Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


S h a r tn o m a n in g bekor bo'lishi



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

3. S h a r tn o m a n in g bekor bo'lishi.
S h a rtn om a sh artla rin i o'zgartirish tartibi
FKning 630-moddasi m azmuniga ko'ra, shartnom ada boshqacha tartib 
nazarda tutilm agan bo'lsa, ssuda oluvchi fuqaro vafot etgan yoki ssuda 
oluvchi yuridik shaxs tugatilgan hollarda tekin foydalanish shartnomasi 
bekor boiadi.
Ayni paytda shartnom a m uddatidan ilgari tugatilishi, bekor boiishi 
ham mumkin.
FKning 627-moddasida shartnomaning m uddatidan ilgari bekor bo'lish


asoslari k eltirilg a n bo‘lib, u la r ssud a b e ru v c h in in g tala b ig a k o ‘ra, 
quyidagilardir.
Agar ssuda oluvchi:
1) a sh y o d an sh a rtn o m a g a yoki ashy o n in g v azifasig a m uvofiq 
foydalanmasa;
2) ashyoni soz holda saqlash va uni asrash m ajburiyatini bajarmasa;
3) ashyoning holatini ancha yomonlashtirsa;
4) ssuda beruvchining roziligisiz ashyoni uchinchi shaxsga bergan 
bo'lsa.
U shbu asoslar bo'yicha ssuda beruvchi shartnom ani m uddatidan 
ilgari bekor etishni talab qilishi mumkin.
A sh y o d a n s h a rtn o m a g a yo k i a sh y o n in g v a z ifa s ig a m u v o fiq
foydalanilmasligi deganda, ashyodan foydalanish tartibi va qoidalariga, 
u n d a n foydalanish m aq sad larig a rioya qilm agan yoki zid rav ish d a 
foydalanish tushuniladi. B unday foydalanish natijasida ashyo buziladi 
yoki buzilish xavfi vujudga keladi.
Ssuda oluvchi ashyoni norm al yeyilishini hisobga olgan holda soz 
saqlashi va uni zararli ta ’sirdan yoki tajovuzdan asrashi lozim. Ssuda 
oluvchining ushbu m ajburiyatni bajarmasligi ssuda beruvchining mulkiy 
huquqlariga p u tu r yetkazadi va bu unga moddiy zarar keltirishi mumkin.
Ashyoning holati ancha yom onlashtirilishi ashyodan foydalanish 
davrida uni kapital ta ’mirlamaslik, joriy ta ’mirlamaslik va tashqi zararli 
ta ’sirdan asram aslik natijasida kelib chiqadigan salbiy holat bo'lib, bu 
yerda ashyoning normal yeyilishi, dastlabki holati e ’tiborga olinib, baho 
beriladi.
Ssuda beruvchi shartnom a m unosabatlarida ashyoning m ulqdori 
sifatida qatnashib, uning egalik huquqi, m ulkiy huquqlari himoya qilinadi.
Ssuda oluvchining ashyoni ssu d a b e ru v c h i roziligisiz uchinchi 
s h a x sla rg a b e rish i, y u q o rid a a y tg a n im iz d e k , ssu d a b e ru v c h in in g
«Mulkchilik to‘g ‘risida»gi qonunning 1-moddasida belgilangan huquqlari 
buzilishiga olib keladi va unda FKning 231-moddasida belgilangan tartibda 
o'z h u q u q la rin i him oya qilish h u q u q i, ayn i p a y td a , s h a rtn o m a n i 
m udsatidan ilgari bekor qilish yo'li bilan o'z huquqlari buzilishini bartaraf 
qilish huquqi paydo bo'ladi.
Ssuda oluvchi ham shartnom ani quyidagi hollarda m uddatidan ilgari 
bekor qilishni talab etishga haqlidir:
1) 
a s h y o d a n norm al fo y d a la n ish m u m k in b o 'lm a y d ig a n yoki 
qiyinlashtiradigan nuqsonlarni aniqlagan va bu nuqsonlar haqida shartnom a 
tuzilayotganida bilmagan yoki bilishi m um kin bo'lmagan taqdirda;


2) ag ar ashyo uning aybisiz foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolsa;
3) sh a rtn o m a tuzilayotgan v aq td a u ssuda beruvchi tom onidan 
a s h y o g a n is b a ta n u c h in c h i s h a x s la rn in g h u q u q la r i to 'g 'r i s id a
ogohlantirilm agan bo'lsa;
4) ssuda ber uvchi ashyodan foydalanishda zaru r bo'ladigan mansub 
ashyolarni va tegishli h u jjatlarn i berish m ajburiyatini bajarm agan bo'lsa.
H ar ikki tarafning ssuda shartnomasini bekor qilishga bo'lgan talabi 
o'zaro nizoni tinch yo'l bilan hal qilish orqali yoki shartnom ani bekor 
qilib berishni so'rab sudga m urojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
X uddi shuningdek, shartnom a shartlarini o'zgartirish masalasi ham
taraflarn in g o'zaro kelishuvi asosida hal qilinadi. Shartnom ani bekor 
qilish tartib i FK ning 384-moddasida belgilab qo'yilganidek, ag ar qonun 
h u jjatlarid a, shartn o m ad a yoki ish m uomalasi odatlarida boshqacha 
tartib belgilanm agan bo'lsa, sh artno-m a qanday shaklda tuzilgan bo'lsa, 
shunday shaklda o'zgartiriladi. Ssuda shartnom asi odatda yozma shaklda 
tuziladi, chunki am aliyotda ssuda shartnom asi ko'p hollarda yuridik 
shaxslar o'rtasid a yoki yuridik shaxslar bilan fuqarolar o'rtasida vujudga 
keladi. S hu sababli shartnom aga o'zgartirish kiritish ham yozma shaklda 
bo'ladi. T a ra fla r tom onidan v akolat berilgan ikki vakil shartnom ani 
o'zgartiray otgan d a, sh artn o m a m atnini qo'shim cha va o'zgartirishlar 
bilan y a n g y d a n tuzib, tasd iq lash i yoki sh a rtn o m a g a o'zg artirish lar 
kiritilganligi to 'g 'risid a yangi kelishuv tuzib, uni shartnom aga ilova 
qilishlari m um kin. O 'zg artirish lar to'grisidagi h u jja tla rn i ta ra fla r o'z 
imzolari va m uhrlari bilan tasdiqlashlari zarur.
A garda ush bu m asala tara fla r o'rtasida o'zaro kelishuv bilan hal 
etilishi m um kin bo'lmasa, y a ’ni taraflardan biri shartnom a shartlarini 
o'zgartirishni rad etsa yo taklifni qonunda yoki shartnom ada ko'rsatilgan 
m u ddat ichida asossiz javobsiz qoldirsa, m anfaatdor taraf shartnom ani 
o'zgartirish talabini sudga taqdim etishga haqli.
Shuningdek, qonunchilik b a ’zan shartno m ad an m u d d atidan ilgari 
voz kechishni h am norm alaydi. FK ning 617-m oddasi u sh b u holatni 
5 4 0 -m o d d a g a hav o la qiladi. U sh b u m o dd aga va 6 2 8 -m odda-nin g 
ta la b la rig a k o 'ra , q u y id a g i h o lla rd a s h a rtn o m a d a n voz kechilishi 
m um kin:
1) shartnom ada ashyodan tekin foydalanish m udsati belgilanmagan 
va bu haqsa xabar qilishning boshqa m uddati nazarda tutilm agan bo'lsa, 
h a r qaysi taraf ikkinchi tarafni bir oy oldin (ko'chmas m ulklar bo'yicha
3 oy) xabardor qilib, shartnom adan xohlagan paytda;
2) shartnom ada boshqacha hoi belgilanmagan bo'lsa, ssuda oluvchi


m uddati ko'rsatib tuzilgan shartnom adan ssuda beruvchini bir oy oldin 
(ko'chmas m ulklar bo'yicha 3 oy) xabardor qilib, shartnom adan xohlagan 
paytda voz kechishi mumkin. M azkur huquq tekin foydalanish shartnomasi 
ssuda oluvchiga nisbatan m anfaatlar belgilanganligi uch u n ham unga 
tegishlidir.
Voz kechish sh artn om alarn i b eko r qilishning b ir shakli b o iib , 
ta r a fla r o 'rta sid a g i h u q u q va m a jb u riy a tla rn in g tu g a tilish ig a olib 
keladi.



Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish