5-§. Elcktron hisoblash mashinalari (E H M ) va m a’lumotlar
bazalarini huquqiy muhofaza qilish
Ilmiy-texnika taraqqiyoti jamiyat hayotining barcha sohalariga jiddiy
ta’sir ko'rsatmoqda va u rivojlanishning asosiy manbayi hisoblanadi. Bu
ta’sir, eng avvalo, komp’yuterlar (EHM) yordamida axborotlarni saqlash,
qayta ishlash va uzatish faoliyati bilan bog'liq bo'lgan sohalarda, ayniqsa,
yaqqol namoyon bo'lmoqda. Shu sababli ham bunday faoliyatni huquqiy
tartibga solish, uning natijalarini huquqiy muhofaza qilish muhim
ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasida (1994 yil 5 may) «ЕНМ uchun
yaratilgan dasturlar va m a’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi
to'g'risida» gi Qonun qabul qilingan. Ushbu Qonunning 3-moddasiga
asosan, EHM uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlar mualliflik huquqi
obyektlari toifasiga kiritiladi. Buning ma’nosi shuki, mualliflik huquqining
aksariyat me’yorlari (obyektga nisbatan huquqiy muhofazaning vujudga
kelish sharti, mualliflik huquqining amal qilish muddatlari, muallifning
shaxsiy va mul-kiy huquqlari va hokazolar) kom p’yuter dasturlari
ijodkorlari uchun ham qo'llaniladi.
Ma’lumotlar bazasi deganda EHMlar yordamida topish va ishlov
berish mumkin bo'ladigan tarzda bir tizimga solingan ma’lumotlar
(masalan, maqolalar, hisob-kitoblar) majmui tushuniladi.
EHM (komp’yuter) uchun yaratilgan dastur deganda muayyan
natijaga erishish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa
komp’yuter vositalarining ishlashi uchun mo'ljallangan ma’lumotlar va
ko'rsatmalar (farmoyishlar, buyruqlar) majmui tushuniladi.
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mualliflik
huquqi ular yaratilgandan keyin vujudga keladi va bunda mualliflik
huquqining boshqa obyektlari kabi ularni ro'yxatdan o'tkazish va boshqa
rasmiyatchiliklarga rioya qilish shart emas. Shu sababli ham qonunning 9-
moddasiga asosan EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoki ma’lumotlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
bazalarini tegishli vakolatli davlat idoralarida qayd etish (reestrga kiritish)
haqidagi talabga rioya qilmaslik huquq egasini mutlaq huquqlardan mahrum
etmaydi, biroq bu huquqlarni amalga oshirish, uni muhofaza etishni
nisbatan qiyinlashtiradi, xolos. Agarda dastur yoki ma’lumotlar bazalari
ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa, ularga nisbatan mulkiy huquqlar, boshqa
shaxsga o'tkazish haqidagi shartnomalar ham tegishli davlat idorasida (ya’ni
Davlat Patent idorasi huzuridagi agentlikda) ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasiga mualliflik,
shuningdek, muallifning va obyektga nisbatan mutlaq huquqlarning sohibi
vakolatlarining mazmuni tegishli qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bunday
qonunlar jumlasiga «Mualliflik va turdosh huquqlar to'g'risida» gi Qonun
(uning 16, 17, 18, 19, 21, 22-va boshqa moddalari) ning tegishli qoidalari
ham kiritiladi. Bundan tashqari, muallif yoki mutlaq huquq egasi dastur
yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash, shu jumladan, dasturni bir
dasturlash tilidan boshqa tilga o'tkazishni amalga oshirishga ruxsat berishga
haqli. Dastur va ma’lumotlar bazalariga nisbatan mulkiy huquqlar- shartnoma
asosida yoxud meros tartibida boshqa shaxslarga o'tadi. Shartnoma yozma
tuzilishi va unda obyektdan foydalanish hajmi va usullari, haq to'lash
tartibi va miqdori, shartnoma muddati ko'rsatilishi shart.
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazasining nusxasiga
qonunan ega bo'lgan shaxs mutlaq huquq sohibidan qo'shimcha ravishda
ruxsat olmagan holda ushbu obyektlar o'z vazifasiga muvofiq ishlash
bilan bog'liq har qanday harakatlarni amalga oshirishga, shu jumladan,
EHMga yozib qo'yish va uning xotirasida saqlashga, shuningdek, aniq
ko'rinib turgan xatolarni tuzatishga haqlidir. Dastur yoki ma’lumotlar
bazasining nusxasini qonuniy asoslarda olgan shaxs huquqlarining doirasi
va mazmuni EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining
huquqiy himoyasi haqidagi Qonunning 12-13-moddalarida belgilab
qo'yilgan. Ushbu qonunning 14-moddasida mualliflik va mutlaq huquqni
himoya qilish usullari nazarda tutiladi. EHM uchun yaratilgan dastur va
ma’lumotlar bazasining muallifi yoxud mutlaq huquq sohibi:
o'z huquqlarining tan olinishi (e’tirof etilishini), huquq buzilishiga
qadar bo'lgan holat tiklanishining va huquqbuzarlik harakatlarining
to'xtatilishini;
yetkazilgan zararning qoplanishini (shu jumladan, huquqbuzar
tomonidan g'ayriqonuniy olingan daromad summasini o'ziga undirib
berilishini);
foyda ko'rgan huquqbuzardan yetkazilgan zarar qoplanishi o'rniga
eng kam oylik ish haqining yigirmadan to ming baravarigacha hajmida
www.ziyouz.com kutubxonasi
tovon tolanishni (qanday miqdorda bo'lishini sud belgilaydi) talab qilishga
haqlidir.
Sud EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining
mualliflik huquqi buzilgan holda tayyorlangan nusxalarini (ya’ ni,
kontrafakt nusxalami) musodara etish va ularni yo‘q qilib yuborish haqida
qaror chiqarishga haqli. Kontrafakt nusxalar olishda foydalaniladigan
materiallar va uskunalar sudning qarori bilan byudjet daromadiga
o'tkazilishi yoxud mutlaq huquq sohibining iltimosiga binoan, zararlarni
qoplash hisobiga berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |