3-§. Tovarlar, ishlar va xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Tovarlar, ish yoki xizmatlar tarkibiy qismining kamchiligi yoxud
nuqsonlari oqibatida fuqaroning hayoti, sog'lig'iga hamda mol-mulkiga
zarar yetkazilishi oqibatida zararni qoplash nafaqat Fuqarolik kodeksi,
balki “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida” gi qonun
bilan ham tartibga solinadi. Shu o'rinda ta’kidlash joizki, mazkur hujjatlar
qoidalarini qo'llash doirasi va mazmuni jihatidan bir-biriga mos kelmaydi.
Delikt majburiyatlar qatorida tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar
oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchi va zarar yetkazgan shaxs o'rtasida
shartnomadan tashqari majburiyatni vujudga keltiradi. Biroq jabrlanuvchi
va zarar yetkazgan shaxs o'rtasida shartnomaviy munosabat bo'lishi
mumkinligini e’tirof etish mumkin. Tegishli sifatda bo'lmagan tovar
sotilganda, sotib oluvchida bir qator huquqlar paydo bo'ladi. Ular jumlasiga
yetkazilgan zararni qoplash ham kiradi. Bunday huquq shartnomaviy
xarakterda bo'lib, oldi-sotdi shartnomasi bilan tartibga solinadi. Basharti,
sotib olingan tovaming kamchiligi tufayli fuqaroning hayoti, sog'lig'i yoki
mol-mulkiga zarar yetkazilsa va zararni undirish bo'yicha kelib chiqadigan
munosabat shartnomadan tashqari deb qaraladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
FKning 1017-moddasiga muvofiq, tovaming (ishning, xizmatning)
konstruktiv, resepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek,
tovar (ish, xizmat) to'g'risidagi maiumot noto'g'ri yoki yetarli emasligi
oqibatida fuqaroning hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga, yuridik shaxsning
mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi)
tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma
munosabatlarida bo'lgani yoki bo'lmaganidan qat’iy nazar, qoplanishi
lozim. Ushbu qoidalar iste’mol maqsadlarida xarid qilinganida qo'llaniladi.
Boshqacha so'z bilan aytganda, zarar ko'rgan shaxs boiib xaridor
(buyurtmachi), xaridor (buyurtmachi)ning oila a’zolari, sotib oluvchidan
boshqa huquqiy asoslarda tovar (buyurtma)ni olgan shaxs va boshqalar
boiishi mumkin. Jabrlanuvchilar b o iib ham jismoniy, ham yuridik
shaxslar boiishi mumkin.
Javobgar shaxs boiib sotuvchi va tayyorlovchi (ijrochi) boiadilar.
Javobgar sotuvchi va tayyorlovchi (ijrochi) sifatida har qanday jismoniy
va yuridik shaxslar boiishi mumkin. Qaysi biridan zararni undirish
jabrlangan shaxsning o'ziga bog'liq. Jabrlanuvchi birdaniga ikkala javobgar
shaxsga murojaat etib, solidar javobgarlikka tortishi mumkin. Agar
jabrlangan shaxslar bir nechta boisa, u holda har biri mustaqil ravishda
xohlagan javobgar shaxsga murojaat etishi mumkin.
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonun
iste’molchiga tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan mulkiy
javobgarlikni vujudga keltiruvchi holatlar va buning natijasida qoplanishi
zarur boigan oqibatlar ko'rsatilgan. Mazkur qonunning 20-moddasida
tovaming quyidagi kamchiliklari yuzasidan javobgarlik belgilanadi:
- tovaming tuzilishiga;
- tovaming ishlab chiqarilishiga;
- tovaming tarkibiga;
- tovaming boshqa jihatlaridagi nuqsonlarga.
Odatda, tovarning tuzilishi deganda, uning belgilangan shakl-
shamoyili, mavjud standartlarga mosligi, muayyan tassavur doirasidaligi,
tegishli maqsad uchun foydalaniladigan tovar turkumidagi boshqa
tovarlarga o'xshashi tushuniladi. Masalan, oddiy piyola yoki ruchkaning
tuzilishini tasavvur qiladigan bo'lsak, piyola konussimon shakldagi atrofi
yassi qilib ishlangan suyuqlik iste’mol qilishga mo'ljallangan predmet
hisoblansa, ruchka o'z shakl shamoyiliga ko'ra, qoida yozish uchun
1 Муаллифлар жамоаси. Узбекистон Республикасининг “Истеъмолчиларнинг
ХУКУКларини
химоя кипиш туфисида”ги конунгига шарх-Т.: Узбекистон. 2005 .
www.ziyouz.com kutubxonasi
qulay bo'lgan ashyo hisoblanadi1.
Tovarning ishlab chiqarilishidagi nuqson bu tovar ( maxsus idish va
o'ramda sotiladigan tovarlarda) dagi uni ishlab chiqarish jarayonida
vujudga kelgan lekin oddiy ko‘zdan kechirish jarayonida aniqlashning
imkoni bo'lmagan kamchiliklar hisoblanib, tovardagi bunday nuqsonlar
u ishlab chiqarilib tegishli sotuvchilarga topshirilishidan oldin vujudga
kelgan bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarilishi davomida tovarda vujudga kelgan
kamchilik (nuqson)ni ishlab chiqaruvchi bilgan yoki bilmaganidan qat’iy
nazar iste’molchi oldida javobgardir. Zero, bunday nuqson tovar ishlab
chiqarilish jarayonidagi kamchilik va tovar ishlab chiqaruvchining ishga
bo'lgan noto‘g‘ri munosabatidan kelib chiqqan hisoblanadi.
Tovarning tarkibi atamasi o'zida tovarning butligi, uning komplekti
iboralarini ifodalaydi. Odatda “tarkib” so‘zi murakkab ashyolar (agar
turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi
bo'yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa,
ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi (FKning 91-moddasi).
Tovarning tarkibiga nafaqat muayyan qismlar, balki umumiylikka ega
bo'lgan bir necha alohida (mustaqil) ashyolar ham kiradi.
Resepturaviy nuqsonlar esa tovarning ichki tuzilishi, tarkibi va
tovardan foydalanish qoidalaridagi kamchiliklar bo'lib, bunday nuqsonlar
odatda, iste’molchining e’tirozi asosida mutaxasislar tomonidan aniqlanadi.
Har qanday tovar sotilayotganda, uning tarkibi to'g'risidagi ma’lumotlar
tovarning o'zida yoki tovarga qo'shib xaridor (iste’molchi) ga topshiriladigan
boshqa hujjatda ko'rsatilishi kerak. Mansub ashyo va hujjatlar jumlasiga
tovarning sifat sertifikati, tovardan foydalanish yo'riqnomasi, texnik
pasport, xavfsizlikni ta’minlovchi moslama, qulf uchun kalit, televizor
uchun pul’t va boshqalar kiradi Bunday ashyo va hujjatlami topshirmagan
sotuvchi sotib oluvchiga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini oladi.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zararni qoplashi lozim bo'lgan
holat sifatida qonun iste’molchining hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkining
xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar asbob-anjomlar
yoki boshqa vositalar qo'llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga,
sog'lig 'iga yoki m ol-m ulkiga yetkazilgan zararni keltirib o'tadi.
Iste’molchiga taqdim etilayotgan har qanday tovar, ish, xizmat yoki
boshqa narsalar uning hayotiga, sog'lig'iga va mol-mulkiga zarar etishi
xavfini tug'dirmasligi lozim. Shu jumladan, ish bajarish yoki xizmat
ko'rsatishda ijrochi tomonidan qo'llanilayotgan materiallar, uskunalar,
asbob-anjomlar va boshqa vositalar (masalan, ish bajarishda ijrochi
tomonidan foydalanilayotgan transport vositasi yoki boshqa oshiqcha
xavf manbayi) ham iste’molchining yuqorida sanab o'tilgan subyektiv
599
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquqlariga zarar yetkazmasligi zarur.
FKning 1018-moddasiga asosan, tovarning nuqsonalari oqibatida
yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga ko‘ra tovaming sotuvchisi
yoki tayyorlovchisi tomonidan qoplanishi lozim.
Ishning (xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar ishni
bajargan yoki xizmatni ko'rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi
lozim.
Tovar (ish, xizmat) kimdan sotib olinganligi (ish yoki xizmat kim
tomonidan bajarilganligi)ni aniqlash, bu tovarni kim ishlab chiqqanligini
bilish hisoblanadi. Iste’molchining (ya’ni zarar yetkazilgan iste’molchining)
sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma tuzgan yoki
tuzmaganligidan qat’iy nazar, har qanday iste’molchining tovar (ish,
xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zararni qoplanishini talab qilish
huquqiga egaligi, bu iste’molchining mutlaq huquqi hisoblanmasa-da,
uning subyektiv huquqi sifatida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun, yetkazilgan zararni qoplash
bilan birga quyidagi javobgarlik choralari ham qo'llanilishi mumkin:
- shartnomada yoki qonunda belgilangan neustoykani to'lash;
- burchni natura holda bajarish va qo'shimcha ravishda jarima
to'lash;
- majburiyatni qarzdor (biz ko'rib chiqayotgan masalada esa sotuvchi
(ishlab chiqaruvchi, ijrochi)) hisobidan bajarish;
- tovar (ish yoki xizmat) dagi nuqsonlarni tekinga bartaraf etish
bilan birga yetkazilgan zarani qoplashni ham talab qilish.
Ushbu javobgarlik choralarining barchasi iste’molchining xoxish-
irodasi yoki qonun va shartnomaga m uvofiq hamda m ajburiyat
mohiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Iste’molchiga zarar yetkazilganda qo'llaniladigan javobgarlik
choralari jumlasiga boy berilgan foydani undirish kirmaydi.
“ Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g ‘risida”gi qonunda
iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning
qoplanishi lozim bo‘lgan muddatlari belgilangan:
- normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovaming xizmat (yaroqlilik)
muddati mobaynida;
- bunday muddatlar belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab
chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e ’tiboran o ‘n yil
mobaynida.
Yaroqlilik muddati va xizmat muddati davomida tovar (ish yoki
xizmat)ning benuqson ishlashi va xizmat qilishi yuzasidan javobgarlikni
www.ziyouz.com kutubxonasi
sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) o‘z zimmasiga oladi. Belgilangan
muddat mobaynida zarar yetkazilsa, zarar undirilishi mumkin. Biroq
ushbu muddatlar o'tgan boisa, zarar undirilmaydi.
Uzoq muddat foydalanishga moijallangan tovarlarni nazarda tutib,
bunday tovarlaming nuqsonlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash uchun
o'n yillik (ancha uzoq) muddatni belgilaydi. Ana shu 10 yil mobaynida
tovar (ish, xizmat) dagi nuqsonlar tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar
qoplansa, 10 yildan so'ng yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
FKning 1019-moddasi talablariga muvofiq, bunday muddatlardan
tashqari zarar quyidagi hollarda qoplanishi lozim:
1) Qonun talablari buzilib, yaroqlilik muddati belgilanmagan boisa;
2) Tovarni sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan foydalangan
shaxs yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zarur boigan harakatlarni
bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin boigan oqibatlar to'g'risida
ogohlantirilmagan boisa.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12
oktabrdagi “O'zbekiston Respublikasi aholisiga maishiy xizmat koi'satish
Qoidalari” haqidagi qarorida buyurtmachi maishiy xizmat sifatiga nisbatan
boigan e’tirozlarini buyurtmani qabul qilish va berish joyida belgilangan
kafolat muddatlari mobaynida, kafolat muddati bo'lmagan taqdirda esa
e’tirozlarni buyurtmani olish vaqtida bildirishga haqlidir, deb belgilangan.
Mazkur Qoidalar alohiga maishiy xizmat ko'rsatish qoidalari maishiy
xizmat ko'rsatish sohasida iste’molchilar bilan bajaruvchilar o'rtasidagi
munosabatlarni tartibga soladi hamda O'zbekiston Respublikasi hududida
maishiy xizmatlar ko'rsatish (ishlarni bajarish) bilan shug'ullanadigan
mulkchilik shakllari va idoraviy bo'ysunishidan qat’iy nazar, barcha
yuridik va jismoniy shaxslarga tatbiq qilinadi.
Qoidalar buyurtmani qabul qilish, rasmiylashtirish, bajarish, berishga,
buyurtmachi bilan hisob-kitob qilishga quyiladigan talablami, shuningdek,
xo'jalik yurituvchi subyekt va buyurtmachining mulkiy javobgarligini belgilaydi
Buyurtmani uyda bajarish uchun xodimlar buyurtmachi bilan
kelishilgan vaqtda kelmasa, buyurtmachi xo'jalik yurituvchi subyektdan
yetkazilgan moddiy zararni to'lashni talab qilishga haqli boiadi. Agar
xizmat ko'rsatuvchi xo'jalik yurituvchi subyekt bo'lsa, buyurtmachi e’tirozini
darhol, qo'shimcha o'rganish va tekshirishni talab qiladiganlarini esa -
e’tiroz bildirilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida ko'rib chiqishi kerak.
Shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektning shartnoma shartlaridan
ish sifatini yomonlashtiradigan darajada chetga chiqsa yoki boshqa
kamchiliklar bilan bog'liq da’volar buyurtmachi tomonidan ish qabul
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilib olingan kundan boshlab 6 oy mobaynida, agar nuqsonlarni ishni
qabul qilib olishning oddiy usulida aniqlash mumkin bo'lmasa ish qabul
qilib olingan kundan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin.
Qurilma va inshootlardagi ishni qabul qilib olishning oddiy usulida
aniqlanishi mumkin bo'lmagan kamchiliklarga oid da’voni buyurtmachi
ish qabul qilib olingan kundan boshlab uch yil mobaynida berishi mumkin.
Agar shartnomada kafolat muddati nazarda tutilgan va ishdagi
nuqsonlar to'g'risidagi murojaat kafolat muddati doirasida berilgan bo'lsa,
da’vo muddati nuqson to'g'risida murojaat qilingan kundan boshlanadi.
Buyurtma sifatsiz bajarilgan taqdirda xo'jalik yurituvchi subyekt
buyurtmachiga ish va xizmatlarning buyurtmani bajarish vaqtidagi
qiymatining 20 foizi miqdorida aybona to'laydi.
Bajaruvchi va buyurtmachi o'rtasidagi munosabatlar yuzasidan
nizolar ushbu xo'jalik yurituvchi subyektlar rahbariyati yoki sud orqali
hal qilinishi mumkin.
Shuningdek, FKning 1020-moddasida tovarning, ishning, xizmatning
nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilish
asoslari belgilangan. Unga muvofiq tovaming sotuvchisi yoki tayyorlovchisi,
shning (xizmatning) ijrochisi, zarar yengib bo'lmas kuch ta’sirida yoki
iste’ molchi tovarlarni saqlash yoki ulardan (ishning natijalaridan,
xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalami buzishi oqibatida
yetkazilganligini is’botlagan hollarda javobgarlikdan ozod qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |