kuchaytirish to‘g ‘risida”2gi, “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalami
amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”3
gi farmonlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi.
Qanday hollarda qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman
bosh tortishi mumkin? FKning 746-moddasida
qayd qilinishicha, kredit
oluvchi shartnomada kelishilgan kreditdan butunlay yoki qisman bosh
tortishga haqli. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha
tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit
shartnomasida belgilab qo'yilgan kredit berish muddatiga qadar xabardor
qilishi shart. Qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditdan
aniq maqsadda foydalanish majburiyatini
buzgan taqdirda kreditor
shartnoma bo'yicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni to'xtatishga
haqli.
Ushbu munosabatlardan kelib chiqadigan mulkiy majburiyatlar
qonun hujjatlari va ular o'rtasidagi shartnomaga asosan hal qilinadi.
Kredit shakllari.
Hozirda kreditning bir necha shakllari mavjud.
Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o'rtasida bevosita va bilvosita
bo'lishi mumkin. Birinchi holda ular to'g'ridan-to'g'ri muomalaga kirishadi.
Ikkinchi holda esa bu vositachilar orqali yuz beradi. Masalan, kredit
olish uchun uchinchi shaxslarning kelajakda kafil bo'lishligi asosida va
hokazo.
Kredit quyidagi:
a) tijorat krediti;
b) bank krediti;
v) iste’molchi krediti;
g)
davlat krediti;
d) xalqaro kredit shakllari orqali kredit munosabatlari subyektlar
o'rtasida amalga oshiriladi.
Tijorat
krediti
bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos
alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk
qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonun hujjatlarida
boshqa hoi belgilab qo'yilgan bo'lmasa, kredit berish,
shu jumladan,
bo'nak-oldindan haq to'lash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga haq
to'lashni kechiktirish va bo'lib-bo'lib to'lash shaklida kredit berish (tijorat
krediti) nazarda tutilishi mumkin (FKning 748-moddasi).
Sodda qilib aytadigan bo'lsak tijorat krediti - bu sotuvchilarning
xaridorlarga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bunda tovarlar ma’lum
muddatda pulini to'lash sharti bilan nasiyaga beriladi. Tijorat kreditini
nasiyaga oluvchi uning egasiga veksel (qarz majburiyatnomasi) beradi.
Tijorat asosida kredit berishning quyidagi beshta usuli bor:
1. Veksel usuli;
2.
Ochiq schyot orqali berish;
3. To'lovni ma’lum belgilangan muddatda amalga oshirgan sharoitda
chegirma berish;
4. Mavsumiy kredit;
5. Konsignatsiya.
1. Veksel usulida tovar yetkazib berilgandan so'ng sotuvchi xaridorga
trattani (to'ldirgan hujjat) taqdim etadi. Xaridor o'z navbatida uni
akseptlaydi, ya’ni trattada ko'rsatilgan summani o'z vaqtida to'lashga
rozilik beradi.
2. Ochiq yoki schyot orqali tijorat kreditini berishning mazmuni
shundaki, xaridor tovarga buyurtma berishi bilanoq, u yuklab jo'natiladi,
to'lov esa belgilangan muddatlarda vaqti-vaqti bilan amalga oshirib boriladi.
3. Chegirma berish usulida agar xaridor to'lov hujjatlari yozilgandan
so'ng shartnomada kelishilgan ma’lum davr ichida to'lovni amalga oshirsa,
to'lov yig'indisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davr ichida to'lov
to'lay olmasa, unda to'lovni belgilangan muddatda to'liq amalga oshiradi.
4.
Mavsumiy kredit, odatda, madaniy mollar va keng iste’mol
mollarini sotishda keng qo'llaniladi. Bu usul ishlab chiqaruvchilar
uchun qulay bo'lib, ular omborlarida mollarni saqlash xarajatlaridan
xalos bo'ladi.
5. Konsignatsiya - bu shunday usulki, bunda sotib oluvchilar
tovarlarni majburiyatsiz sotib oladilar, ya’ni tovar sotilgandan so'ng
pulni to'laydi. Agar tovar sotilmay qolsa, unda u egasiga qaytarib beriladi.
Bank krediti
to 'g 'ris id a so'z yu ritgan im izd a O 'zb ek iston
Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi qonunida “Pul
mablag'larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to'lashlik va muddatlilik
shartlari asosida o'z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa
bankdir” deb qaid etilgan.
Bozor iqtisodiyotida xo'jalik faoliyatini amalga oshirayotgan
tadbirkorlar va yuridik shaxslar doim iy ravishda vaqtincha pul
mablag'larini joriy faoliyatlarida foydalanish uchun jalb qilish ehtiyojiga
ega bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi pul mablag'larini
vaqtincha jalb qilishning bir qator shakllarini ko'zda tutgan.
Bu tijorat
banklari tomonidan beriladigan bank krediti, korxona va tadbirkorlar
tomonidan taqdim etiladigan m oliyaviy yordam, turli fondlarning
Do'stlaringiz bilan baham: