Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti dariy-ingliz guruhi talabasi imomov abduaziz



Download 306,5 Kb.
bet8/15
Sana20.07.2022
Hajmi306,5 Kb.
#831204
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Imomov Abduaziz

2. “فرهنگ رشیدی” Farhang-e Rašidi lug‘ati maqolalari grammatik asar namunasi sifatida

“فرهنگ رشیدی” Farhang-e Rašidi (“Rashidiy lug‘ati”) lug‘ati maqolalarining tahlili bu lug‘atning tuzulish usullarini aniqlashga imkon beradi. Lug‘at maqolalarining umumiy tuzilishi quyidagicha:



  1. So‘z boshi.

  2. So‘zni to‘g‘ri o‘qish uchun fonetik qaydlar.

  3. Grammatik qaydlar.

  4. Etimologik ma’lumot.

  5. So‘zning ma’nolari.

  6. Iqtiboslar.

Lug‘atning so‘z boshida avval forscha, so‘ng arabcha va turkiycha so‘zlar keltirilgan. Grammatik jihatdan so‘zlar hamma so‘z turkumlarini qamrab olgan. Arabcha va turkiycha so‘zlar bundan mustasno, chunki bunday so‘zlar fors tilida, ayniqsa fe’l negizida kelmaydi.
Fonetik qaydlar qismida so‘zlar birinchi harfi bo‘yicha arab alifbosi tartibida kelgan va har bir harf bilan boshlangan so‘zlar birgalikda “bob” deb nomlangan. ب be va پ pe, ج jim va چ če, ک kāf va گ gāf harflari bilan boshlangan so‘zlar ب be, ج jim, ک kāf boblariga joylashtirilgan, shuning uchun lug‘at yigirma besh bobdan iborat. So‘zlar - harakatlarsiz. Ammo uni to‘g‘ri o‘qish uchun lug‘atning kirish qismida berilgan qoidalarga rioya qilish kerak. Quyida qoidalar keltirilgan:

  1. Fatha o‘rnida alif yozilgan: turkiycha so‘zlarda ingichka, forscha so‘zlarda ā tovushini ifodalaydi. Hozirgi o‘zbek alifbosida ushbu turkiycha va forscha so‘zlarning har ikkalasi bir xil yozilsa ham talaffuzda farqlanadi. Bu farqni čārpā va čapan so‘zlarida sezish mumkin.

  2. Damma o‘rnida و harfi kelgan turkiycha so‘zlarda و tovushi u, ô tovushlarini ifodalaydi: tôpuq, qurum.

  3. Kasra o‘rnida ی harfi kelib, šir va šêr so‘zlaridagi kabi i, ê tovushlarini ifodalaydi.

Shuningdek, turkiycha so‘zlarda unlilar harf ustida yoki ostiga yoziladigan belgilar qatori alifbo harflari bilan yozilishi kerak.
Forsi-ye dariy tilidagi unli tovushlar sistemasini “فرهنگ رشیدی” lug‘atidagi yuqorida ko‘rsatib o‘tganlarimiz – fonetik ishoralar to‘la va aniq ifodalab bera olmaydi, albatta. Bu ishoralar misollarda ko‘rsatganimizdek, ayrim hollardagina bir unli, masalan, e tovushi talaffuzini ko‘rsatsa, aksariyat esa bir necha unli tavsifidan iboratdir. Shunisi ham borki, Abdurrashid at-Tataviy o‘zi qabul qilgan fonetik ishoralarni qo‘llashda chalkashliklarga ham yo‘l qo‘yadi: ba’zan “ishboli” o‘rniga “ishbosiz”36 va aksincha qaydlarni beradi.
“ فرهنگ رشیدی” Farhang-e Rašidi lug‘atida quyidagi undosh harflar mavjud: ب be, پ pe, ت te, ج jim,č چ e, ح hā-ye hotti, خ xe, د dāl, رre, ز ze, س sin, š شin,ط , ع ayn, غ ğayn, ف fe, ق qāf, گ gāf, ل lām, م mim, ن nun, و vāv, ی yāy. Bu harflarning to‘g‘ri o‘qilishi uchun ham maxsus ishoralar beriladi. Avvalo ular ikki katta guruhga bo‘linadi:
حروف محمیلهnuqtasiz harflar ح، د، ر، س، ط، ع،ک، گ، ل،م، و، ی –
حروف معجم nuqtali harflar - ب، پ، ت، خ، چ، خ، ز، ش، غ، ف، ق، ن.
Harflarning yozilishi va o‘qilishida xato bo‘lmasligi uchun deyarli hamma harflarga nisbatan abjad hisobidagi so‘zlardan ham foydalanilgan. Masalan, “tāyi qaršat”, “rāyi qaršat” deyilganda, “qaršat” tarkibidagi ت te va رre harflari, “bāyi abjad” deyilganda esa ب be harfi tushuniladi.ب be - پ pe, ج jim - چ če, ک kāf - گ gāf harflari xususida chalkashliklar mavjudligini deyarli barcha lug‘atnavislar qayd qilgan. Shuning uchun ularni ham maxsus fonetik ishoralar bilan belgilash qabul qilingan.
“فرهنگ رشیدی” Farhang-e Rašidi lug‘atida fonetik qaydlarning berilishi ushbu lug‘atga kiritilgan so‘zlarni to‘g‘ri o‘qishda qanchalik ahamiyat kasb etishi ma’lum bo‘ldi. Agar mazkur lug‘atda undan oldin tuzilgan lug‘atlardagi singari grammatik qaydlar bo‘lmaganda edi, lug‘atdan so‘zlarning tegishli ma’nolarini topib olish ham amrimahol bo‘lardi. Grammatik qaydlar so‘zlarning ma’no va ma’no nozikliklarini ifoda etishda ahamiyati katta bo‘lishini lug‘atnavislar sezganlar, shuning uchun ham forsi-ye dariy tilining eng qadimiy lug‘ati “لغت فرس” Luğat-e furs (“Forscha lug‘at”)dan boshlab, keyingi hamma lug‘atlarda izohlanayotgan so‘zlarning grammatik qaydlariga birlamchi demasak ham, har holda, muhim ahamiyat berib kelganlar. Biz tadqiq qilayotgan lug‘atdagi grammatik qaydlar boshqa lug‘atlarda ham uchraydi. Z. Umarov o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida37 Mehdiyxonning “سنگلاخ” Sanglāx (“Sanglox”) lug‘ati muqaddimasida tilga olingan grammatik qaydlarning hammasini sanab o‘tadi. “فرهنگ رشیدی” Farhang-e Rašidi lug‘atida ham xuddi o‘sha qaydlar ishlatilgani uchun mazkur dissertatsiyada keltirilgan grammatik qaydlarning mazmuni haqida ma’lumot olish uchun Z. Umarov ishlariga murojaat qilamiz.
Abdurrashid at-Tataviy o‘zining lug‘atida so‘zlarning ma’nolarini ochib berishda fors va umuman sharq lug‘atnavislarining qo‘llagan usullaridan keng foydalangan. Ularning eng muhimlarini keltirib o‘tamiz:
1. So‘zning ma’nosini sinonimlar yordamida ochib berish.
Bu usul lug‘atnavislar uchun juda qadimdan ma’lum bo‘lib, lug‘at tuzishda eng sermahsul yo‘l hisoblanadi. Bu haqda Z. Umarov shunday yozadi: “Замена синонимических определений описаниями неизбежно приводит к более пространному выражению той же семантической информации: тех же признаков, которые содержатся в синонимических толкованиях”38. Bu usul “فرهنگ رشیدی ” Farhang-e Rašidi lug‘atida ayniqsa, tushunilishi qiyin so‘zlarning ma’nosini ochib berishda keng qo‘llanilgan. Bu usuldan lug‘atda turlicha yo‘l bilan foydalanilgan:

  1. arabcha so‘zlar uchun arabcha sinonimlar berilgan: visāq-makān, dark-aql-idrāk, zarq-makr, vājib-lāzim.

  2. forscha so‘zlar shu tilda mavjud sinonimlar bilan izohlangan: yāva-behuda, kālbad-badan, dāta-lôngi.

  3. turkiycha so‘zlar shu tilda mavjud sinonimlar orqali izohlangan: jayrān-kiyik, yalin-ôt, qaršu-ôtru.

2. Qisqa tavsif usuli.
Bu usul, asosan, arabcha va turkiycha so‘zlar ma’nolarini ochib berishda qo‘llanilgan. Odatda lug‘atnavislar bu usulga sinonimlari yo‘q so‘zlar uchun murojaat qilganlar. Bir necha misol:
جلا – از وطن جدا شده
Jalā – az vatan jodâ šoda
“Ketish – vatandan ayrilish”
مستغرق – غرق شده

Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish