Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

Birinchidan, 

olish-sotish  va  mulk  ijarasi  shartnomalari  sotuvchining 

yoki  ijaraga  beruvchining  mulk  huquqiga  yoki  ashyoviy  huquqiga 

asoslanadi. Litsenziya shartnomasi esa  litsenziya  beruvchining  intellektual 

mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquqiga  asoslanadi.

Ikkinchidan, 

olish-sotish yoxud mulkiy ijara asosida ashyo oluvchiga 

yoki  ijaraga  topshiriladi  va  bu  ashyoga  nisbatan  bir  vaqtning  o'zida  ikki 

taraflama egalik qilish mumkin. Mutlaq huquq obyektini esa ko'p hollarda 

topshirishga  hojat  yo'q:  ixtiro,  sanoat  namunasi  mazmuni  yoki  tovar 

belgisi  tasviri e’lon etilgan va  hamma  u  bilan  tanishishi,  xabardor bo'lishi 

imkoniga ega. Bu obyekt bir vaqtning o'zida litsenziya beruvchi (litsenziar) 

tomonidan  ham,  nomuayyan  doiradagi  uchinchi  shaxslar  (litsenziatlar) 

tomonidan  ham  foydalanilishi  mumkin.  Ushbu  xususiyatlardan  kelib 

chiqqan  holda,  oldi-sotdi shartnomasi  bo'yicha  FKning  tovarni  topshirish 

yuzasidan  sotuvchining  m a jbu riyatla ri  (F K ning  388-m oddasi), 

sotuvchining  sotilgan  tovarni  saqlash  majburiyati  (FKning  391-moddasi), 

sotuvchining tovar kamchilik-nuqsonlari uchun javobgarligi  (FKning 409- 

moddasi)  va  shu  kabi mulkiy  ijara  shartnomasi  bo'yicha  qator  qoidalarni 

litsenziya  shartnomasi  bo'yicha  amalda  qo'llab  bo'lmaydi.

Litsenziya shartnomasining predmeti bo'lib huquqiy muhofaza ostidagi 

ijodiy  faoliyat  natijasi  (fan,  adabiyot,  san’at  asarlari,  kom p’yuter 

dasturlari,  ixtiro, foydali model,  sanoat namunasi va  hokazo) yoki  xususiy 

alomatlarni  aks  ettiruvchi  vosita  (firma  nomi,  tovar,  xizmat  ko'rsatish 

belgisi)  hisoblanadi.  FKning  1109-moddasi  3-qismiga  asosan,  tovar 

chiqarilgan  joy   nomidan  foydalanish  huquqi  litsenziya  shartnomasi

www.ziyouz.com kutubxonasi




predmeti  bo‘la  olmaydi.  Shartnomada  qatnashuvchi  taraf  —   intellektual 

mulk  obyektiga  nisbatan  mutlaq  huquq  sohibi  —   litsenziar  hisoblanadi. 

Mutlaq  huquq  egasining  huquqlari  qonuniy  asosga  ko‘ra  vujudga  kelgan 

yoki  vakolatli  davlat  idorasi  bergan  huquqiy  muhofaza  yorlig‘i  bilan 

guvohlantirilgan  bo'lishi  shart.  Shartnomada  qatnashuvchi  boshqa  taraf

—   intellektual  mulk  obyektidan  foydalanishga  ruxsatnoma  olgan  shaxs

—   litsenziat  deb  ataladi.

Litsenziya shartnomasida beriladigan huquq, foydalanish chegaralari 

va  muddatlari  aniq  belgilab  qo'yilishi  lozim.

Yuqorida ko'rsatilganday, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq 

huquqlar doirasi nihoyatda keng va rang-barang. Bunday huquqlar shartli 

ravishda  uch  guruhga  bo'linishi  mumkin:  huquq  egasining  obyektdan 

shaxsan  foydalanishi,  boshqalarga  foydalanishga  ruxsat  berishi, 

boshqalarning  foydalanishini  taqiqlab  qo'yishi.  Ayni  vaqtda  bu  huquqlar 

ham  turlicha  ko'rinishlarda  namoyon  bo'lishi  mumkin:  o‘zi  foydalanishi, 

boshqaga  ham  foydalanishga  ruxsat  berishi;  faqat  o‘zi  foydalanishi;  o‘zi 

foydalanmay, boshqaga foydalanishga ruxsat berishi. Boshqaga foydalanishga 

ruxsat berishda bunday foydalanish hududi, foydalanish hajmi va miqyoslari 

(o‘zi  xohlaganday  ma’lum  texnologik  jarayon  yoki  ishlab  chiqarishda, 

ma’lum mahsulotga  nisbatan va  hokazo) ham aniq belgilab qo‘yilishi lozim.

Litsenziya shartnomasida  litsenziya  asosida litsenziatning intellektual 

mulk  obyektidan  foydalanish  muddati  aniq  belgilab  qo'yilishi  lozim.  Bu 

muddat  litsenziya  berilgan vaqtdan  boshlab,  obyektni  huquqiy muhofaza 

qilish  muddati  doirasidan  qisqa  bo'lishi  shart.  Masalan,  ixtiroga  berilgan 

patent 20 yil amal qiladi, aytaylik, ushbu ixtirodan foydalanishga litsenziya 

berilganda,  patentning  amal  qilish  muddati  10  yil  qolgandi.  Litsenziya 

muddati ana shu qolgan muddatdan qisqa bo'lishi shart. Agarda obyektdan 

foydalanishga berilgan ruxsatnoma muddat bilan chegaralanmagan, ya’ni 

obyektning  huquqiy  muhofaza  muddati  davomida  amal  qiladigan  bo'lsa, 

u  holda  foydalanish  litsenziya  shartnomasi  orqali  rasmiylashtirilmaydi, 

bunda  FKning  1035-moddasi  1-qismi  qoidalari  qo'llaniladi.

Litsenziya  shartnomasi  haq  baravariga  tuziladigan  shartnoma 

hisoblanadi.  Odatda  litsenziya  shartnomasi  bo'yicha  haq  to'lashda  ikki  xil 

shakl  keng  qo'llaniladi:  bir  vaqtning  o'zida  haqning  hammasini  to'lash 

(paushal  to'lov)  va  litsenziya  asosida  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  yoki 

sotilgan tovardan olingan daromadlardan hissa ajratib berib turish (royalti). 

Ba’zan har ikkala shakl birgalikda qo'llaniladi. Bunda dastlab kafolatlangan 

qat’iy  miqdordagi  haq  va  keyinchalik  haq  belgilangan  davrda  foydadan 

ulush  ajratish.  Ba’zi  hollarda  haq  natura  shaklida  ham  olinishi  mumkin.

www.ziyouz.com kutubxonasi




To‘lovning  shakli  taraflarning  kelishuvi  asosida  belgilanadi.

Litsenziya shartnomasi asosida litsenziatga quyidagilarning berilishini 

nazarda  tutish  mumkin:

-   intellektual  mulk  obyektidan,  litsenziarning  undan  foydalanish 

huquqi  va  boshqa  shaxslarga  litsenziya  berish  huquqi  saqlanib  qolgan 

holda  (oddiy  mutlaq  litsenziya)  foydalanish  huquqini;

-  intellektual  mulk  obyektidan,  litsenziarning  undan  foydalanish 

huquqi  saqlanib  qolgan  holda,  biroq  boshqa  shaxslarga  litsenziyalarni 

berish  huquqisiz  (mutlaq  litsenziya)  foydalanish  huquqini;

-  qonunda  yo‘1  qo'yiladigan  boshqa  turdagi  litsenziyalarni.

Oddiy  mutlaq  litsenziyada  intellektual  mulk  obyektidan  mutlaq

huquq  egasining  o‘zi  (ya’ni  litsenziar),  litsenziat  va  ayni  vaqgda  mutlaq 

huquq  egasidan  ruxsat  olgan  boshqa  uchinchi  shaxslar  ham  foydalanish 

huquqiga ega bo'ladi. Binobarin,  bunday holda litsenziat litsenziya asosida 

foydalanish ga  ruxsat  olgan  ob yek td a   m utlaq  h uquq  egasining 

foydalanishiga,  shuningdek,  litsenziat  olingan  litsenziya  asosida  oldindan 

m avjud  yoki  keyinchalik  paydo  b o ‘ luvchi  boshqa  litsenziatlarning 

obyektdan  foydalanish  huquqlariga  e’tiroz  bildirishga  haqli  emas.  Bunda 

litsenziatga  obyektdan  boshqalar  qatori  foydalanish  huquqi  o'tadi,  xolos.

Mutlaq  litsenziyada  o b ’ekgdan  litsenziat  ham,  litsenziar  ham 

foydalanishga haqli, biroq litsenziar boshqa uchinchi shaxslarga obyektdan 

foydalanish  bo'yicha  litsenziya  berishga  haqli  emas.  Binobarin,  mutlaq 

litsenziya  shartnomasi  amal  qilgan  vaqtda  litsenziat  ham,  litsenziar  ham 

obyektdan  foydalanishda  teng  hajmli  huquqqa  ega  bo'ladi.

Qonunlarda,  shuningdek,  m ajburiy  litsenziya,  ochiq  litsenziya 

berilishi  shart  bo'lgan  litsenziya  turlari  ham  mavjud.

«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida»gi Qonunning

11-moddasiga asosan patent egalari patent ro'yxatga olingan sanadan boshlab 

uch yil mobaynida sanoat mulki obyektidan foydalanmasa yoki yetarli darajada 

foydalanmasa,  ushbu  muhofaza  etilayotgan  sanoat  mulki  obyektidan 

foydalanishni  xohlovchi  va  foydalanishga  tayyor  har  qanday  shaxs,  patent 

egasi  litsenziya  shartnomasi  tuzlshdan  bosh  tortgan taqdirda,  o'ziga  majburiy 

nomutlaq  litsenziya  berishni  so'rab  sudga  iltimosnoma  bilan  murojaat  qilishi 

mumkin.  Agarda  mutlaq  huquq  egasi  sanoat  mulki  obyektidan 

foydalanmaganlik  yoki  yetarli  darajada  foydalanmaganlik  uzrli  sabablarga 

ko'ra  ro'y  berganligini  isbotlab  bermasa,  sud  yuqorida  ko'rsatilgan  shaxsga 

foydalanish  doirasi  hajmi,  muddatlari  va  haq  to'lash  tartibini  belgilagan 

holda  majburiy  litsenziya  berishga  haqli.  Bunda  to'lanadigan  haq  miqdori 

litsenziyaning  bozor  bahosidan  kam  bo'lmasligi  shart

www.ziyouz.com kutubxonasi




«Seleksiya yutuqlari haqida»gi Qonunning 40-moddasiga asosan agar 

patent egasi patent berilgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida seleksiya 

yutug'idan  O'zbekiston  Respublikasida  foydalanmasa  hamda  litsenziya 

shartnomasi  tuzishni  rad  etsa  va,  agar  mazkur  seleksiya  yutug'idan 

foydalanmaslik  jamiyat  manfaatlariga  daxl  etadigan  bo'lsa,  bu  seleksiya 

yutug'idan foydalanish istagidagi shaxs o'ziga majburiy litsenziya berishni 

so'rab  ariza  bilan  sudga  murojaat  qilishi  mumkin.  Majburiy  litsenziya 

nomutlaq  (oddiy)  litsenziya  tariqasida  beriladi  va  uning  egasiga  patent 

egasidan  dastlabki  urug'lik,  ko'chat  yoki  nasi  materialini  olish  huquqini 

beradi.  Majburiy  litsenziya  faqat  seleksiya  yutug'idan  ijozat  etiladigan 

uslubda va litsenziyaga muvofiq foydalanilishini ta’minlay oladigan shaxsga 

beriladi.  Majburiy  litsenziya  patent  egasining  muhofaza  qilinayotgan 

seleksiya yutug'idan foydalanishiga yoki seleksiya yutug'idan foydalanish 

uchun  boshqa  shaxsga  litsenziyani  berishiga  to'sqinlik  qilmaydi.  Patent 

idorasi  majburiy  litsenziyalar  berilganligi  haqidagi  ma’lumotlarni  e’lon 

qiladi.


Majburiy  litsenziyaning  yana  bir  ko'rinishi —  berilishi  shart  bo'lgan 

litsenziya  hisoblanadi.  «Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sanoat  namunalari 

haqida»gi  Qonunning  32-moddasiga  asosan,  agar  patent  egasi  sanoat 

mulki  obyektidan  uning  tarkibida  boshqa  yuridik  yoki  jismoniy  shaxsga 

qarashli muhofaza qilinayotgan o'zga obyekt qo'llanilishi tufayli foydalana 

olmasa, patent egasi mazkur shaxsdan bu obyektdan shartnomada nazarda 

tutilgan shartlar asosida foydalanish uchun litsenziya berishni talab qilishga 

haqlidir.

Intellektual  mulk  huquqining  ba’zi  obyektlariga  nisbatan  ochiq 

litsenziya  shartlari  qo'llaniladi.  «Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sanoat 

namunalari  to'g'risida»  gi  Qonunning  32-moddasiga  asosan,  patent  egasi 

patent idorasiga har qanday shaxsga sanoat mulki obyektidan foydalanish 

huquqini  berishi  haqida  ariza  bilan  murojaat  qilishi  mumkin.  Bunday 

tartibda  olinadigan  litsenziyaga  ochiq  litsenziya  deyiladi.  Ochiq  litsenziya 

sotib  olish  istagida  bo'lgan  shaxs  patent  egasi  bilan  to'lovlar  haqida 

shartnoma  yoxud  nomutlaq  litsenziya  berish  haqida  shartnoma  tuzishi 

lozim.  Shartnoma  shartlari  bo'yicha  nizolar  xo'jalik  sudlarida  ko'riladi. 

Patent  egasining  ochiq  litsenziya  berish  haqidagi arizasi  qaytarib  olinishi 

mumkin  emas.

«Seleksiya  yutuqlari  to‘g'risida»gi  Qonunning  39-moddasiga  asosan, 

patent  egasi  Patent  idorasiga  seleksiya  yutug'idan  foydalanish  huquqini 

har  qanday  shaxsga  berish  to'g'risida  ariza  topshirishga  haqli.  Bu  holda 

patent  yoki  guvohnoma  o'z  kuchida  saqlanganlik  uchun  undiriladigan

www.ziyouz.com kutubxonasi




boj yoki yig'imi 50 foizga kamaytiriladi. Patent egasining ochiq litsenziyaga 

bo'lgan  huquqini  boshqa  shaxsga  berish  to'g'risidagi  arizasi  chaqirib 

olinmaydi. Ochiq litsenziya sotib olish istagini bildirgan shaxs patent egasi 

bilan  to'lovlar  haqida  shartnoma  tuzishi  shart.  Shartnoma  shartlariga 

doir  nizolar  sud  tomonidan  hal  etiladi.

Intellektual  mulk  obyektidan  mutlaq  huquq  egasidan  litsenziya 

olmasdan  foydalanishga  faqat  qonunda  nazarda  tutilgan  hollardagina 

yo'l  qo'yiladi. Bunday foydalanish haq evaziga yoki tekin bo'lishi mumkin. 

Masalan,  «Ixtirolar,  foydali  modellar  va  sanoat  namunalari  to'g'risida»gi 

qonunning  31-moddasida  belgilangan  hollarda  va  tartibda  sanoat  mulki 

obyektid an   avvaldan  foyd a la n u vch i  litsenziya  olm asdan,  tekin 

foydalanishga haqli. Ushbu qonunning 32-moddasi 4-qismiga asosan sanoat 

mulki  obyektidan  patent  egasining  roziligisiz  mutanosib  miqdorda  unga 

tovon  to'lagan  holda  foydalanilishiga  O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  hollarda  ruxsat  berishi 

mumkin.  Bunda  to'lov  hajmi  to'g'risida  nizolar  Oliy  Xo'jalik  Sudi 

tomonidan  hal  etiladi.

Litsenziya  shartnomasi  yozma  ravishda  tuziladi.  Sanoat  mulki 

obyektlari  (ixtiro,  foydali  model,  sanoat  namunasi,  tovar  [xizmat] 

belgisi)dan  foydalanish,  shuningdek,  seleksiya  yutuqlari,  nou-xaudan 

foydalanishga  berilgan  litsenziya  Patent  idorasida  ro'yxatdan  o'tkazilishi 

shart,  aks  holda,  FKning  112-moddasi  1-qismiga  asosan  ular  mutlaq 

(o'z-o'zidan)  haqiqiy  hisoblanmaydi.  Mualliflik  litsenziya  shartnomasining 

o'ziga xos xususiyatlari haqvda FKning 1071-moddasida belgilab qo'yilgan. 

Garchi  qonunda  bevosita  talab  qilinmasa  ham  yaratilishi  fakti  bo'yicha 

mutlaq  huquq  vujudga  keladigan  va  huquqiy  muhofaza  qilinadigan 

obyektlardan  foydalanishga  litsenziya  berish  haqidagi  shartnomalar 

notarial  tartibda  guvoxlantirilmog'i  maqsadga  muvofiq  bo'lur  edi.

Litsenziya shartnomasi mazmunida quyidagilar o'z ifodasini topmog'i 

lozim:  taraflarning  nomlari,  litsenziarning  obyektga  nisbatan  mutlaq 

huquqlarini  guvohlantiruvchi  (tasdiqlovchi)  hujjat  haqida  ma’lumotlar, 

obyektdan  foydalanish  bo'yicha  berilayotgan  huquq  hajmi,  foydalanish 

doirasi,  uslubi, chegarasi, foydalanish muddati,  haq  to'lash  shakli,  miqdor 

va  tartibi,  taraflarning  javobgarligi,  nizolami  hal  etish  tartibi  va  hokazo. 

Bundan  tashqari,  shartnomada  litsenziarning  litsenziatga  berilayotgan 

huquqlaridan real foydalanishni  ta’minlash majburiyati  (zarur hujjatlami 

berish),  buyumlar  namunalari  bilan topshirish,  texnik  yordam  ko'rsatish, 

o'z  mutaxassislarini  yuborish,  maxsus  qurilmalar,  asbob-uskunalar, 

xomashyo bilan ta’minlash va shu kabilar ko'zda tutilishi mumkin. Bundan

www.ziyouz.com kutubxonasi




tashqari, litsenziar litsenziya uchun asos bo'lgan patentning amal qilinishini 

ta’minlash  (bojlarni  to'lab  turish,  uchinchi  shaxslar  da’volaridan  himoya 

qilish),  litsenziat  tomonidan  texnik  shartlarga  va  yo'l-yo'riqlarga  rioya 

qilgan holda litsenziya asosida mahsulot ishlab chiqarishni texnik jihatdan 

amalga  oshirish  mumkinligi  va  zarur  ko'rsatkichlarga  erishysh  uchun 

javobgardir.  Ba’zi  hollarda  litsenziya  shartnomasining  eng  muhim 

shartlaridan  biri  bo'lib,  taraflar  tomonidan  patentlarga  taalluqli 

ma’lumotlarning sir saqlanishi hisoblanadi. Shartnomada bu majburiyatni 

buzganlik  uchun  javobgarlik  nazarda  tutiladi.

Intellektual  mulk  obyektlarining  ba’zi  birlari  bo'yicha  litsenziya 

shartnomasida  nazarda  tutilishi  majburiy  bo'lgan  shartlar  qonunda 

bevosita  ko'rsatilgan.  Masalan,  FKning  1111-moddasi  2-qismiga  asosan, 

firm a  nomidan  foydalanishga  litsenziya  berilganda  shartnomada 

iste’molchini chalg'itib qo'yishni istisno etuvchi ishoralar shart qilib qo'yilishi 

lozim. Mahsulot (xizmat) belgisi haqidagi qonunning 21-moddasi 3-qismiga 

asosan, tovar belgasidan foydalanish huquqidan boshqa shaxsga litsenziya 

asosida  foydalanishga  berilganda  shartnomada  litsenziar  mahsulotining 

sifatidan past bo'lmasligi va litsenziar ana shu shartga amal qilayotganligini 

nazorat  etib  turishi  haqida  shart  bo'lishi  lozim.

Agarda litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan 

bo'lsa, litsenziya oddiy (nomutlaq) deb hisoblanadi. Buning ma’nosi shundan 

iboratki,  litsenziya  shartnomasida  litsenziar  tomonidan  intellektual  mulk 

obyektidan  foydalanish  huquqini  berish  ko'rsatilgan  bo'lishi  mumkin. 

Ushbu  obyektdan  litsenziarning  o'zi  foydalanishi  va  boshqalarga 

foydalanishga  ruxsat  berishi  haqida  ko'rsatmagan  bo'lsa  ham  bunday 

huquq  mavjudligi  haqidagi  prezumpsiya  amal  qiladi.  Binobarin,  bunday 

shartnoma nomutlaq litsenziya shartnomasi hisoblanadi va litsenziar bunga 

e’tiroz  bildirishga  haqli  emas.

Litsenziya oluvchi tomonidan intellektual mulk obyektidan foydalanish 

huquqini boshqa shaxsga berish haqidagi shartnoma sublitsenziya (ikkilamchi 

yoki  hosila  litsenziya)  shartnomasi  hisoblanadi.  Litsenziya  oluvchi  faqat 

litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan hollarda sublitsenziya shartnomasi 

tuzishga  haqli.  Binobarin,  bunday  turdagi  litsenziyani  faqat  mutlaq  va 

to'liq  litsenziya  egalarigina  bera  oladi.  Bunda  sublitsenziatga  beriladigan 

foydalanish huquqi hajmi sublitsenziaming birlamchi litsenziya shartnomasi 

asosida litsenziat sifatida olgan huquqlari hajmidan oshmasligi shart. Asosiy 

(birlamchi) litsenziya shartnomasi haqiqiy emas deb topilganda yoki muddati 

tugaganda  sublitsenziya  ham  o'z-o'zidan  bekor  bo'ladi.

Qo'shimcha  (ikkilamchi)  litsenziatning  harakatlari  uchun  agar

www.ziyouz.com kutubxonasi




litsenziya  shartnomasida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilmagan  bo'lsa, 

litsenziar  oldida  litsenziat  javobgar  bo'ladi.  Masalan,  qo'shim cha 

(ikkilamchi)  litsenziat  aybi  bilan  litsenziya  uchun  asos  bo'lgan  patentga 

doir  m a’lumotlar,  maxfiyligi  saqlanmay  oshkor  qilinganda,  asosiy 

litsenziar  oldida  litsenziatning  o'zi  javobgar  bo'ladi.  O'z  navbatida  asosiy 

litsenziar  ikkilamchi  (qo'shimcha)  litsenziatga  nisbatan  regress  da’vo 

huquqiga ega. Umumiy qoida bo'yicha sublitsenziatning harakatlari uchun 

asosiy litsenziar oldida litsenziat aybi bor-yo'qligidan qat’iy nazar, javobgar 

bo'ladi Litsenziya shartnomasida sublitsenziatning litsenziar oldida bevosita 

o'z  harakatlari  uchun javobgar  bo'lishligi  nazarda  tutilgan  hollar  bundan 

mustasno.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish