Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Рахмонкулов X. Мажбурият хукуки. (Умумий коидалар). -Т.: ТДЮИ. 2005. -245



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)


Рахмонкулов X. Мажбурият хукуки. (Умумий коидалар). -Т.: ТДЮИ. 2005. -245 
322


birining shartnoma shartlariga qo‘shilishi orqali tuziladi. Transport 
ekspeditsiyasi shartnomasi mijoz ekspeditor tomonidan ko'rsatilgan 
awaldan nazarda tutilgan, uning barcha harakatlarini o'z ichiga olgan 
standart, formulyar shakldagi shartnomani imzolashi natijasida munosabat 
o'rnatiladi.
Qo'shilish shartnomasi deyilganida shartlarini taraflardan biri 
formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda ta’riflagan hamda ikkinchi 
taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo'shilish yo'li bilan 
qabul qilishi mumkin bo'lgan shartnoma tushuniladi.
Bunday shartnomaga qo'shilgan, ya’ni o'ziga kontragent tomonidan 
taklif etilgan shartnomani imzolagan taraf, basharti, qo'shilish shartnomasi 
uni odatda umumiy shartnomalar bo'yicha beriladigan huquqlardan 
mahrum qilsa yoki boshqa tarafning javobgarligini istisno etsa yoxud 
cheklab qo'ysa, boshqa shunga o'xshash holatni og'irlashtiruvchi shartlar 
ifodalangan bo'lsa, shartnomani bekor qilish yoki o'zgartirishni talab 
qilishga haqli. Biroq, agar qo'shilayotgan taraflar shartnoma qanday 
shartlar asosida tuzilayotganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lsa, ushbu 
qoida har biri tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan taraflar 
o'rtasidagi shartnomalarga nisbatan qo'llanilmaydi (FKning 360-moddasi 
3-qismi).
Odatda havo, temir yo'l transporti xizmatlari bir xilda belgilanib, 
uning mazmunini mijoz boshqacha tuzishni taklif etish imkoniyatiga 
ega emas. Shundan kelib chiqib, ekspeditorlar shartnoma matnini 
shakllantiradilar va formulyar tarzda mijozga shartnomaning matnini 
taklif etadilar. Lekin bu shartnomani bir tomonlama shartnoma ekanligini 
belgilab bermaydi. Chunki mijoz shartnoma shartlariga qo'shilish yoki 
qo'shilmaslikni o'zi belgilaydi. O'zining talablariga mos kelmagan shartlarni 
o'zgartirishni talab qilishi aks holda shartnoma imzolamasligini bildirishi 
mumkin.
Shartnom a o'zining m azm uniga k o'ra, bir q a tor boshqa 
shartnomalarning, aytaylik, topshiriq, vositachilik, omonat, yuk tashish, 
haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomalarining unsurlarini qamrab oladi. 
Shu tufayli ekspeditor o'zi bilan shartnoma tuzgan mijoz uchun bir qator 
qo'shimcha xizmatlarni ko'rsatadi Masalan, yuk tashish shartnomasini tuzadi, 
yukni ortish-tushirish bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatadi, mijozning 
topshirig'iga ko'ra, eksport va import uchun talab qilinadigan hujjatlarni 
oladi, bojxona rasmiyatchiliklari yoki o'zga rasmiyatchiliklarni bajaradi, 
yukning miqdorini va holatini tekshiradi, mijoz zimmasiga yuklatilgan


bojlar, yig‘imlar va boshqa xarajatlarni belgilangan muddatlargacha 
saqlaydi, yukni belgilangan manzilda olish bilan bog'liq bo'lgan, uni 
yetkazib berish uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshiradi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, mazkur xizmatlarni va operatsiyalarni transport 
ekspeditsiyasi shartnomasiga muvofiq ham bajarish mumkin.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi va unda 
tashish jarayonini transportning har xil turlari, shu jumladan, aralash 
turlari bilan ham davlat ichidagi, ham xalqaro yo'llarda tashkil etish 
bilan bog'liq transport-ekspeditorlik xizmatlarining aniq ro'yxati, 
tomonlarning nomi va manzili, jo'natish va olib borish joyi (joylari) nomi 
va boshqa shartlar bo'ladi. Yukni o'z tasarrufiga qabul qilib olgandan 
so'ng transport-ekspeditorlik korxonasi tashish uchun tegishli transport 
hujjati (konosament), transport-ekspeditorlik xizmati ko'rsatish yuk xati 
berishi shartdir.
F K n in g 7 2 7 -m o d d a s ig a asosan agar e k s p e d ito rn in g o 'z
majburiyatlarini bajarishi uchun ishonchnoma zarur bo'lsa, mijoz 
uni berishi shart. Mijoz ekspeditorga ishonchnoma berishi jarayonida 
ishonchnom a berish qoidalariga rioya qilgan holda tegishlicha 
rasmiylashtirib berishi talab qilinadi. Mijoz beradigan ishonchnoma 
FKning 134-144-moddalari talablariga rioya qilgan holda berilishi 
lozim.
Olib kelish va olib ketish maxsus ruxsatnomalar va kvotalar bo'yicha 
amalga oshiriladigan, aksiz solig'i olinadigan yuklarni, shuningdek, xavfli 
yuklar va chiqindilarni tashish uchun shartnoma tuzishga tegishli 
ruxsatnomalar bo'lgandagina yo'l qo'yiladi.
Ekspeditor mijoz, tashuvchi va transport jarayonida qatnashuvchi 
boshqa shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq transport-ekspeditorlik 
xizmatini amalga oshiradi. Yukni bir yoki bir necha transport turi bilan 
yetkazib berish va mijozning topshirig'i (buyurtmanomasi)ga ko'ra 
transport jarayonini tashkil etish bilan bog'liq xizmatlar ro'yxati 
shartnomada kelishib olinadi. Mijoz buning uchun kelishib olingan haqni 
to'lash majburiyatini oladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar tijorat maqsadlari uchun olib 
kelinayotganda shartnomaga olib kelinayotgan tovarlarni bojxona 
rasmiylashtiruvi bo'yicha transport-ekspeditorlik tashkilotlari tomonidan 
xizmatlar ko'rsatish to'g'risidagi shartlarning kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi. 
Bunday hollarda bojxona rasmiylashtiruvi bevosita jismoniy shaxslar - 
tovarlaming egalari tomonidan amalga oshiriladi1.


Ekspeditorlik topshirig'i tuzilgan shartnoma doirasida transport 
ekspeditsiyasi tomonidan berilishi mumkin.
Transport-ekspeditorlik faoliyatini davlat yo‘li bilan boshqarish, 
sertifikatsiyalash, soliq solish va narx belgilash, transport-ekspeditorlik 
faoliyatini rivojlantirish masalalarida davlat siyosatini ro'yobga 
chiqarishning huquqiy bazasini yaratish, milliy qonun hujjatlariga va 
O'zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan yoki tuzilgan xalqaro 
shartnomalar talablariga rioya qilinishini nazorat etish yo'li bilan amalga 
oshiriladi.
Transport ekspeditorlik munosabati faqatgina FK bilan tartibga 
solinmaydi. Boshqa qonun hujjatlari ham uni bevosita yoki bilvosita 
tartibga soladi. Masalan, 1999-yil 15-apreldagi “Temir yo'l transporti 
t.o‘g ‘risida”gi qonunning 1-moddasiga asosan, temir yo'l ustavi - qonun 
hujjatlariga muvofiq temir yo'lning, temir yo'l transporti xizmatlaridan 
foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning (shu jumladan ular 
nomidan ish ko'ruvchi ekspeditorlik va boshqa tashkilotlarning) huquqlari, 
majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan normativ hujjat ekanligi 
belgilangan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- 
yil 9-sentabrdagi 348-sonli “ O'zbekiston Respublikasida transport- 
ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish to'g'risida”gi 
qaror^ hamda unga asosan “Transport-ekspeditorlik korxonalari to'g'risida 
Nizom va transport-ekspeditorlik xizmatlari ko'rsatish” Tartibi qabul 
qilingan.
2. Shartnomaning elcmentlari
Shartnomada fuqarolar-, yuridik shaxslar subyektlar- sifatida ishtirok 
etib, uning taraflari mos ravishda mijoz va ekspeditor deb ataladi.
Mijoz ekspeditsiya xizmatlariga buyurtma beradigan, ekspeditor

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish