8-§. Mutlaq huquq va mulk huquqi o‘rtasidagi nisbat
Y uqorida in tellektu al m ulk huquqi obyektlarin in g asosiy
xususiyatlari, uning an’anaviy mulk huquqi obyektlaridan farqlari haqida
batafsil to'xtab o‘tildi. Binobarin, intellektual mulk huquqi obyektiga
nisbatan mutlaq huquq bilan ushbu obyektning moddiylashgan ifodasiga,
moddiy eltuvchisiga nisbatan mulk huquqini farqlamoq lozim. FKda
belgilangan qoidaga ko'ra, intellektual faoliyat natijasi (asar, ixtiro va
shu kabi) ga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vosita (masalan,
tovar belgisi) ga nisbatan mutlaq huquq bunday natija yoki xususiy
alomatlarni aks ettiruvchi vosita ifodalangan moddiy obyektga nisbatan
mulk huquqidan qat’iy nazar, unga bog'liq bo'lmagan holda, undan
mustaqil ravishda mavjud bo'ladi. Masalan, asar mingab nusxada kitob
shaklida nashr etilishi, ixtiro asosida mahsulotlar (masalan, qurilma,
uskuna, dori-darmon va hokazo) ishlab chiqilishi mumkin. Bunda, albatta,
nashr etilgan asaming kitob shaklidagi nusxalarini sotib olgan shaxsda,
ixtiro asosida chiqarilgan mahsulotni sotib olgan shaxslarda o'sha kitobga
nisbatan, o'sha mahsulotga nisbatan mulk huquqi vujudga keladi, biroq
asarga nisbatan yoki ixtiroga nisbatan mutlaq huquq vujudga kelmaydi.
Intellektual mulk obyektlari turli moddiy vositalarda ifodalanishi, cheksiz
nusxalarda mavjud bo'lishi va fuqarolik muomalasida harakat qilishi
mumkin, bunday moddiy vositalar ashyolar tarzida ko'rilishi mumkin,
biroq bunday ashyolarga nisbatan mulk huquqi uning kelib chiqish,
yaratilishi asosi bo'lgan g'oyaviy (ideya) negizi bo'lgan intellektual mulk
huquqi obyektiga bo'lgan mutlaq huquqlarga aslo ta’sir qilmaydi.
Intellektual faoliyatning ayrim natijalari o'zining g'oyaviy negizi va
bu negiz moddiy mujassami bilan uzviy bog'liq holda mavjud bo'lishi
mumkin (masalan, yagona nusxadagi haykal, portret, o'simliklarning
yangi navi, hayvonlarning yangi zotlari va shu kabilar). Bunday obyektlar
fuqarolik muomalasida harakatda bo'lganda mutlaq huquq va mulk
huquqi mazmuni va ta’sir doirasi aslo chalkashtirilmasligi shart. Masalan,
portret rassom tomonidan boshqa shaxsga sotilganda rassom ushbu
portretdan nusxalar ko'chirish va ularni ko'paytirib, erkin tasarruf
etish huquqini o'zida saqlab qolishi mumkin. Bunda rassom ushbu portretga
nisbatan, unga mualliflik huquqi obyekti bo'lgan asarga nisbatan mutlaq
huquqini o'zida saqlab qoladi, biroq portretning original nusxasiga nisbatan
642
www.ziyouz.com kutubxonasi
mulk uni sotib olgan xaridorga o'tadi.
Yagona nusxani, nodir (takrorlanmas) tusdagi obyektlar fuqarolik
muomalasida harakatda bo‘lganda, ularga nisbatan mulk huquqi va
mutlaq huquq, ba’zi istisnolami nazarga olmaganda, aynan hisoblanishi
mumkin. Bunday hollarda obyekt moddiy-ashyoviy negizidan ajralmasligini
hisobga olgan holda, unga nisbatan mulk huquqi qoidalarining qo‘llanilishi
maqsadga muvofiq. Bunday obyektni o'zidan begonalashtiruvchi shaxs
bir vaqtning o'zida ham mulk huquqi, ham mutlaq huquqini bir xil
yo'nalishda va uslubda o'zidan begonalashtirmog'i lozim
Boshqa har qanday hollarda mutlaq huquq va mulk huquqi o'rtasida
kolliziya vujudga kelganda, mutlaq huquq ustuvorlikka ega bo'ladi. Bu
holat, masalan, «Seleksiya yutuqlari to'g'risida»gi Qonunning 5-moddasida
o'z ifodasini topgan. Chunonchi, biron-bir kishi yangi bug'doy navini,
garchi mazkur navni qonuniy asoslarda olgan bo'lsa ham uni mutlaq
huquq sohibidan beruxsat ko'paytirishga yoki tarqatishga haqli emas.
Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va
xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bo'lgan
mutlaq huquq ham bu vositalar ifodalangan moddiy obyektga nisbatan
mulk huquqidan qat’iy nazar, u bilan bog'liq bo'lmagan va mustaqil
holda amal qiladi. Masalan, tovar belgisi ifodalangan reklama pannosini
sotib olgan shaxsda bu pannoga nisbatan mulk huquqi vujudga keladi va
undan qonuniy asosda o'z xohishicha foydalanishga haqli, biroq tovar
belgisiga nisbatan mutlaq huquqqa bu hoi ta’sir etmaydi. Vosita
ifodalangan moddiy obyektlar juda ko'p va xilma-xil bo'lishi, u turli
shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo'lishi mumkin, biroq bu vositaga
nisbatan mutlaq huquq sohibi yagona shaxs bo'lib qoladi va bu mutlaq
huquq mazmuniga, uning amalga oshirilishiga aslo to'sqinlik qilmaydi,
xalaqit bermaydi. Mutlaq huquq va mulk huquqi bir-biridan qat’iy
nazar, mavjud bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |