Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Mualliflik huquqi subycktlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet368/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

3-§. Mualliflik huquqi subycktlari

Mualliflik  huquqi  subyektlari  ichida  fan,  adabiyot,  san’at  asarlarini 

ijodiy  mehnati  bilan  yaratgan  shaxs-muallif  alohida  o'rinni  egallaydi. 

Fuqaroning  subyektiv  mualliflik  huquqi  vujudga  kelishi,  fan,  adabiyot 

yoki  san’at  asarlarining  muallifi  sifatida  e’tirof  etilishi  uning  yoshiga, 

aqli  va  ruhiy  holatiga,  asarning  yaratilish  joyiga,  nashr  etilgan- 

etilmaganligiga  bog'liq  emas.

O'zbekiston  Respublikasi  hududida  e’lon  qilingan  yoki  obyektiv

www.ziyouz.com kutubxonasi



shaklda  mavjud  bo‘lgan  asarni  yaratgan  shaxsning  mualliflik  huquqi 

uning  qaysi  davlatning  fuqaroligidan  qat’iy  nazar,  tan  olinadi.

A sari  xorijda  nashr  etilgan  yoki  q o ‘ lyozm a  holida  xorijda 

saqlanayotgan  O'zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  mualliflik 

huquqlari  ham  tan  olinadi.  Agarda  bunday  shaxs  xorijiy  davlat  fuqarosi 

bo'lsa,  uning  mualliflik  huquqi  O'zbekiston  Respublikasi  tomonidan 

tuzilgan  xalqaro  shartnomalar  asosida  belgilanadi.

Garchi  asarni  yaratishda  qatnashmagan  bo'lsa-da,  muallifning 

huquqiy  vorislari  bo'lgan  shaxslar  va  yuridik  shaxslar  ham  subyektiv 

mualliflik huquqlarining subyekti sanaladi. Bunday toifadagi subyektlarga 

muallifning  barcha  huquqlari  emas,  balki  asardan  foydalanish  bo'yicha 

ma’lum  huquqlarigina  o'tadi,  xolos.  Subyektiv  mualliflik  huquqining 

bunday tarzda o'tishi meros yoki muallif bilan tuzilgan shartnoma asosida 

ro'y  beradi.  Xizmat  topshirig'ini  bajarish  yuzasidan  yaratilgan  asardan 

topshiriq  maqsadi  taqozo  etgan  usulda  va  topshiriqdan  kelib  chiqadigan 

doirada foydalanish huquqi, basharti ish beruvchi bilan muallif o'rtasidagi 

shartnomada o'zgacha hoi nazarda tutilgan bo'lmasa, asar yaratish haqida 

topshiriq bergan va muallif bilan mehnat munosabatlari o'rnatgan shaxsga 

(ish  beruvchiga)  tegishlidir.  Ish  beruvchi  bunday  foydalanish  huquqini 

boshqa  shaxsga  berishga  haqlidir.  (Qonunning  34-moddasi).

Asarlar  yaratilishini  tashkil  etuvchi  shaxslar  (audiovizual  asarlarni 

tayyorlovchilar,  ensiklopediyalar  noshirlari,  prodyuserlar  va  boshqa  shu 

kabilar) tegishli asarlaming muallifi deb hisoblanmaydi. Biroq qonunlarda 

nazarda  tutilgan  hollarda  bunday  shaxslar  ana  shunday  asarlardan 

foydalanishda  mutlaq  huquqlarga  ega  bo'ladilar.

Qomuslardan,  qomusiy  lug'atlardan,  ilmiy  ishlarning  davriy  va 

davomli to'plamlaridan, gazetalar, jurnallar va boshqa davriy nashrlardan 

foydalanishning  mutlaq  huquqi  ularning  noshirlariga  tegishlidir.  Bunday 

nashrdan  har  qanday  tarzda  foydalanilganda  ham  noshir  o'z  nomini 

ko'rsatishga  yoki  nomi  ko'rsatilishini  talab  qilishga  haqlidir.

Audiovizual  asar,  shu  jumladan,  film  yaratish  xususida  shartnoma 

tuzish,  basharti  bunday  shartnomada  o'zgacha  hoi  nazarda  tutilgan 

bo'lmasa,  mazkur  asar  mualliflarining  asarni  istifoda  etilishiga,  uni 

tarqatishga,  omma oldida  ijro etishga, barchaning e’tiboriga yetkazishiga, 

kabel  orqali  berishga,  efir orqali  uzatishga  va  asardan har qanday tarzda 

ommaviy  foydalanishga,  film  matnini  subtitrlash  va  dublyaj  qilishga 

bo'lgan mutlaq huquqlarini asarni tayyorlovchiga (prodyuserga) o'tkazishga 

olib  kelmaydi.

Yuqoridan  ko'rinib  turibdiki,  asarlar  yaratilishini  tashkil  etuvchi

www.ziyouz.com kutubxonasi




yuridik  shaxslar,  ya’ni  gazeta,  jurnal,  ilmiy  to'plamlar,  chop  etuvchi 

nashriyotlar,  kino-telestudiyalar,  eshittirish  va  ko'rsatuvlar  tayyorlovchi 

tashkilotlar  mualliflik  huquqlari  doirasi  muallif  huquqlariga  nisbatan 

ancha  qisqa,  asosan,  asarlardan  foydalanish  bilan  bog'liq.  Boshqacha 

aytganda,  asar  muayyan  jismoniy  shaxsning  ijodiy  mehnati  bilangina 

yaratiladi,  shu  sababli  ham  yuridik  shaxslar  muallif  bo‘la  olmaydilar.

M ualliflik  huquqining  eng  m uhim   qoidalaridan  biri  bu  — 

hammualliflik  bo'yicha  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  me’yorlardir. 

Qonunning  12-moddasiga  asosan  ikki  yoki  undan  ortiq  fuqaroning 

birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida  yaratilgan asarga  bo'lgan mualliflik 

huquqi  mazkur  asar  bo'linmas,  bir  butun  yoki  har  biri  ham  mustaqil 

m azm unga  ega  qism lardan  iborat  ekan ligidan   q a t ’ iy  nazar, 

hammualliflarga  birgalikda  tegishli  bo'ladi.

Hammualiflikning  quyidagi  belgilari  mavjud:  a)  ikki  yoki  undan 

ortiq  shaxslaming  birgalikdagi  ijodiy  mehnati;  b)  bunday  birgalikdagi 

faoliyat  natijasida  vujudga  kelgan  asarga  nisbatan  mualliflik  huquqining 

bunday  faoliyatda  ishtirok  etgan  barcha  shaxslarga  taalluqli  ekanligi;  v) 

jamoa  asarining  yaratilganligi.

Hammualliflar tomonidan yaratilgan yagona asarga nisbatan ularning 

huquqlari va o'zaro munosabatlarini, umumiy mulk institutini birgalikdagi 

mulk  va  hissali  mulkka  nisbatan  sherik  mulkdorlar  huquqlari  va  o'zaro 

munosabatlariga  qiyoslash  mumkin,  zero  bunday  huquqiy  tartibga  solish 

mexanizmida  o'xshashliklar  mavjud.

Agar  hammualliflar  tomonidan  yaratilgan  asar  mazmun  yaxlitligiga 

putur  yetmagan  holda  tarkibiy  qismlarga  ajralishi  mumkin  bo'lsa,  u 

holda  Qonunning  12-moddasi  2-3-qismlarida  nazarda  tutilgan  qoidalar 

qo'llaniladi.  Unda  aytilishicha,  agar  asarning  muayyan  qismidan  uning 

boshqa  qismlariga  bog'liq  bo'lmagan  holda  foydalanish  mumkin  bo'lsa, 

bu  mustaqil  mazmunga  ega  bo'lgan  qism  deb  e’tirof  etiladi.  Bunday 

asarlar  jumlasiga  qo'shiq  (musiqasi  va  she’r  matni  bilan  birgalikda), 

kitob (matn va  unga ishlangan  rasmlar bilan birgalikda),  spektakl  (drama 

matni,  musiqasi  va sahna  bezagi)  va  shu kabilar kiradi. Bunday asarlarda 

nisbiy  mustaqil  hammualliflik  mavjud,  chunki  ularning  har  bir  qismi 

alohida  badiiy,  ilmiy  yoki  adabiy  ahamiyatga  ega.  Bunday  asarning 

ma’lum  qismi  muallifi  o'z  qismiga  nisbatan  mualliflik  huquqiga  ega. 

Qonunga asosan hammualliflarning har biri, agar, ular o'rtasidagi bitimda 

boshqacha  hoi  nazarda  tutilmagan  bo'lsa,  asarni  o'zi  yaratgan,  mustaqil 

mazmunga  ega  bo'lgan  qismidan  o'z  xohishiga  ko'ra  foydalanishga  haqli.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Huquqiy  adabiyotlarda  bunday  hollarda  asar  yaratuvchilari  o'rtasida 

hammualliflik  mavjud  emas,  balki  bu  turli  asarlardan  birgalikda 

foydalanish  holati  sodir  bo'ladi,  degan  nuqtayi  nazarlar  ham  mavjud1. 

Bunga javoban  boshqa  mualliflar bunday asarlarning har bir qismi ijodiy 

faoliyatning  ma’lum  turi  mahsuli  (masalan,  qo'shiq  she’ri  matni,  poetik 

asaming  musiqasi va bastakorlik faoliyati natijasida  yaratilgan musiqaviy 

asarni)  tashkil  etadi,  biroq  ular  birlashtirilganda  mualliflik  huquqining 

yangi  obyekti  —   qo'shiq  vujudga  keladi  deb  haqli  fikr  bildiradilar2.

Nisbiy  mustaqil  hammualliflarning  umumiy  yagona  asar  bo'yicha 

majburiyatlar  uchun  javobgarlikka  nisbatan  ham  hissali  majburiyatlar 

haqidagi  qoidani  qo'llash  mumkin.  Boshqacha  aytganda,  bunday 

hammualliflarning  biri  tomonidan  o'z  majburiyatini  buzganligi  boshqa 

mualliflar  uchun  huquqiy  oqibatlar  vujudga  keltirmaydi.  Har  bir  muallif 

o'z  qismi  bo'yicha  javob  beradi.

Hammualliflikning  yana  bir  turi  —  mutlaq  hammualliflikdir.  Bunda 

hammualliflar tomonidan yaratilgan asar mazmunan bir butun, yaxlitlikni 

tashkil  etib,  u  mustaqil  qismlarga  ajralmaydi.  Bunga  H.  Nu’mon,  Sh. 

Shorahmedovning  «Ota»,  Il’f,  Petrovning  «Oltin buzoq»,  «12  stub  asarlari 

yaqqol  misol  bo'la  oladi.  Bunda  barcha  asarga  nisbatan  mualliflik  huquqi 

bir vaqtning o'zida barcha hammualliflarga teng darajada taalluqli bo'ladi.

Q onunning  12-m oddasiga  asosan,  bunday  hollarda  asardan 

foydalanish ni  yetarli  asoslar  bo'lm ay  turib,  taqiqlab  qo'yishga 

hammualliflarning  hech  biri  haqli  emas.  Bo'linmas asar yaratish bo'yicha 

hammualliflarning  majburiyati  uchun  javobgarlik  masalasida  ham 

birgaliqdagi  umumiy majburiyatlar  haqidagi  qoidalarni  qo'llash  mumkin. 

Binobarin,  bunday  hollarda  bir  hammuallifning  majburiyati  bo'yicha 

boshqa  hammualliflar  ham  hech  istisnosiz  javobgar  bo'ladilar.

Hammualliflar  o'rtasidagi  munosabatlar  umumiy  qoida  bo'yicha 

o'zaro kelishuv,  bitim asosida  belgilanadi. Bunday bitimda turli masalalar, 

masalan,  asar  nashr  etilganda  zarvaraqda  qaysi  hammuallif  ism-sharifi 

qanday  tartibda  yozilishi,  qalam  haqini  taqsimlash  va  hokazolar  ko'zda 

tutilishi  mumkin.  Bunday  bitim  bo'lmagan  taqdirda  asarga  nisbatan 

mualliflik  huquqi  barcha  mualliflar  tomonidan  birgalikda  amalga 

oshiriladi,  qalam  haqi  ular  o'rtasida  teng  taqsimlanadi.  Agarda 

hammualliflar  o'zaro  kelishuvga  erisha  olmasalar,  nizo  sud  tomonidan 

hal  etiladi.

1  Гаврилов  Э.  П.  Советское  авторское  право.  Основнью  положения.  Тенденция 

развития.  М.,  1984,  119-6.

2  Гражданское  право.  Т.  2,  1994,  328-6.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Qonunda  filmlar  mualliflari,  hosila  asarlar  mualliflari,  intervyu 

mualliflari  haqidagi  masalalar  bevosita  o'z  ifodasini  topgan  bo'lib,  ular 

mualliflik  huquqi  subyektlari  hisoblandilar.  Qonunning  15-moddasiga 

asosan,  quyidagilar  kinofilm,  telefilm,  videofilm  (audiovizual  asar)  ning 

to'liq  mualliflari  hisoblanadilar:

filmni  sahnalashtiruvchi  rejissor; 

ssenariy  muallifi;

muayyan(  audiovizual  asar  uchun  maxsus  yaratilgan  matnli  yoxud 

matnsiz  musiqa  asarining  muallifi;

sahnalashtiruvchi  (suratga  oluvchi)  operator; 

sahnalashtiruvchi  rassom.

Bunday  asarning  hammualliflari  jumlasiga  filmda  foydalanilgan 

boshqa  asarlarning  muallifi  ham  kiritilishi  mumkin.

Muqaddam  mavjud  bo'lib,  shuningdek,  film  ustida  ish  olib  borish 

jarayonida  yaratilib,  filmda  foydalanilgan  asarlar  mualliflarining  har 

biri  umuman  filmga  bo'lgan  mualliflik  huquqidan  qat’iy  nazar,  mustaqil 

mazmunga  ega  bo'lgan  o'z  asariga  mualliflikni  saqlab  qoladi.

Hosila  asarlar,  odatda,  boshqa  bir  asar  asosida  yaratiladi.  Hosila 

asarni  yaratish uchun asos bo'lgan asar asosiy yoki birlamchi asar sifatida 

qaraladi.  Masalan,  Abdulla  Qodiriyning  «O'tgan  kunlar»  romani  asosiy 

asar bo'lsa,  «O'tgan kunlar» radiopostanovkasi yoki «O'tgan kunlar» badiiy 

filmi  ssenariysi  hosila  asar  hisoblanadi.

Boshqa  asarlarni  qayta  ishlagan  shaxslar,  tarjimonlar,  to'plamlar 

va  boshqa  jamlama  asarlarni  tuzuvchilar  hosila  asarning  muallifi  deb 

e’tirof  etiladi.  Hosila  asarning  muallifi  qayta  ishlangan,  tarjima  qilingan 

yoki jamlanma asarga kiritilgan asar muallifining huquqlariga rioya etgan 

taqdirdagina  hosila  asarga  bo'lgan  mualliflik  huquqidan  foydalanadi.

Bir asosiy asar asosida nomuayyan miqdorda hosila asarlar yaratilishi 

mumkin.  Boshqacha  aytganda,  hosila  asarga  bo'lgan  mualliflik  huquqi 

boshqa  shaxslarning  o'sha  asosiy  asar  asosida  hosila  asarlar  yaratishiga 

aslo  to'siqlik  qilmaydi.

Jamlama  asar  muallifiga  (tuzuvchisiga)  ijodiy  mehnat  natijasini 

ifodalovchi,  mazkur  muallif  tomonidan  amalga  oshirilgan,  materiallarni 

tanlab  olish  yoki  joylashtirishga  bo'lgan  mualliflik  huquqi  tegishlidir. 

Tuzuvchi  jamlama  asarga  kiritilgan  asarlardan  har  birining  mualliflari 

huquqlariga  rioya  etgan  taqdirda,  mualliflik  huquqidan  foydalanadi. 

Agar mualliflik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, 

jamlama  asarga  kiritilgan  asarlarning  mualliflari  o'z  asarlaridan 

foydalanishga  bo'lgan  mutlaq  huquqlarini  jamlama  asardan  qat’iy  nazar

www.ziyouz.com kutubxonasi




saqlab  qoladilar.  Tuzuvchining  mualliflik  huquqi  boshqa  shaxslarning  o'z 

jamlama  asarlarini  yaratish  uchun  ayni  o'sha  materiallarni  mustaqil 

ravishda  tanlab  olishlariga  yoki  joylashtirishlariga  to‘sqinlik  qilmaydi 

(Qonunning  14-moddasi).

Intervyu  savol-javob  tarzidagi  asar  hisoblanadi.  Bunda  intervyu 

beruvchi va intervyu oluvchi ishtirok etadilar. Intervyu yozuvchiga bo‘lgan 

mualliflik  huquqi  hammualliflik  asosida  intervyu  bergan  shaxs  bilan 

intervyu  o‘tkazgan yoki  uni yozib olgan shaxsga, basharti ular o'rtasidagi 

kelishuvda  boshqacha  hoi  nazarda  tutilgan  bo‘lmasa,  tegishlidir.  Biroq, 

intervyu yozuvini e’lon qilish, ko‘rsatish yoki eshittirishga intervyu bergan 

shaxsning  roziligi  bilangina  yo‘l  qo'yiladi.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish