5-§. Mutlaq huquq tushunchasi va uning mazm uni
Fuqarolik huquqi nazariyasida mutlaq huquqlar deyilganda bunday
huquq sohiblari (egalari)ni turli harakatlar sodir etish (ijodiy faoliyat
mahsulidan foydalanish, uni tasarruf etish va h. k.) bo'yicha haqdorligi,
vakolatliligini va ayni vaqtning o'zida boshqa har qanday shaxslarga
bunday yuqorida ko'rsatilgan harakatlarni sodir etishning taqiqlanishini
ta’minlovchi subyektiv mutlaq huquq tushuniladi. (qarang: Grajdanskoe
pravo. М., Bek., 1994, Т. 1, 314-bet). Mutlaq huquqlar huquqiy mexanizmi
odatdagidek egallab turishi mumkin bo'lmagan, bir vaqtning o'zida
www.ziyouz.com kutubxonasi
nom uayyan doiradagi shaxslar foydalana olishi mumkin bo'lgan
obyektlarga nisbatan huquq sohibi mulkiy huquqlarining amalga
oshirilishini ta’minlovchi muhim vositadir, biroq mulk huquqi va mutlaq
huquqlar aslo ayniy tushunchalar emas, ularning farqlari haqida yuqorida
mufassal to'xtab o'tilgan edi.
Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi
vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk
obyektidan o‘z xohishiga ko'ra har qanday shaklda, har qanday usulda
mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo'ladi.
Ushbu mutlaq huquqlar o'z xarakteri va mazmuniga ko'ra mulkiy
huquq hisoblanadi.
Intellektual mulk obyektidan o'z xohishiga ko'ra foydalanish
deyilganda huquq sohibining o'z erki, irodasi bilan, hech qanday
majburlashsiz, tazyiqlarsiz foydalanish tushuniladi.
Obyektlardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanish
deyilganda undan turli obyektiv shaklda — qoiyozm a, bosma asar,
apparat, qurilma, etiketka, har xil yorliqpar, maket, inshootlar,
haykallar va shu kabilarda hamda turli vositalar yordamida qo'lyozma
shaklida tarqatish, nashr etish, og'zaki o'qish, reklama prospektlariga
joylashtirish, qurilishlarda mujassamlashtirish va hokazo usullarda
ekspluatatsiya qilish, foydalanish tushuniladi.
Obyektdan foydalanish shakllari va usullari qonun yo'l qo'ygan
asoslarga to'la muvofiq bo'lishi shart. Buning uchun mutlaq huquq sohibi
belgilangan talablarga rioya qilmog'i shart. Masalan, yangi ixtiro asosida
avtomobil yasagan ixtirochi bu avtomobilni tegishli davlat idoralarida
(masalan, Davlat avtomobil inspeksiyasida) qayd ettirgan bo'lishi shart.
Spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlariga nisbatan tovar belgilari bolalar
muassasalarida reklama prospektlari orqali joylashtirilishi mumkin emas.
Yangi dori-darmonlar yaratgan shifokor undan foydalanishda qonunda
belgilangan talablarga rioya qilishi shart. Aks holda intellektual mulk
obyektidan bunday foydalanish qonuniy foydalanish hisoblanmaydi.
Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli bo'lgan intellektual
mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasi
roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
Agarda mutlaq huquq bir necha shaxsga tegishli bo'lsa (masalan,
mualliflarga) uchinchi shaxslar mutlaq obyektdan foydalanish uchun barcha
huquq sohiblaridan ruxsat olmog'i shart.
Mutlaq huquq sohibidan olinadigan uchinchi shaxslarning obyektdan
foydalanishga roziligi ochiq-yaqqol ifodalangan bo'lishi, tegishli huquqiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaklda rasmiylashtirilgan bo'lishi shart. Indamaslik, sukut rozilik alomati
hisoblanmaydi.
Intellektual mulkning ko‘pgina obyektlaridan bir vaqtning o'zida
cheksiz doiradagi uchinchi shaxslarning foydalanishi imkoniyati mavjud
bo'ladi, biroq uchinchi shaxslar bunday imkoniyatdan har doim faqat
mutlaq huquq sohibining ruxsati asosidagina foydalanishlari shart.
Intellektual mulk obyektidan mutlaq huquq egasi ruxsatini olmasdan
foydalangan uchinchi shaxslar tegishli fuqarolik-huquqiy tartibda javobgar
bo'ladilar. Huquq egasi o'z huquqlarini sud tartibida himoya qilishga,
uchinchi shaxslardan huquq buzilish harakatlarini to'xtatishga, keltirilgan
hamma zararni, shu jumladan, ma’naviy zarar qoplanishini uchinchi
shaxslar huquqbuzarlik natijasida olgan barcha daromad va foydalami
o'ziga undirib berilishini talab qilishga haqli.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni
boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazishga, intellektual mulk
obyektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va agar
FK hamda boshqa qonunlarning qoidalariga zid bo'lmasa, ularni boshqacha
tarzda tasarruf etishga haqli.
Umumiy qoidaga ko'ra, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq
huquq mulkiy huquq sifatida fuqarolik muomalasida faol harakatda
bo'ladi. U turli bitimlar va shartnomalar predmeti bo'lishi mumkin.
Binobarin, intellektual mulk obyektiga bo'lgan mutlaq huquq egasi bu
huquqni haq evaziga yoki tekin holda boshqa shaxslarga to'liq yoki
qisman o'tkazish (sotish, hadya qilish, m a’lum cheklangan qoidada
foydalanishga ruxsat berish va hokazo) ga haqli.
Mutlaq huquq to'liq o'tkazilganda huquq egasi mutlaq huquqni
to'liq hajmda uchinchi shaxsga o'tkazadi, demak, bu huquqni o'zidan
to'la begonalashtiradi, natijada uchinchi shaxs mutlaq huquq egasi
hisoblanadi.
Mutlaq huquq qisman o'tkazilganda huquq egasi o'z huquqining
ma’lum qismini o'zida saqlab qolgan holda, qolgan qismini uchinchi
shaxslarga o'tkazadi.
Mutlaq huquqlami boshqa shaxslarga to'liq yoki qisman o'tkazishni
huquqiy rasmiylashtirish shartlari va tartibi FKning 1035-moddasida
belgilab qo'yilgan.
Intellektual mulk. obyektidan boshqa shaxslarning foydalanishiga
ruxsat berish bu obyektga nisbatan mutlaq huquq sohibining vakolatiga
kiradi. Obyektdan foydalanishga ruxsat berishda mutlaq huquq shu huquq
sohibining o'zida qoladi, undan begonalashtirilmaydi, bunda uchinchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
shaxslarda obyektdan foydalanish huquqigina vujudga keladi. Foydalanish
shartlari va tartibi mutlaq huquq va foydalanuvchi o'rtasidagi kelishuv
asosida belgilanadi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasi o'z
huquqini FK va amaldagi qonunlarga zid bo'lmagan har qanday tarzda
tasarruf etishga haqli. Masalan, mutlaq huquqlar egasi bu huquqlarni
o'z majburiyati yoki uchinchi shaxslar majburiyatlarining bajarilishini
ta’minlash usuli sifatida garovga qo'yishi mumkin.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq sohibi o'z
huquqini qonunda man etilgan tarzda tasarruf qilishga haqli emas.
Huquqni tasarruf etishning qonun man etgan usuli FKda yoki amaldagi
qonunlarda bevosita ko'zda tutiladi. Masalan, konstitutsiyaviy tuzumga
qarshi, urush, millatlararo adovat, behayolikni targ'ib etuvchi asarlarni
tarqatish (haq evaziga yoki tekin) qonunga asosan man qilinadi. Yuridik
shaxs qayta tashkil etilmagan yoki boshqa shaxsga o'tkazilmagan hollardan
tashqari, yuridik shaxsning firma nomiga bo'lgan mutlaq huquqi
boshqalarga o'tkazilishiga ruxsat berilmaydi.
Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan, intellektual mulk
obyektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yo'li bilan
cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishiga va ularni tugatishga
(bekor qilishga) FKda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda,
doiralarda va tartibda yo'l qo'yiladi.
Quyidagi intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquq sohibining
mutlaq huquqlarini cheklash hollari, tartibi qonunlarda nazarda tutilgan:
- ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan («Ixtirolar, foydali
modellar va sanoat namunalari to'g'risida»gi Qonunning 12-moddasi);
- seleksiya yutuqlaridan («Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi
Qonunning 31-moddasi);
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalaridan («ЕНМ uchun
dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida
»gi Qonunning 12-moddasi);
- mualliflik huquqi obyektlaridan (FKning 1058— 1061-moddalari).
Mutlaq huquqlar intellektual mulk obyektidan boshqa shaxslarning
foydalanishiga imkoniyat berish orqali qonunlarda nazarda tutilgan
hollarda cheklanishi mumkin. Bunday holatlar quyidagi obyektlarga
nisbatan mavjud:
- sanoat mulki obyektlaridan «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat
namunalar to'g'risida» gi Qonunning 11-moddasida belgilangan hollarda
va tartibda uchinchi shaxslar foydalanishi uchun majburiy litsenziya
berish tartibida;
www.ziyouz.com kutubxonasi
- sanoat mulki obyektlaridan awaldan foydalanib keluvchi shaxslarga
(«Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida»gi Qonunning
31-moddasi);
- oshkor etilmagan axborotlardan foydalanish (FKning 1086-moddasi
4-qismida belgilangan hollarda);
- mualliflik huquqi obyektlaridan («Mualliflik va turdosh huquqlar
to‘g‘risida»gi Qonunning 24-32-moddalari).
Firma nomi, tovar (xizmat ko'rsatish) belgisiga nisbatan mutlaq
huquqlarni cheklash qonunlarda nazarda tutilmagan.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni haqiqiy
emas deb topish asoslari ham amaldagi qonunlarda aniq belgilab qo'yilgan:
- sanoat mulki obyektlariga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza
yorliqlari huquqiy muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan
obyektlarga nisbatan yoki huquqiy muhofaza yorlig'i olishga haqli
bo'lmagan shaxs nomiga berilgan hollarda;
- seleksiya yutuqlariga nisbatan mutlaq huquq «Seleksiya yutuqlari
to‘g‘risida»gi Qonunning 35-moddasida ko'rsatilgan hollarda;
- tovar (xizmat ko'rsatish) belgisiga nisbatan «Tovar belgilari, xizmat
ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida»gi
Qonunning 24-moddasida belgilangan hollarda va tartibda;
- boshqalarning asarlarini o'zlashtirish orqali ushbu asarlarga nisbatan
mutlaq huquqqa ega bo'lgan shaxslarning bunday o'zlashtirishi natijasida
olgan huquqi ham haqiqiy hisoblanmaydi.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni haqiqiy
emas deb topish bunday huquqlarning vujudga kelishi uchun asos boigan
huquqiy muhofaza yorlig'i bergan vakolatli davlat organi, Appelyatsiya
kengashlari yoki sud tomonidan (mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan)
amalga oshiriladi. Bunda mutlaq huquq avval boshdan (qaror chiqarilgan
paytdan emas) haqiqiy sanalmaydi. Binobarin, mutlaq huquqi haqiqiy
emas deb topilgan shaxsning bunday huquqdan foydalanish natijasida
olgan barcha daromadlari mutlaq huquqning haqiqiy egasi foydasiga
undirilishi mumkin.
Ba’zi intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar
boshqa asoslarda muddatdan oldin bekor boiishi ham mumkin: masalan,
- seleksiya yutuqlariga nisbatan («Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi
Qonunning 35-moddasi);
- ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan («Ixtirolar,
foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida»gi Qonunning 28-
moddasi 1-qismi 2— 3-bandlari);
www.ziyouz.com kutubxonasi
- tovar (xizmat) belgilariga nisbatan Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish
belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida »gi qonunning 25-
moddasi 1-qismi, 2-qismining 2, 4, 5, 6-bandlari).
- mualliflik huquqlari obyektlariga nisbatan mutlaq huquq egasi bu
huquqdan ixtiyoriy voz kechgan hollarda;
- oshkor etilmagan axborotlar ularning huquqiy muhofaza qilinishi
shartlaridan (FKning 98-moddasi) biri mavjud bo'lmay qolgan hollarda
unga nisbatan mutlaq huquqlar ham bekor bo'ladi.
Mutlaq huquqni haqiqiy emas deb topishda mutlaq huquq ilgaridan
mavjud emas deb hisoblanadi. Mutlaq huquq muddatidan oldin bekor
bo'lganda esa u bekor qilingunga qadar mavjudligi tan olinadi va faqat
keyingi davr uchun huquqiy oqibatlar vujudga keltirmaydi.
Mutlaq huquqlami cheklashga bunday cheklash intellektual mulk
obyektidan normal foydalanishga zarar yetkazmagan va huquq egalarining
qonuniy manfaatlarini kamsitmagan hollarda yo'l qo'yiladi.
Qonunlar intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlami
cheklash, eng avvalo, ijtimoiy va davlat manfaatlarini nazarda tutib
belgilangan. Lekin bu cheklashlar qonunda qat’iy belgilangan hollarda,
shartlarda va tartibda amalga oshiriladi. Bunday cheklashlar natijasida
uchinchi shaxslar intellektual mulk obyektidan vaqtinchalik, qisman va
ma’lum bir maqsadlardagina foydalanishga haqli bo'ladilar (ba’zi holatlarda
faqat haq evaziga). Bunday cheklashlar asosida uchinchi shaxslarda mutlaq
huquq aslo vujudga kelmaydi.
Intellektual mulk obyektidan normal foydalanishga zarar yetkazish,
eng avvalo, mutlaq huquq sohibining bu obyektdan foydalanish imkoniyatlari
cheklanishida, turli to'sqinliklarda namoyon bo'ladi. Intellektual mulk
obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasining qonuniy manfaatlari
kamsitilishi uning obyektidan kelayotgan yoki oladigan daromadlarining
kamayishida, shaxsiy huquqlarining buzilishida namoyon bo'ladi. Agar mutlaq
huquqni cheklashlar yuqoridagi oqibatlarga olib kelsa, huquq egasi o'z
huquqining sud orqali himoya etilishini talab qilishga haqli.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar egasiga tegishli
mulkiy huquqlar, agar FKda yoki boshqa qonunda boshqacha tartib
nazarda tutilmagan bo'lsa, huquq egasi tomonidan shartnoma bo'yicha
boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin, shuningdek, bu
mutlaq huquqlar meros bo'lib va yuridik shaxs huquq egasi qayta tashkil
etilganda huquqiy vorislik tartibida o'tadi.
Ushbu belgilangan qoidaga intellektual mulk obyektiga nisbatan
mutlaq huquqlar egasiga tegishli mulkiy huquqlar huquq egasi tomonidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
shartnoma bo'yicha boshqa shaxsga to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin.
Bunda nazarda tutilgan huquqlar faqat mulkiy tusga ega bo'ladi, shaxsiy
huquqlarga nisbatan ushbu qoida taalluqli emas. O'tkazilayotgan mulkiy
huquqlar mutlaq huquqlardan kelib chiqishi va faqat huquq egasiga
tegishli bo'lishi shart. Mulkiy huquqlar deganda intellektual mulk
obyektidan shaxsan foydalanish yoki uni haq evaziga foydalanishga berish
bo'yicha huquq egasiga tegishli vakolatlar tushuniladi.
Mulkiy huquq to'liq o'tkazilganda huquq egasi bu huquqlardan
mahrum bo'ladi va bunday huquq uchinchi shaxslarda vujudga keladi.
Mulkiy huquq qisman o'tkazilganda huquq egasi uning ma’lum qismini
o'zida saqlab qolib, qolgan qismini o'tkazadi. Mulkiy huquqlar faqat
shartnoma asosida o'tkaziladi. Shartnoma mulkiy huquq egasi va huquq
to'liq yoki qisman o'tkazilayotgan shaxs o'rtasida tuziladi. Bunday
shartnomalarga nisbatan agarda qonunlarda boshqacha tartib nazarda
tutilmagan bo'lsa, FKning 26-bobi (Shartnoma tushunchasi va shartlari),
28-bobi (Shartnoma shartlarini o'zgartirish va shartnomaning bekor
bo'lishi)da belgilangan qoidalar qo'llaniladi.
Shartnoma tuzuvchi taraflar — intellektual mulk obyektiga nisbatan
mutlaq huquq egasi va mutlaq huquqdan vujudga keluvchi mulkiy huquqlar
o'ziga o'tkazilayotgan shaxs nomlari, agar mutlaq huquq vakolatli davlat
organi tomonidan intellektual mulk obyektiga nisbatan berilgan huquqiy
muhofaza yorlig'i asosida vujudga kelgan bo'lsa, ushbu yorliqnoma va
qayd ro'yxati raqami, uning amal qilish muddati, o'tkazilayotgan mulkiy
huquq mazmuni va hajmi, undan foydalanish shartlari, muddati, agar
shartnoma haq baravariga tuzilayotgan bo'lsa, to'lanadigan haq miqdori va
to'lash tartibi, mulkiy huquq qisman o'tkazilganda undan foydalanish ustidan
huquq egasining nazorat qilish bo'yicha vakolatlari, taraflarning boshqa
huquq va majburiyatlari, shartnoma shartlarini buzganlik uchun taraflarning
javobgarligi va hokazolar ko'rsatilishi lozim Shartnoma taraflar tomonidan
imzolanib, tegishli shaklda rasmiylashtirilishi shart. Shartnoma shakli turli
intellektual mulk huquqi obyektlari uchun turlicha bo'lishi qonunlarda
belgilab qo'yilgan. Mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan mulkiy huquqlar
o'tkazilganda, shartnoma yozma ravishda tuzilib, notarial guvohlantirilishi
lozim. Mutlaq huquq vakolatli davlat organi tomonidan intellektual mulk
huquqi obyektiga nisbatan berilgan huquqiy muhofaza yorlig'i (patent,
guvolinoma) asosida vujudga kelgan bo'lsa, bunda mulkiy huquqni o'tkazish
haqidagi shartnoma yozma tuzilib, notarial guvohlantirilib, vakolatli davlat
idorasining ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. Ushbu qoida nou-xauga nisbatan
ham amal qiladi Aks holda shartnoma haqiqiy sanalmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
FKda va amaldagi qonunlarda ayrim intellektual mulk obyektlariga
nisbatan mutlaq huquqlardan kelib chiquvchi mulkiy huquqlarning huquq
egasi tomonidan boshqa shaxslarga o'tkazish masalasida yuqoridagi
qoidalardan istisnolar mavjud. Masalan, FK 1110-moddasi 2-qismiga
asosan, tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqining huquq
egasi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazishga yo‘l qo'yilmaydi va mabodo
shunday shartnoma tuzilgan bo'lsa, u haqiqiy sanalmaydi. FKning 1101-
moddasida firma nomiga bo'lgan huquqni boshqa shaxsga o'tkazish tartibi
va shartlari belgilangan bo'lib, u yuqoridagi umumiy qoidalardan farq
qiladi. FKning 1105-moddasi 2-qismiga asosan, tovar belgisiga bo'lgan
huquqni, basharti u tovar yoki uning tayyorlovchisi haqida chalg'ishga
sabab bo'lishi mumkin bo'lsa, boshqa shaxsga berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlar huquq egasi
vafotidan keyin meros tartibida qonuniy merosxo'rlarga yoki vasiyat asosida
boshqa shaxslarga o'tadi. Bunda vujudga keladigan munosabatlarga nisbatan
FKning V bo'limida vorislik haqidagi belgilangan normalar qo'llaniladi.
Intellektual mulk obyektlariga mutlaq huquqlar egasi yuridik shaxs bo'lsa,
bunday yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hollarda (uni boshqa bir yuridik
shaxs bilan qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish,
o'zgartirish. (FKning 49-moddasi) mutlaq huquq vorislik tartibida yangi
tashkil etilgan yuridik shaxsga o'tadi. Qayta tashkil etishning bo'lish, ajratib
chiqarish, o'zgartirish hollarida yangi vujudga kelgan yuridik shaxslarning
qaysi biriga mutlaq huquq o'tishi ularning o'zaro kelishuvi asosida, bunday
kelishuvga erishilmagan taqdirda sud tomonidan belgilanadi.
Meros tartibida va huquqiy vorislik tartibida mutlaq huquqlarning
o'tish fakti notarius tomonidan berilgan meros guvohnomasi, huquqiy
muhofaza yorlig'i mavjud bo'lsa, ushbu yorliqni mutlaq huquqni yangi
egasi nomiga rasmiylashtirish haqida vakolatli davlat idorasining tegishli
hujjati olinishi va u davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Mulkiy huquqlarning shartnoma bo'yicha o'tkazilishi yoxud ularning
universal huquqiy vorislik tartibida o'tishi mualliflik huquqlarining va boshqa
begonalashtirilmaydigan hamda o'zgaga o'tkazilmaydigan mutlaq huquqlarning
o'tkazilishiga yoki cheklanishiga sabab bo'lmaydi Bunday huquqlar o'tkazilishi
yoki cheklanishi to'g'risidagi shartnoma shartlari haqiqiy emas.
Ushbu qoida ijodiy faoliyat natijasining yaratuvchisi bo'lgan muallifning
bu natijalarga nisbatan mutlaq huquqlarga ega bo'lgan holatiga taalluqlidir.
Bunday holda agarda muallif mutlaq huquqdan kelib chiquvchi mulkiy
huquqlarni shartnoma asosida boshqa, uchinchi shaxslarga o'tkazsa yoki
muallif vafoti tufayli bunday mulkiy huquqlar universal vorislik tartibida
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquqlar vorislariga o‘tsa, muallif shaxsiy huquqlari, boshqa mutlaq
huquqlar (uning o'zidan begonalashtirilmaydigan va boshqa birovga
o'tkazilmaydigan) aslo bekor bo'lmaydi, cheklanmaydi yoki ularning ham
shartnoma asosida uchinchi shaxslarga yoki vorislarga o'tishiga olib kelmaydi.
Hatto, mutlaq huquq sohibi muallifning o‘zi bo'lmay, boshqa shaxs bo'lgan
taqdirda ham, mutlaq huquqlardan kelib chiquvchi boshqa mulkiy huquqlar
bu huquqlar egasi tomonidan shartnoma asosida uchinchi shaxsga yoki
universal vorislik tartibida vorislarga o‘tgan taqdirda ham bu holat
m uallifning
huquqini
ham da
boshqa o'tk a zilm a y d ig a n va
begonalashtirilmaydigan huquqlarining o'tishiga, bekor bo'lishiga yoxud
cheklanishiga olib kelmaydi.
Ijodiy faoliyat natijasi yaratuvchisi bo'lgan muallifning faqat
o'zigagina tegishli bo'lgan, boshqa birovga o'tkazilm aydigan va
begonalashtirilmaydigan mutlaq huquqlari doirasi, turlari va mazmuni
FKning 1033-moddasida belgilab qo'yilgan.
Bunday huquqlarning o'tkazilishi yoki cheklanishi haqidagi shartlar
ko'zda tutilgan shartnoma muallifning o'zi bilan uchinchi shaxs o'rtasida
yoki intellektual mulk obyektining yaratuvchisi bo'lmagan mutlaq huquq
sohibi va uchinchi shaxs o'rtasida tuzilganligidan q a t’iy nazar,
shartnomaning o'sha shartlari nazarda tutilgan qismi haqiqiy sanalmaydi
va hech qanday huquqiy obyekt vujudga keltirmaydi. Bunday shartnoma
o'z-o'zicha haqiqiy sanalmaydi va unga nisbatan FKning 113-moddasi 3-
qismi qoidalari qo'llanadi.
Shartnomaning yuqoridagi shartlarini haqiqiy emas deb topish haqida
sud tomonidan qaror chiqarilishi talab etilmaydi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mualliflik huquqlari bu obyektga
nisbatan mutlaq huquqlar fuqarolik muomalasida qancha shaxslarga
o'tkazish orqali harakatda bo'lganidan qat’iy nazar, muallifning o'zida
saqlanib qoladi. Boshqacha aytganda, obyektga nisbatan mutlaq huquqlar
necha martalab boshqa uchinchi shaxslarga o'tganligi fakti muallifning
o'ziga tegishli bo'lgan va undan begonalashtirilishi mumkin bo'lmagan
huquqlarining amal qilishiga biron-bir darajada to'sqinlik qilmaydi.
Shartnoma bo'yicha o'tkaziladigan mutlaq huquqlar unda aniqlab
qo'yilishi lozim. Shartnomalarda boshqa shaxsga o'tkaziladigan huquq
sifatida ko'rsatilmagan huquqdar, agar boshqacha hoi isbotlanmagan
bo'lsa, o'tkazilmagan hisoblanadi.
Ma’lumki, mutlaq huquq mulkiy huquqlar majmui sifatida huquq
egasi intellektual mulk obyekti bo'yicha o'zi sodir etishga haqli bo'lgan,
boshqalarga sodir etishga ruxsat bera oladigan yoki sodir etishni taqiqlab
www.ziyouz.com kutubxonasi
qo'ya olishga haqli bo‘lgan xilma-xil vakolatlami o'z ichiga oladi. Shu sababli
ham mutlaq huquqlar shartnoma asosida huquq egasi tomonidan boshqa
shaxsga o'tkazilganda aynan qanday huquq (masalan, ma’lum hudud
doirasida shaxsan tanho foydalanish, boshqa foydatanuvchilar ham mavjud
bo'lgan asosda foydalanish, boshqa hudud doirasida bu huquqni amalga
oshirishga taalluqliligi yoki taalluqli emasligi) o'tkazilayotganligi va bu
huquqdan kelib chiquvchi vakolatlami aniq belgilab, shartnomada aks ettirishi
lozim Shartnomada nazarda tutilmagan barcha huquqlar (mutlaq huquqqa
oid) toki buning aksi isbotlanmaguncha shartnoma bo'yicha o'tkazilmagan
deb hisoblanadi, degan prezumpsiya amal qiladi Buning ma’nosi shundan
iboratki, agar shartnoma asosida mutlaq huquqlardan bir qismini o'ziga
olgan shaxs bu huquqlarga oid qo'shimcha boshqa huquqlami ham amalga
oshirsa, bu holda o'sha qo'shimcha huquqlardan mutlaq huquqlar egasi
roziligi yoki ruxsati asosida amalga oshirganligini tegishli dalil bilan isbotlab
bermog'i shart. Aks holda, u qo'shimcha huquqlami o'zlashtirib olgan
hisoblanadi Qo'shimcha huquqlar mutlaq huquqlar egasi roziligi yoki ruxsati
asosida olganligini isbotlash majburiyati faqat uchinchi shaxs zimmasida
bo'ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan mutlaq huquqlar egasi yengil mashinalar
ishlab chiqaruvchi korxonaga ma’lum markadagi yengil mashinani ishlab
chiqarishda foydalanish uchun shartnoma asosida ixtirodan foydalanish
huquqini o'tkazgan bo'lsa, korxona boshqa markadagi yengil avtomobillarga
nisbatan ushbu ixtironi qo'llay olmaydi (agar bu to'g'rida mutlaq huquqlar
sohibining maxsus ruxsatini olmagan bo'lsa).
M utlaq huquqni uni amal qilish davri b o'yich a cheklangan
muddatlarda foydalanish uchun boshqa shaxsga berishni nazarda tutuvchi
shartnomaga nisbatan litsenziya shartnomasi to'g'risidagi qoidalar
qo'llaniladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, FKning 1035-moddasi 1 -
3-qismlarida ko'zda tutilgan qoidalar mutlaq huquqlar shartnoma asosida
yoki universal vorislik tartibida bunday mutlaq huquqlar amal qilishning
barcha qolgan muddati bo'yicha uchinchi shaxsga o'tishi nazarda tutilgan
hollarga nisbatan taalluqlidir. Agar mutlaq huquqlar egasi bu huquqlami
boshqa shaxslarga vaqtinchalik o'tkazsa (ma’lum chegaralangan muddat
davomida), u holda bunday shartnoma litsenziya shartnomasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |