Mostağrağ – ğarq šoda
“Cho‘kmoq – g‘arq bo‘lmoq”
Kasb bildiruvchi so‘zlar ham shu usul bilan izohlangan. Bunday hollarda muallif turli grammatik iboralardan foydalangan:
مذهب - زرگررا نامند
Mozahheb – zargarrā nāmand
“Zarhallovchi – zargar”
مبارز- پهلوان را نامند
Mobārez – pahlavānrā nāmand
“Qahramon – pahlavon”
Qisqa tavsif usuli yer, makon, joyni bildiruvchi so‘zlarning izohlarida ham qo‘llangan:
موقع – جای واقع، حلوت جای بیکس
Mavqe’ – jāy-e vāqe’, helvat jāy-e bêkas
“Joylashgan joy – kimsasiz hilvat yer”
Atoqli otlarning ma’nolari ham lug‘atda qisqa tavsif bilan ochib berilgan:
بیرجس – نام مشتری
Birjes – nām-e Moštariy
“miYupiter sayyorasining no”
3. Ko‘p ma’noli so‘zlarni izohlash usullari.
Lug‘atda ko‘p ma’noli so‘zlar juda ko‘p. Ma’lumki, tilda ko‘p ma’noli so‘zlarning paydo bo‘lishiga ko‘p hollarda shoirlarning ijodi sabab bo‘ladi. Buni fors she’riyati misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Unda tarkir39, kinoyat40, tashbih41, jinos42, iyhom43 kabi yana yuzlab she’riy san’at usullari qo‘llangan. Natijada fors tilida ular qo‘llagan ko‘p so‘zlar yangi ko‘chma ma’nolarda qo‘llana borgan.
So‘zlarning ko‘chma ma’nolari narsalarning tashqi xususiyatlari, belgilari rang yoki funksiyasi kabi belgilari bilan o‘xshashligidan kelib chiqadi. Masalan, مهد mahd so‘zi ikkiگهواره gahvāra “beshik” va “tobut” ma’noda berilgan.
Rang o‘xshashligi orqaliمینا minā so‘zi ikki ma’noda qo‘llangan: minā – asl ma’nosi “shisha”, ko‘chma ma’nosi esa “osmon”, “ko‘k”.
4. So‘zlarning ma’nosi tasdig‘i uchun namunalar.
Lug‘atda izohlanayotgan so‘zning avval o‘qilishi yuqorida ko‘rsatilayotgan fonetik va grammatik qaydlar bilan ko‘rsatilib, ularning ma’nolari mumkin qadar ixcham izohlangach, so‘zning ma’no tasdig‘i uchun bir bayt she’r namuna sifatida berilgan.
Agar so‘zning boshqa ma’nolari ham bo‘lsa, birinchi illyustratsiyadan so‘ng, yana izoh keladi, she’riy misol ham berilishi mumkin. Illyustrativ baytlar Rudakiy, Firdavsiy, Asadi Tusiy, Farruxiy, Nizomiy kabi yuzlab shoirlarning she’rlaridan olingan.
Fors tilida yozilgan leksikografiya haqida gapirar ekanmiz, ikki tilli lug‘atlarning fors tili rivojiga ko‘rsatgan ta’siri haqida aytmaslikning iloji yo‘q. Fors tilining taraqqiy etishida arabcha-forscha va forscha-turkiycha lug‘atlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Bunday lug‘atlarni tuzish an’anasi XI va XV asrlardan hozirga qadar davom etib kelmoqda. Rus eronshunos olimi professor L.S. Peysikov: “Asosiy muhim holat – XI asrdan boshlab har yuzyillikda yaratilgan yodgorliklarning bizgacha yetib kelganligidir44”, deb aytgan edi.
XIII asrda O‘rta Osiyoda “سوراخ” Surâx (“Teshik”) kitobi yaratilgan. Mutaxassislar ushbu kitobni mashhur olim Abu Nasr Hammad Javhariyning “صیحح” Sihah (“Sahih”) lug‘atining qayta yozilgani deb hisoblaydilar. “صیحح” (“Sihah”) kitobida birinchi marta so‘zlar alifbo tartibida berilgan. “محزیب الاسماء” Muhzib al-asma (“Benuqson otlar”) kitobida otlar va yuklamalar haqida yozilgan. Abu Nasr Farahiyning “نیصب السبین” Nisab as-sabiyan (“Bolalarning o‘qish asoslari”) kitobi arab tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan arabcha-forscha lug‘at bo‘lib, XX asrgacha Eron, Hindiston, Turkiya va O‘rta Osiyoda keng qo‘llanilgan.
XIV asrda yaratilgan lug‘atlar: “السیرح من الصیحح” As-sirax min as-sihah (“To‘g‘ri mulohazalardan yorqin fikr”), XIV asr o‘rtalarida Hilmandda yaratilgan Muhammad bin Abdulla bin Ma’rufning “قنز اللغت” Qanz al-loğat (“So‘zlar xazinasi”) kitobi hajm jihatdan eng katta lug‘at bo‘lib, unda masdarlar va ularning yasalishlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Eronlik olimlar fors tili grammatikasini islom dunyosi fathigacha o‘rganganlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Qadimgi hindiy tili – sanskrit tili grammatikasi haqida yozilgan Paninining asariga o‘xshash qadimgi va o‘rta fors tili grammatikasi haqida yozilgan biror asar bizga ma’lum emas.
Mashhur tilshunos Mehri Boqiriy Eronning Ray shahridan chiqqan Shamsidddin Muhammad bin Qays Roziyning “کتاب المعجم فی معایر اشعار العجم” Kitab al-mo’ajjam fi ma’āyyir-e aš’ār al-‘ajam (“Fors tilidagi she’rlar hajmining izohi haqidagi kitob”) deb nomlangan kitobini birinchi eski fors tili haqidagi kitob deb hisoblaydi45. Bu kitob XIII asr boshlarida arab tilida yozilgan bo‘lib, unda morfologiya, so‘z yasalishi, aruz masalasi, qofiya, ritorika, masdar va yuklamalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Yuqorida aytilganidek, XIII – XVI asrlarda Hindistonda fors tiliga qiziqish katta bo‘lgan. XVI asrda Dehli sultonligida rasman adabiyot tili fors tili bo‘lganligi fikrimizning isbotidir. Hatto shu davrdan boshlab Mo‘g‘ul imperiyasida Abdurashidxon davrida ham saroy tili maqomini olgan hamda bu tilda ko‘plab lug‘atlar yaratilgan.
Bunday lug‘atlardan eng yaxshilari, kengroq aytganda o‘zida mazmundor muqaddimani, fors tili fonetikasi, grammatikasi, leksikasi va so‘z yasalishi haqidagi ma’lumotlarni jamlagan lug‘atlar – bular Husayn Injuning “فرهنگ جهانگیری” Farhang-e Jahāngiri (“Jahongir lug‘ati”) va Muhammad Husayn ibn Halaf Tabriziyning “برهان قاطع” Burhān-e qâte’ (“Qat’iy dalil”) kitoblaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |