Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Ssuda sh a rtn o m a si bo‘iich a taraflar, u larn in g



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2. Ssuda sh a rtn o m a si bo‘iich a taraflar, u larn in g
h u q u q va m ajbu riyatlari
Ssuda shartnom asi asosiy xo'jalik shartnom alaridan bo‘lm asa-da, 
lekin ayrim sohalarda, masalan, maishiy, m a’rifiy sohalarda, shuningdek, 
m ahalla aholisi o'rtasida, qo'ni-qo'shnichilikda ancha muhim rol o'ynaydi. 
Ssuda shartnom asining bu aham iyati unda ishtirok etishga tom onlar 
o'rtasida rag'batni oshiradi. Ssuda shartnomasi bo'yicha faqat ikki taraf 
s u b y e k t s ifa tid a m u n o s a b a tla rg a k irish ish i m um kin . O 'z b e k isto n
Respublikasi FKning 617-moddasiga muvofiq, ssuda shartnomasida taraf 
sifatida ssuda oluvchi va ssuda beruvchi ishtirok etishi mumkin.
Mol-mulkni tekinga foydalanishga m ulk huquqi asosida m uayyan 
mol-mulki bo'lgan h a r qanday shaxs berishi mumkin. Shuningdek, FKning 
618-moddasiga binoan ashyoni tekin foydalanishga berish huquqiga uning 
m ulkdo ri b o 'lm agan, lekin q onun yoki m u lkd o r tom onidan vakolat 
berilgan boshqa shaxslar ham ega bo'ladi. Ayni paytda, tijorat tashkiloti 
202


o'z muassisi, ishtirokchisi (aksiyadori), rah b a ri, o'z b o sh q a ru v yoki 
nazorat organlarining a ’zosi bo'lgan shaxsga ashyoni tekin foydalanishga 
berishga haqli emas (FKning 618-moddasi 2-qismi). Ssuda shartnomasi 
ssuda b eruvchining m anfaatlarini ko'zlab tuzilm aydi, binobarin, bu 
shartnom a ijara shartnom asidan farq qilgan holda, m ulkdorning biror 
m anfaatlariga javob berm aydi va m ulkdorning ushbu shartnom adan
m anfaat ko'rishiga oid huquqlari bo'lmasdan, faqat ssuda oluvchining 
m an faatlarin i ko'zlovchi m ajb u riy a tla rig in a m av jud dir. C hunonchi, 
FKning 619-moddasiga binoan, ssuda beruvchi ashyoni tekin ham da 
vazifasiga muvofiq foydalanish shartlariga javob beradigan holatda barcha 
m ansub ashyolari va tegishli hujjatlari bilan birga topshirishi shart. Ushbu 
m ajburiyat ssuda beruvchining asosiy m ajburiyati bo'lib, bunda ssuda 
oluvchining m anfaatlari ko'zlangan. Chunki ssuda oluvchiga zaru r ashyo 
topshirilmasa, topshirilsa-da, u lozim darajad a sifatli bo'lm asa, bunda 
ssuda b eru v chi FK ning 620, 621-m oddalarida belgilangan ta rtib d a
javobgar b oiadi, y a ’ni agar ssuda beruvchi ashyoni ssuda oluvchiga 
bermasa, ssuda oluvchi shartnomani bekor qilish va yetkazilgan haqiqiy 
zarar o'rnini qoplashni talab qilishga haqli b o iadi (FK 620-moddasi).
FKning 621-moddasiga muvofiq, ssuda beruvchi tekin foydalanish 
shartnom asini tuzish paytida q asd d an yoki qo'pol ehtiyotsizlik bilan 
ashyoning kamchiliklarini aytib qo'ym agan boisa, bu kamchiliklar uchun 
javobgar boiadi.
Ssuda beruvchi ashyoni topshirayotgan paytda uning kamchiliklarini 
aytib, zarur boisa, shartnom ada ko'rsatib topshirishi lozim. A garda aytib 
topshirm agan b o isa , ssuda beru v ch i aybining darajasi, yetkazilgan 
zarardagi haqiqiy ishtiroki, y a ’ni hissasi uning bu harak atn i qasddan 
yoki ehtiyotsizlikdan sodir qilganligi bilan belgilanadi.
Bunday hollarda ssuda oluvchi:
1) ashyodagi kamchiliklami tekin b artaraf qilishni;
2) ashyoning kamchiliklarini tuzatish uchun qilingan x arajatlam i 
qoplashni;
3) shartnom ani m uddatidan ilgari bekor qilishni va ko'rilgan haqiqiy 
zararni qoplashni talab qilishga haqpi boiadi. Chunki ssuda beruvchi 
kamchiliklari bor b o ig an ashyoni berishi oqibatida ssuda oluvchining 
m anfaatlariga k a tta zarar yetadi. Jum lad an , u ssuda olish natijasida 
ko'rishi m um kin b oigan foydani ololmay qolishi, shartnom adan nisbatan 
toiiqroq foydalanish uchun boshqa shaxslar bilan tuzgan turli sohadagi 
shartnom alardan voz kechishi natijasida ular ko'rgan zararlarni toiashi, 
shartnom a borasidagi nizo bo'yicha o'z huquqlarini himoya qilishni so'rab,


sud, xo'jalik sudiga m urojaat qilganida vujudga keladigan xarajatlari 
natijasida k atta m a ’naviy va moddiy zarar ko'rishi mumkin. B unday 
holda haqiqiy zarar deb ssuda oluvchining ololmay qolgan foydasidan 
tashqari, qilgan b archa xarajatlari tushuniladi va u bu zararni to'liq 
holda qoplashni talab qilib, sudda, xo'jalik sudida d a ’vo qo'zg'atishga 
haqdi. Bizga m a’lumki, shartnom aning real yoki konsensual harakterda 
bo'lishi taraflarning huquq va burchlariga bog'liqdir. Yuqoridagi huquq 
va m ajburiyatlar konsensual harakterdagi shartnom alarda vujudga keladi. 
B ulardan tashqari, tara fla r yana bir qator h uquq va m ajburiyatlarga 
egadirlar. Bunda ham m ajburiyatlar, asosan, ssuda beruvchiga tegishli 
bo'lib, bu m ajburiyatlarning u tomonidan bajarmasligi ssuda oluvchida 
m a ’lum huquqdarni vujudga keltiradi.
Ashyoni ssudaga topshirishda yana shunday holat ham borki, bu 
holat ssudaga topshirilayotgan ashyoga nisbatan uchinchi shaxslarning 
huquqlari bilan bog'liq.
Uchinchi shaxslar jumlasiga merosxo'rlar, ashyo garovga qo'yilgan 
bo'lsa, kreditorlar, servitut huquqi bo'yicha mol-mulkning bir qismidan 
fo y d alan ay o tg an bosh qa sh a x sla r va shu k a b ila r kiradi. Fuqarolik 
qonunchiligi talablariga binoan ashyoni, mol-mulkni tekinga foydalanishga 
topshirish unga nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlariga ta ’sir qilmaydi. 
Ashyoni, mol-mulkni tekin foydalanishga topshirayotganda ssuda beruvchi 
ssuda oluvchiga m ol-m ulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqi 
to'g'risida aytib, topshirishi lozim. Agarda ssuda beruvchi tomonidan bu 
h a ra k a t hilinmasa, ashyodan foydalanish mobaynida unga nisbatan ushbu 
huq uqlar mavjudligi aniqlansa va bu holat shartnom a bajarilishiga salbiy 
ta ’sir ko'rsatadigan bo'lsa, bunday holda ssuda beruvchi javobgar bo'ladi. 
Bunda ssuda oluvchi ssuda beruvchidan shartnom ani m uddatidan ilgari 
bekor qilishni va ko'rilgan haqiqiy zararni qoplashni talab qilishi mumkin. 
Y uqoridag i ho latlar, asosan, ssuda oluvchining h u h u q va qonuniy 
m anfaatlarini ko'zlab h ara k a td a bo'ladi. Lekin shartnom aning tekinga 
tuzilishi uning bir- tomonlama m ajburiyatlar belgilab tuzilishini bildirmaydi. 
S s u d a o lu v c h in in g h a m m o l-m u lk n i s a q la s h b o 'y ic h a b ir q a to r
m ajburiyatlari m avjuddir.
Xususan, FKning 623-moddasi mazmuniga ko'ra, ssuda oluvchi unga 
foydalanish uchun topshirilgan ashyoni normal holatda saqlashi shart. 
A g ar shartnom ada boshqacha holat nazarda tutilm agan bo'lsa, ssuda 
o luvchi ashyoni jo riy v a k a p ita l t a ’m irlashi, uni saqlash bo 'y ich a 
x a ra jatlarn i o'z hisobidan am alga oshirishi lozim. Bu norm a m ulkdor 
h u q u q larin i him oya qilishda m uh im rol o'yn ayd i va shartn om a bir


to m onlam a h a ra k te r d a b o iis h lig in i in k o r etadi. A shyoni tek in g a
foydalanishga topshirish ssuda oluvchida u yuzasidan ham m a harakatlarni 
amalga oshirishga olib kelmaydi. Ssuda oluvchi unga topshirilgan ashyodan 
sh artno m ada belgilangan sh a rtla rg a m uvofiq, ag a r sh artn o m ad a bu 
shartlar belgilanmagan bo'lsa, ashyoning vazifasiga muvofiq foydalanishga 
majburdir. Bu holat FKning 617-moddasi 2-qismiga binoan 545-moddaga 
h a v o la q ilin g a n b o 'lib , b u n d a a g a r s s u d a b e ru v c h in in g yozm a 
o g o h lan tirish ig a q aram ay , ssu d a oluvchi m o l-m u lk d an sh a rtn o m a
shartlariga yoki mol-mulkning vazifasiga nomuvofiq foydalansa, ssuda 
beruvchi shartnom ani m uddatidan ilgari bekor qilishni va zararning 
qoplanishini talab qilishga haqli. K eltirilgan zarar hajm ini aniqlashda 
fo y d a la n is h g a b e rilg a n m o l-m u lk n in g q iy m a ti, a h a m iy a ti, u n g a
yetkazilgan z a ra r m iqdori, nizo bo'yicha ssuda b eruvchining qilgan 
xarajatlari hisobga olinishi, aybning qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir 
etilganligi m uhim ahamiyatga egadir.
Ssuda oluvchining yana bir m ajburiyati ashyoning tasodifan nobud 
bo'lish yoki tasodifan buzilishi xavfi ostida javobgarlik uning zimmasida 
bo'lishidir. FK ning 624-moddasiga m uvofiq, quyidagi hollarda ushbu 
m ajb u riy at buzilishida javobgarlik ssuda oluvchi zim m asida bo'lishi 
ko'rsatilgan:
1) ashyodan shartnom aga yoki uning vazifasiga nomuvofiq holda 
foydalanishi natijasida ushbu xavf tug'ilsa yoki amalga oshirilgan bo'lsa;
2) ashyoni ssuda beruvchining roziligisiz uchinchi shaxsga berishi 
tufayli yuqoridagi hoi sodir bo'lsa;
3) garchi ssuda oluvchi o'z ashyosidan voz kechib, ssudaga berilgan 
ashyoning nobud bo'lishi yoki buzilishini b a rta ra f qilish im koniyatiga 
ega bo'lsa ham ashyoning tasodifan nobud bo'lish yoki tasodifan buzilish 
xavfi uning zimmasida bo'ladi.
Birinchi qismda ko'rsatilgan qoidalar m ulkka nisbatan xo'jasizlikning 
oldini olishga qaratilgan. Chunki shartnom a haq evaziga tuzilmaganligi 
uchun ssuda oluvchining ashyodan qaytarzda va tartibda foydalanishidan 
q at’iy nazar, h a r qanday holda ham foyda ko'rish imkoniyati bo'lganligi 
sababli, ssuda oluvchi ashyodan ssuda beruvchi m anfaatlariga zid holda 
foydalanishi xavfi ancha real va am aliyotda ko'p uchraydigan holdir. 
Shu m a’noda yuqoridagi norma ushbu holni b artaraf qilishga qaratilgan.
Ikkinchi norma ssuda beruvchining ashyo egasi sifatida uni tasarru f 
etish huquqini himoya qilishga qaratilgan.
F K ning 164-m oddasi, «O 'zbekiston R esp ublikasid a m u lk ch ilik
to'g'risida» gi qonunning 1-moddasi 2-qismiga muvofiq, m ulkdor o'ziga


tegishli mol-mulkka o'z ixtiyoriga ko'ra egalik qiladi, undan foydalanadi 
va tasarru f etadi. Shu Qonunning 1-moddasi 3-qismida m ulkdor o'ziga 
qarashli m ol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarru f 
etish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o'zi haqlidir, deyiladi.
A garda ssuda oluvchi yuqoridagi harakatni bajarsa, ya’ni mulkdor 
(ssuda beruvchi) roziligisiz uni (ashyoni) uchinchi shaxsga foydalanishga 
b ersa, b u n d a m ulk dorning y uqorida sanab o 'tilg an m u tlaq m ulkiy 
huquqlarini buzgan bo'ladi. Ikkinchidan, shu harakati natijasida ashyo 
buzilsa yoki nobud bo'lsa, ssuda oluvchi ssuda beruvchiga mulkiy zarar 
yetkazadi va m ulqdorning mulkiy huquqlariga jiddiy p u tu r yetkazadi 
(ham mulkiy, ham shaxsiy nomulkiy, ya’ni m a’naviy). Bu ham shartnoma 
m ajburiyatlarining bajarilmasligini bildiradi, chunki odatda shartnom a 
taraflarning manfaatlariga zid holda tuzilmaydi. Binobarin, ssuda oluvchining 
yuqoridagi harakatlari ssuda beruvchining m anfaatlariga ziddir va bu 
o'z-o'zidan ssuda beruvchida bir qator huquqlar vujudga keltiradi.
Yuqoridagiga m utanosib ravishda, quyidagi hollarda ssuda beruvchi 
ashyodan foydalanish natijasida uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlikni o'z zimmasiga oladi:
1) ag a rd a z a ra r ssuda oluvchi tom onidan yoki bu ashyo ssuda 
beruvchining roziligi bilan qo'liga tushib qolgan shaxslar tom onidan 
qasddan yoki qo'pol ehtiyotsizlik tufayli yetkazilganligini ssuda beruvchi 
isbotlay olmasa;
2) agar zarar ssuda beruvchining roziligisiz ssuda oluvchi ixtiyoridan 
chiqib ketgan ashyodan foydalanib yetkazilganligini ssuda beruvchi isbot 
qila olmasa.
Y uqoridagi h u q u q va m a jb u riy a tla r ssud a b e ru v c h i va ssuda 
oluvchining huquqiy m aqom ini belgilaydi va ssuda shartnom asining 
m azmunini ochib beradi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish