Umumta'lim maktablarini darsliklar
va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash
tartibi to'g'risidagi nizomga
6-ilova
DARSLIKLARNI IJARAGA BERISH TO’G’RISIDA
SHARTNOMA
Toshloq tumani 2022-yil “____” sentabr
Bir tomonidan Toshloq tumani 4-o’rta ta’lim maktabi nomidan ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiluvchi maktab direktori I.Tursunov shaxsida hamda ikkinchi tomondan ta'lim o’zbek tilida olib boriladigan 3-sinf o'quvchisining ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxs yoxud homiy, bundan bundan buyon matnda “Ijaraga oluvchi” deb yuritiluvchi _______________________________________________________ mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Ijaraga beruvchi, 2022/2022o'quv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur Shartnomaning
1.2-bandida ko'rsatib o'tilgan darsliklar to'plamini Ijaraga oluvchiga beradi, Ijaraga oluvchi esa, mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida ko'rsatilgan miqdorda va muddatlarda ijara to'lovini to'lash va 2023-yil
5-maygacha darsliklar to'plamini foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti bo'lgan darsliklar to'plami Ijaraga oluvchiga foydalanishga
yaroqli holatda quyidagi nomlarda 1 nusxadan beriladi:
1. Rus tili 7.Tarbiya 13.Ingliz tili daftari
2.Matematika 8.Tasviriy san’at 14.Tabiiy fanlar daftari
3.Tabiiy fan 9.Yozuv daftari 15.Ona tili va o’qish savodxonligi (1-qism)
4.Ingliz tili 10.Matematika daftari 16.Ona tili va o’qish savodxonligi (2-qism)
5.Texnologiya 11.Musiqa daftari 17.Ona tili mashq daftari
6.Musiqa 12.Texnologiya daftari
II. IJARA TO'LOVINI TO'LASH TARTIBI VA MUDDATLARI
2.1. Mazkur Shartnomaning 1.2-bandida ko'rsatib o'tilgan darsliklar to'plamidan foydalanganlik uchun
Ijaraga oluvchi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg'armasi Vasiylik kengashi tomonidan 2022/2023-o'quv yiliga jami ____________ so'm miqdorida belgilangan ijara to'lovini Ijaraga beruvchiga to'laydi.
2.2. Ijara to'lovi mablag'lari to'liq hajmda joriy o'quv yilining 30 sentyabrdan kechiktirmagan holda to'lanadi.
Ijaraga oluvchi pul mablag'lari vaqtinchalik yo'qligi sababli, ijara to'lovi muddatini uzaytirish to'g'risida umumta'lim maktabi ma'muriyatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda ijara to'lovi muddati umumta'lim maktabi vasiylik kengashi qarori va direktor buyrug'i bilan uzaytiriladi. Ijara to'lovi muddati uzaytirilgan taqdirda, mazkur to'lovning 50 foizi joriy yilning 30 sentyabrigacha, qolgan qismi esa, 30 noyabrgacha to'lanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |