Bilim – o’quvchi va talabalarning tabiat, jamiyat, fan-texnika yutuqlari haqida hosil qilgan ma’lumotlari. O’quvchi yoki talabalarga taqdim etiladigan nazariy ma’lumot
Ko’nikma – o’quvchi yoki talabaning o’zlashtirgan bilimlari asosida muayyan amaliy harakatni bajara olish faoliyati.
Malaka – o’quvchi yoki talabada muayyan o’quv materiali va kasbni chuqur o’zlashtirish natijasida xosil bo’lgan avtomatlashgan maxorat
Interfaol usul - ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi faol hamkorlik muloqoti
2-maruza Innovatsion pedagogika atamasining kirib kelishi
Texnologik taraqqiѐt bugungi kunda ijtimoiy jaraѐnlarni kuzatib borishga qodir eng muhim komponentlardan biridir. Pedagogik ta’lim texnologiyasini yaxshilash jamiyat madaniy saviyasini va uning iqtisodiy qudratini shakllantirish shartidir.
"Innovatsion pedagogika" termini va unga xos bo’lgan tadqiqotlar G’arbiy Evropa va AQShda 60-yillarda paydo bo’ldi. Innovatsion faoliyat F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan -Kalik, N.V.Kuzmina, V.A. Slastenin, A.I.Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliѐti va ilg’or pedagogik tajribalarni keng ѐyish nuqtai nazardan ѐritilgan.
X.Barnet, Dj. Basset, D. Gamilton, N.Gross, R. Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion jaraѐnlarni boshqarish, ta ‘limdagi o’zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning "hayoti va faoliyati" uchun zarur bo’lgan shart -sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jara ѐni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo’lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
O’qitish texnologiyasi ta’limning faoliyatini ta’minlaydi, bilimlarni mehnat jaraѐniga tatbiq etishni ta’minlaydi, pedagogning ongliligini qolipga tushiradi, uning jadal harakat qilishiga va haѐt yo’liga ta’sir ko’rsatadi.
Kasbiy o’qitish texnologiyasi shaxsni intizom, iroda va ixtisoslikka bo’lgan qiziqishni yuzaga keltiradi. Mutaxassisga bo’lgan har tomonlama talabni qanoatlantirishga qaratilgan ta’lim texnologiyalari pedagog va talabaning hamkorligiga tezlikda moslangan psixologik -pedagogik shart-sharoitlarni amalga oshirishga yo’naltiradi.
Mutaxassislarni kasbiy tayorlash texnologik tamoyili bo’lajak kasbiga qaratilgan maqsadlar, mazmun funktsiyalari, o’qitish metodlaridir. Shundan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiyalar ishlab chiqiladi.
Pedagogik texnologiyalar ta’riflariga bo’lgan turli ѐndashuvlar shuni ko’rsatadiki, haqiqatdan ham o’qitish texnologiyalari fan va ishlab chiqarish hamda o’quv -pedagogik jaraѐn oralig’idan o’rin oladi. Bu kasbiy didaktik tayѐrgarlik tizimidagi bilimlarning mustaqil sohasi bo’lib, u o’qitishning didaktika nazariyasi va amaliѐti bilan chambarchas bog’langan. U o’quv faoliyatini boshqarish jaraѐnini loyihalash va konstruktsiyalash funktsiyalarini o’zida qamrab oladi.
O’qitish texnologiyasi tarkibiga o’kuv jaraѐnini boshqarishning aniq usullari, boshqarish va o’qitishning ayni istiqbolli tadbirlari haqidagi ham nazariy, ham amaliy bilimlar kiritiladi. O’quv jaraѐnining borishi sharoitlariga mos ravishda ularning izchilligi belgilanadi.
O’qitish texnologiyasi, o’qitish nazariyasi, o’qitish texnikasi. Ular o’kuv faoliyatini boshqarish haqidagi pedagogik sohalardir, ular umumlashtirilgan
darajasiga ko’ra amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiya ta’lim istiqbolining jaraѐnlashtirilgan aspektidir.
O’qitish texnologiyasini belgilash – bu kasbiy faoliyat sohasidagi ta’limiy va takomillashish samarasini ta’minlovchi o’kuv jaraѐnini me’ѐriy boshqarib turishdir.Ilmiy adabiѐtlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti to’g’risida fikr yuritiladi: ilmiy, tavsifiy, amaliy.
Do'stlaringiz bilan baham: |