Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  M uallif lam in g  huquqlari  va  ularni  himoya  qilish



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet369/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4-§.  M uallif lam in g  huquqlari  va  ularni  himoya  qilish

Mualliflarning  huquqlari  o'z  mazmuniga  ko'ra  shaxsiy  nomulkiy  va 

mulkiy  tusdadagi  huquqlarga  bo'linadi.

Qonunning  18-moddasiga  muvofiq,  asar  muallifiga  quyidagi  shaxsiy 

nomulkiy  huquqlar  tegishlidir:

-   asar  muallifi  deb  e’tirof  etilish  huquqi  (mualliflik  huquqi);

-   asardan  muallifning  haqiqiy  ism-sharifi,  taxallusini  ko'rsatgan 

holda  yoxud  ism-sharifini  ko'rsatmasdan,  ya’ni  imzosiz  foydalanish  yoki 

foydalanishga ruxsat berish huquqi (mualliflik ism-sharifiga bo'lgan huquq);

-   asarni  har  qanday  shaklda  oshkor  qilish  yoki  oshkor  qilishga 

ruxsat  berish  huquqi  (oshkor  qilishga  bo‘lgan  huquq),  shu  jumladan 

chaqirib  olish  huquqi;

-   asami,  shu  jumladan  uning  nomini  muallifning  sha’ni  va  qadr- 

qimmatiga  zarar  yetkazishi  mumkin  bo'lgan  har  qanday  tarzda  buzib 

ko'rsatilishidan  yoki  har  qanday  boshqacha  tarzda  tajovuz  etilishidan 

himoya  qilish  huquqi  (muallif  obro'sini  himoya  qilish  huquqi).

Odatda  umumiy  qoida  bo'yicha  mualliflik  shaxsiy  huquqlari  faqat 

m u a llifn in g   o'zig a g in a   te g ish li  b o 'la d i,  h u q u q la r  m uallifdan 

begonalashtirilishi  yoki  boshqacha  tarzda  boshqa  shaxsga  o'tkazilishi 

mumkin emas. Shu sababli ham muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarni 

amalga  oshirishdan  voz  kechishi  haqida  boshqa  biron-bir  shaxs  bilan 

tuzgan  bitim  va  muallifning  bu  haqdagi  arizasi  ahamiyatsiz  hisoblanadi 

va hech qanday huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi. Bunday bitimlarga 

nisbatan  mutlaqo  yaroqsiz  bitimlarga  doir  qoidalar  qo'llaniladi.

Muallif  shaxsiy  huquqlari  ichida  mualliflik  huquqi  asosiy  o'rinni

www.ziyouz.com kutubxonasi




egallaydi. Bu  huquq  muallifning  boshqa  har qanday  shaxsiy yoki  mulkiy 

huquqlari  vujudga  kelishi  uchun  birlamchi  asosdir.  Asar  kimning  ijodiy 

mehnati  bilan  yaratilgan  bo‘lsa,  o'sha  shaxs  asar  muallifi  deb  e’tirof 

etiladi,  tan  olinadi.  Muallif  (hammualliflar)ning  o'zi  yaratgan  asarga 

bo'lgan muallifning huquqi boshqa shaxslaming ayni shu asarga mualliflik 

huquqining  e’tirof  etilishini  istisno  etadi.  Mualliflik  huquqini  e’tirof 

etish  uchun  asar  ijodkoming  o'z  tashabbusi  bilan  yoki  buyurtma  asosida 

(ish  ber uvchi  topshirig'iga  ko'ra  yoki  shartnoma  asosida)  yaratilganligi 

ahamiyatga  ega  emas.  Bunda  eng  muhimi  muallifning  asarni  o'z  ijodiy 

mehnati bilan yaratganlik fakti hisoblanadi. Mualliflik huquqining vujudga 

kelishi  uchun  asarni  e ’lon  etganlik  yoki  etmaganlik  ahamiyatga  ega 

emas,  biroq  e’lon  qilingan  asarlarga  nisbatan  o'ziga  xos  mualliflik 

prezumpsiyasi  (prezumpsiya  —   aksi  isbotlanmaguncha  haqiqat  sifatida 

tan  olinadigan  holat,  fakt)  amal  qiladi.  Bunga  asosan  asar  birinchi  marta 

e’lon qilinganda muallif sifatida ko'rsatilgan shaxs,  basharti uning  muallif 

emas  ekanligi  isbot  qilib  berilmagan  bo'lsa,  asar  muallifi  hisoblanadi.

Mualliflik  huquqini  belgilashda  asar  imzosiz  yoxud  taxallus  ostida 

e’lon  qilinganligi  ma’lum  o'ziga  xoslikni  keltirib  chiqaradi.  Asar  imzosiz 

(muallif nomi ko'rsatilmasdan anonim  tarzda)  bosib  chiqarilganda  ijodkor 

bu  asar  o'ziniki  ekanligini  oshkora-ommaviy  e ’lon  qilib,  belgilangan 

tartibda isbotlab berishi lozim. Agarda asar taxallus ostida bosib chiqarilgan 

bo'lsa  (muallifning taxallusi uning  kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan 

hollar  bundan  mustasno,  masalan,  Oybek  taxallusi  ostida  chiqarilgan 

asar atoqli adib Muso Toshmuhamedovga tegishli ekanligi barchaga ayon) 

ham  yuqoridagi  qoida  amal  qiladi.  Masalan,  «Mushtum»  jurnalida  20- 

yillari  o'z  asarlarini  e’lon  qilgan  ba’zi  ijodkorlar  o'nlab  taxalluslardan 

foydalanganlar.  Chunonchi,  Abdulla  Qodiriy  Julqunboy  taxallusidan 

tashqari,  Battol,  Dumbul  va  shu  kabi  bir  martalik  taxalluslar  ostida 

ham  asarlar  e’lon  qilgan.

Muallifning  nomga  bo'lgan  huquqining  mohiyati  shundan  iboratki, 

muallif  (hammualliflar)  asardan  o'z  ism-sharifi,  taxallusini  ko'rsatgan 

holda  yo  imzosiz  yoki  shu  tarzda  foydalanishga  ruxsat  berish  borasidagi 

mutlaq  huquqqa  egadir.

Muallif  asarni  o'z  ism-sharifi  ostida  e’lon  qilganda  u  tegishli  davlat 

organlarida qayd etilgan,  tug'ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasportda 

yozilgan  ism-sharifdan  foydalanadi  (masalan,  Abdulla  Oripov,  Erkin 

Vohidov  va  shu  kabi  holatlar).

Asar  taxallus  ostida  e ’lon  qilinganda  muallifning  ism-sharifini 

bildirmaydigan  shartli  so'z  birikmasi  ostida  e ’lon  qilinadi.  Taxallus

www.ziyouz.com kutubxonasi




boshqacha  nom  (masalan,  Jorj  Sand,  Komila,  Nodira),  muallifning 

tug'ilgan  joyi  nomi  (Al-Buxoriy,  Qo'ng'irtovlik,  Al-Xorazmiy,  Chustiy) 

yoki  biror  predm et  nomi  ko'rinishida  bo'ladi.  Mumtoz  adabiyot 

namoyandalarining ko'pchiligi taxallusga ega bo'lgan. Muallif o'zi xohlagan 

taxallusni tanlash huquqiga ega, biroq tanlanadigan taxallus boshqalaming 

nomlarini,  taxalluslarini  ular  bilan  muallif  shaxsini  chalkashtirishga  olib 

keladigan  darajada  takrorlamasligi,  davlatning  rasmiy  ramzlariga  ayniy 

bo'lmasligi  maqsadga  muvofiq  va  albatta,  odob-axloq  qoidalariga  ham 

rioya  qilinishi  lozim.

Asarni  o'z  ism-sharifi  bilan,  taxallus  ostida  yoki  imzosiz  e ’lon  qilish 

muallifning o'z shaxsiy ishidir, uning o'z xohishi-irodasiga bog'liq1. Imzosiz 

yoki yashirin taxallus bilan e’lon qilish motivlari turlicha bo'lishi mumkin: 

asarning  muallif  shaxsini  bilmagan  holda  o'quvchi  tomonidan  xolisona 

baholanishga  imkon  berish,  asar  badiiy  saviyasidan  ko'ngli  to'lmaganligi 

sababli  o'z  ism-sharifi  bilan  e’lon  qilishdan  tortinish,  asami  u  yoki  bu 

sabablarga  ko'ra  o'z  nomidan  e’lon  qilishdan  kelib  chiqishi  mumkin 

bo'lgan  o'zi  uchun  noqulay  oqibatlarga  yo'l qo'yilmaslik  va  hokazo.  Biroq 

asar  imzosiz  yoxud  yashirin  taxallus  (yashirin  taxallus  bu  o'rinda 

muallifning  shaxsini  ochiq-oydin,  oshkora  oydinlashtirishga  imkon 

bermaydigan  taxallus  ma’nosida  qo'llanilmoqda)  bilan  e’lon  qilinganda 

muallif  uchun  bu  asarga  nisbatan  o'z  huquqlarini  amalga  oshirishda 

ma’lum  miqdorda  qiyinchiliklar  tug'dirishini  ta’kidlab  o'tish  lozim.

Muallif  obro'sini  himoya  qilish  huquqi  mazmuni  Qonunning  18- 

moddasida  o'z  ifodasini  topgan.  Bunga,  asosan,  muallif  o'z  asariga 

o'zgartish  va  qo'shimchalar  kiritish  hamda  asarga  o'zining  roziligisiz 

biron-bir shaxs tomonidan o'zgartirishlar yoki qo'shimchalar kiritilishidan 

asarni  himoya  qilish  borasidagi  mutlaq  huquqqa  egadir.

Asarni  nashr  qilish,  omma  oldida  oshkora  ijro  etish  yoki  undan 

boshqacha tarzda foydalanish chog'ida asarning o'ziga ham, uning nomiga 

ham  biron-bir  o'zgartish  kiritishga  faqat  muallifning  roziligi  bilangina 

yo'l  qo'yiladi.

Muallifning  roziligisiz  uning  asarini  bezaklar  bilan,  so'z  boshi, 

xotima,  sharh  yoki biron-bir tushuntirishlar bilan nashr etish  taqiqlanadi.

Muallif  obro'sini  himoya  qilish  huquqining  mohiyati  shundan

Тахаллус  остида  acap  эълон  килиш  муаллифнинг  хохиши-иродасига  борли^ 



булмаган холатлар хакида  фактлар  хам  мавжуд.  Масалан,  совет  космонавтикасининг 

етакчи  олими  С.  П.  Королёв,  атомшунос  олим  И.  В.  Курчатов  ва  шу  кабилар  40—60- 

йилларда уз илмий ма^олаларини тахаллус остида эълон килишган.  Бу холат уларнинг 

шахси  хаки да  маълумотлар  давлат  сири  эканлиги  билан  изохланади.

www.ziyouz.com kutubxonasi



iboratki, har qanday ijodiy asar ijodkor shaxsining uzviy, tarkibiy qismidir. 

Asarda  muallifning  nafaqat  o‘y-fikrlari,  dunyoqarashi  aks  etadi,  balki 

asaming  saviyasi,  darajasi,  ijodkoming  shaxsiy  layoqati,  ijodiy  qobiliyati 

ham mujassamlanadi. Shu sababli ham asar daxlsizligini buzish muallifning 

shaxsiga  qaratilgan  huquqbuzarlik  sifatida  baholanadi.  Muallifning 

vafotidan  keyin  asarning  daxlsizligini  himoya  qilish  vasiyatnomada 

ko'rsatilgan  shaxs  tomonidan,  bunday  ko‘rsatma  b o‘lmaganida  esa, 

muallifning  merosxo'rlari,  shuningdek,  qonunga  muvofiq  zimmasiga 

mualliflik  huquqlarini  himoya  qilish  yuklatilgan  vakolatli  idoralar 

tomonidan  amalga  oshiriladi.

Asarni  oshkor  qilishga  bo'lgan  huquq  o‘z  mazmuniga  ko'ra  ham 

shaxsiy,  ham  mulkiy  xarakterga  ega  bo'lgan  huquqdir.

Qonunning  18-moddasiga  asosan,  muallif  nomuayyan  doiradagi 

shaxslarning  asardan  foydalanishiga,  tanishuviga  imkon  yaratib  berish 

(oshkor  qilishga  bo'lgan  huquq)  huquqiga  egadir.  Asarni  nashr  etish, 

omma oldida ijro etish, ommaga namoyish etish yo'li bilan yoki boshqacha 

tarzda  ommaviylashtirish  orqali  muallif  tomonidan  yoki  uning  roziligi 

bilan  nomuayyan  doiradagi  shaxslarning  asardan  foydalanishi  uchun 

birinchi  bor  imkoniyat  yaratib  berilsa,  asar  e’lon  qilingan  hisoblanadi.

Muallif  ayni  vaqtda  asarni  e’lon  qilish  to'g'risida  ilgari  qabul  qilingan 

qarordan  voz  kechish  (asarni  chaqirib  olish)  huquqiga  ham  ega,  biroq 

bunda  muallif  asardan  foydalanish  huquqini  olgan  shaxslarga  buning 

natijasida  yetkazilgan  zararni,  shu  jumladan,  boy  berilgan  foyda  o'rnini 

qoplashi  shart.  Basharti  asar  e’lon  qilingan  bo'lsa,  muallif  asarni  qaytarib 

olganligini  ommaga  ma’lum  qilishi  shart.  Bunda  muallif  asaming  awaldan 

tayyorlab  qo'yilgan  qismlarini  o'z  hisobidan  muomaladan  olib  qo'yishga 

haqli

Qonunning  19-moddasiga  muvofiq,  muallif  asardan  har  qanday 



shaklda  va  har  qanday  usulda  foydalanishda  mutlaq  huquqlarga  ega.

Yuridik  va  jismoniy  shaxslar,  ushbu  qonunda  ko'rsatilganidan 

tashqari  hollarda,  asardan  faqat  huquq  egasi  yoki  boshqa  vakolatli shaxs 

bilan  tuzilgan  shartnomaga  binoan,  shu  jumladan  mulkiy  huquqlami 

jamoaviy  asosda  boshqaruvchi  tashkilotlar  bilan  tuzilgan  shartnomaga 

binoan  yoxud  ular  bo'lmagan  taqdirda,  bu  tashkilotlarning  vazifalari  va 

majburiyatlarini  bajaruvchi  tashkilot  bilan  tuzilgan  shartnomaga  binoan 

foydalanishlari  mumkin.

Muallifning asardan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquqlari quyidagi 

harakatlarni  amalga  oshirish  yoki  bunday  harakatlarga  ruxsat  berish 

huquqini  anglatadi:

www.ziyouz.com kutubxonasi




-   asarni  takrorlash  (takrorlash  huquqi);

-   asarning  asl  nusxasini  yoki  nusxalarini  sotish  yoki  mulk  huquqini 

o'zgacha  tarzda  boshqa  shaxsga  o'tkazish  yo‘li  bilan  tarqatish  (tarqatish 

huquqi);


-   asarni  barchaning  e’tiboriga  yetkazish  (barchaning  e ’tiboriga 

yetkazish  huquqi);

-   asarning  asl  nusxasini  yoki  nusxalarini  prokatga  berish  (prokatga 

berish  huquqi);

-   tarqatish  maqsadida  asarning  nusxalarini,  shu  jumladan  mutlaq 

mualliflik  huquqlari  egasining  ruxsati  bilan  tayyorlangan  nusxalarini 

import  qilish  (import  qilish  huquqi);

-   asarni  sim (kabel) orqali yoki boshqa shu kabi vositalar yordamida 

uzatish  yo‘li  bilan  barchaning  e’tibori  uchun  yuborish  (kabel  orqali 

yuborish  huquqi);

-   asarga  tuzatishlar  kiritish,  uni  aranjirovka  qilish  yoki  boshqacha 

tarzda  qayta  ishlash  (qayta  ishlash  huquqi);

-   asarni  omma  oldida  namoyish  etish  (ornma  oldida  namoyish  etish 

huquqi);


-   asarni  omma  oldida  ijro  etish  (omma  oldida  ijro  etish  huquqi);

-   asarni  simsiz  vositalar  yordamida  uzatish  yo‘li  bilan  barchaning 

e’tibori  uchun  yuborish  (efirga  uzatish  huquqi);

-   asarni  tarjima  qilish  (tarjima  qilish  huquqi);

-   asarni  barchaning  e’tiboriga  takroran  yuborish,  agar  bunday 

yuborish  dastlabki  yuborishni  amalga  oshirgan  tashkilotdan  boshqa 

tashkilot  tomonidan  amalga  oshirilsa  (barchaning  e’tiboriga  takroran 

yuborish  huquqi).

Asarga  uning  obyektiv  shaklini,  ohoriy,  asl  nusxasida  qanday  bo'lsa, 

shu  holatdagi  shaklini  qayta  berish  (asarni  nashr  etish,  audio  yoki 

videotovush  yoki  tasvir  yozuvlaridan  nusxa  ko'paytirish  va  shu  kabilar) 

asarni  istifoda  qilish,  takrorlash  hisoblanadi.

Asar  nusxalarini  sotish,  almashtirish,  ijaraga  berish  yoki  ular 

ishtirokida  boshqa  amallarni  bajarish,  shu jumladan,  ulami  import  qilish 

asarni  tarqatish  hisoblanadi.

Agar  chop  etilgan  asarning  nusxalari  ularni  sotish  yoki  mulk 

huquqini  o ‘zgacha  tarzda  boshqa  shaxsga  o'tkazish  orqali  fuqarolik 

muomalasiga  qonuniy  kiritilgan  bo'lsa,  ularni  kelgusida  muallifning 

roziligisiz  va  unga  haq  to'lamasdan  tarqatishga  yo'l  qo'yiladi.  Asardan 

daromad  olish  maqsadida  foydalanilganligi  yoki  undan  foydalanish 

b u n d a y   m aqsadga  q aratilm agan ligid an   q a t’ iy  nazar,  asardan

www.ziyouz.com kutubxonasi




foydalanilgan  deb  hisoblanadi.

Asarning mazmunini tashkil etuvchi qoidalami (kashfiyotlarni, boshqa 

texnikaviy,  iqtisodiy,  tashkiliy  va  shu  kabi  yechimlami)  amaliy  qo'llash 

asardan  mualliflik  huquqi  ma’nosida  foydalanganlik  deb  hisoblanmaydi.

Boshqacha  aytganda,  masalan,  biror  shaxs  ilmiy  monografiyada 

berilgan  ma’lumotlar  va  chizmalar  asosida  qurilma  yoki  uskuna  yasab, 

undan  foydalanish  ushbu  asardan  mualliflik  huquqi  nuqtayi  nazaridan 

foydalangan  bo'lib  hisoblanmaydi.

Muallifning asarni tarjima qilishga va qayta ishlashga bo'lgan mutlaq 

huquqlari tarjima qilingan yoki qayta ishlangan asarga nisbatan muayyan 

harakatlarni  amalga  oshirish  yoki  bunday  harakatlarga  ruxsat  berish 

huquqini  o'z  ichiga  oladi.

Muallifning  dizaynerlik,  arxitektura,  shaharsozlik  va  bog'-park 

barpo etish loyihalaridan foydalanishga  bo'lgan mutlaq huquqlari bunday 

loyihalarni  amalda  ro'yobga  chiqarishni  ham  o'z  ichiga  oladi.  Qabul 

qilingan  arxitektura  loyihasining  muallifi,  agar  shartnomada  boshqacha 

qoida  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  buyurtm achidan  qurilishga  doir 

hujjatlami  ishlab  chiqish  hamda  bino  yoki  inshootni  qurish  chog'ida  o'z 

loyihasini ro'yobga chiqarishda qatnashish huquqini berishni talab qilishga 

haqlidir.

Audiovizual asarlar, EHM uchun dasturlar, fonogrammaga yozilgan 

asarlar  mualliflari  asarning  asl  nusxasini  yoki  nusxasini  prokatga  berishga 

ruxsat etishda  mutlaq  huquqqa  ega.  Ushbu  qismning qoidalari audiovizual 

asarlarga nisbatan, agar faqat shunday prokat ana shu asarlami takrorlashga 

bo'lgan  mutlaq  huquqqa  jiddiy  zarar  yetkazadigan  keng  ko'lamli 

takrorlashga  olib  kelmasa,  shuningdek,  EHM  uchun  dasturlarga  nisbatan, 

agar  EHM  uchun  dasturning  o'zi  prokatning  asosiy  obyekti  bo'lmasa, 

qo'llanilmaydi.

Fonogramma  yoki  audiovizual  asar  nusxalarini  prokatga  berishda 

muallif,  fonogramma  yoki  audiovizual  asarni  prokatga  berish  huquqi 

fonogrammani  tayyorlovchiga  yoki  audiovizual  asarni  tayyorlovchiga 

o'tkazilgan ligiga  qaram ay,  fon ogram m a  yoki  audiovizual  asar 

nusxalarining  prokati  uchun  haq  olish  huquqini  saqlab  qoladi.  Mazkur 

haqning  eng  kam  miqdori,  uni  to'lash  shartlari  va  tartibi  O'zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadi.

Agar  asar saqlash  uchun  har  kimning  foydalanishi  mumkin  bo'lgan 

saqlov  joyiga  (depozitariyga)  topshirilgan  bo'lsa  va  depozitariy  bilan 

tuzilgan  shartnomaga  ko'ra  mazkur  depozitariyga  murojaat  etadigan 

har  qanday  shaxsning  asar  nusxasini  olishi  mumkin  bo'lsa,  asardan  bu

www.ziyouz.com kutubxonasi




tarzda  foydalanish  asarlarning  qo'lyozmalarini,  har  qanday  moddiy 

jismdagi  boshqa  asarlarni  saqlash  uchun  topshirish  deb  e’tirof  etiladi.

Asarni  saqlash  uchun  topshirish  mutlaq  mualliflik  huquqi  egasining 

depozitariy  bilan  tuzilgan,  asardan  foydalanish  shartlarini  belgilovchi 

shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bunday shartnoma va depozitariyning 

foydalanuvchi  bilan  tuzgan  shartnomasi  ommaviy  shartnomadir.

Tasviriy  san’at  asarining  muallifi  asar  mulkdoridan  o'z  asarlarini 

takrorlash  huquqini  (foydalanish  huquqini)  amalga  oshirish  imkoniyatini 

berishni talab qilishga  haqlidir. Bunda asar mulkdoridan asarni muallifga 

yetkazib  berishni  talab  qilish  mumkin  emas.

Tasviriy  san’at  asariga  bo'lgan  mulk  huquqining  muallifdan  boshqa 

shaxsga  (haq  evaziga  yoki  tekin)  o'tishi  bu  asarning  dastlabki  sotilishini 

bildiradi.

Tasviriy  san’at  asarini  oldingi  narxdan  kamida  yigirma  foiz  yuqori 

narx  bo'yicha  oshkora  qayta  sotishning  (kimoshdi  savdosi,  tasviriy san’at 

galereyasi,  badiiy salon,  do'kon  va  hokazo  orqali)  har  bir  holatida  muallif 

sotuvchidan qayta sotish narxining besh foizi miqdorida haq olish huquqiga 

ega  (ergashma  huquq).  Mazkur  huquq  boshqa  shaxsga  o'tkazilmaydi  va 

faqat  muallifning  qonun  bo'yicha  merosxo'rlariga  mualliflik  huquqining 

amal  qilish  muddatiga  o'tadi.

Asardan  boshqa  shaxslarga  haq  evaziga  foydalanishga  berish 

muallifning  asardan  foydalanish  bo'yicha  mutlaq  huquqining  tarkibiy 

qismi  bo'lib  hisoblanadi.

Mulkiy  huquqlar  faqat  mualliflik  shartnomasini  tuzish  yo'li  bilan 

huquq  egasi  tomonidan  boshqa  shaxsga  o'tkazilishi  mumkin,  Qonunda 

belgilangan  hollar  bundan  mustasno.  Muallifning  mulkiy  huquqlarini 

boshqa  shaxsga  o'tkazish  mutlaq  huquqlami  boshqa  shaxsga  o'tkazish 

to'g'risidagi  mualliflik  shartnomasi  asosida  yoki  mutlaq  bo'lmagan 

huquqlami  boshqa  shaxsga  o'tkazish  to'g'risidagi  mualliflik  shartnomasi 

asosida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Mutlaq  huquqlami  boshqa  shaxsga 

o'tkazish  to'g'risidagi  mualliflik  shartnomasi  faqat  ushbu  huquqlar 

o'tkazilayotgan  shaxs  asardan  m uayyan  usulda  va  shartnomada 

belgilangan  doirada  foydalanishiga  ruxsat  beradi.

Mutlaq  bo'lmagan  huquqlami  boshqa  shaxsga  o'tkazish  to'g'risidagi 

mualliflik  shartnomasi  foydalanuvchiga  asardan  shunday  huquqlami 

boshqa  shaxsga  o'tkazgan  mutlaq  huquqlar  egasi  va  (yoki)  bu  asardan 

ayni  shunday  usulda  foydalanish  uchun  ruxsat  olgan  boshqa  shaxslar 

bilan  teng  ravishda  foydalanishga  ijozat  beradi.  Mualliflik  shartnomasi 

bo'yicha  boshqa  shaxslarga  o'tkaziladigan  huquqlar,  agar  shartnomada

www.ziyouz.com kutubxonasi




bevosita  boshqacha  qoida  nazarda  tutilgan  bo'lmasa,  mutlaq  bo'lmagan 

huquqlar hisoblanadi. Asarga bo'lgan mualliflik huquqi asar aks ettirilgan 

moddiy  obyektga  bo'lgan  mulk  huquqi  bilan  bog'liq  emas.  Moddiy 

obyektga  bo'lgan  mulk  huquqini  yoki  moddiy  obyektga  egalik  qilish 

huquqini  boshqa  shaxsga  o'tkazish  shu  obyektda  aks  ettirilgan  asarga 

bo'lgan  biron-bir  mualliflik  huquqining  o'z-o'zidan  boshqa  shaxsga 

o'tkazilishiga  sabab  bo'lmaydi.

Qonunning  39-moddasiga  m uvofiq,  mualliflik  shartnomasida 

quyidagilar  nazarda  tutilishi  kerak:

-   asardan  foydalanish  usullari  (m azkur  shartnoma  asosida 

o'tkaziladigan  konkret  huquqlar);

—  asardan  foydalanishning  har  bir  usuli  uchun  to'lanadigan  haq 

miqdori  va  (yoki)  to'lanadigan  haq  miqdorini  belgilash  tartibi,  uni  to'lash 

tartibi  hamda  muddatlari.

Mualliflik  shartnomasi  taraflar  zarur  deb  topgan  boshqa  shartlami 

ham nazarda tutishi mumkin. Mualliflik shartnomasida asardan foydalanish 

huquqi qancha muddatga o'tkazilishi to'g'risida shart bo'lmagan taqdirda, 

shartnoma  tuzilgan  sanadan  boshlab  besh  yil  o'tganidan  keyin,  agar 

foydalanuvchi  shartnoma  bekor  qilinguniga  qadar  kamida  olti  oy  oldin 

bu  haqda  yozma  ravishda  ogohlantirilgan  bo'lsa,  shartnoma  muallif 

tomonidan  bekor  qilinishi  mumkin.

Mualliflik shartnomasida asardan  foydalanish huquqi  amal  qiladigan 

hudud  doirasi  to'g'risida  shart  bo'lmagan  taqdirda,  shartnomaga  binoan 

boshqa  shaxsga  o'tkazilayotgan  huquqning  amal  qilishi  O'zbekiston 

Respublikasi hududi bilan cheklanadi. Boshqa shaxsga o'tkazilishi mualliflik 

shartnomasida bevosita nazarda tutilmagan asardan foydalanish huquqlari 

boshqa  shaxsga  o'tkazilmagan  deb  hisoblanadi.

Shartnoma  tuzilgan  paytda  asardan  foydalanish  haqida  hali  ma’lum 

bo'lmagan  huquqlar  mualliflik  shartnomasi  mavzusi  bo'lishi  mumkin 

emas. To'lanadigan haq mualliflik shartnomasida asardan foydalanishning 

tegishli  usuli  uchun  olinadigan daromaddan  foiz  tarzida  belgilanadi.  Agar 

buni  asarning  xususiyati  yoki  undan  foydalanishning  o'ziga  xos  jihatlari 

bilan  bog'liq  holda  amalga oshirish  mumkin  bo'lmasa,  shartnomada  qayd 

etilgan  summa  tarzida  yoxud  boshqacha  tarzda  belgilanadi.  Mazkur 

mualliflik haqining eng kam miqdorlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasi  tomonidan  belgilanadi.

Agar  asarni  nashr  etish  yoki  undan  boshqacha  tarzda  foydalanish 

haqidagi  mualliflik  shartnomasida  haq  to'lash  qat’iy  summa  tarzida 

belgilansa,  shartnomada  asarning eng  ko'p  adadi  belgilab qo'yilishi  shart.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Mualliflik shartnomasi bo'yicha o'tkazilgan huquqlar bunday shartnomada 

bevosita  nazarda  tutilgan  taqdirdagina  boshqa  shaxslarga  to'liq  yoki 

qisman o'tkazilishi mumkin. Mualliflik shartnomasining muallifni kelgusida 

mazkur  mavzuda  yoki  mazkur  sohada  asarlar  yaratishini  cheklaydigan 

sharti  o'z-o'zidan  haqiqiy  emas.

Audiovizual  asar  yaratish  va  undan  foydalanish  uchun  mualliflik 

shartnomasini tuzish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan 

bo'lmasa, bu asar mualliflari tomonidan audiovizual asarni tayyorlovchiga 

takrorlash,  tarqatish,  prokatga  berish,  omma  oldida  ijro  etish,  efirga 

uzatish,  kabel  orqali  yuborish,  barchaning  e’tiboriga  takroran  yuborish, 

audiovizual  asarni  barchaning  e ’tiboriga  yetkazish,  shuningdek, 

audiovizual asarga subtitr qilish va matnni dublyaj  qilish bo'yicha mutlaq 

huquqlarning  o'tkazilishiga  olib keladi. Ko'rsatilgan  huquqlar audiovizual 

asarga  bo'lgan  mualliflik  huquqi  amal  qiladigan  muddat  mobaynida 

amalda bo'ladi. Audiovizual asar tarkibiga kiradigan asarlardan foydalanish 

mualliflik  shartnomasi  asosida  va  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa 

asoslarda  amalga  oshiriladi.  Asarni  audiovizual  asar  tarkibiga  kiritishga 

o'z  roziligini  bergan  huquq  egasi,  agar  audiovizual  asarni  tayyorlovchi 

bilan  tuzilgan mualliflik  shartnomasida boshqacha  qoida nazarda  tutilgan 

bo'lmasa,  audiovizual  asardan  foydalanishni  taqiqlashga  yoki  biron-bir 

tarzda  cheklashga  haqli  emas.  Audiovizual  asarga  tarkibiy  qism  bo'lib 

kirgan,  ham  ilgari  mavjud  bo'lgan,  ham  uning  ustida  ishlash  jarayonida 

yaratilgan  asarlarning  mualliflari,  agar  audiovizual  asarni  tayyorlovchi 

bilan  tuzilgan  mualliflik  shartnomasida  boshqacha  qoida  shartlashilgan 

bo'lmasa,  har  biri  o'z  asariga  nisbatan  mualliflik  huquqidan  foydalanadi.

Muallif  buyurtmaning  mualliflik  shartnomasi  bo'yicha  asarni 

shartnoma shartlariga  muvofiq yaratish va uni buyurtmachiga  topshirish 

majburiyatini  oladi.  Buyurtmaning  mualliflik  shartnomasi  bo'yicha 

yaratilgan asarga bo'lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga tegishlidir.

Mualliflik  shartnomasi  yozma  shaklda  tuzilishi  kerak,  qonunda 

nazarda  tutilgan  hollar  bundan  mustasno.

EHM  uchun  dasturlar  va  ma’lumotlar  bazalari  nusxalarini  sotishda 

mualliflik  shartnomasi,  agar  uning  shartlari  (dasturdan  va  ma’lumotlar 

bazasidan foydalanish shartlari) dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxalarida 

tegishli  tarzda  bayon  qilingan  bo'lsa,  yozma  shaklda  tuzilgan  deb 

hisoblanadi.

Muallifning  shaxsiy  huquqlari  uning  o'zidan  begonalashtirilishiga, 

ya’ni  boshqa  birovlarga  o'tkazilishiga  yo'l  qo'yilmaydi.

Muallifning  asardan  boshqalar  foydalanganligi  uchun  oladigan  haq

www.ziyouz.com kutubxonasi




(gonorar,  qalam  haqi)  miqdori  muallif  bilan  asardan  foydalanuvchilar 

(masalan,  nashriyot,  teatr,  ko'rgazm a  tashkilotchilari  va  hokazo) 

o'rtasidagi  kelishuv  asosida  belgilanadi.  Turmushda  bu  haq  miqdori 

asarning  birinchi  marta  yoki  qayta  nashr  etilishi,  tiraji,  muallifning 

mashhurlik  darajasi,  asaming  buyurtma  bo'yicha  yaratilganligi  va  shu 

kabi  holatlarga  bog'liq.  Ko'p  hollarda  har  bir  nashriyotda  asarlar  uchun 

ilgaridan  belgilab  qo'yilgan  gonorar  stavkalari  amal  qiladi.

Qonunda  asarlardan  muallifning  roziligini  olmasdan,  lekin  tegishli 

haq  to'lagan  holda,  shuningdek,  asardan  muallifning  roziligini  olmasdan 

va  haq  to'lamasdan  uchinchi  shaxslar  tomonidan  foydalanishga  yo'l 

qo'yiladigan holatlar aniq belgilab qo'yilgan (Qonunning 25-33-moddalari). 

Muallifning  va  boshqa  shaxsning asaridan  foydalanish  borasidagi  mutlaq 

huquqlarini  bunday  cheklashga  asardan  normal  foydalanishda  o'rinsiz 

putur  yetkazmagan  va  muallifning  qonuniy  manfaatlarini  asossiz 

kamsitmagan  taqdirdagina  yo'l  qo'yiladi.

Muallifning  mulkiy  huquqlari  amal  qilish  muddatlari  Qonunning 

35-moddasida  belgilab  qo'yilgan.  Bunga  asosan  mualliflik  huquqi 

muallifning  butun  hayoti  davomida  va  uning  vafotidan  keyin  ellik  yil 

davomida  amal  qiladi,  ushbu  moddada  va  boshqa  qonunlarda  nazarda 

tutilgan  hollar  bundan  mustasno.

Hammualliflikda  yaratilgan  asarga  bo'lgan  mualliflik  huquqi 

hammualliflarning  butun  hayoti  davomida  va  hammualliflar  orasida 

eng  uzoq  umr  ko'rgan  oxirgi  shaxs  vafot  etganidan  keyin  ellik  yil 

davomida  amal  qiladi.

Taxallus  ostida  yoki  imzosiz  qonuniy  oshkor  qilingan  asarga  bo'lgan 

mualliflik  huquqi  asar  oshkor  qilinganidan  keyin  ellik  yil  davomida 

amal qiladi. Agar ko'rsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz 

asar  muallifi  o'z  shaxsini  ma’lum  qilsa  yoki  bundan  buyon  uning  shaxsi 

shubhaga o'rin qoldirmasa, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan 

muddatlar  qo'llaniladi.

Muallifning  vafotidan  keyin  birinchi  marta  e’lon  qilingan  asarga 

bo'lgan  mualliflik  huquqi  asar  e’lon qilinganidan keyin ellik  yil davomida 

amal  qiladi.

Mualliflik  huquqi,  mualliflik  ism-sharifiga  bo'lgan  huquq  va  muallif 

obro'sini  himoya  qilish  huquqi  muddatsiz  muhofaza  qilinadi.

Asarga O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq 

muhofaza berilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi hududida mualliflik 

huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin 

bu  muddat  asar  kelib  chiqqan  mamlakatda  belgilangan  mualliflik

www.ziyouz.com kutubxonasi




huquqining  amal  qilish  muddatidan  oshib  ketmasligi  kerak.

Mazkur  muddatlarni  hisoblash  muddatning  o ‘ta  boshlashi  uchun 

asos  bo'ladigan  yuridik  fakt  yuz  bergan  yildan  keyingi  yilning  birinchi 

yanvaridan  e’tiboran  boshlanadi.

Qonunning  62-moddasiga  muvofiq,  quyidagilar:

-  mualliflarning  shaxsiy  nomulkiy  huquqlarini  buzish;

- huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi 

tashkilot  bilan  shartnoma  tuzmasdan  asarlar  yoki  turdosh  huquqlar 

obyektini  takrorlash,  tarqatish yoki  undan boshqacha  tarzda  foydalanish, 

ushbu  qonunga  muvofiq  shunday  foydalanishga  shartnoma  tuzmasdan 

y o‘1  qo'yiladigan  hollar  bundan  mustasno;

- qonunda nazarda tutilgan hollarda haq to'lash to'g'risidagi talablarni 

buzish;

-  asarlardan  huquq  egasi  yoki  mulkiy  huquqlarni  jamoaviy  asosda 

boshqaruvchi  tashkilot  bilan  tuzilgan  shartnoma  bo'yicha  olingan 

huquqlarni  oshirib  yuborgan  holda  foydalanish;

-  huquq  egalarining  mulkiy  huquqlarini  boshqacha  tarzda  buzish 

mualliflik  huquqilarni  buzishdir.

Asarlarning takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqini buzgan 

holda  amalga  oshiriladigan  nusxalari  kontrafakt  nusxalardir.  Qonunga 

muvofiq  muhofaza  qilinadigan  asarlarning  bunday  asarlarni  muhofaza 

qilish  to'xtatilgan  yoki  hech  qachon  muhofaza  qilinmagan  davlatlardan 

huquq  egalarining roziligisiz import qilinadigan nusxalari ham kontrafakt 

nusxalardir.

Mualliflik huquqi sohibining mutlaq huquqlarini himoya qilish usullari 

FKning  11-moddasi,  1040-moddasi,  1070-moddalarida  va  Qonunning 

65-moddasida  belgilab  berilgan.  Sodir  etilgan  huquqbuzarlik  xarakteriga 

qarab,  huquqni  himoya  qilishning  tegishli  usuli  qo'llanadi.  Qonunning 

65-moddasiga  muvofiq,  muallif,  yoki  mutlaq  huquqlarning  boshqa  egasi 

huquqbuzardan  quyidagilarni  talab  qilishga  haqli:

-  huquqlarni  tan  olishini;

-  huquq  buzilishidan  oldingi  holatni  tiklashi  va  huquqni  buzadigan 

yoki uning buzilishi xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to'xtatishini;

-  huquq  egasining  huquqi  buzilmagan  taqdirda,  u  fuqarolik 

muomalasining  odatdagi  sharoitlarida  olishi  mumkin  bo'lgan,  lekin 

ololmay  qolgan  daromadi  miqdoridagi  zararlarning  o'rnini  qoplashini. 

Agar  huquqbuzar  mualliflik  huquqini  buzish  oqibatida  daromadlar 

olgan  bo'lsa,  huquq  egalari  boshqa  zararlar  bilan  bir  qatorda  boy 

berilgan  foydani  bunday  daromadlardan  kam  bo'lmagan  miqdorda

www.ziyouz.com kutubxonasi




qoplashini;

-  zararlar  yetkazilishi  faktidan  qat’iy  nazar,  huquqbuzarlikning 

xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi 

odatlarini hisobga  olgan holda  zararning  o'rnini qoplash evaziga  to'lanishi 

lozim  bo‘lgan  tovonni  to'lashini;

-  qonunda  belgilangan  huquqlarini  himoya  qilish  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan,  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  choralar  ko'rishini.

Muallif  o'z  huquqlari  buzilgan  taqdirda,  huquqbuzardan  ma’naviy 

ziyon  qoplanishini  talab  qilishga  haqlidir.

Mulkiy  huquqlarni  jamoaviy  asosda  boshqaruvchi  tashkilot  mulkiy 

huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan 

shaxslaming  buzilgan  mualliflik  huquqlarini  himoya  qilib  qonunda 

belgilangan  tartibda  o‘z  nomidan  ariza  bilan  sudga  murojaat  etishga 

haqlidir.

Mualliflik  huquqi  buzilishining  oldini  olish  yoki  uni  to‘xtatish  uchun 

zarur choralar ko'rish natijasida  uchinchi  shaxslarga yetkazilgan zararlar, 

shuningdek,  bunday  choralarni  amalga  oshirgan  shaxs  ko'rgan  zararlar 

huquqbuzar  hisobidan  undirib  olinishi  kerak.

Asarlarning  kontrafakt  nusxalari,  shuningdek,  ularni  tayyorlash  va 

takrorlashda  foydalaniladigan  materiallar  va  asbob-uskunalar  hamda 

sodir  etilgan  huquqbuzarlikning  boshqa  vositalari  qonun  hujjatlariga 

muvofiq  sud  tartibida  musodara  qilinadi.

Asarlarning  musodara  qilingan  kontrafakt  nusxalari  yo‘q  qilinishi 

kerak,  ularni  huquq  egasiga  uning  iltimosiga  binoan  topshirish  hollari 

bundan  mustasno.

Mualliflik  huquqi  obyektlariga  nisbatan  mutlaq  huquq  sohibi  o‘z 

huquqlaridan  barchani  xabardor  qilish  uchun  obyektning  (asarning)  har 

bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi  uch element (unsur)dan iborat 

mualliflik  huquqi  himoya  belgisidan  foydalanishi  mumkin:

aylana  (doira)  ichiga  olingan  lotincha  «S»  harfi;

mualliflik  mutlaq  huquqlari  sohibining  nomi;

asar  birinchi  marta  e’lon  qilingan  yil.

Ushbu  belgi  xalqaro  miqyosda,  boshqa  xorijiy  davlatlarning 

ko‘pchiligida  ham  qabul  qilingan.  Amalda  muallif  yoki  uning  merosxo'ri 

mualliflik shartnomasi  tuzish orqali asardan foydalanish  huquqini  boshqa 

shaxsga o'tkazishi mumkin. Bunday shartnoma haq baravariga tuziladigan 

shartnoma  hisoblanadi.  Tayyor  asar  yoki  yaratilishi  lozim  bo'lgan  asar 

uchun  mualliflik  buyurtma-shartnomasi  tuziladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Asarga  bo'lgan  m ualliflik  huquqining  amal  qilish  m uddati 

tugaganidan  keyin  asar  ijtimoiy  boylikka  aylanadi.  Ijtimoiy  boylik 

(ne’mat)  hisoblanadigan  asardan,  boshqa  obyektlardan  har  bir  shaxs 

mualliflik  haqini  to'lamagan  va  qandaydir ruxsat  olmagan  holda  erkin 

foydalanishi mumkin. Biroq  bunda mualliflik huquqiga, muallif nomiga 

bo'lgan huquqqa va asarning daxlsizligiga bo'lgan huquqqa rioya etilishi 

shart.


Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish