Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Муаллифлар жамоаси "Фукаролик хукуки" ТДЮИ. Дарслик. Тошкент 1999 йил, -



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Муаллифлар жамоаси "Фукаролик хукуки" ТДЮИ. Дарслик. Тошкент 1999 йил, - 
бет
2 Адик Ли. “Узбекистан Республикаси Молия хукуки", Тошкент - 2004, 330-бет
3 Абдулллаева Ш.З. Пул, кредит ва банклар. Тошкент, "Молия” - 2000, 33-бет.


- matbuot tashkilotlariga paylar toiash;
- aksionerlik jamiyatlari bilan a’zolari o'rtasidagi toiovlar va boshqa 
toiovlar kiradi.
Korxona, muassasa va tashkilotlarning bankdagi hisob raqamlaridagi 
pullar quyidagi yo'llar bilan naqd pulga aylanadi:
- ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish;
- ko'rsatilgan xizmatlar, mehnat uchun toiovlar;
- nafaqalar to'lash;
- har xil mukofotlar;
- aholidan qishloq xo'jalik mahsulotlari, tovarlar sotib olishda;
- davlat zayomlari va lotereya biletlari bo'yicha toiovlar;
- aholi banklardan jamg'armalarini olganda;
- ahodiga sug'urta to'lovlari toianganda va hokazo.
Naqd pullar quyidagi yo'llar bilan naqd pulsiz shaklga o'tadi:
- uy-joy va kommunal xizmatlar uchun toiovlar;
- aloqa tashkilotlariga toiovlar;
- har xil soliqlar va paylar to'laganda;
- davlat zayomlari va lotereya biletlari sotib olinganidagi tushumlar 
orqali;
- yakka tartibdagi qurilish uchun olingan kreditlami to'laganda;
- har xil bojlar va jarimalami to'laganda;
- dam olish uylari va boshqa sog'lomlashtirish muasasalari 
yoilanmalari uchun to'laganda va boshqalar.
Naqd pul bilan hisob-kitob qilishda pul belgilari (banknotlar va 
metall tangalar) natura shaklida qatnashadi. Muomaladagi naqd pullar 
muomala vositasi va toiov vositasi funksiyalarini bajaradi. T oiov vositasi 
sifatida ular nafaqat tovarlar aylanishida, balki bevosita tovarni sotish 
jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan hisob-kitoblar - ish haqi, pensiya, 
sug'urta summalarini to'lash, soliqlar to'lash, uy-joy kommunal xizmat 
uchun toiovlar va boshqa toiovlar uchun ham foydalaniladi.
Fuqarolik Kodeksining 790-moddasi 1-qismiga ko'ra, “Fuqarolarning 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bog'liq bo'lmagan holda 
ular o'rtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar 
naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga 
oshirilishi mumkin”.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarda to io v vositasi sifatida naqd pul 
boimaydi. Ular bank muassalari tomonidan bir shaxsning hisobvarag'idan 
ikkinchi shaxsning hisobvarag'iga pul o'tkaziladi va pul natura shaklida 
ishtirok etmaydi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar natijasida pul muomalasidagi


naqd pullar miqdori kamayadi, naqd pullarning banklarda to'planishi 
hisobiga mablag'larning markazlashtirlishiga yordam beradi, umuman 
pul muomalasini tashkil etish va tartibga solishni yengillashtiradi.
Naqd pul emissiyasini cheklash, muomaladagi naqd pul siynmasi 
hajmini kamaytirish va shu orqali pul qadrsizlanish jarayonlarini 
sekinlashtirish maqsadida 1998-yil 10-dekabrda “O'zbekiston Respublikasi 
bank muassalarida pul muomalasi yuzasidan ishlarni tashkil etish haqida” 
yo'riqnoma ishlab chiqilgan va unda naqd pul bilan bog'liq bank 
operatsiyalarining amalga oshirilish asoslari, shartlari, tartibi belgilab 
qo'yilgan.
Naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar bir-biri bilan bog'liqdir. Masalan, 
korxonalar, muassasa va tashkilotlar tomonidan ishchilarga haq to'lashda 
ularning bank hisobvaraqlardagi pullar naqd pul shaklida ishchilariga 
to'lanadi. Ikkinchi tomondan, aholiga naqd pulga xizmat ko'rsatuvchi 
chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda boshqa 
tashkilotlar o'zlariga kelib tushgan naqd pullarni banklardagi 
hisobvaraqlarga o'tkazadi, ulardan naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun 
foydalanadilar.
3-§. Naqd pulsiz hisob-kitoblar haqida um um iy qoidalar
Naqd pulsiz hisob-kitoblar - bank hisob varaqlarida tegishli 
summalami yozib borish vositasida, ya’ni to'lovchining hisobvarag'idan 
oluvchining hisobvarag'iga mablag'larni o'tkazish yoki o'zaro talablami 
qarz surishish yo'li bilan amalga oshiriladigan to'lovlar majmuidir1.
Fuqarolik Kodeksining 790-moddasining 2-3-qism lariga ko'ra 
“Yuridik shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq holda ular 
ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. 
Ko'rsatib o'tilgan shaxslar o'rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda 
boshqacha tartib belgilab qo'yilgan bo'lmasa, naqd pulda ham amalga 
oshirilishi mumkin.
Agar qonundan boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni 
foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hisob- 
kitoblar ularda qatnashayotgan shaxslarning hisobvaraqlari ochilgan 
banklar, boshqa kredit tashkilotlari orqali amalga oshiriladi”.


Naqd pulsiz shaklidagi pul muomalasida - tegishli munosabatlar 
subyektlari o‘rtasida to'lov vositasi sifatida real pul birliklari (banknotlar 
va tangalar) ishtirok etmaydi. Bunday munosabatlarda asosan o'ziga xos 
simvollar, ya’ni pul massasi muomalasi to'g'risidagi raqamli yozuvlardan 
foydalaniladi1.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar korxonalar va tashkilotlar o'rtasida 
quyidagi o'zaro munosabalarni yuzaga keltiruvchi vositachidir:
a) o'zaro munosabatlar (realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan 
ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar uchun haq to'lash);
b) moliya tizimi bilan munosabatlar (soliqlar va boshqa majburiy 
to'lovlarni to'lash);
v) kredit tizimi bilan munosabatlar (bank kreditlarini olish va 
qaytarish);
g) yuqori boshqaruv organlari bilan munosabatlar (mablag'larni idora 
ichida taqsimlash va qayta taqsimlash)2.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar qisman aholi daromadlarini yaratish va 
ulardan foydalanishga xizmat ko'rsatadi (daromadlarning bir qismini 
omonatlarga o'tkazish, tovarlarga to'lov uchun cheklardan foydalanish 
va h.k.). Naqd pulsiz hisob-kitoblaming to'g'ri tashkil etilishi korxona, 
tashkilot va aholi pul daromadlari bir qismining budjetga kelib tushishi 
hamda budjet hisobidan uzluksiz moliyalash uchun yordam beradi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning banklar orqali amalga oshirilishi 
majburiyligi banklarda kredit resurslari hosil bo'lishini ta’minlaydi, pul 
oborotini tezlashtiradi, naqd pul oborotiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi.
Odatda hisob-kitoblar mablag'larni oluvchilar tomonidan tovarlar 
yuklab berilgan, ish bajarilgan, xizmat ko'rsatilganidan keyin, shuningdek 
moliyaviy kredit va boshqa pul majburiyatlarini to'lash (masalan, soliq 
to'lovlarini to'lash, kreditlami qaytarish va h.k. bo'yicha majburiyatlami 
bajarish) muddatlari yetib kelganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlar, 
ishlar, xizmatlar uchun oldindan haq to'lash muayyan shart-sharoitlarda 
amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «To'lov intizomi 
va o'zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari 
to'g'risida» 1996-yil 24-yanvardagi UP-1363-sonli qarori bilan, mulkchilik 
shakllaridan q a t’ iy nazar, respublika iste’m olchi korxonalari va 
tashkilotlariga mahsulotlarni yuklab jo'natish faqat yetkazib berish 
hajmining 15 foizidan kam bo'lmagan miqdorda oldindan haq to'langan

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish