1898-yili Andijonda(Qatorterak) tug’ildi. Dastlabki ta’limni o’z mahallasidagi maktabda oldi. Qur’oni Karimni yod oladi. 1912-1914-yillarda rus-tuzem maktabiga o’qishga kiradi. Shu vaqtda “Tarjimon” gazetasi va “Oyna” jurnaliga xabar va she’rlar yo’llab turdi. 1914-yilda uning Toshkaentga vaqtincha ko’chib kelib , “Sadoyi Turkiston” gazetasining muharriri Ubaydulla Xo’jayev va shu gazetaning mutasaddilaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov bilan uchrashuvi uning keyingi taqdiriga katta ta’sir ko’rsatdi.
Cho’lpon “Sadoyi Turkiston” gazetasida o’zining “Turkistonli qardoshlarimizga” she’ri, “Qurboni jaholat” va “Do’xtur Muhammadyor” hikoyalarini, “Yozg’uvchilarimizga” va “Adabiyot nadur” maqolalarini e’lon qildi.
Cho’lpon “Sadoyi Turkiston” gazetasida o’zining “Turkistonli qardoshlarimizga” she’ri, “Qurboni jaholat” va “Do’xtur Muhammadyor” hikoyalarini, “Yozg’uvchilarimizga” va “Adabiyot nadur” maqolalarini e’lon qildi.
Siyosiy idoralarning doimiy ta’qibi va tazyiqi, bolshevik tadqidchilarning esa zaharli “qamchi”si ostida yashagan Cho’lpon umrining so’nggi yillarida siyosatdan uzoqda turishga qanchalik harakat qilmasin, 1937-yilning vahshiy to’lqini uni ham o’z qa’riga tortdi. Endigina 40 yoshga to’lgan Cho’lpon 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda otib tashlandi.
Cho’lpon Shekspirning “Hamlet”, Pushkinning “Boris Godunov” va “Dubrovskiy”, Gogolning “Tergovchi”, Andreyevning “Osilgan yetti kishining hikoyasi”, Gorkiyning “Yegor Bulichev va boshqalar”, “Ona” kabi ko’plab asarlarni tarjima qilgan.