Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Узбекистан Реопубликасининг “Марказий Банки туфисида”ги 1995-йил 21-декабрь



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Узбекистан Реопубликасининг “Марказий Банки туфисида”ги 1995-йил 21-декабрь 
(фнуни. 6-модда.


Kreditor-muayyan bir harakatning qilinishini yoki muayyan harakatni 
qilishdan saqlanishni talab qilishga haqli subyektdir. Qarzdor esa muayyan 
harakatni qilishga yoki qilishdan saqlanishga majbur bo'lgan tarafdir. 
Qarz va kredit shartnomasi bo'yicha majburiyat obyekti qarz beruvchi 
pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolardir. Bu 
shartnom adagi m ajbu riyatlar shartnom ali m ajbu riyatlarga oid 
munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarga taalluqlidir. 
Majburiyatlarning turlari bo'yicha qarz va kredit shartnomalari bir 
tomonlama (va ikki tomonlama) majburiyatlarga xosdir. Bunday 
majburiyatda qatnashuvchilarning birida faqat talab qilish huquqi, ikkinchi 
tomonda esa faqat majburiyat bo'ladi. Qarz va kredit shartnomasi bo'yicha 
qarz bergan shaxs qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo'ladi, 
qarzdor esa o'z zimmasiga olgan qarzini qaytarishga burchli bo'ladi.
Qonun normalariga muvofiq, pul majburiyati bo'yicha majburiyatni 
bajarish joyi majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor esa yashagan 
joyda, agar kreditor yuridik shaxs bo'lsa uning majburiyat vujudga 
kelgan paytda joylashgan yer, agar kreditor majburiyatni bajarish 
vaqtigacha o'z yashash joyini yoki joylashgan yerini o'zgartirgan bo'lsa 
va bu haqda qarzdorni xabardor qilgan bo'lsa ijro etish joyi o'zgartirilishi 
bilan bog'liq hamma xarajatlarni kreditor hisobidan qilgan holda, uning 
yangi yashash joyida yoki joylashgan yerida ijro etiladi.
Qarz va kredit shartnomasi bo'yicha majburiyatlami buzganlik uchun 
qo'llaniladigan sanksiya ixtiyoriy bajarishgan burchni majburiy ijro ettirishga 
qaratilgan. Olingan qarz ixtiyoriy ravishda to'lanmaganligi uchun uni majburan 
undirish mumkin. Majburiyat yuzasidan qarzdor shaxs majburiyatlarini 
bajarmasligi bilan kreditoming subyektiv huquqini buzgan hisoblanadi
Qarzdorning m ajburiyatni lozim darajada bajarmasligi, ya’ni 
majburiyatni shartnoma yoki qonunda ko'rsatilgan shartlarga muvofiq 
ravishda bajarmasligi tushuniladi. Agar majburiyat qarzdor tomonidan 
butunlay bajarilmasa, kreditor sud orqali majburiyatlarning majburiy 
tartibda bajarilishini, birinchi navbatda, albatta, real ravishda 
bajarilishini, agar majburiyat lozim darajada bajarilmagan bo'lsa, uning 
qonun yoki shartnomada ko'rsatilgan shartlarga rioya qilib bajarishni 
talab qilishga haqli. Qarz va kredit shartnomasi majburiyatning bajarilishi 
bilan bekor bo'ladi. Qarz shartnomasi qarz beruvchi shartnomadan voz 
kechishi bilan ham bekor bo'lishi mumkin. Shuningdek, taraflarning 
kelishuvi bo'yicha ham bekor bo'lishi mumkin. Qonun hujjatlarida 
majburiyatlarning bekor bo'lishiga boshqa asoslar ham nazarda tutilishi 
mumkin.


42-bob. PUL TALABNOMASIDAN BOSHQA SH AX S 
FOYDASIGA VOZ KECHISH EVAZIGA M OLIYALASH
Shartnoma tushunchasi. 
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga 
voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi xalqaro amaliyotda, bozor 
iqgisodiyoti rivojlangan davlatlarda bundan yuz yillar avval “faktoring” 
(“faktor” - moliyaviy agent, komissioner so‘zidan olingan) instituti sifatida 
ma’lum bo'lgan. Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish 
evaziga moliyalash shartnomasining mohiyati shundaki, uning bo'yicha 
mijoz moliya agentidan (ko'pchilik hollarda bular — banklar) mijozning 
mahsulot berish, ish bajarish yoki xizmat ko'rsatishdan kelib chiqadigan 
talab qilish huquqlarini xaridor (buyurtmachi)ga taqdim etish evaziga 
pul mablag'larini berishdan iborat. Masalan, tovar yetkazib beruvchi 
ko'pincha yetkazib berilgan mahsulot uchun o'z majburiyatini bajarish 
bilan bir vaqtda to'lov olmaydi (oluvchi vaqtincha pul mablag'lari 
bo'lmagani sababli olingan tovar uchun to'lov muddatini kechiktiradi). 
Tovar yetkazib beruvchi pul talabnomasiga ega bo'la turib, pul mablag'lari 
yo'qligi yoki yetishmasligi uchun qiyin ahvolga tushib qoladi. Pul 
mablag'lari muayyan mulkiy qiymatga ega bo'lib, bozor qiymatiga, 
so'mning xarid qobiliyatiga ham ega.
Moliya agenti (bank) kreditorga (tovar yetkazib beruvchiga) uchinchi 
shaxs (xaridor) ning unga tegishli qarzini bu qarzdordan tegishli pul 
mablag'larini to'lash muddati yetib kelgan vaqtda undirib olish evaziga 
to'lashga tayyordir.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan 
faktoring - bu kom issiya-savdo 
operatsiyalarining mijoz aylanma kapitalini kreditlash bilan uyg'unlashgan 
va uning debitorlik (mijoz tovar va xizmatlarini realizatsiya qilgani 
jarayonida uning schyot-fakturalari bilan to'lanmagan) qarzini inkasso 
bo'yicha hisob-kitob qilish va bankka mahsulot oluvchidan (xizmatdan 
foydalanuvchidan) to'lash talabnomasi huquqini topshirish bilan bog'liq 
turidir.
Hozirgi kunda faktoring ko'pincha bank yoki boshqa kredit 
muassasasi (moliya agenti) va tovarlar sotayotgan yo xizm atlar 
ko'rsatayotgan korxona (mijoz) o'rtasidagi huquqiy munosabatlar sifatida 
belgilanib, unga ko'ra moliya agenti faktoring shartnomasi bo'yicha 
mijozdan debitorlik qarzini undirish huquqiga ega bo'ladi (mijozga 
nisbatan talabnoma huquqi bilan yoki bunday huquqsiz), shuningdek, 
basharti shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, m ijozning savdo


operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritishi mumkin.
Kreditorning pul talablari moliya agentining boshqa kreditor bilan 
tadbirkorlik bitimi predmeti bo'lishi ham mumkin, bunda kreditor mijoz 
vazifasini o'taydi. Moliya agenti bo‘sh pul mablag'lariga ega bo'lib, 
kreditorga (mijozga) to'lov berib, tegishli moddiy mukofot oladi.
Yuridik adabiyotlarda pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga 
voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi kreditor huquqlarining boshqa 
shaxsga o'tishi to'g'risidagi xo'jalik shartnomasi bilan ko'p jihatdan umumiy 
tomonlarga ega (“Sessiya” FK, 313— 321-moddalar). FKning 749-moddasi
1-qismida pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasiga quyidagicha ta’rif berilgan:
“ Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi bo'yicha bir taraf (moliya agenti) ikkinchi tarafga 
(mijozga) shu mijozning (kreditorning) uchinchi shaxsga (qarzdorga) tovarlar 
berishdan, uning ishlarini bajarishidan yoki unga xizmatlar ko'rsatishidan 
kelib chiqadigan pul talabnomasi hisobidan pul mablag'larini beradi yoki 
berish majburiyatini oladi, mijoz esa moliya agentiga ushbu pul 
talabnomasini beradi yoki berish majburiyatini oladi”.
U shbu ta ’ rifd an sh u n d a y xulosa ch iqarish m um kin: pul 
talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash 
shartnomasi ikki taraflama va haq evaziga amalga oshiriladi. U real ham 
(moliya agenti pul o'tkazadi yoki mijoz to'lov muddati yetib kelgan pul 
talabnomasidan voz kechadi), shuningdek konsensual ham (agent pul 
mablag'larini o'tkazish majburiyatini oladi yoki mijoz to'lov muddati 
yetib kelgan talabnomadan voz kechish, ya’ni kelgusi qarzlarni olish 
huquqini o'tkazish majburiyatini oladi) bo'lishi mumkin.
Majburiyatda talabnomadan voz kechish shartnomalari asosida 
shaxslarni o'zgartirish to'g'risidagi umumiy qoidalar ularning umumiy 
harakteriga ko'ra faktoring shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan 
huquqdan voz kechish bo'yicha munosabatlarga nisbatan qo'llanilishi 
kerak. Shu bilan birga talabnoma huquqidan voz kechish evaziga 
moliyalashtirish to'g'risidagi maxsus normalarning kiritilishi tijorat 
shartnomalari obyekti sifatida talabnoma huquqidan foydalanganda 
an’anaviy huquqdan voz kechish to'g'risidagi normalar ham qarzdorning, 
ayrim hollarda esa ham mijozning manfaatlarini to'liq darajada 
ta’minlamaganligi bilan izohlanadi. Shuning uchun faktoring shartnomasi 
doirasida bir qancha munosabatlar o'zgacha tartibga solingan (masalan, 
qarzdor va mijoz o'rtasidagi shartnomaga talabnomadan voz kechishga 
yo'l qo'yilmasligi to'g'risidagi shartning kiritilishi oqibatlari, o'z navbatida


boshqa shaxs foydasiga talabnomadan voz kechish imkoniyati va h.k.). 
Bu normalar o'ziga xos xususiyatga ega. Shu boisdan ham faktoring 
shartnomasi asosida huquqlardan voz kechilganida O 'zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 42-bobida faktoring doirasida u yoki 
bu munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus normalar bo'lm agan 
taqdirdagina taraflarga nisbatan Fuqarolik Kodeksining talabnomadan 
voz kechish to'g'risidagi umumiy normalari qo'llanilishi lozim
Shartnoma qismlarL 
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga 
voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi bo'yicha tomonlar moliya 
agenti (faktor) va mijozdir. Moliyaviy agent sifatida banklar va boshqa 
kredit tashkilotlari, shuningdek, tijorat tashkilotlari (shirkatlari va 
jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari va unitar korxonalar), agar 
bu faoliyat ularning maxsus huquq layoqati m azm uniga kirsa, 
qatnashadilar.
Mijoz sifatida tijorat tashkilotlari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar 
qatnashishlari mumkin, chunki faktoring shartnomalari faqat tadbirkorlik 
muomalasida qo'llaniladi.
Moliya agenti (“faktor” ) bilan mijoz o'rtasida yuzaga keladigan 
majburiyatlar faktorning shartnomasining o'zidan kelib chiqadi. Moliya 
agenti bilan uchinchi shaxs mijoz qarzdori (tovarlarni sotib oluvchi, ish 
yoki xizmat buyurtmachisi) o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar 
ular bilan bog'liq bo'lsa ham, faktoring shartnomasi predmetiga kirmaydi.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi mazmuni FK 749-moddasi 1-qismiga muvofiq, 
pul talabnomasining tegishli pul mablag'larini mijozga taqdim etish evaziga 
moliya agentiga berilishidir.
Qonunda faktoring shartnomasining ikki turi ajralib turadi: 1) to'lov 
muddati yetib kelgan pul talabnomasi (mavjud talabnoma); 2) kelajakda 
vujudga keladigan pul talabnomasi (bo'lajak talabnoma, FK, 751- 
moddaning 1-qismi).
Boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan narsa bir emas, bir nechta 
talabnomadan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, muayyan bir tovarni 
sotish bo'yicha barcha talabnoma yoki bir qarzdorga nisbatan hamma 
talabnomalar.
Moliya agenti uchun m avjud talabnoma to'lov muddati yetib 
kelmagan (tovarni kreditga yetkazib berish) yoki mijoz uchinchi shaxs 
bilan endigina tuzishi lozim bo'lgan shartnomadan kelib chiqadigan bo'lajak 
talabnomadan afzal hisoblanadi.
Boshqa shaxs foydasiga voz kechiladigan narsa har qanday


majburiyatlar emas, balki aniq talabnomalar bo'lishi shart. Shartnomada 
voz kechilayotgan har bir talabnomaning summasi, to'lov muddatlari 
va boshqa belgilari ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Bo'lajak talabnoma o'z 
vaqtida, kechikmagan holda vujudga kelishi ochiq-ravshan belgilangan 
bo'lishi shart.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasida muddat tomonlar kelishuvi bilan belgilanadi. 
Shartnoma bahosi mijozning qarzdorga talabnomasi narxidir. Shartnoma 
bahosini belgilashda quyidagi holatlar hisobga olinadi: mijoz va 
qarzdorning moliyaviy ahvoli, hisob-kitoblar shakli (turli qimmatga ega 
bo'lgan akkreditiv yoki inkasso), to'lov muddati (mavjud talabnoma 
yoki bo'lajak talabnoma), moliya agentiga berilgan talabnomalar soni 
va boshqalar.
Moliya agenti ko'rsatgan xizmatlari uchun to'lanadigan mukofot 
m iqdori mijozni moliyalash summasi va muddati; voz kechilgan 
talabnomalar qarzdor tomonidan to'lanishi shubhali bo'lgan vaziyatning 
(tavakkalchilikning) m avjudligi; mijozga ko'rsatilgan qo'shim cha 
xizmatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga 
moliyalash shartnomasi shakli talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish 
shakli haqidagi qoidalar bilan (FK, 320-modda) belgilanadi. U oddiy 
yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan boshqa 
shaxs foydasiga voz kechish shaklida amalga oshirilishi kerak. Davlat 
ro'yxatidan o'tkazishni talab qiladigan bitim bo'yicha talabdan boshqa 
shaxs foydasiga voz kechish ushbu bitimning ro'yxatga olish uchun belgilab 
qo'yilgan tartibida ro'yxatga olinishi kerak. Orderli qimmatli qog'oz 
bo'yicha talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ushbu qimmatli 
qog'ozga indossament (talab qilish huquqini o'tkazish yozuvi) yo'li bilan 
amalga oshiriladi.
Jahon amaliyotida faktoring shartnomalarining bir necha turlari 
mavjud:
- regress (mahsulot yetkazuvchidan to'lovni qayta talabnoma qo'yish) 
huquqi yoki regress huquqisiz to'liq faktoring xizmati to'g'risida;
- regress huquqi yoki regress huquqisiz talabnomalarning dastlabki 
to'lovi to'g'risida1.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 42-bobi moliya

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish