Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Б озор ов Ш.Т. Банк кредитининг хуку^ий асослари. // Ё ш ол и м лар илмий



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

1 Б озор ов Ш.Т. Банк кредитининг хуку^ий асослари. // Ё ш ол и м лар илмий 
маколалар туплами. Тошкент - 2002, 33-бет.


grantlari, lizing, faktoring, report, 
budjet mablag'laridan amalga 
oshiriladigan subsidiya, dotatsiya, subvensiyalardir. Amaliyotda pul 
mabiag‘larini vaqtinchalik jalb qilishning eng qulay va samarali shakli 
bank kreditidir1.
Bank krediti - bu tijorat banki tomonidan o'z mijoziga aniq 
muddatga haq to'lash va maqsadli foydalanish shartlarida taqdim 
etiladigan pul mablag'laridir.
K reditning aniq m uddatga berilishi avvalam bor kreditning 
qaytarilishini bildiradi. Bank krediti qaytarilishi tam oyili bilan 
qaytarilmaydigan moliyaviy yordamdan farqlanadi.
Keditning qaytarish muddati bank va mijoz o'rtasidagi kelishuv bilan 
belgilanadi. Kredit muddatini belgilashda mijozning pul mablag'lariga 
bo'lgan ehtiyoji, bankning imkoniyatlari, kredit mablag'lari qanday 
mahsulotlar, xizmatlar va ishlarga sarflanishi va boshqa faktorlar inobatga 
olinadi.
Kreditning aniq muddatga berilishi kredit talab qilib olunguncha 
berilishi ta’qiqlanishini ko'rsatadi. Agar shartnomada kredit muddatdan 
oldin qaytarilishi mumkinligi belgilanmagan bo'lsa, mijoz kreditni 
kelishilgan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega emas.
Qonunchilikda kreditni shartnomada belgilangan muddatdan oldin 
qisman qaytarilishi qayd qilinmagan bo'lsa-da, amaliyotda banklar kredit 
shartnomalariga juda kam hollarda kreditni qisman qaytarilishi to'g'risida 
qoidalarni kiritishga rozi bo'ladilar. Sabab - bank taqdim etilgan kredit 
bo'yicha doimiy ravishda foizlarni olishdan manfaatdor, kreditni qisman 
(ko'p hollarda to'la) muddatdan oldin qaytarilishi bankdan qaytarilgan 
mablag'larni boshqa mijozlarga taqdim etish uchun vaqt va xarajatlarni 
talab qiladi.
Kreditlar muddatlariga ko'ra, asosan savdo-sotiq sohasiga yoki 
ayrilma fondlarni to'ldirish uchun 1 yilgacha beriladigan qisqa muddatli 
kreditlarga, uskunalami sotib olish yoki yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni 
yo'lga qo'yish uchun beriladigan yangi 1 yildan 5 yilgacha beriladigan 
o'rta muddatli va ijtiomiy loyihalarga yoki katta ishlab chiqarish 
majmualarini tashkil etish uchun 5 yildan ortiq muddatga beriladigan 
uzoq muddatli kreditlarga bo'linadi.
Kreditlarni haq evaziga berilishi mijoz tomonidan bankka kredit 
mablag'laridan foydalanilgani uchun foizlar to'lash kerakligini bildiradi. 
Q onunchilikda foizlarning to'lanish muddati va tartibi bo'yicha 
dispozitiv moddalar beligilanmagan. Foizar har kuni, har hafta, har 
o'n kunlikda, har oyda, har chorakda, har yilda, kreditning asosiy


sum m asini qaytarish paytida yoki tom onilar kelishgan boshqa 
muddatlarda to‘lanishi mumkin. Amaliyotda banklar mijozlardan 
foizlarni har oyda tolashni talab qiladilar. Tijorat banklari mijozning 
hisobvarag'idan foizlarni mijozning alohida topshirig'isiz ko'chirib 
oladilar va bu to'g'risida mijozga ma’lumotlarni beradilar.
Kreditlarni maqsadliligi - kreditni aniq maqsadga berilishini bildiradi. 
Bundan quyidagilar kelib chiqadi:
1) kredit maqsadsiz bo'lishi mumkin emas. Kredit shartnomasida 
kredit mablag'lari mijozga qaysi maqsadlarga berilishi aniq belgilanadi
- sotib olinadigan tovarlarning hajmi, sifati, narxi, xarid qilinadigan 
uskunalarning soni, ishlab chiqaruvchilari, sifat ko'rsatkichlari, ishlab 
chiqarish quvvatlari, moliyalashtiriladigan ishlar va xizmatlar muddatlari, 
sifat ko'rsatkichlari va boshqa muhim tadbirlar ko'rsatilishi kerak. Bank 
mijozga kredit mablag'larini o'z xohishiga ko'ra ishlatish huquqini berishga 
haqli emas.
2) Bank mijoz tomonidan kreditni maqsadli ishlatilishini nazorat 
qilish huquqiga ega bo'ladi. Bunday nazorat mijoz tomonidan kredit 
mablag'laridan to'lovlarni amalga oshirish jarayonida bankka to'lov 
hujjatlarini taqdim etish jarayonida va sotib olingan tovarlar va uskunalar, 
xarid qilingan ishlar va xizmatlarni joyida tekshirish yo'li bilan amalga 
oshiriladi.
3) Mijoz tomonidan kredit mablag'larini kredit shartnomasida ko'zda 
tutilmagan maqsadlarga ishlatilishi kredit shartnomasini buzilganligini 
bildiradi va bankka qonunchilikda va kredit shartnomasida belgilangan 
choralarni qo'llash huquqini beradi.
Kreditlarni taqdim etish jarayonida tijorat banklari mijozlarga 
kreditlarni qaytishini ta’minlovchi qo'shimcha talablarni o'rnatadilar. 
Qonunchilikda barcha kreditlar bo'yicha ta’minot boiishi shartligi 
to'g'risida imperativ me’yor o'rnatilmaganligi sababli tijorat banklari 
ishonchli mijozlarga, ya’ni moliyaviy holati shubha uyg'otmaydigan, 
pul oqimlari yetrali darajada bo'lgan, rahbarlari o'z sohasida yuqori 
obro'ga ega boigan mijozlarga ta’minotsiz kreditlarni berishlari mumkin. 
Bunday hollar amaliyotda kam uchraydi.
Tijorat banklari ta’minot sifatida mulkni garovga qo'yishni, uchinchi 
shaxslarning kafolati yoki kafilligini, sug'urta kompaniyalarining polislarini 
taqdim etishni talab qilishlari mumkin.
Banklar tomonidan mikrokreditlar berish.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy 
himoya qilish vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy


bank va Tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasining 2002-yil
10-maydagi 59-sonli, 23-sonli, 2-09/3-sonli, 217-V-sonli, 324-sonli Qaroii 
bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlik 
subyektlariga bandlikka ko'maklashish jamg'armasi kreditlari hisobidan 
m ikrokreditlar berish tartibi to 'g 'ris id a g i” Nizom O 'zbekiston
Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida", 
"Banklar va banklar faoliyati to'g'risida", "Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq yettinchi sessiyasida ma’qullangan "2002-
2003-yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq 
yo'naltirilgan tarzda qo'llab-quvvatlash Dasturi", O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli "2002-2003-yillarda 
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo'naltirilgan tarzda 
qo'llab-quvvatlash Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 
Qarorining 6-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan va tijorat banklari tomonidan 
bandlikka ko'maklashish Davlat jamg'armasi (keyinchalik matnda - Bandlik 
jamg'armasi) kreditlari hisobidan mikrokreditlar berish tartibini belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2001- 
yil 14-sentabrdagi 203-v va 108-son qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat 
banklari tomonidan budjetdan tashqari jamg'armalar kredit liniyalari 
orqali yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o'rta biznes subyektlarini 
kreditlash tartibi to'g'risid agi” Nizom, O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi "Xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta 
biznesni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-1987-son 
Farmoniga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 
27-maydagi "Kichik va o'rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish 
mexanizmini takomillashtirish to'g'risida" 232-son, 1999-yil 10-iyundagi 
"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasida qilgan 
ma’ruzasida berilgan asosiy qoidalarni amalga oshirish chora-tadbirlari 
to'g'risida" 296-son va 2001-yil 10-sentabrdagi "Kichik korxonalar, dehqon 
va fermer xo'jaliklarini moliyalash, moddiy-texnik ta’minlash, bojxona 
imtiyozlari, ularga bank xizmatlari va boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha 
qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 366-son qarorlariga, shuningdek 
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-iyundagi 
273-F-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Mikrokredit bu kredit shakllaridan biri bo'lib, uning miqdori o'z 
faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasaan amalga oshiradigan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklari uchun 5000 AQSH dollariga 
ekvivalent bo'lgan milliy valutadagi summadan; o'z faoliyatini yuridik


shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiradigan dehqon va ferm er 
xo'jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar uchun 10000 AQSH dollariga 
ekvivalent bo'lgan milliy valutadagi summadan oshmasligi kerak;
Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar - 
mikrokredit shakllaridan biri, mikrofirmalar va dehqon xo'jaliklari 
(yuridik shaxs maqomiga ega) uchun eng kam ish haqining 150 
baravarigacha va kichik korxonalar hamda fermer xo'jaliklari uchun 
eng kam ish haqining 300 baravarigacha miqdorda bo'ladi;
budjetdan tashqari jamg'armaning kredit liniyasi - budjetdan 
tashqari jamg'arma tomonidan faqat maqsadli asosda, uning summasini 
ana shu banklarning balansida aks ettirgan holda kichik va o'rta biznes 
subyektlarini kreditlash uchun tijorat bankiga ajratiladigan mablag'lar.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxsni tashkil etmagan 
dehqon xo'jaliklariga budjetdan tashqari jamg'armalarning kredit 
liniyalari hisobiga 5000 AQSH dollariga ekvivalent summadan oshadigan 
hajmda kreditlar berishga yo'l qo'yilmaydi.
Dastlabki (boshlang'ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar yangi 
barpo etilayotgan, davlat ro'yxatiga olinganidan keyin 6 oydan 
kechiktirmagan davrda kredit olish uchun tegishli ariza topshirgan 
mikrofirmalar va kichik korxonalarga, dehqon (yuridik shaxs huquqiga 
ega) va fermer xo'jaliklarigagina beriladi.
Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida 
doimiy monitoringni amalga oshiradilar va u qarz oluvchi loyihasini va 
kredit shartnomasi shartlarini ro'yobga chiqarishga har tomonlama yordam 
ko'rsatishga yo'naltirilishi kerak.
Bankka taqdim etilgan garov hamda kreditdan samarali va maqsadli 
foydalanish joyning o'zida tekshiriladi.
Kreditdan foydalanish muddati tugagach, qarz oluvchi olingan 
kreditni bankka o'z muddatida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda 
qaytarishi shart.
Qarz oluvchi berilgan kreditdan maqsadga ko'ra foydalanmaganligi 
aniqlangan taqdirda bank qarz oluvchiga bundan keyin kredit berishdan 
bosh tortishga, qarz oluvchidan kredit summasini muddatidan oldin qaytarishni 
va shartnoma bo'yicha tegishli foizlarni to'lashni talab qilishga haqlidir.
Qarz oluvchi asosiy qarzi va unga doir hisoblangan foizlarni kredit 
shartnomasida ta’kidlangan muddatda so'ndirmagan holda bank garov 
predmetini mustaqil ravishda, sudga murojaat etmasdan, Fuqarolik 
Kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq undirishga haqlidir.
Qarz oluvchi kredit shartnomasi shartlariga binoan qarzni va unga


doir hisoblangan foizlarni so'ndirishdan yoki shartnoma shartlariga 
muvofiq garov predmetini bank tasarrufiga topshirishdan bosh tortganda 
bank xo‘jalik sudiga tegishli da’vo bilan murojaat etishi kerak.
Shuningdek, ushbu sohadagi yana bir hujjat O'zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 29-fevralda ro'yxatga olingan 902- 
sonli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 
2000-yil 22-fevraldagi 463-sonli “O'z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil 
etmasdan amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklarini 
tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valutalarda mikrokreditlash 
tartibi” O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, "O'zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to'g'risida", "Banklar va bank faoliyati 
to'g'risida "gi qonunlariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2000-yil 11-fevraldagi 1-son majlisi bayonnomasiga 
muvofiq ishlab chiqilgan va o'z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etmasdan 
amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklarini 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo'naltirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan 
2000-yil 29-fevraldagi 903-sonli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan tasdiqlangan 2000-yil 22-fevraldagi 464-sonli “O'z faoliyatini 
yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiruvchi fermer xo'jaliklari, 
kichik biznesning boshqa subyektlarini tijorat banklari tomonidan milliy 
va xorijiy valutalarda mikrokreditlash tartibi” Fuqarolik Kodeksi, 
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to'g'risida", "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonunlariga, 
shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 
11-fevraldagi majlisi 1-son bayonnomasiga muvofiq ishlab chiqilgan va 
o'z faoliyatini yuridik shaxsni tashkil etgan holda amalga oshiruvchi 
ferm er xo'jaliklari hamda kichik biznesning boshqa subyektlarini 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo'naltirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan 
2000-yil 7-martdagi 907-sonli, O'zbekiston respublikasi markaziy banki 
tomonidan tasdiqlangan 2000-yil 4-martdagi 465-sonli “Tijorat banklari 
tomonidan ferm er xo'jaliklarini, shuningdek, kichik va o'rta biznes 
subyektlarini milliy valutada kreditlash tartibi” Fuqarolik Kodeksi, 
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonunlariga, 
shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 
11-fevraldagi majlisi 1-son bayonnomasiga muvofiq ishlab chiqilgan, 
fermer xo'jaliklari hamda kichik va o'rta biznes boshqa subyektlarini 
rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishga yo'naltirilgan.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 
16-mart 506-son qarori bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan 2002-yil 18-apreldagi N 
1126 “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tijorat banklari tomonidan milliy 
valutada kreditlash tartibi to'g'risida” Nizom O'zbekiston Respublikasining 
“ O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida” , “Banklar va 
bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko'rsatishni takomillashtirishga 
doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2001-yil 18-aprelidagi 178- 
son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ Uy-joy 
mulkdorlari shirkatlarini qo'llab-quvvatlashga doir1 qo'shimcha chora- 
tadbirlar to'g'risid a ” 2002-yil 1-m artdagi 74-son Qarori hamda, 
shuningdek, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligiga muvofiq 
ishlab chiqilgan va uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tijorat banklari 
tomonidan kreditlash tartibini belgilaydi.
O 'z b e k is to n R e sp u b lik a si h u d u d id a u y - jo y m u lk d o rla ri 
shirkatlarini kreditlash tijorat banklari tomonidan, ushbu nizomga 
m u v o fiq kreditn in g qaytarilish i, to 'lo v lilig i, ta ’ m inlanganligi, 
m uddatliligi va ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish 
shartlariga rioya etib, xatarlarni har tomonlama baholash va garov 
qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
2000-yil 7-martdagi 907-sonli, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan tasdiqlangan 2000-yil 4-martdagi 465-sonli “Tijorat banklari 
tomonidan fermer xo'jaliklarini, shuningdek, kichik va o'rta biznes 
subyektlarini milliy valutada kreditlash tartibi” Fuqarolik Kodeksi, 
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi qonunlariga, 
shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil
11-fevraldagi majlisi 1-son bayonnomasiga muvofiq ishlab chiqilgan, 
fermer xo'jaliklari hamda kichik va o'rta biznes boshqa subyektlarini 
rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratishga yo'naltirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19- 
maydagi 195-son qaroriga 2-ilova “Tijorat banklari tomonidan kichik va 
o'rta tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo'jaliklariga imtiyozli 
kredit berish maxsus jamg'armasi hisobidan kredit berish tartibi to'g'risida” 
NIZOM O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, "O'zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki to'grisida", "Banklar va bank faoliyati 
to'grisida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi


Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoniga muvofiq 
ishlab chiqilgan hamda kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarining, 
dehqon va fermer xo'jaliklarining iqtisodiyotining aniq sektori pirovard 
mahsulotidagi ulushini ko'paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga 
qaratilgan.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan
1998-yil 17-dekabr 566-son, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 1998 yil 9-oktabr (19/8-sonli qaror) 
261-son “Qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to'g'risida” nizom 
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1994-yil 3-maydagi 234-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va 
O'zbekiston Respublikasi Valuta birjasi huzuridagi kredit resurslari 
kimoshdi savdolari orqali tijorat banklarini qayta moliyalash uchun 
kreditlar berish tartibini belgilaydi.
Iste’molchi krediti 
deganimizda tijorat banklari tadbirkorlik uchun 
firmalarga qarz bersa, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz 
beradi. Buning natijasida iste’molchi krediti paydo bo'ladi.
“Iste’mol krediti to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi Qonuni‘da 
iste’mol kreditiga shunday ta’rif berilgan:
“Iste’mol krediti - jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish 
uchun beriladigan kreditdir. Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol 
krediti iste’mol kreditining shakllaridir”.
Moliyaviy iste’mol krediti - sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini 
to'lash uchun pul mablag'lari tarzida iste’molchiga beriladigan kreditdir. 
Banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari moliyaviy iste’mol krediti beruvchi 
tashkilotlar sanaladi.
Tovar iste’mol krediti - sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar 
yoki ko'rsatilgan xizmatlar haqini bo'lib-bo'lib to'lash tarzida iste’molchiga 
beriladigan kreditdir. Iste’mol tovarlarini (ishlar, xizmatlarni) ishlab 
chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar iste’mol 
krediti beruvchi tashkilotlardir.
Iste’mol kreditining obyekti - jismoniy shaxsning iste’mol ehtiyojlari 
uchun mo'ljallangan tovarlar, (ishlar, xizmatlar) dir. Ko'chmas mulk, 
shuningdek, qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada 
bo'lishi cheklangan boshqa mol-mulk iste’mol krediti obyekti bo'lishi 
mumkin emas.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish