Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotda diaxron va sinxron aspektda ish yuritilib, tavsifiy, analiz, sintez, qiyosiy-tarixiy, tranformatsion generativ metodlardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotda dariy tilining fonetika, morfologiya sohalarining shakllanishi ko‘rsatib berilgan va tahlil qilingan. Yaqin kunlargacha fors tilining bir lahjasi deb qaralgan dariy tilining mustaqil til sifatida o‘z grammatik nazariyasiga egaligi mavjud adabiyotlar asosida dalillangan. Tadqiqot materiallari dariy tili grammatikasiga oid monografiya yaratishga asos bo‘ladi. Ishdagi dalillar va xulosalardan dariy tili bo‘yicha maxsus kurs, nazariy grammatika fanlarini o‘qitishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot kirish, uch bob va har bir bob so‘nggida shu bob yuzasidan xulosa, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 74 bet.
I BOB. XX ASRGACHA BO‘LGAN DAVRDA YARATILGAN GRAMMATIK ASARLAR
1. XX asrgacha bo‘lgan davrda yaratilgan lug‘atlardagi grammatikaga oid fikrlar
Yangi fors tilini tavsiflash dastlab faqat leksikografik yo‘nalishda amalga oshirilgan. Albatta, bunda arab lug‘atchiligining ta’siri seziladi. Unda nafaqat arab lug‘atchiligining qolipi, balki arabcha lingvistik terminlardan foydalanilgan. Lug‘atlarda faqat leksika emas, balki grammatika va hatto fonetika bo‘yicha ham ma’lumotlar keltirilgan. Bu lug‘atlar fors tilida فرهنگ farhang nomi bilan atalgan. O‘sha vaqtlarda grammatika atamasi mavjud bo‘lmagan, lug‘atlar ona tilini bilish uchun yagona manba bo‘lgan.
O‘zbekistonlik mashhur olim professor A. Quronbekovning “Fors tili leksikologiyasi” kitobida akademik K.G. Zaleman “معیار جمالی” Me’yār-e jamāli (“Jamol me’yori”) lug‘ati haqida yozgan maqolasida 161 ta izohli lug‘at, S.I. Bayevskiy esa “Ранняя персидская лексикография” (“Ilk fors lug‘atchiligi”) kitobida 99 ta ilk o‘rta asr forscha lug‘atlar haqida ma’lumot berganligi32, Eronlik olim S. Nafisiy “فرهنگنامه فارسی” Farhang-e fārsi (“Forscha lug‘at”) lug‘atining so‘z boshida 202 ta izohli lug‘at nomini keltirib o‘tganligini, eronlik olim Dabir Siyoqiynig “فرهنگ فارسی به فارسی” Farhang-e fārsi be fārsi (“Fors tilidan fors tiliga lug‘at”) kitobida 172 forscha, 97 forscha va boshqa tillar bilan va 102 “Istilohlar” (Terminologiya) lug‘atlari haqida ma’lumot keltirilganligi ta’kidlanadi33.
Grammatikaga oid qarashlar dastlab lug‘atlarda berila boshlagan. Mualliflar lug‘at tuzish bilan birga tilning o‘ziga xos jihatlariga izoh bera boshlaganlari sababli keyinchalik lug‘atlar sof grammatik asarlarning vujudga kelishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan.
Fors-dariy lug‘atchiligi tarixi uch davrga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |