9-§. Mutlaq huquqlarning amal qilish muddatlari
Ma’lumki, intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqlarning
amal qilishi abadiy muddatsiz bo'lmay, ma’lum muddat, vaqt bilan
chegaralangan bo'ladi. Biroq bu muddat barcha obyektlar uchun bir
xilda bo'lmay, turli obyektlarga nisbatan muddatning boshlanish, amal
qilish, bekor bo'lish, ba’zi hollarda esa uzaytirish tartibi bo'yicha turlicha
namoyon bo'ladi.
Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqning amal qilish
www.ziyouz.com kutubxonasi
muddati bevosita FKda yoki boshqa amaldagi qonunlarda nazarda tutilishi
mumkin.
Intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan mutlaq huquqning
amal qilish muddati davomida huquq egasining bu mutlaq huquqlardan
kelib chiquvchi subyektiv huquqlari huquqiy muhofaza ostida bo'ladi va
qo‘riqlanadi, bu huquqlarga hamma rioya qilishi shart, basharti ular
kimdir tomonidan buzilsa, buzilgan huquq huquq egasining talabi bilan
sud orqali himoya qilinadi, zarur hollarda bu huquqlar amalga oshirilishi
qonuniy tartibda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi.
Mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar muallifning
butun hayoti davomida va vafotidan keyin u vafot etgan yildan keyingi
yilning birinchi yanvaridan boshlab 50 yil davomida amal qiladi.
Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mutlaq huquqlar uchun
bunday 50 yil muddatning boshlanishi eng uzoq yashagan hammuallif
vafotidan keyin boshlanadi.
Yashirin taxallus ostida yoki imzosiz chop etilgan asarga bo'lgan
mutlaq huquq asar chop etilgan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan
boshlab 50 yil davomida amal qiladi.
Agar asar muallif vafotidan keyin 50 yil ichida birinchi marta chop
etilsa, mutlaq huquq asar chop etilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan
e’tiboran 50 yil davomida amal qiladi (FKning 1065-moddasi).
Turdosh huquqlar obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar quyidagi
muddatlarda amal qiladi:
— ijrochining huquqlari birinchi yozuv (ijroni yozib olish) yoki birinchi
ijro (sahnalashtirish) paytidan e’tiboran 50 yil davomida;
— efir, kabel orqali ko'rsatuv va eshittirish beruvchi tashkilotning
ko'rsatuv va eshittirishga bo'lgan huquqi uni birinchi marta efir orqali
translyatsiya qilish vaqtidan boshlab 50 yil davomida amal qiladi.
(«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g ‘risida»gi Qonunning 54,
55-moddalari);
— ixtiroga nisbatan patent yigirma yil davomida amal qiladi
(ustuvorlik sanasidan boshlab);
— sanoat namunasiga nisbatan patent 10 yil davomida amal qiladi
(ustuvorlik sanasidan boshlab);
— foydali modelga bo'lgan patent 5 yil davomida amal qiladi.
Sanoat namunasiga, foydali modelga bo'lgan patent amal qilish
muddatlari uzaytirilishi mumkin. («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat
namunalari to'g'risida»gi Qonunning 5-moddasi).
Seleksiya yutuqlariga bo'lgan patent seleksiya yutug'i davlat
www.ziyouz.com kutubxonasi
reestriga kiritilgan vaqtdan boshlab 20 yil davomida, tok, yog‘ochbop,
manzarali, mevali daraxtlar va o'rm on o ‘simliklari, shu jumladan,
ularning payvandlari uchun 25 yil davomida amal qiladi va u 10
yilga uzaytirilishi mumkin («S eleksiya yutuqlari to ‘ g ‘ risida»gi
Qonunning 14-moddasi).
Mahsulot (xizmat) belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqlami guvohlantiruvchi
guvohnoma ustuvorlik sanasidan boshlab 10 yil davomida amal qiladi va
har gal 10 yilga uzaytirilishi mumkin. («Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish
belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonunning 22-
moddasi).
Firma nomiga bo'lgan huquqning amal qilish muddati cheklanmagan
bo'lib, yuridik shaxs bekor bo'lgan yoxud nomi o'zgargan hollardagina
bekor bo'lishi mumkin (FKning 1100-moddasi).
Oshkor etilmagan axborotlarga bo'lgan mutlaq huquqlarning amal
qilish muddati (huquqiy muhofaza qilinishi) ham FKning 1095-moddasida
belgilangan shartlar m a vju d b o 'lg a n hollarda m u ddat bilan
chegaralanmagan.
Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarning amal
qilish muddati qat’iy belgilab qo'yilgan hollarda bu muddat o'tganidan
keyin (agarda uni uzaytirish mumkin bo'lmasa) huquq egasining mutlaq
huquqlari bekor bo'ladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, bunday
obyektlar ijtimoiy boylik, ijtimoiy ne’matga aylanadi, ya’ni har kim
undan erkin va tekin foydalana oladi (obyekt muallifining shaxsiy
huquqlariga rioya qilgan holda).
Ma’lumki, intellektual mulk huquqi obyektlarga nisbatan mutlaq
huquqlar o'z mazmuni va xarakteri bo'yicha mulkiy huquqlar majmuini
tashkil etadi va binobarin, ular qonun asosida ma’lum belgilangan muddat
davomida amal qiladi. Mutlaq huquqlardan farqli ravishda intellektual
mulk obyektlariga nisbatan shaxsiy nomulkiy huquqlar muddatsiz amal
qiladi, ya’ni ularga rioya etilishi vaqt bilan chegaralanmaydi. Bunday
shaxsiy huquqlar intellektual faoliyat mahsuli muallifiga ham (masalan,
mualliflik huquqi), uchinchi shaxslarga ham (masalan, rassom tomonidan
portretda ifodalangan shaxsning o'z qiyofasiga bo'lgan shaxsiy huquqi)
tegishli bo'lishi mumkin. Shaxsiy huquqlar mutlaq huquqlar kimga tegishli
ekanligidan qat’iy nazar, amal qiladi. Intellektual mulk huquqi obyektlariga
nisbatan mutlaq huquqlar fuqarolik muomalasida erkin harakat qiladi, u
boshqa shaxslarga o'tkazilishi mumkin, shaxsiy huquqlar esa huquq
sohibining o'zidan begonalashtirilmaydi va boshqa shaxslarga o'tkazilmaydi.
Mutlaq huquq amal qilish m uddatining tugashi yoki uning
www.ziyouz.com kutubxonasi
m uddatidan oldin, qonunda belgilangan asoslarda bekor bo'lishi,
shuningdek, shaxsiy huquq sohibining vafot etishi bunday shaxsiy
huquqqa boshqalar tomonidan rioya etilish shartligiga aslo ta’sir etmaydi.
Intellektual mulk huquqi obyektga bo'lgan mutlaq huquqlarning amal
qilish muddati tamom bo'lganligi sababli bu obyektlarning ijtimoiy boylik,
ne’matga aylanganligi fakti ham ularga nisbatan muallifning yoki uchinchi
shaxslarning shaxsiy huquqlari bekor bo'lishiga aslo olib kelmaydi. Bunday
shaxsiy huquqlar qonun bilan bemuddat qo'riqlanadi.
FKning 1039-moddasida nazarda tutilgan qoidaga asosan agarda
qonunda belgilab qo'yilgan hollarda intellektual mulk huquqi obyektga
bo'lgan mutlaq huquq egasi tomonidan bunday mutlaq huquqlardan
muayyan vaqt davomida foydalanmagan hollarda bekor qilinishi mumkin.
Ma’lumki, umumiy qoida bo'yicha mutlaq huquq egasi o'z huquqidan
o'zi mustaqil, erkin va o'z xohishiga ko'ra foydalanishga haqli. Ayrim
hollarda qonun mutlaq huquq sohibi zimmasiga o'ziga tegishli bo'lgan
mutlaq huquqlardan foydalanish bo'yicha faol harakatlar sodir etish
majburiyatini yuklaydi, ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda huquq
egasi uchun qator salbiy oqibatlar vujudga kelishi qonunlarda belgilab
qo'yilgan. Masalan, dastlabki patent ro'yxatga olingan sanadan boshlab
uch yil davomida patent egasi sanoat mulki obyektidan butunlay yoxud
yetarli foydalanmasa va bu uzrli sabablarga ko'ra ro'y berganligini isbotlab
bera olmasa, obyektdan foydalanishni xohlovchi boshqa shaxslar
obyektdan foydalanishga majburiy litsenziya berilishini so'rab, sudga
murojaat etishga haqli («Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
to'g'risida»gi Qonunning 11 -moddasi).
Tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisiga bo'lgan mutlaq huquqni
guvohlantiruvchi hujjat — guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi,
xizmat ko'rsatish belgisi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingi besh yil
davomida uzluksiz ishlatilmagan yoki umuman foydalanilmagan bo'lsa,
agarda tovar belgisi, xizmat ko'rsatish belgisi egasi belgidan o'ziga bog'liq
bo'lmagan uzrli sabablarga ko'ra foydalanmaganligini isbotlab bera olmasa,
istalgan shaxsning arizasiga muvofiq, sud chiqargan qaror asosida to'liq
yoki qisman muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin («Tovar belgilari,
xizmat ko'rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida»gi
Qonunning 25-moddasi).
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |