ulushini boshqa shaxsga berishga, shuningdek b u ulushning kvartiraga
bo'lgan m ulk huquqidan alohida tarzda boshqa shaxsga o'tishiga olib
keluvchi o'zga harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
S h u o'rinda yana bir holatni eslatib o'tish joiz bo'ladiki, bund a
qonunchilik mulkchilik turlarining o'zgarishi m unosabati bilan uy-joyga
nisbatan egalik huquqi ham o'zgarishi mumkinligini nazarda tutadi. Qaysiki
bu: dav lat korxonalari, m uassasalari va tashkilotlarini mulkchilikning
boshqa shakliga o'tkazish yoki tugatish chog'ida ularning to'la xo'jalik
y u ritish id a yoki operativ b oshqaruvida bo'lgan
uy -jo y fondi u sh b u
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar huquqiy vorislarining (agar ular
qonun talablariga ko'ra aniqlangan bo'lsalar), boshqa yuridik shaxslarning
to'la xo'jalik yuritishiga yoki operativ boshqaruviga yoxud belgilangan
tartib d a fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jum ladan, uy-
joyni xususiylashtirish huquqini saqlab qolgan holda m ahalliy davlat
hokimiyati organlarining yuritishiga o'tkazilishi lozim. Bunday holatlarda
uy-joyning yangi egasi ilgari tuzilgan ijara shartnom asi shartlari asosida
aynan shu uy-joyni ijaraga beruvchiga aylanadi.
D avlat uy-joy fondiga qarashli uylardagi
uy-joy binolari uy-joy
sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga ijara shartnomasi
bo'yicha uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun tuzilgan m avjud navbatga
m uvofiq, m ahalliy davlat hokim iyati o rganlarining q aroriga binoan
beriladi.
Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga uy-joy
berish tartibi va imtiyozlar ro'yxatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
M ahkam asi belgilaydi. Uy-joy berishning bunday tartibga solinishi aynan
shu sohada adolat prinsi p lan n in g yan ad a m u stahkam lan ishini to'la
ta ’minlaydi.
Shaxsga xususiy mulk sifatida qarashli bo'lgan uy,
kvartirani ijaraga
olish shartnomasining shartlari taraflarning o'zaro kelishuviga muvofiq
belgilanadi.
Uy-joy binosini ijaraga olish huquqi davlat uy-joy fondiga qarashli
uylardan qonun hujjatlarida belgilangan uy-joy m aydonining ijtimoiy
normasi doirasida uy-joy binolarini oluvchi fuqarolarga beriladi.
Davlat uy-joy fondiga qarashli uylarda ijara shartnom asi bo'yicha
yashovchi fuqarolarning bu uylarda yashaydigan boshqa fuqarolar ko'chib
ketgan taqdirda uy-joy binosini egallab tu rg an m aydonidan q a t’iy nazar,
ijaraga olish huquqi saqlanadi. Fuqarolarda esa uy-joyni bergan davlat
hokim iyati organlariga yoki k orxonalar, m uassasalar, tashk ilotlarg a
ijtimoiy norm adan ortiqcha m aydonga ega bo'lgan
uy-joy binolarini
ijtimoiy norma doirasidagi uy-joy binolariga almashtirib berish to'g'risida
iltimos bilan m urojaat qilish huquqi saqlanib qolinadi.
Uy-joy binolarini ijaraga olish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati
organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari tom onidan uy-
joy m aydoni oluvchi fuqarolar bilan qonun h u jjatlarida belgilangan
tartibda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: