4-§. Intellektual m ulk obyektlariga nisbatan shaxsiy
va mulkiy huquqlar
Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga
nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo'ladi.
Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan uning muallifining shaxsiy
huquqlari deganda, mulkiy mazmunga ega bo'lmagan, ushbu natijaga
nisbatan ijo d k o r-y a ra tu v ch i sifatidagi m avqeyini e ’ tirof etish,
mustahkamlash va him oya qilishga qaratilgan mutlaq huquqlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
tushuniladi va huquqlar muallifning faqat o'zigagina tegishli bo'lib, boshqa
birovga yetkazilishi, ya’ni muallifdan begonalashtirilishi mumkin emas.
Shaxsiy huquqlar mazmuni, doirasi har bir intellektual faoliyat natijasi
uchun alohida o‘ziga xos tarzda belgilanadi. Masalan, mualliflik huquqi
obyektlariga nisbatan muallif shaxsiy huquqlari doirasi keng (mualliflik
huquqi, mualliflik ism-sharifiga bo'lgan huquq, muallif obro'sini himoya
qilish huquqi, asarni chaqirib olish huquqi va hokazo). Ba’zi obyektlar
bo'yicha esa (masalan, seleksiya yutuqlarida) shaxsiy huquq obyekt
muallifi sifatida tan olinishi huquqi bilan kifoyalanadi.
Intellektual faoliyat natijalari muallifi shaxsiy huquqlari bilan bir
qatorda, ushbu natijaga nisbatan mulkiy huquqlarga ham ega. Mulkiy huquq
mazmuni muallifning ushbu o'zi yaratgan intellektual faoliyat natijasidan
foydalanishi, boshqalarga haq evaziga foydalanishga berish yoki haq evaziga
foydalanish uchun ruxsat berish yoxud haq evaziga bu natijaga nisbatan
huquqlarni boshqalarga yetkazish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Muallifning mulkiy huquqlari hajmi to'liq yoki cheklangan bo'lishi
mumkin. Intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mutlaq huquqlar (FKning
1034-moddasi) muallifning o'ziga emas, boshqa shaxsga tegishli bo'lsa,
muallifning intellektual faoliyati natijasiga mulkiy huquqlari cheklangan
tusga ega bo'ladi (masalan, mualliflik huquqida ergashma huquq yoki
ulush huquqi, seleksiya yutuqlari bo'yicha seleksionerlarning patent
egasidan mukofot olish huquqi, ixtirochining ixtirodan ilmiy-tadqiqot
va shaxsiy maqsadlarda foydalanish huquqi va hokazo).
Shaxsiy nomulkiy huquqdar muallifga uning mulkiy huquqlaridan
qat’iy nazar, tegishli bo'ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga
bo'lgan mulkiy huquqlar boshqa shaxslarga o'tgan taqdirda ham uning
o'zida saqlanib qoladi. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan shaxsiy
huquqlar faqat ijodkor-yaratuvchi (muallif)ning o'ziga tegishli bo'ladi,
mulkiy huquqlar esa, uchinchi shaxslarga ham tegishli bo'lishi mumkin
(masalan, obyekt buyurtma asosida yaratilganda). Mulkiy huquqlar
fuqarolik muomalasida faol harakatda bo'lishi, u boshqalarga haq evaziga
yoki tekin o'tkazilishi, garov predmeti bo'lishi, meros tartibida o'tishi
mumkin. Shaxsiy huquqlar esa ijodkor-muallifning shaxsi bilan bog'liq,
undan begonalashtirilishi, birovga o'tkazilishi mumkin emas. Binobarin,
intellektual faoliyat natijasiga nisbatan mulkiy huquqlar fuqarolik
muomalasida qanday harakatda bo'lishidan qat’iy nazar, shaxsiy huquqlar
faqat ijodkor-muallifning o'zida saqlanib qoladi va mulkiy huquqlardan
foydalanuvchilar ijodkor-yaratuvchi (muallif)ning shaxsiy huquqlariga
www.ziyouz.com kutubxonasi
rioya qilishlari shart. Masalan, asarga nisbatan mutlaq huquqni sotib
olgan nashriyot asarni nashr etishda muallif nomini ko‘rsatishi, asar
daxlsizligiga rioya qilishi lozim.
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, ishlar yoki
xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan
huquq egalariga bu vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli boiadi.
Alohida farqlash belgilari (xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)
ga nisbatan huquqlar intellektual faoliyat natijalariga nisbatan boigan huquqlar
kabi ikki turga, ya’ni shaxsiy va mulkiy tusdagi huquqlarga bo‘linadi va
demak, unga ikki xil tusdagi huquq sifatida qaraladi. Binoba-in, alohida
farqlash belgilari (xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga nisbatan
huquq sohibining huquqi nafaqat mulkiy, ayni vaqtda shaxsiy tusda ham
bo'ladi Biroq bu huquq ma’lum tartibda va shartlarga rioya qilingan holda
haq evaziga yoki tekin, vaqtincha boshqalarga o'tkazilishi, foydalanish uchun
berilishi mumkin boiadi (firma nomiga boigan huquqdan tashqari).
Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb e’tirof
etilishi huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati
bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli boiadi.
Intellektual faoliyat natijasida ixtiro yoki asarni o'z aqliy, ijodiy
faoliyati - mehnati bilan yaratgan shaxs ushbu natijaning muallifi deb tan
olinadi, e’tirof etiladi. Bu huquq ijodiy faoliyat mahsuliga nisbatan mualliflik
huquqi deb atalib, barcha qolgan shaxsiy huquqlarning o'zagini tashkil
etadi, boshqa shaxsiy huquqlar ushbu huquq mavjud boigan taqdirdagina,
undan kelib chiquvchi o'ziga xos hosila ikkilamchi huquq hisoblanadi Muallif
sifatida tan olishga boigan huquq o'z mohiyatiga ko'ra, shaxsiy nomulkiy
huquq hisoblanadi, ya’ni u, birinchidan, ijodkor-yaratuvchi shaxsi bilan
bog'liq, ikkinchidan, mulkiy-iqtisodiy mazmunga ega emas, uchinchidan,
huquq sohibining o'zidan begonalashtirilishi mumkin emas. Bunday huquq
ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina
tegishli boiadi. Ijodiy xususiyatlarga ega bo'lmagan, odatdagi, mexanik
tusdagi mehnati bilan ijodiy faoliyat natijasini yaratishda qatnashgan
shaxslar muallif huquqiga ega boimaydi (masalan, ixtirochi chizmasi
asosida ixtiro qurilmasini yasagan chilangar va hokazo).
Mualliflik huquqi boshqa shaxsga o'tkazilmaydi, berilmaydi. Ijodiy
faoliyat natijasiga nisbatan muallif huquqi ijodkor yaratuvchisining
o'zigagina tegishli, uning o'zidan har qanday tarzda, har qanday asosda
begonalashtirilishi, boshqa birovga o'tkazilishi mumkin emas. Shu
sababdan mualliflik huquqini bitim yoki shartnoma asosida boshqa birovga
o'tkazish (sotish, hadya qilish) yoki undan boshqa shaxslar foydasiga voz
www.ziyouz.com kutubxonasi
kechish muallifning o'z erki, ixtiyori va xohishi bilan sodir bo‘lsa ham
haqiqiy hisoblanmaydi. Binobarin, bir shaxs ikkinchi shaxs uchun uning
nomidan dissertatsiya yozib berishi, asar yozib berishi haqidagi kelishuvlari
haqiqiy hisoblanmaydi va qonunga nomuvofiq bitim sanaladi. 0 ‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasida intellektual mulk
obyektiga nisbatan mualliflik huquqini o'zlashtirib olish, hammualliflikka
majburlash harakatlari uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Agar ijodiy
faoliyat natijasi (ixtiro, asar) ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi
ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo'lsa, ular hammualliflar hisoblanadi.
Hammualliflar shaxsiy huquqlari umumiy qoidalar bo'yicha teng hajmda
bo'lishi e’tirof etiladi. Mulkiy-huquqlar hajmi esa hammualliflar o'rtasida
o'zaro kelishuv asosida belgilanadi va noteng hajmda bo'lishiga yo'l
qo'yiladi. Intellektual mulkning ayrim obyektlariga nisbatan qonunda
asarning to'laligicha hammualliflari bo'lib hisoblanadigan shaxslar doirasi
cheklab qo'yilishi mumkin. Ushbu qoida intellektual mulk obyektini
yaratishda g'oyat ko'pchilik qatnashadigan turlarga nisbatan amal qiladi.
Masalan, kinofilm xuddi shunday obyekt hisoblanadi. Bu jarayonda
ko'pchilik o'z ijodiy mehnati bilan qatnashsa-da, kinofilm muallifi bo'lib
ssenariy muallifi, sahnalashtiruvchi rejissyor, bosh operator, bosh rassom
va shu kabi cheklangan doiradagi shaxslar hisoblanadi.
Yaratilish fakti sababli huquqiy muhofaza qilinadigan obyektlarga
nisbatan muallif huquqlari ushbu yaratilish fakti asosida vujudga keladi
va rasmiyatchiliklarga rioya etilish talab qilinmaydi. Vakolatli davlat
organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i asosida huquqiy muhofaza
ostiga olinadigan intellektual mulk obyektiga nisbatan mualliflik huquqi
huquqiy m uhofaza y orlig 'i h u jja ti yoki boshqa h u jjat asosida
guvohlantiriladi. Barcha shaxsiy huquqlar kabi muallif-yaratuvchi
huquqlari muddasiz himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |