay,  nisbiy 

tusga ega. Ilm-fan sohalaridagi asarlarda yangi g'oyalar, yechimlar muhim 

ahamiyatga  ega  bo'lsa,  adabiy  asarlarda  va  san’at  asarlarida  shaklan 

yangilik muhim o'rinni egallaydi. Masalan, o'tmishda  «Xamsa» —  5 doston 

syujeti  bo'yicha  Nizomiy  Ganjaviy,  Xisrav  Dehlaviy,  Alisher  Navoiy 

asarlari  bunga  yaqqol  dalildir.  Oybekning  «Qutlug'  qon»  va  Hamzaning 

«Boy  ila  xizmatchi»  asarlarida  syujet  bo'yicha  o'xshashlik  mavjud,  biroq 

asar shaklan bir-biriga o'xshamaydi. Shu sababli ham mualliflik huquqida 

shakl  bo'yicha  yangilik  o'ziga  xos  tarzda  birinchi  rejaga  chiqadi,  deyish 

mumkin.


Asarning  mualliflik  huquqi  obyekti-  sifatida  muhofaza  qilish  uchun 

yana bir belgisi —  bu uning obyektiv shaklda ifodalanganligidir. Asardagi 

g'oya,  mazmun,  o'y-fikr,  obraz  uchinchi  shaxslar  idrok  etishi,  tanishuvi, 

qabul  qilishi  uchun  imkon  beruvchi  m a’lum  bir  obyektiv  shaklda

1  Гражданское  право.  М.,  1994  й.  Том  I.  Изд.  Бек.  321-6.

2  Серебровский  В.  Й.  Вопросы  авторского  права.  М..  1956  й.  35-6.

www.ziyouz.com kutubxonasi



ifodalangan  bo'lishi  shart.  Shu  ma’noda  olganda  hali  muallifning  o‘y- 

fikrida  bo'lgan,  biroq  boshqalar  qabul  qilish  uchun  obyektiv  shaklga 

kiritilmagan  asar  mualliflik  huquqi  obyekti  bo'lib  hisoblanmaydi.

FKning  1041-moddasiga  asosan,  asar  og'zaki,  yozma  shaklda  yoki 

uni  idrok  etish  imkonini  beradigan  boshqa  obyektiv  shaklda  ifodalangan 

boiishi  lozim.  Yozma  shaklda  yoki  moddiy  jismda  o‘zgacha  usulda 

ifodalangan  asar  (qo‘lyozma,  mashinkalangan  yozuv,  notali  yozuvlar, 

texnika  vositalari  yordamidagi  yozuv,  shu  jumladan,  audio  va  video 

yozuvi,  ikki  o'lchamli  yoki  hajmiy-fazoviy  shaklda  yaratilgan  tasvirda 

va  hokazo)  uning  uchinchi  shaxslar  uchun  foydalanish  imkoniyati  bor- 

yo‘qligidan qat’iy nazar, obyektiv shaklga ega  hisoblanadi. Moddiy jismda 

ifodalanmagan  og'zaki  yoki  boshqa  xil  asar,  basharti  u  uchinchi 

shaxslaming  idrok  etishi  uchun  maqbul  kelgan,  kifoya  qilgan  b o‘lsa 

(omma  oldida  so‘zlash,  ommaviy  ijrochilik  va  hokazo)  obyektiv  shaklga 

ega  hisoblanadi.

Ijodkor  asarining  uchinchi  shaxslar  tomonidan  idrok  etilishi,  qabul 

qilinishi,  hozircha  insonning  ko‘rish  va  eshitish  xususiyatlari,  qobiliyati 

asosida  ro‘y  beradi.

Yozma asarlar, videotasvirlar, ikki o‘lchovli asarlar (rasmlar) hajmiy- 

fazoviy  shakldagi  tasvir  (masalan,  haykal,  m e’moriy  binolar)  ко‘rish 

tuyg‘usi  orqali  qabul  qilinsa,  musiqa,  nutqlar,  badiiy  o'qishlar  eshitish 

tuyg‘usi  orqali  qabul  qilinadi.

Mualliflik  huquqi  obyektlari  quyidagi  turlardan  iborat:

-   adabiy  asarlar  (adabiy-badiiy,  ilmiy,  o‘quv,  publitsistik  va  boshqa 

asarlar);

-   drama  va  ssenariy  asarlari;

-   matnli  yoki  matnsiz  musiqa  asarlari;

-   musiqali  drama  asarlari;

-   xoreografiya  asarlari  va  pantomimalar;

-   audiovizual  asarlar;

-   rangtasvir,  haykaltaroshlik,  grafika,  dizayn  asarlari  va  tasviriy 

san’atning  boshqa  asarlari;

-   manzarali-amaliy  va  sahna  bezagi  san’ati  asarlari;

-   arxitektura,  shaharsozlik  va  bog‘-park barpo etish san’ati asarlari;

-   fotografiya asarlari va  fotografiyaga  o'xshash  usullarda  yaratilgan 

asarlar;


-   jo ‘g ‘rofiya,  geologiya  xaritalari  va  boshqa  xaritalar,  jo ‘g‘rofiya, 

topografiya  va  boshqa  fanlarga  taalluqli  tarhlar,  eskizlar  va  asarlar;

-   barcha  turdagi  EHM  uchun  dasturlar,  shu  jumladan  har  qanday

www.ziyouz.com kutubxonasi




dasturlash  tilida  va  har  qanday  shaklda,  chunonchi  boshlang‘ich  matn 

hamda  obyekt  kodida  ifodalanishi  mumkin  bo‘lgan  amaliy  dasturlar  va 

operatsiya  tizimlari;

— 

Qonunning  5-moddasida  belgilangan  talablarga  javob  beradigan 



boshqa  asarlar  (Qonunning  6-moddasi).

Mualliflik  huquqi  obyekti  bo'lishi  uchun  asar  tugallangan  bo'lishi 

shart  emas.  Shu  sababli  asar  tugallanmagan  bo'lsa  ham,  agarda  ularda 

ijodiylik  unsurlari  mavjud  bo'lsa,  mualliflik  huquqining  mustaqil  obyekti 

bo'lib  hisoblanadi.

Mualliflik  huquqi  e’lon  etilgan  (nashr  etilgan)  va  shuningdek,  nashr 

etilmagan,  hali  qo'lyozma  holatida  bo'lgan  asarlarga  birday  joriy  etiladi.

Mualliflik  huquqining  vujudga  kelishi  uchun  asarni  ro'yxatdan 

o'tkazish yoki biror rasmiyatchilikka  rioya  qilish talab etilmaydi.  Xolbuki, 

intellektual  faoliyatning  boshqa  obyektlari  bo'yicha  huquqiy  muhofaza 

bu  obyekt  vakolatli  davlat  idorasi  tomonidan  maxsus  muhofaza  yorlig'i 

(patent,  guvohnoma)  olgandan  keyin  vujudga  keladi.

Mualliflik  huquqi  g'oyalar,  konsepsiyalar,  prinsiplar,  tizimlar, 

taklif  etilayotgan  yechimlar,  obyektiv  mavjud  kashfiyotlarga  nisbatan 

(agarda  ular  ilmiy  asar  sifatida  obyektiv  shaklga  solinmagan  bo'lsa) 

joriy  etilmaydi.  Rasmiy  hujjatlar  (qonunlar,  qarorlar,  ajrimlar  va  shu 

kabilar),  shuningdek,  ularning  rasmiy  tarjimalari,  rasmiy  ramzlar, 

xalq  ijodiyoti  asarlari,  oddiy  matbuot  axboroti  tusidagi  kundalik 

yangiliklarga  doir  va  joriy  voqealar  haqidagi  xabarlar,  insonning 

bevosita  individual asar yaratishga  qaratilgan ijodiy faoliyati  ishtirokisiz 

muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan texnika vositalari 

yordamida  olingan  natijalar  (masalan,  robot  tomonidan  bastalangan 

m usiqa,  yozilgan  sh e’ r)  ham  m ualliflik  huquqi  o b y e k ti  b o 'lib  

hisoblanmaydi.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish