boshqa axborot manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlashga
majburdir;
- Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
“O'zbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining 2002-yil
14-sentabrdagi 21-a/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kredit uyushmalari
tomonidan moliyaviy operatsiyalami o'tkazish qoidalari” O'zbekiston
Respublikasining "Kredit uyushmalari to'g‘risida"gi
Qonuniga muvofiq
ishlab chiqilgan va kredit uyushmalari uchun kapitalni shakllantirish,
kreditlash, kredit va depozit shakllardagi pul mablag'larini jalb qilish
bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy operatsiyalami o'tkazish, shuningdek
kredit uyushmasi faoliyati natijasida yuzaga
keluvchi tavakkalchiliklami
minimallashtirish maqsadida erkin pul vositalarini investitsiyalash bo'yicha
majburiy qoidalami belgilaydi.
Kredit uyushmalari faqat o'z a’zolariga kredit berish huquqiga
egadir.
Ssuda schyotini ochish orqali kreditlarni berish kredit uyushmasi
tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan kredit siyosatiga muvofiq
muddatlilik, qaytarish va to'lovlilik prinsiplari bo'yicha shartnoma
asosida
amalga oshiriladi.
Kredit siyosati to'g'risidagi Nizom kreditlash muddatlarini va shartlarini
belgilashni, kreditlash limitlarini, ta’minlashning qulay shakllarini,
shuningdek berilgan kreditlar bo'yicha o'xshash monitoringlami o'matish
bo'yicha talablarni o'z ichiga olishi kerak.
Bitta qarz oluvchiga yoki bir-biri bilan o'zaro bog'liq
qarz oluvchilar
guruhiga beriladigan kredit miqdori kredit uyushmasi kapitalining 25
foizidan oshib ketmasligi kerak.
Kreditlar mulkiy ta’minlangan, shuningdek ta’minlanmagan (o'zaro
ishonchli) bo'lishi mumkin.
To'lov to'lanmagan hollarda kredit uyushmasining kredit shartnomasida
to'lanishi lozim bo'lgan summani kredit uyushmasining a’zosiga tegishli
bo'lgan pay badali yoki depozitdan, shuningdek ularga pay badali bo'yicha
beriladigan dividendlardan va depozit bo'yicha to'lanadigan foizlardan undirib
olish huquqi qayd etilgan bo'lishi kerak.
Bitta qarz oluvchiga ishonchga asosan berilgan kreditning maksimal
hajmi kredit uyushmasi kapitalining 10 foizidan ortiq bo'lmasligi kerak.
Quyidagi hollarda kredit uyushmasidan qarz oluvchilar "bir-biri
bilan o'zaro bog'liq qarz oluvchilar guruhi" deb tan olinadi:
- qarz oluvchilardan biri rasmiy kelishuv
yoki har qanday boshqa
usul asosida boshqa qarz oluvchining faoliyatiga rahbarlik qilish
imkoniyatiga ega bo'lsa;
- ikkita yoki undan ko‘p qarz oluvchilar rasmiy kelishuv yoki har
qanday boshqa usul asosida bitta shaxs rahbarligida bo'lsalar (ushbu
shaxs kredit uyushmasidan qarz oluvchi bo'lmagan taqdirda ham);
- ikkita yoki uchdan ko'p qarz oluvchilar taxmin qilingan kredit
to'lanadigan manba ushbu qarz oluvchilaming hammasiga bir xil bo'lgan
taqdirda, birgalikda faoliyat ko'rsatishda
ishtirok etish uchun kredit
uyushmasidan olingan kreditlardan foydalanganda.
Kredit uyushmasi kredit qo'mitasi kengashi, taftish komissiyasi
a’zolari va kredit uyushmasi xodimlari bilan, shuningdek
ularnichg yaqin
qarindoshlari bilan, qachonki ushbu bitimlar kredit uyushmasining boshqa
a’zolariga nisbatan qulay sharoitlarda tuzilgan bo'lsa, bunday bitimlaming
tuzilishiga yo'l qo'ymasligi kerak.
Taraflarning huquq va burchlarL
Kr edit shartnomasi tuzilgandan boshlab
taraflarning huquq va burchlari vujudga keladi. Taraflarning shartnoma
ijrosidan voz kechishiga Fuqarolik Kodeksining 745-moddasida belgilab
qo'yilgan asoslar bo'yicha yo'l qo'yiladi. Kreditor- qarz oluvchini to'lovga
qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz oluvchi kreditni ta’minlash majburiyatlarini
bajarmasa, shartnomada nazarda tutilgan
kreditdan aniq maqsadda
foydalanish majburiyatini buzsa, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan
boshqa hollarda qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan
kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli.
Bizga m a’ lumki, am aliyotda ushbu m unosabat subyektlari
shartnomada belgilangan majburiyatlarni bir tomonlama bajarmaslik
hollari juda ko'p uchrab turadi.
Ushbu holatlami tartibga solish yuzasidan O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Xo'jalik yurituvchi subyektlarga bank xizmatini tartibga
solish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 1gi, “ Xo'jalik
y u ritu v ch i su byektlarn in g iq tiso d iy n och orlig i va shartnom a
majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini
Do'stlaringiz bilan baham: