5. D avlat u y -jo y fo n d in in g b in ola rid a g i u y -jo y n i ijaraga o lish
sh a rtn om asi va u n in g m uddatlari
Davlat uy-joy fondining (munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq
m aqsadli kom m unal uy-joy fondi) binolaridagi uy-joyni ijaraga olish
shartnomasiga binoan bir tomon uy-joy mulkdori yoki vakolat bergan
shaxs (ijaraga beruvchi) ikkinchi tomonga (ijaraga oluvchiga) uy-joyni
haq evaziga u yerda yashash uchun uning egaligiga va foydalanishiga
berish majburiyatini oladi. Ijaraga olish shartnomasida tomonlaming huquq
va m ajburiyatlari ham da fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
boshqa sh artlar belgilab qo'yiladi. Ijaraga olish shartnom asida ijaraga
oluvchi bilan doimiy yashovchi fuqarolar ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Agar
shartnom ada ana sh u n d ay qay dlar ko'rsatilm agan taqdirda, bu n d ay
shaxslarni ko'chirib kelish fuqarolik qonun hujjatlarida va O'zbekiston
R esp ub lik asi U y -jo y k od ek sin in g 5 8 -m o dd asid a n a z a rd a tu tilg a n
qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
M unitsipal, idoraviy uy-joy fondining aniq maqsadli kom m unal
uy-joy fondining binolaridagi uy-joyni ijaraga olish shartnom asining
obyekti bo'lib fuqarolarning yashashlari uchun yaroqli bo'lgan alohida
uy-joy binosi yoki k vartiralar hisoblanadi.
Shuni alohida t a ’kidlash lozimki, xonaning bir qismi yoki b itta
um um iy kirish joyi bilan bog'langan xona (tutash xonalar), shuningdek,
yordamchi xonalar (oshxona, yo'lak, hujra va shu kabilar) ijaraga olish
shartnomasining m ustaqil obyekti bo'la olmaydi.
K o'p kv artirali uy-joy binosidagi uy-joyni oluvchi ana shu uy-
joydan foydalanish bilan b ir qatorda, um um iy foydalanishdagi mol-
m ulkdan (xona tashqarisida yoki ichkarisida joylashgan ham da bir necha
xonadonlarga xizmat ko'rsatuvchi ko'tarilish joylari, zinapoyalar, liftlar,
tom , ch iqindilar to 'p la n a d ig a n xona, sh uningdek, m exanik, elek tr,
s a n ita riy a - te x n ik a va b in o n in g b o sh q a m u h a n d islik q u rilm a la ri,
belgilangan doiralardagi dov-daraxtlar va boshqa qulayliklarga ega bo'lgan
y er uchastkalari, shuningdek, ko'p kvartirali uy-joy binolaridagi ko'chmas
mulkning yagona kompleksiga xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan boshqa
obyektlardan) foydalanish huquqiga ega bo'lib hisoblanadi.
U y-joyni ija rag a olish sh artn o m asi m ahalliy dav lat hokim iyati
organlari, davlat korxonalari, m uassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat
b erg an org an lar bilan uy-joyni olayotgan fuq arolar o'rtasida qonun
hujjatlarida belgilangan tartibd a yozma shaklda tuziladi. Uy-joyni ijaraga
olish shartnom asining yozma shaklda bo'lishiga rioya qilmaslik pirovard-
natijada shartnom a haqiqiy em as deb topilishi uchun asos bo'ladi.
Ijaraga olish shartnom asiga binoan egallab turilgan uy-joyga bo'lgan
m ulk huquqining boshqa shaxsga o'tishi shartnomaning o'zgartirilishiga
yoki bekor bo'lishiga olib kelmaydi. Bunday paytda yangi m ulkdor ilgari
tuzilgan uy-joyni ijaraga olish shartnom asi sh artlari asosida ijaraga
beruvchi bo'lib qoladi.
M unitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kom m unal uy-
joy fondining binolaridagi uy-joyni ijaraga olish tipovoy shartnom asi
to'g'risidagi nizom Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi. M azkur turdagi shartnom a uzog'i bilan besh yil m uddatga
tuziladi. Agar shartnom ani tuzish vaqtida tomonlar shartnom aning amal
qilish m uddatini aniq qilib ko'rsatm agan bo'lsalar, aynan shu tuzilgan
uy-joyni ijaraga olish shartnom asi besh yil m u d d atg a tuzilgan deb
hisoblanadi.
Shuning bilan bir qatorda, uy-joyni ijaraga berish shartnom asi qisqa
m uddatga ham tuzilishi mumkin. Bir yilgacha m uddatga tuzilgan uy-joy
shartnomasi qisqa m uddatli shartnom a bo'lib hisoblanadi.
Uy-joy ijarasi shartnom asining belgilangan m u d d ati tu g ash ig a
qaram asdan, ijaraga beruvchi tom onidan uy-joyni ijaraga oluvchiga
nisbatan hech qanday talab va e ’tirozlar bildirilmagan taqdirda, shartnom a
qayta tuzilgan deb hisoblanadi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kom m unal uy-
joy fondidagi binolardan turar-joyni ijaraga oluvchilar uchun turar-jo y
maydonining normasi O'zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida
belgilangan turar-joy normasiga muvofiq belgilanadi, lekin u bir kishiga
9 kvadrat m etrdan kam bo'lmasligi kerak.
O 'zbekiston R espublikasi V azirlar M ahkam asining 1994-yil 28-
iyundagi «Davlat uy-jo y fondi xususiylashtirilishi m unosabati bilan
norm ativ hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida »gi 325-sonli qaroriga 1-ilova,
«O'zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to'g'risida»gi Nizom
talablariga ko'ra fuqarolarning ayrim toifalariga norm adan ortiqcha tu ra r-
joy maydoni bir xona sifatida yoki 10 kvad rat m etr hajm dagi qo'shim cha
turar-joy maydoni beriladi. Qo'shimcha tu rar-jo y maydoni berish tartibi
va sh artlari, shuningdek, uni olish h u q u q ig a ega bo'lgan fu q aro lar
toifalarining ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tom onidan
belgilanadi.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining binosidagi uy-joy olish
huquqiga ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam t a ’minlangan toifadagi,
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va uy-joy olish uchun hisobda
turgan fuqarolar egadirlar, y a’ni:
— 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan
shaxslar va baynalminal jangchilar;
— zaxiraga yoki iste’foga chiqqan zobitlar va m uddatdan tashqari
xizmat harbiy xizmatchilari;
— O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan
ro'yxat bo'yicha surunkali kasalliklarning og'ir ko'rinishlariga duchor
bo'lgan fuqarolar;
— o'n olti yoshga to'lmagan, yetti va undan ortiq bolalari bo'lgan
ko'p bolali oilalar;
— halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
— ota-onasiz, o 'n olti yoshga to 'lg an , hom iylikka (vasiylikka)
olinmagan yetim bolalar;
— yetim bolalarni homiylikka (vasiylikka) olgan oilalar;
— boquvchisini yo'qotgan, uch va undan ortiq m ehnatga layoqatsiz
oila a ’zolari bo'lgan oilalar;
— I va II g u ru h nogironlari,
— keksa va yolg'iz pensionerlar;
— nogiron bolalari bo'lgan oilalar;
— birinchi m arta oila qurgan yoshlar, agar ikkala tomon yashab
tu rg an joyda ular uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb e ’tirof
etilsalar.
B u n d a y s h a x sla rn i h isobga olish m ah a lliy d a v la t h o k im iy ati
organlarida amalga oshiriladi. Shuningdek, uy-joy fondiga ega bo'lgan
va uy-joy qurilishini olib boruvchi yoki uy-joy qurilishida ulush bilan
q a tn a sh u v c h i d a v la t korxon alarid a, m u assasalarida, tash k ilo tlarid a
yashovchi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga m uhtoj fuqarolarni hisobga
olish ish joyida, ularning xohishiga ko'ra esa, yashash joyida ham amalga
oshiriladi. Shu o 'rin da yana bir holatni alohida t a ’kidlab o'tish lozim
bo'ladi. Yuqorida q ay d qilib o'tilganlar bilan teng holatda pensiyaga
c h iq is h i m u n o s a b a ti u s h b u k o r x o n a la r d a n , m u a s s a s a la r d a n ,
tashkilotlardan ishdan ketgan fuqarolar, shuningdek, ishlab chiqarishdagi
baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan shaxsning oila a ’zolari,
ular ushbu korxona, muassasa va tashkilotda ishlashidan q a t’iy nazar,
uning ish joyida hisobga olinadilar. Oila a ’zosining hisobga olinishi oila
boshqa a ’zolarining, u larn in g xohishiga k o 'ra, o'z ish joyida u y -jo y
sharoitlarini yaxshilashga m uhtojlar hisobida turishiga to'sqinlik qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |