Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


 Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

6. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish
M unitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylarida uy-joyni ijaraga 
oluvchi, ija rag a b eru v c h in in g roziligi bilan h am d a o'zi bilan b irg a
yashayotgan voyaga yetgan oila a ’zolarining, o'zi bilan doimiy yashovchi 
fuqarolarning roziligi bilan O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida 
belgilangan hollarda va tartib d a uy-joyni ikkilamchi ijaraga berishga 
haqli bo'lib hisoblanadi. Ijaraga oluvchi o'zi egallab turgan uy-joyning bir


qismini, vaqtincha ko'chib ketayotganda esa, barcha xonalam i (uning 
foydalanish huquqi saqlanadigan barcha d av r uchun) ikkilamchi ijaraga 
topshirishi mumkin. Bunday hollarda ijaraga olish shartnomasi bo'yicha 
ijaraga beruvchi oldida ijaraga oluvchi bevosita javobgar bo'lib hisoblanadi. 
Ammo ijaraga oluvchining uy-joyida ikkilamchi ijaraga olish shartnom asi 
asosida yashayotgan shaxslar aynan ana shu uy-joyga nisbatan m ustaqil 
huquqqa ega bo'la olmaydilar. O'zbekiston Respublikasida uy-joy ijarasi 
munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talabiga ko'ra, u y - 
joyni ikkilamchi ijaraga olish shartnomasining m uddati uy-joyni ijaraga 
olish shartnomasi m uddatidan ortiq bo'lishi m um kin emas. A garda uy- 
joyni ijaraga olish shartnom asi m u d d atid an ilgari to'xtatilsa, b u n d ay
hollarda uy-joyni ikkilamchi ijaraga olish shartnom asining am al qilish 
m u d d a ti h a m t o 'x ta tila d i va u y -jo y n i ik k ila m c h i ija r a g a olish 
shartnomasiga nisbatan yangi m uddat uchun shartnom a tuzishda imtiyozli 
huquq to'g'risidagi qoida tatbiq etilmaydi. B undan tashqari, aniq maqsadli 
kom munal uy-joy fondining binolarida uy-joylarni ikkilamchi ijaraga 
topshirishga yo'l qo'yilmaydi.
7. Uy-joy ijarasi shartnomasining bekor bo'lishi
Uy-joyni ijaraga berish shartnom asi taraflarning o'zaro kelishuvi 
bilan bekor qilinadi. Agar uy-joyni ijaraga oluvchida shu shartnom ani 
bekor qilish istagi paydo bo'lsa, bunday hollarda u o'zi bilan doimiy 
yashaydigan boshqa fuqarolardan yashab turgan uy-joyni ijaraga olish 
shartnom asini bekor qilish to'g'risida kelishib olgandan keyin ijaraga 
beruvchini kamida uch oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan 
vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli hisoblanadi. Ammo ijaraga 
oluvchi hech qanday ogohlantirishsiz shartnom ani bekor qilgan taqdirda 
yana uch oylik uy-joy haqini to'lashi shart.
Bundan tashqari, ijaraga oluvchi, uning oila a ’zolari ham da u bilan 
doimiy yashab kelayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash 
u c h u n ko'chib k e tg a n yoki sh u aholi p u n k tid a g i boshqa u y -jo y g a 
ko'chayotganida, uy-joyni ijaraga olish shartnom asi jo'nab ketgan yoki 
ko'chib o'tgan kundan boshlab bekor qilingan, deb hisoblanadi.
Uy-joyni ijaraga olish shartnomasi istalgan tomonning talabiga binoan 
sud tartibida quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
agar uy-joy doimiy yashash uchun yaroqsiz bo'lib qolsa, shuningdek
u avariya holatiga kelib qolsa, agar uy-joy joylashgan bino buzilishi 
kerak bo'lsa, amaldagi uy-joylardan foydalanishni tartibga soluvchi qonun


h u jja tla rid a n a z ard a tu tilg a n boshqa h o llard a h am u y -jo y ijarasi 
shartnom asi bekor qilinishi mumkin.
Ijaraga olish shartnom asi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud 
tartibida quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
agar shartnom ada uzoqroq m uddat belgilanmagan bo'lsa va ijaraga 
oluvchi olti oydan ko 'p ro q m u d d at davom ida uy -jo y haqini uzrsiz 
sabablarga ko‘ra to‘lam asdan kelsa, qisqa m uddatli ijaraga olish hollarida, 
shartnom ada belgilangan m uddatli ijaraga olish hollarida esa shartnom ada 
belgilangan to‘lov m uddati o'tgach, ikki m artadan ko'proq o‘z vaqtida 
to ‘lamasa (surunkali to‘lov m uddatiga rioya qilmaslik); ijaraga oluvchining 
o‘zi yoki biron-bir x atti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan 
fuqarolar uy-joyni buzgan yoki shikastlantirgan hollarda. Agar bunday 
hollarda uy-joyni ijaraga oluvchi yoki x atti-harakatlari uchun ijaraga 
oluvchi javob beradigan boshqa fuqarolar uy-joydan o'zga m aqsadlarda 
foydalanayotgan bo'lsa yoxud turm ush qoidalarini m untazam buzayotgan 
bo'lsalar, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi m um kin va 
bu talablar bajarilm aganidan keyin uy-joyni ijaraga olish shartnomasini 
sud tartibida bekor qilishga haqli bo'lib hisoblanadi.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos b o ig an
qoidabuzarliklarga b a rh a m berishn in g c h o ra -ta d b irla ri va m u d d ati 
O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 76-moddasi talabiga ko'ra, 
qonun bilan belgilab qo'yiladi.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish