Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  Intellektual  m ulk  huquqi  obyektlarini  huquqiy



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet359/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

3-§.  Intellektual  m ulk  huquqi  obyektlarini  huquqiy 

muhofaza  qilish  asoslari

Intellektual  mulk  obyektlarini  huquqiy  muhofaza  qilish  deganda

Каудирое  T.E.  Гражданско-правовая  охрана  объектов  промышленной 



собственности  в  Республике  Казахстан.  Докторлик  диссертацияси  автореферати.  - 

Алматы.  2002.  18-19-6.

www.ziyouz.com kutubxonasi



bu obyektlarga nisbatan subyektiv huquqlar sohibi huquqlarining qonuniy 

jihatdan  qo'riqlashini  vujudga  keltirish  asoslari  tushuniladi.  Binobarin, 

intellektual mulk obyekti o‘z-o‘zidan huquqiy muhofaza  ostiga  olinmaydi, 

balki  bu  obyektga  nisbatan  subyektiv  huquqlarga  ega  bo'lgan  shaxslar 

(muallifning  shaxsiy  huquqlari,  mutlaq  huquqlar  sohibining  huquqlari, 

litsenziya  asosida 

fo y d a la n u v ch in in g   h u qu qlari, 

avvald an  

foydalanuvchining  huquqlari  va shu  kabilar)  huquqlari  huquqiy jihatdan 

muhofaza  ostiga  olinadi.

Intellektual  mulk  obyektlarini  huquqiy  muhofaza  ostiga  olish:

-  ularning  yaratilganlilik  fakti  asosida;

- FKda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda 

vakolatli  davlat  organi  tomonidan  huquqiy  muhofaza  hujjati  berilishi 

asosida  vujudga  keladi.

Oshkor  etilmagan  axborotga  nisbatan  huquqiy  muhofaza  berish 

shartlari  qonun  bilan  belgilanadi.

Intellektual  obyektlami ng  quyidagi  turlari  bo'yicha  ularni  huquqiy 

muhofaza  qilish  ularning  yaratilishi  (vujudga  kelish)  fakti  asosida  sodir 

boiadi:


-  fan,  adabiyot,  san’at  asarlari;

-  EHM  uchun  dasturlar  va  maiumotlar  bazalari;

-  ijrolar,  ijrolarni  sahnalashtirish,  eshittirish  va  ko'rsatuvlar;

-   topologik  va  integral  sxemalar.

Bunda  obyekt  ijodkor  tomonidan  og'zaki,  yozma,  tasvir  shaklida 

yoki boshqalar tomonidan idrok etish (qabul qilish) uchun imkon beradigan 

boshqa  obyektiv  shaklda  mujassam  etilishi  bilan  yaratilgan  hisoblanadi. 

Binobarin, shu vaqtdan boshlab unga nisbatan boshqa shaxslarda subyektiv 

huquqlar  vujudga  keladi  va  huquqiy  muhofaza  qilinadi.  Bunday  holda 

obyektdan  uchinchi shaxslaming  foydalangan  boiishi,  obyekt  ro'yxatdan 

o'tkazilishi  yoki  boshqa  rasmiyatchiliklarga  rioya  etilishi  talab  etilmaydi. 

Hatto  obyekt  keyinchalik  ro'yxatdan  o'tkazilishi  lozimligi  haqidagi  qoida 

mavjud  boisa  ham  (masalan,  EHM  uchun  dasturlar  va  maiumotlar 

bazalari  uchun  davlat  ro'yxati  mavjud)  bu  holat  ularning  huquqiy 

muhofaza qilish holatiga ta’sir etmaydi. Bunda intellektual mulk obyektlari 

O'zbekiston  Respublikasi  hududida  yoki  xorijiy  davlat  hududida 

yaratilganligi  fakti  ahamiyatga  ega  emas.

Intellektual mulkning bir qator obyektlarini huquqiy muhofaza qilish 

FKda  yoki  boshqa  qonunlarda  (masalan,  «Ixtiro,  foydali  model,  sanoat 

namunalari  to'g‘risida»gi  Qonun,  Seleksiya  yutuqlari  haqidagi  qonun  va 

shu  kabilar)  belgilangan  tartibda  vakolatli  davlat  organi  tomonidan

www.ziyouz.com kutubxonasi




huquqiy  muhofaza  berilishi  orqali  vujudga  keladi.  Buning  uchun 

intellektual  mulk  ob’ekgiga  nisbatan  o‘z  subyektiv  huquqlarining  e’tirof 

etilishiga haqli  bo'lgan manfaatdor fuqaro yoki yuridik shaxs belgilangan 

tartibda  vakolatli  davlat  organiga  murojaat  etishi  va  o'z  talabini 

asoslantiruvchi  hujjatlarni  taqdim  etishi  lozim.  Talab  qanoatlantirilgan 

hollarda  vakolatli  davlat  organi  fuqaro  yoki  yuridik  shaxsni  intellektual 

mulk obyektiga nisbatan subyektiv huquqlari muhofaza ostiga olinganligini 

bildiruvchi  hujjat  (patent,  guvohnoma,  qayd  etilganlik  haqidagi 

shahodatnoma),  huquqiy muhofaza yorlig'i beradi. Vakolatli davlat organi 

bunday talabni rad etgan taqdirda bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi. 

Qaror ustidan Appelyatsion kengashga yoki sudga qonunlarda belgilangan 

tartibda  shikoyat  berilishi  mumkin.

Vakolatli  davlat organi  (ko'p obyektlar bo'yicha  bunday organ bo'lib 

O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  Patent  idorasi  hisoblanadi)  huquqiy 

muhofaza  yorlig'i  berishda  quyidagi  holatlarni,  albatta,  o'rganib  chiqadi:

a) huquqiy muhofaza berilishi so'ralayotgan obyekt intellektual mulk 

obyekti  sifatida  tegishli  xususiyatlarga  egami,  yo'qmi;

b)  o'z  nomiga  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  berilishini  so'rab  murojaat 

qilayotgan  fuqaro  yoki  yuridik  shaxs  talabi  qonuniy  asoslarga  egami, 

yo'qmi;


v)  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  berilishi  boshqa  shaxslarning  qonuniy 

huquq  va  manfaatlariga  putur  yetkazmaydimi  va  hokazo.

Ayrim turdagi  intellektual  mulk  obyektlarini vakolatli davlat  organi 

tomonidan  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  asosida  huquqiy  qo'riqlanishi 

bo'yicha  tartib  belgilanganligining  ahamiyati  shundan  iboratki,  bunda, 

birinchidan,  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  intellektual  mulk  obyektlarining 

sifat-jihatidan tegishli talablarga javob bera olishi lozimligini, ikkinchidan, 

nomiga huquqiy muhofaza yorlig'i olgan shaxsning subyektiv huquqlarini 

tasdiqlovchi  va  bu  huquqlarning  boshqalar  tomonidan  rioya  etilishini 

ta’minlovchi  vosita  ekanligini  guvohlantiradi.  Ayni  vaqtda  bunday  tartib 

huquqiy muhofaza vujudga kelishi va uning amal muddatlarini belgilashda 

bahs-nizolarga  o'rin  qoldirmaydi,  shuningdek,  boshqa  mamlakatlar 

hududlarida ushbu obyektga nisbatan xuddi shunday muhofaza yorlig'ini 

olishni  osonlashtiradi.  Ba’zi  obyektlar  bo'yicha  esa  bunday  obyekt 

yaratuvchisi bo'lgan ijodkorning mualliflik shaxsiy huquqlarini ham o'ziga 

xos  tarzda  guvohlantiradi.  Obyektga  nisbatan  huquqiy  yorliq  mavjudligi 

nomiga  yorliq  berilgan  shaxsning  subyektiv  huquqlari  buzilgan  taqdirda 

sud  yo'li  bilan  himoya  qilish  uchun  asos  bo'ladi.

Intellektual mulk quyidagi obyektlarining huquqiy muhofazasi davlat

www.ziyouz.com kutubxonasi




organi  tomonidan  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  berilishi  asosida  vujudga 

keladi:


-  ixtiro,  sanoat  namunasiga  nisbatan  patent  beriladi;

-  foydali  modelga  nisbatan  guvohnoma  beriladi  («Ixtirolar,  sanoat 

namunalari,  foydali  modellar  to'g'risida»  gi  Qonunning  3-moddasi);

-  seleksiya  yutuqlariga  nisbatan  patent  beriladi;

-  tovar  (xizmat  ko'rsatish)  belgisiga  nisbatan  u  davlat  ro'yxatidan 

o'tkazilib,  guvohnoma  beriladi;

-  firma  nomi  davlat  ro'yxatidan  o'tkazilib  (reestrga  kiritilib)  bu 

haqda  dalolatnoma  beriladi;

-  tovar  chiqarilgan  joy  nomiga  bo'lgan  huquq  davlat  ro'yxatidan 

o'tkazilib,  undan  foydalanish  huquqi  to'g'risida  guvohnoma  beriladi.

Intellektual  mulk  obyektiga  nisbatan  berilgan  huquqiy  muhofaza 

yorlig'ida obyekt nomi, uning alohida xususiyatlari, ushbu obyekt muallifi 

(ixtiro,  foydali  model,  sanoat  namunalari,  seleksiya  yutuqlariga  nisbatan 

huquqlar  sohibining  nomi)  huquqiy  muhofaza  muddatining  boshlanish 

va  bekor  bo'lish  vaqti,  ushbu  yorliqni  bergan  vakolatli  davlat  organi 

nomi  ko'rsatiladi,  uning  rahbari  tomonidan  imzolanib,  muhr  bilan 

tasdiqlanadi.  Firma  nomiga  berilgan huquqiy muhofaza  yorlig'ining amal 

qilishi  muddat  bilan  chegaralanmaydi.  Tovar  (xizmat  ko'rsatish)  belgisi, 

tovar  chiqarilgan  joy  nomiga  boigan  huquq  bo'yicha  berilgan  huquqiy 

muhofaza  yorlig'i  amal  qilish  muddati  vakolatli  davlat  organi  tomonidan 

belgilangan  tartibda  uzaytirib  turilishi  mumkin.  Sanoat  namunasi  va 

foydali  modelga  nisbatan berilgan  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  cheklangan 

muddatga  uzaytirilishi  mumkin.

Vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i olinishi 

shart  boigan  intellektual  mulk  obyektlariga  nisbatan  huquqlar  bunday 

yorliq  olinmagan  hollarda  sud  yoki  boshqa  davlat  organlari  tomonidan 

huquqiy  muhofaza  qilinmaydi.

Huquqiy  muhofaza  yorlig'i  har  qanday  davlat  organi  yoki  jamoa 

tashkiloti tomonidan emas, boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli 

davlat  idorasi  tomonidan  berilishi  lozim

Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan intellektual mulk 

obyektiga  nisbatan  berilgan  huquqiy  muhofaza  yorlig'i  O'zbekiston 

Respublikasi  hududida  amal  qilishi  O'zbekiston  Respublikasi  ishtirokida 

xalqaro  konvensiyalar,  shartnomalar,  ikki  yoki  ko'p  tomonlama  bitimlar 

yoxud  O'zbekiston  Respublikasi  vakolatli  davlat  idoralari  tomonidan 

ro'yxatdan  o'tkazdirilishi  yoki  tegishli  huquqiy  yorliq  berilishi  asosida 

vujudga  keladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Oshkor  etilmagan axborotlami  huquqiy  muhofaza  qilish  qonunlarda 

belgilangan  qator  shartlar  asosida  (FKning  98-moddasi,  «Davlat  sirlarini 

saqlash  to'g'risida»  gi  Qonunning  1-5-moddalari,  «Axborotlashtirish 

to'g'risida» gi Qonunning 2-3-moddalari) belgilanadi. Ko'p hollarda bunday 

shartlar asosida oshkor etilmagan axborot sohibining bu axborotga nisbatan 

faktik  monopol  holati  yotadi.  Faktik  monopol  holat  quyidagi  shartlar  bir 

vaqgning  o'zida  mavjudligini  bildiradi:

a) oshkor qilinmagan axborot uchinchi shaxslarga noma’lum bo'lishi;

b)  xuddi  shu  noma’lumligi  sababli  u  haqiqiy  yoki  nisbiy  tijorat 

qiymatiga  ega  bo'lishi;

v)  uchinchi  shaxslarga  bunday  axborotdan  qonuniy  asoslarda  erkin 

bahram and  bo'lish i  (tanishuvi,  xabardor  bo'lishi,  foydalanishi) 

imkoniyatlari  bo'lmasligi;

g) axborot sohibi uning maxfiyligi (sirligini)ni saqlash bo'yicha barcha 

choralami  ko'rgan  bo'lishi  shart.

Faktik monopol holatini huquqiy muhofaza yorlig'i berish, ro'yxatdan 

o'tkazish  (bunday axborot nou-xau sifatida litsenziya shartnomasi asosida 

berilishi  hollaridan  tashqari)  yoki  boshqa  rasmiyatchiliklarga  rioya  qilish 

tartibida  rasmiylashtirilishi  lozim  emas.

Oshkor  etilm agan  axborot  sohibining  huquqdariga  uchinchi 

shaxslarning insofsiz harakatlari, g'irrom raqobat (sanoat josusligi, xodimni 

sotib  olish)  orqali  putur  yetkazilganda  sud  yo'li  bilan  huquqiy  muhofaza 

ostiga  olinadi.

Oshkor  etilmagan  axborotlar  uchinchi  shaxslar  tomonidan  insofli 

asoslarda  olinganda  yoki  u  tomonidan  mustaqil  ravishda  izlanish  asosida 

topilganda  oshkor  etilmagan  axborotga  nisbatan  huquq  sohibining 

subyektiv huquqlri  huquqiy muhofaza  qilinmaydi (chunki bunda u faktik 

monopol  egalik  mavqeydan  amalda  mahrum  bo'ladi).




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish