2-§. Intellektual m ulk huquqi to‘g ‘risida ilmiy
nazariyalar tavsifi
Mulk huquqi har doim nafaqat fuqarolik huquqining balki har
qanday huquq tizimining eng asosiy, markaziy institutlaridan biri
hisoblanadi. Shu sababli qadimgi Rim huquqida, undan keyinroq vujudga
kelgan musulmon huquqida ham unga alohida o'rin ajratilgan. Biroq,
XVII asrlarga kelib mulk huquqi barcha mol-mulklar va mulkiy
huquqlarni fuqarolik muomalasida bo'lishini tegishli va zarur darajada
tartibga sola olmasligi ma’lum bo'ldi. Gap kitob bosishni ixtiro qilish va
ixtirolarni sanoatda keng qo'llashni boshlash bilan vujudga kelgan inson
ijodiy faoliyati natijalariga nisbatan mulkiy huquqlar ustida bormoqda.
Ularga nisbatan odatdagi, an’anaviy mulk huquqi normalarini qo'llash,
mulkdor huquqlarini samarali himoya qilish mumkin emas edi. Xuddi
www.ziyouz.com kutubxonasi
shu sababli ham mulk huquqi bag‘ridan intellektual mulk huquqini
ajralib chiqishi uchun obyektiv zarurat vujudga keldi. Biroq intellektual
mulk huquqi birdaniga, osongina shakllanmadi. U to hozirgi ko'rinishdagi
doktrinalar holiga etguncha murakkab va ziddiyatli jarayonlarni boshdan
kechirdi va turli-tuman ilmiy nazariyalar shaklida rivojlanib bordi.
A.P.Sergeevning ko'rsatishicha o‘rta asrlarda hukmdorlar ayrim
noshirlar va texnik yangiliklar ixtiro qilgan manufaktura egalariga alohida
imtiyozlar berishgan. Keyinchalik esa qonunlarda asarlar va texnik
yangiliklardan foydalanishda ularning egalariga muayyan cheklangan
muddatga mutlaq huquqlar berish rasm bo'lgan1. Xuddi shu sababli ham
intellektual mulk huquqining dastlabki kurtaklari huquq normalarida
o ‘ z mujassamini topishi garchi qandaydir nazariyada o ‘z ifodasjni
topmagan boisa ham, uni o‘ziga xos nazariy asoslari mavjud deb hisoblash
mumkin. Uni shartli ravishda "imtiyozli mulkdorlar nazariyasi" deb atash
o'rinli b oiu r edi. Ushbu nazariya amal qilgan davrlarda 1623 yilda
Angliyada qirol Yakov Styuart tomonidan "Monopoliyalar haqida Statutj1
qabul qilindi. Bunda texnik yangilikni ishlab chiqqan va qoilagan shaxsga
14 yillik muddatga ushbu yangilikka nisbatan mutlaq huquq belgilandt
1710 yilda "qirolicha Anna Statutlari" chiqarildi va adabiy asarlargk
nisbatan ular yaratilgan vaqtdan boshlab 14 yil o‘z asarini e’lon qilishga^
nisbatan mutlaq huquq belgilandi (ushbu muddat muallif hayotlik davrida
yana 14 yilga uzaytirilishi mumkin edi). Ushbu qonunlarda imtiyozlar
o'ziga xos ko'rinishga, yuqoriroq bosqichga ko'tarildi, ya’ni monopoliya
(yakka hokimlik) shakliga o‘tdi, hozirgi mutlaq huquqlarning ilk kurtaklari
unda o'z ifodasini topdi.
XVIII
asr oxirlarida intellektual mulk huquqini izohlovchi ilk ilmiy
nazariya - tabiiy huquqlar nazariyasi vujudga keldi. Ushbu nazariya
asosida ijodkor shaxsning huquqlari inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini
ajralmas qismidir, uning ma’naviy ijodining natijasidir degan asosli xulosa
yotadi. Ushbu huquq tabiiy huquq boiib, u davlat uni tan olishi, e’tirof
etishidan qat’iy nazar mavjud boiadi. Davlat uni faqat himoya qilishga
ko'maklashishi mumkin, uchinchi shaxslar tajovuzidan ushbu huquqlarni
muhofaza qilish mumkin, xolos. Ushbu nazariya ijodiy faoliyat natijalariga
nisbatan mulk huquqini e’tirof etishga, ularni bozorda xaridor topilsa
sotishga imkon beruvchi huquqiy asoslarni vujudga keltirdi.
1
Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М ., Проспект, 2000.
11
-
6
.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Keyinchalik proprietor (mulk m a’nosini anglatadi) nazariyasi
vujudga keldi va X IX asrda keng tarqaldi. Uning asosida insonning har
qanday mehnati mulk yaratadi, demak, ijodkor inson aqliy mehnati
ixtirolar, asarlar va boshqa nomoddiy (vujudsiz, jismsiz) obyektlarni
yaratadi degan g'oya yotadi. Ushbu nazariya Yevropaning roman huquq
tizimi amal qilgan davlatlarida keng tarqaldi. Ushbu mamlakatlarda
ijodiy yu tu q lar ya ra tu vch ila rin in g h u qu qlari m ulk h u qu qiga
tengashtirildi, ba’zan esa ijodiy faoliyat mahsullari bevosita ko'char
mol-nulklarga mansub deb belgilab qo'yildi. Mulk nazariyasi bilan bog'liq
ravishda sanoat mulki, adabiy-badiiy mulk, intellektual mulk iboralari
muomalaga kiritildi va ular xalqaro hujjatlarda o'zining ifodasini topdi
(1883 yilda amalga kiritilgan sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha
Pa'ij Konvensiyasi, 1886 yilda adabiy-badiiy asarlarni muhofaza qilish
bo'yicha Bern Konvensiyasi ishlab chiqildi. 1967 yilda Stokgol’mda
Bjtunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ni ta’sis etish to'g'risida
Konvensiya tuzildi va h.k.).
Garchi intellektual mulk nazariyasi ijodkor insonlar huquqlarini
etirof etish, amalga oshirish va himoya qilishda ijobiy natijalar berganiga
caramasdan uning zaif nuqtalari ham mavjud edi. Bu mulk huquqi
b'g'risidagi barcha normalarni intellektual mulk obyektlariga nisbatan
Devosita qo'llab bo'lmaslikda o'z ifodasini topadi. Paullet, P.Rozenberg
kabi olimlar intellektual mulk uning nomoddiy ekanligi sababli maxsus
tartibga solishni talab etuvchi alohida turdagi mulk, patentlar egalari,
mualliflik huquqi va tovar belgilari subyektlari mulk huquqining
obyektlari bo'lib ko'rinmas va vujudsiz ashyolar hisoblanadi deb ushbu
zaif nuqtalarni bartaraf etishga urindilar.
Intellektual mulk huquqining tabiatini izohlashda intellektual
huquqlar nazariyasi ham o'ziga xos o'rin egallaydi. 1879 yilda belgiyalik
yurist E.Pikar "intellektual huquqlar" iborasini muomalaga kiritdi. Ushbu
nazariyaga mualliflar, patent egalari huquqlari sui generis ya’ni fuqarolik
huquqlarini an’anaviy ravishda ashyoviy, majburiyat, shaxsiy huquqlarga
bo'lish doirasiga kirmaydigan alohida turdagi huquqlar sifatida qarash
lozim degan g'oya asos bo'ldi. Bunday huquqlar ashyoga nisbatan mulk
huquqidan amal qilish vaqti va hududi (makon va zamon), muhofaza
hajmi, foydalanish xususiyatlari bilan farq qiladi. Maxsus intellektual
huquqlar nazariyasi tarafdorlarining ko'pchiligi "intellektual mulk"
iborasini qo'llashga qarshidirlar.
Keyinchalik Y.Koller tomonidan nomoddiylik haqidagi nazariya
(immaterial nazariya) ishlab chiqildi va V.Eremenkoning fikricha u
www.ziyouz.com kutubxonasi
mualliflik va patent huquqini rivojida muhim va jiddiy ta’sir qiladi1.
Ushbu nazariya mazmunida mulk huquqidan farqli ravishda mualliflik
va ixtirochilik huquqlari shaxsiy (nomoddiy) huquqlar va mulkiy
huquqlarni birikmasidan (kombinatsiyasidan) iborat degan g‘oya yotadi.
Rossiyalik taniqli sivilist olim A.P.Sergeev ham ushbu nazariyaga
o ‘xshash mulohazalarni bayon etadi: "Hozirgi vaqtda mualliflik va
ixtirochilik huquqlarini ikki yoqlama tabiatini amalda hech kim shubha
ostiga olmaydi. Bir tomonda ijodiy natija yaratuvchisiga undan foydalahish
huquqi tegishlidir. Ushbu huquq mutlaq xarakterga ega va erkin ravishda
boshqa shaxsga o‘tkazilishi mumkin. Ushbu huquq mulkiy huquqqa mapsub
va o'zining qator belgilariga ko'ra haqiqatan ham mulk huquqi bian
o'xshashdir. Boshqa tomondan, muallif mualliflik huquqi, muallifiik
nomiga bo'lgan huquq va shu kabi shaxsiy nomulkiy huquqlar majmuinfog
sohibidir. Ushbu huquqlar o'z tabiatiga k o'ra uning sohibidata
begonalashtirilishi mumkin emas. Ayni vaqtda mulkiy va shaxsiy huquqlar
o'rtasida o'tib bo'lmas chegara yo'q, ular mustahkam tarzda o'zaro bog'liq
o'zaro chatishib ketgan va shunday holatda uzviy birlikni tashkil etadi":
Shaxs nazariyasi O.Girke asarlarida o'zining ifodasini topgan. Ushbi
nazariyaga ko'ra ijodkorning huquqi uning shaxsining tarkibiy qismi
uning ijodiy faoliyatining natijasidir. Ushbu huquq nomga bo'lgan huquqi
yashashga bo'lgan huquqqa o'xshashdir. Hatto muallif o'z asarini chopl
ettirganda, ixtirochi patent olgan taqdirda ham u o'zining ichki mohiyatiga
ko'ra shaxsning yagona huquqi bo'lib qoladi deb ko'rsatadilar ushbu
nazariya tarafdorlari. Ushbu nazariya intellektual mulkning faqat bir
jihatinigina qamrab oladi, biroq intellektual mulk obyektlarini fuqarolik
muomalasida harakatda bo'lishini ta’minlay olmaydi.
Tabiiy huquqlar, sanoat mulki, intellektual huquqlar, nomoddiylik,
shaxs nazariyalari M.Kuznesovning ko'rsatishicha xususiy-huquqiy
nazariyalar turkumiga kiradi3.
Intellektual mulk mohiyatini tushuntirishga harakat qiluvchi
nazariyalarning ikkinchi turkumi ommaviy-huquqiy nazariyalardir. Ular
ichida eng mashhurlari - shartnomaviy nazariya va mutlaq (mustasno)
huquqlar nazariyalaridir.
1 Еременко В.И. ГК РФ и интеллектуальная собственность. Государство и право.
2003. №1, 4-бет.
2 Сергеев А.П. Право интеллектуальной собственности РФ. -М ., Проспект, 2000.
13
-
14
-
6
.
3 Кузнецов М.К. Охрана результатов творческой деятельности в международном
частном праве. -М ., 1988. 59-6.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shartnomaviy nazariyaga ko'ra ijodkor siyosiy hokimiyat bilan,
davlat bilan o'ziga xos shartnomaviy munosabatda bo'ladi. Masalan,
EBogatix, V.LevchenkoiLng fikricha, patentni shartnoma sifatida tushunish
patent-huquqiy institutlar mazmuniga jiddiy ta’sir ko'rsatib kelmoqda.
Ixtirochi omma uchun o'z ixtirosining mazmunini ochib beradi, buning
evaziga davlat ixtirochini muayyan huquqlar bilan ta’minlaydi va ularni
muayyan muddat muhofaza qiladi. Ushbu muddat tugagach ixtiro
umuminsoniy boylikka aylanadi. Ushbu shartnoma har ikkala taraf uchun
ham foydali, o'zaro manfaatga asoslanadi1.
Biroq V.Eremenko ushbu nazariyaning bir zaif nuqtasiga ahamiyat
beradi: agar patent shartnoma bo'lsa, u holda davlat shartnomalar
erkinligi tamoyiliga asosan bunday shartnomani tuzmasligi ham mumkin,
biroq amalda bunday emas. Umumiy qoidaga ko'ra davlat qonunda
belgilangan talablarga javob beradigan barcha ixtirolarga patent berishi
shart2. Shunday qilib ushbu nazariya ham intellektual mulk mohiyatini
to'la ochib bera olmaydi, individuallashtirish vositalari va oshkor etilmagan
axborotlarga nisbatan esa ularni aslo qo'llab bo'lmaydi.
Keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu mutlaq (mustasno)
huquqlar nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariya X IX asr oxirlarida
vujudga keldi. Uning tarafdorlaridan biri A.Pilenko quyidagicha yozadi:
"Patent huquqining mohiyati shundaki uning sohibi barcha uchinchi
shaxslarga quyidagilami ta’qiqlab qo'yishi mumkin:
1) patentlangan ixtironi o'zlashtirib olishni;
2) aynan o'shanday ixtironi qaytadan ixtiro qilishni;
3) xuddi shunday ixtironi patentlashni so'rab murojaat qilishni. Ushbu
vakolatlar patent berilgandan keyingina vujudga keladi3. E.P.Gavrilov
ham mutlaq huquq mazmunini shunday sharhlaydi: "mutlaq huquq
shundan iboratki, uning sohibi ushbu huquqdan foydalanishni har qanday
uchinchi shaxslarga ta’qiqlab qo'yishga haqlidir.
Ayni vaqtda mutlaq huquqlar sohibi ko'p hollarda o'ziga tegishli
bo'lgan mutlaq huquqlardan foydalanishni qisman yoki to'liq uchinchi
shaxslarga ham topshirishga haqli"4.
1 Богатих E .A ., Левченко В.И. Патентное право капиталистических и
развивающихся государств. -М., 1978. 16-18-6.
2 Еременко В.И. ГК РФ и интеллектуальная собственность. Государство и право.
2003. №1, 36-бет.
3 Пиленко А. Право изобретателя. Т.1. С-Пб. 1902. 288-6.
4 Гаврилов Э. Право на интеллектуальную собственность в новом ГК РФ. //
Государство и право. 1995. №11. 63-646.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ushbu nazariyaning afzalligi shundaki, u mutlaq huquqlarni
obyektdan muayyan doiradagi shaxslar foydalanishi uchun real imkoniyat
bo'lgan holda amalga oshirilishini ta’minlaydi. Garchi V.Eremenko uning
zaifligi mutlaq huquqni tasarruf qilish imkoniyatini chegaralanganida1
deb hisoblasa ham aslo unday emas. Uning zaifligi asosiy e’tibomi mutlaq
huquqlarga qaratib shaxsiy huquqlarni nazardan qochirganida namoyon
boiadi.
X X asr o'rtalarida klientela nazariyasi ilgari surildi (muallifi -
fransuz olimi P.Rub’e). Unga ko'ra patent huquqi tarkibi doimiy ravishda
o'zgarib turadigan va mutlaqo boshqacha qonunlar ta’sirida boigan
muayyan doiradagi iste’molchilar huquqidir2.
Intellektual mulk huquqi bo'yicha hozirda keng amal qilayotgan
doktrina uning qo'shaloq negizga ega ekanligiga asoslanadi. Ushbu qo'shaloq
negiz mulkiy va shaxsiy huquqlardan iborat. Ushbu doktrinani asoslab
berishda fransuz olimi R.Dyumaning xizmati katta. Ushbu nazariya
mazmuni dunyoning ko'pgina mamlakatlarining intellektual mulkka
bag'ishlangan normalarida o'z ifodasini topgan. O'zbekiston Respublikasi
FKning IV bo'limi ham shular jumlasiga kiradi.
Biroq hech qaysi nazariya intellektual mulk mohiyatini to'la ochib
bera olmaydi. Shu sababli ba’zi adabiyotlarda intellektual mulkka nisbatan
o'ziga xos ilmiy-nazariy asos qidirish davom etmoqda. Keyingi vaqtlarda
Rossiyalik sivilist olim V.Eremenko ham bunga urinib ko'rdi. Uning fikricha
nomoddiy ne’matlarga nisbatan huquqlar mohiyatiga nisbatan har
tomonlama, kompleks yondoshuv boimagani sababli hozirga qadar bunga
muvaffaq boiinmagan. Shu sababli ham olim o'zining asosiy e’tiborini
mutlaq huquqlarga qaratadi. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan
davlat tomonidan berilgan maxsus muhofaza mutlaq huquqlar shaklini
oladi. Odatda tovarlarga nisbatan intellektual mulk obyektlari anchayin
nozik hisoblanadi: keng ommaga uning mohiyati ma’lum boiishi bilan
intellektual mulkdor maxsus himoyaga muhtoj boiib qoladi. Agar davlat
himoya qilmasa ushbu obyekt undan daromad olish maqsadida foydalanish
uchun zarur vositalarga ega boigan har kimsa tomonidan o'zlashtirilishi
mumkin. Kafolatlangan huquqiy muhofaza mavjud bo'lmasa intellektual
mulk obyektlarini ishlab chiqishga muayyan mablagiar sarflagan shaxs
o'z xarajatlarini ham chiqarib ola olmaydi va oqibatda bunday turdagi
faoliyatdan manfaatdor boimagani tufayli unga qiziqishi yo'qoladi. Demak,
1 Еременко В.И. Уша асар. 37-6.
2 Еременко В.И. Уша асар. 37-6.
www.ziyouz.com kutubxonasi
deb xulosa chiqaradi V.Eremenko, mutlaq huquq jamiyatda badiiy
ijodiyotni va ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlantirishni rag'batlantiradi1.
V.Eremenko mutlaq huquq mazmunini tahlil qilar ekan patent
egasining mutlaq huquqi davlatning ommaviy-huquqiy hujjati asosida
beriladigan legal monopoliya (qonuniy yakka hokimlik) shaklida namoyon
bo'ladi deb ko'rsatadi2. Shuni e’tirof etish lozimki, muallif muayyan
ma’noda haq. Agar modomiki intellektual mulkning aksariyat ko'pchilik
obyektlari mohiyati mutlaq huquq bilan bog'liq ekan, u holda mutlaq
huquqni asosiy tushuncha sifatida bo'rttirib ko'rsatish maqsadga muvofiq
bo'lardi. Biroq mutlaq huquqlar iborasini "intellektual mulk" o'm iga
qo'llash o'rinli bo'larmikan? V.Eremenko asos sifatida ko'rsatadiki AQSH,
Yaponiya, Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlari va shu
kabi davlatlarda "sanoat mulki", "intellektual mulk" iboralari faqat xalqaro
shartnomalarda, Konvensiyalarda, xalqaro tashkilotlar nomlarida, patent
idoralari nomlarida qo'llaniladi. Ixtirolarga nisbatan esa "mutlaq huquqlar"
iborasi qo'llanadi. Shu sababli ham, uning fikricha MDH davlatlari ham
"intellektual mulk" iborasidan voz kechib "mutlaq (mustasno) huquq"
yoxud "mutlaq (nomoddiy) huquq" iborasini qo'llashlari lozim. Muallifning
(ixtirochining) mutlaq (nomoddiy) huquqi - bu absolyut xarakterga va
ikki yoqlama tabiatga (shaxsiy- axloqiy) va mulkiy huquqlarni uzviy
bog'lovchi subyektiv fuqarolik huquqidir. Ushbu huquqning mutlaqligi
(mustasnoligi) uning egasining shaxsi bilan bog'liqligida ham, huquq
egasiga har qanday shaxs qarshi turishi mumkinligida ham namoyon
bo'ladi. Mutlaq huquqning mulkiy qismi tarkibida antim onopol
qonunchilikka aslo zid kelmaydigan, davlat tomonidan tegishli muhofaza
hujjati berish asosida tasdiqlanadigan legal monopoliya yotadi. Legal
monopoliyani pozitiv funksiyasini amalga oshirishda mulk huquqi yuridik
konstruksiyasi b a ’zi elementlari, xususan, muhofaza qilinayotgan
obyektlarni tasarruf qilish vakolatlaridan foydalanish mumkin. Mutlaq
(nomoddiy) huquqning absolyut xarakteri uning negativ funksiyasini,
y a ’ ni uchinchi shaxslarga m uhofaza qilinayotgan obyektlardan
foydalanishni taqiqlash bo'yicha vakolatlarni belgilab beradi3.
Qozog'istonlik olim T.Kaudirov intellektual mulkning holatini
normativ tushunish bo'yicha to'rt xil konstruksiya mavjud deb hisoblaydi:
A) mol-mulkning o'ziga xos turi, mulk huquqi obyekti;
1 Еременко В.И. ГК РФ и интеллектуальная собственность. Государство и право.
2003. №1, 38-бет.
2 Уша асар. 39-6.
3 Еременко В. Уша асар 41-6.
www.ziyouz.com kutubxonasi
В) ijod mahsuli va individuallashtirish vositasi;
V) fuqarolik huquq layoqati elementi;
G) muayyan subyektga tegishli bo'lgan mutlaq huquq.
U intellektual mulkni mutlaq huquq bilan ayniylashtirishga qarshi,
chunki obyektni ifodalanish xususiyatlari kuchiga ko'ra "intellektual mulk
huquqi" huquqqa bo'lgan huquqdan boshqa narsa emas. Eng asosiysi, u
intellektual mulk huquqiga shunday ta’rif berishni taklif etadi:
"in tellek tu al m ulk h u qu qi ijo d iy intellektu al fa o liy a tn in g
obyektivlashtirilgan natijalariga va ularga tenglashtirilgan yuridik
shaxslarning individullashtirish vositalari, jismoniy yoxud yuridik shaxs
mahsulotlari, ular ko'rsatadigan xizmatlar, bajaradigan ishlarning
individuallashtirish vositalariga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy
huquqlar majmui ko'rinishidagi muhofazalanadigan axborotlarga bo'lgan
huquqning bir turidir"1.
Yuqorida intellektual mulk bo'yicha ilmiy nazariyalar umumiy tarzda
ko'rib chiqildi. Ushbu nazariyalarning har biri sivilistika fani rivojida
muayyan ahamiyatga ega va o'z davrida intellektual mulk mohiyati,
o'ziga xos xususiyatlarining ayrim qirralarini ochib berdi va huquqiy
tartibga solishda m uayyan normalarni vuju dga keltirdi. Ushbu
nazariyalarning qay biri to'g'riroq degan savol qo'yish va bunga hakamlik
qilish noo'rin bo'lur edi. Ilmiy texnika taraqqiyoti olg'a qarab borgan
sari, ijtimoiy hayot rivojlanib borgan sari yangidan yangi obyektlar
vujudga keladi va hatto, aytish mumkin ularning ba’zilari mavjud ilmiy
nazariyalar doirasiga sig'masligi mumkin. U holda ularni izohlash uchun
yangi ilmiy nazariyalar ishlab chiqishga zarurat tug'iladi. Bu jarayon
tabiiy va shu sababli har qanday davrga, har qanday obyektga hozirjavob
ilmiy nazariya yaratishga urinish istiqbolga ega emas. Biroq hozircha
FKda o'z mujassamini topgan intellektual mulk konstruksiyasi mavjud
reallik ehtiyojlariga qanoatlanarli javob beradi va shu sababli undan
voz kechib, uni qandaydir "huquqlar majmui" bilan almashtirish oqilona
bo'lmagan bo'lur edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |