Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§.  M a’naviy  zararni  qoplash



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

4-§.  M a’naviy  zararni  qoplash.

Fuqarolik  qonun  hujjatlarida  ma’naviy  zarar  tushunchasining  ta’rifi 

berilmagan.  Biroq,  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  sudi  Plenumining  2000- 

yil  28-apreldagi  «ma’naviy zarami qoplash  haqidagi qonunlami qo'llashning 

ayrim masalalari to'g'risida»gi №7-sonli Qarorida1 ma’naviy zarar tushunchasi 

ta’rif  berilgan.  Unga  ko'ra,  ma’naviy  zarar  deganda  jarblanuvchiga  qarshi 

sodir  etilgan  huquqbuzarlik  harakati  (harakatsizlik)  oqibatida  u  boshidan 

kechirgan  (o'tkazgan)  ma’naviy  va  jismoniy  (kamsitish,  jismoniy  og'riq, 

zarar  ko'rish,  noqulaylik  va  boshqa)  azoblar  tushuniladi.

Ma’naviy  zarar,  jumladan  yaqin  qarindoshini  yo'qotish  (o'limi) 

sababli  ma’naviy  qayg'urish,  ijtimoiy  hayotdagi  faoliyatini  davom

1  Мазкур  карорга  Узбекистан  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  19.12.2003.  й. 

20-сон  карорига  мувофик  узгартиришлар  киритилган.

www.ziyouz.com kutubxonasi




ettira  olmaslik,  ishini  yo'qotish,  oilaviy,  tibbiy  sirlarni  oshkor  qilish, 

fuqarolarning  sha’ni,  qadr-qimmati  va  ishchanlik  ob ro‘siga  putur 

yetkazuvchi  haqiqatga  to‘g ‘ri  kelmaydigan  ma’lumotlarni  tarqatish, 

har  qanday  boshqa  huquqlarini  vaqtincha  cheklash  yoki  ulardan 

mahrum  qilish,  yetkazilgan  zarar  yoki  sog'liqqa  boshqacha  ziyon 

yetkazish  tufayli  jism oniy  o g ‘ riq,  yetkazilgan  m a’naviy  azoblar 

natijasida  boshidan  o'tkazilgan  boshqa  kasalliklarda  namoyon  bo'ladi.

Agar  ma’naviy  zarar  jabr  etuvchiga  yetkazilgan  zararni  qoplashni 

nazarda  tutgan  kuchga  kirgunga  qadarli  yetkazilgan  bo'lsa,  shuningdek, 

da’vogar bunday qonun kuchga kirishidan keyin ham ma’naviy va jismoniy 

azob his qilayotgan bo'lsa ham da’vogaming bu haqdagi talabi qanoatlantirishga 

tegishli  emas,  chunki  zarar  yetkazilgan  vaqtda  javobgarlikning  bu  turi 

belgilanmagan  bo'lgan  va  umumiy  qoidaga  ko'ra  sodir  qilingan  vaqtda 

amalda  bo'lgan qonunda  belgilangan  xilof  harakatga  nisbatan javobgarlikni 

kuchaytiradigan  qonun  orqaga  qaytish  kuchiga  ega  bo'lishi  mumkin  emas.

FKning 1021-moddasiga muvofiq, ma’naviy zarar uni yetkazuvchining 

aybi  bo'lgan  taqdirda,  zarar  yetkazuvchi  tomonidan  qoplanadi.  Biroq, 

quyidagi  holatlarda  ma’naviy  zarar  uni  yetkazuvchining  aybidan  qat’iy 

nazar  qoplanadi,  agar:

-  zarar  fuqaroning  hayoti  va  sog'lig'iga  oshiqcha  xavf  manbayi 

tomonidan  yetkazilgan  bo'lsa;

-  zarar  fuqaroga  uni  qonunga  xilof  tarzda  hukm  qilish,  qonunga 

xilof  tarzda jinoiy javobgarlikka  tortish,  ehtiyot  chorasi  sifatida qamoqqa 

olishni  yoki  munosib  xulq-atvorda  bo'lish  haqida  tilxat  olishni  qonunga 

xilof  tarzda  qo'llanish,  qonunga  xilof  tarzda  ma’muriy  jazo  qo'llanish 

va  qonunga  xilof  tarzda  ushlab  turish  natijasida  yetkazilgan  bo'lsa;

-  zarar  or-nomus,  qadr-qimmat  va  ishchanlik  o b r o '-e ’tiborini 

haqoratlovchi  ma’lumotlarni  tarqatish  tufayli  yetkazilgan  bo'lsa;

-  qonunda  nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda.

Umumiy qoidaga ko'ra, ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi. Ma’naviy 

zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga  yetkazilgan jismoniy va ma’naviy 

azoblaming  xususiyatiga,  shuningdek,  ayb  tovon  to'lashga  asos  bo'lgan 

hollarda  zarar  yetkazuvchining  aybi  darajasiga  qarab  sud  tomonidan 

aniqlanadi.  Zararni  qoplash  miqdorini  aniqlashda  oqilonalik  va  adolatlilik 

talablari  e’tiborga  olinishi  lozim.

Jismoniy  va  m a’naviy  azoblarning  xususiyati  m a’naviy  zarar 

yetkazilgan  haqiqiy  holatlar  va  jabrlanuvchining  shaxsiy  xususiyatlari 

hisobga  olingan  holda  sud  tomonidan  baholanadi.

Ma’naviy zarar to'lanishi lozim bo'lgan mulkiy zarardan qat’iy nazar 

qoplanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish