Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti dariy-ingliz guruhi talabasi imomov abduaziz



Download 306,5 Kb.
bet7/15
Sana20.07.2022
Hajmi306,5 Kb.
#831204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Imomov Abduaziz

Birinchi davr – XI-XIV asrlar. Bu davr lug‘atchilikning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtda lug‘atchilik markazi Xuroson va Movarounnahr bo‘lgan.
Ikkinchi davr – XIV-XIX asrlar. Bu davrda lug‘atchilik markazi Hindistonda bo‘lgan. Dehli sultonligi va alohida viloyatlarda rasmiy adabiy til fors tili bo‘lganligi sababli forscha lug‘atlarni yaratish ancha rivojlangan. Mazkur davrning o‘zini ham tadqiqotchilar uch davrga bo‘lishadi: XIV-XV asrlar – dastlabki forscha lug‘atlarning yaratilishi; XVI-XVII asrlar – uning faol rivoji; XVIII-XIX asrlar ‒ lug‘atchilik an’anasining davomi va takomillashuvi davri.
Uchinchi davr – XIX asrdan keyingi davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda lug‘atlar asosan Eronda yaratilgan.
Grammatika bo‘yicha dastlabki fikrlar o‘rta asr farhanglarida, ya’ni uning kirish va so‘z boshi qismlarida keltirila boshlandi. Forsi-ye dariy tilidagi ilk izohli lug‘at IX-X asrlarda yashagan shoir va musiqachi Abu Hafsi So‘g‘diyning “فرهنگ ابو حفصی سغدی” Farhang-e Abu Hafsi Soğdi (“Abu Hafsi So‘g‘diyning lug‘ati”) lug‘ati hisoblanadi. Ushbu lug‘at qo‘lyozmalari saqlanib qolmagan, lekin bu lug‘atdan XVII asrga qadar keng foydalanilgan. Zero, Eron lug‘atshunoslari va Hindistondagi forscha lug‘atlarning mualliflari XVII asrga qadar lug‘at manbalaridan biri sifatida bu lug‘atga havola qiladilar.
XVII asrda, aniqrog‘i 1608- yilda asli sherozlik bo‘lgan Husayn Injuning “فرهنگ جهانگیری” Farhang-e Jahāngiri (“Jahongir lug‘ati”) lug‘atida fors tili fonetikasi, grammatikasi va so‘zlar etimologiyasi masalalari birmuncha to‘laroq yoritilgan. Bundan tashqari orfoepiya va orfografiya haqida ham nazariy fikrlar bildirilgan. Shu sababli ham Husayn Inju fors tili normativ grammatikasining asoschisi hisoblanadi. Ushbu kitobda 7000 dan ziyod so‘z yig‘ilgan. Muallif lug‘at tuzish uchun o‘ttiz yil umrini sarflagan va qirqdan ortiq leksikografik manbadan foydalangan.
Burhon taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Muhammad Husayn ibn Xalaf Tadriziy tomonidan 1647-1652- yillarda yaratilgan “برهان قاطع” Burhān-e qāte’ (“Qat’iy dalil”) lug‘ati Hindistonning Haydarobod shahrida tuzilgan bo‘lib, 20 ming so‘zni o‘z ichiga oladi. Lug‘at muallifining maqsadi fors tilining izohli lug‘atini tuzish bo‘lganiga qaramasdan, unda arabcha so‘zlar ko‘proq uchraydi. Lug‘atning so‘z boshisida nafaqat fonetika, leksika va grammatikaning an’anaviy masalalari, balki sotsiolingvistik muammolarning bir qanchasi (fors tilining turli lahjalari, muallifning dariy tili34 haqidagi fikrlari) keltirilgan.
1647- yilda Hindistonning Tata shahrida tug‘ilgan Abdurrashid ibn Abdulg‘afur al-Husayniy al-Madaniy at-Tataviyning “فرهنگ رشیدی” Farhang-e Rašidi (“Rashidiy lug‘ati”) kitobida 7000 dan ortiq so‘z jamlangan bo‘lib, uni tuzish uchun foydalanilgan asosiy manba “فرهنگ سوروری” Farhang-e Sururi (“Sururiy lug‘ati”) va “فرهنگ جهانگیری” Farhang-e Jahāngiri (“Jahongir lug‘ati”) lug‘atlaridir. Kitobda so‘zlar harakatlarsiz berilgan. So‘zlarni to‘g‘ri o‘qish uchun qoidalar keltirilgan. Bu esa fors tili fonetikasi haqidagi qaydlar hisoblanadi.
1938-1955- yillarda Tehronda Ali Akbar Nafisiy tomonidan yozilgan “فرهنگ نفیسی” Farhang-e Nafisi (“Nafisiy lug‘ati”) lug‘ati chop etilgan. Ushbu lug‘at besh jilddan iborat bo‘lib, 158431 so‘zning izohini qamrab olgan, shulardan 99522 so‘z arabcha o‘zlashmalar. Kitobning ahamiyati shundaki, muallif turkiy va yevropacha o‘zlashmalar qatorini, shuningdek, so‘zlarning transkripsiyasini lotin harflarida keltirgan hamda ularning ma’nolarini lingvistik lug‘at uslubida izohlagan. Bundan tashqari, qo‘llanilgan leksika tarkibida bir qancha terminlarni uchratish mumkin. Bular ichiga fors tiliga o‘zlashgan arabcha so‘zlar ham kiritilgan. Shuningdek, bir qancha frazeologizmlar, maqol va matallar ham kitobdan o‘rin olgan.
1946-1947- yillarda Ali Akbar Dehxudo tomonidan yozilgan “لغتنامه دهخدا” Loğatnāme-ye Dehxodā (“Dehxudo lug‘ati”) 1946- yilda Tehronda muallifning vafotidan so‘ng nashr etilgan. Ushbu lug‘at ikki davr tilining (klassik til va yangi fors tili) leksikasi va frazeologizmlarini, tarixiy shaxslar, yozuvchilar va ilmiy terminlarni o‘z ichiga oladi.
Ilk grammatikaga oid qoidalar Muhammad ibn Hindushoh Naxchivoniyning 1948-1949- yillarda Tabrizda yozilgan “صحاح الفرس” Sahāh ul-furs (“Fors tilining to‘g‘riligi”) kitobining so‘z boshisida keltirilgan. Ushbu kitobda 2300 so‘z jamlangan. Muallif lug‘atlarni tuzishda orfoepik va orfografik qoidalarga rioya qilish va to‘g‘ri talaffuz qilish masalasini yoritgan.
Mashhur eronlik olim Muhammad Muinning olti jilddan iborat “فرهنگ فارسی” Farhang-e fārsi (“Forscha lug‘at”) kitobi 1964-1974- yillarda Tehronda nashr etilgan bo‘lib, kitob uch qismdan iborat: lug‘at, boshqa tillardagi so‘z birikmalar va ismlar. Ismlar qismida mashhur arboblarning nomlari, muhim tarixiy hodisalar, siyosiy va diniy oqimlar, geografik nomlar va boshqalar keltirilgan. Lug‘at qismida muallif orfoepiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Lug‘at leksika, terminologiya va frazeologiya tarkibiga kiruvchi birliklarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, mazkur bobda grammatik ishoralar, ya’ni so‘z turkumlari, fe’lning zamon shakllari va mayllari, ot va fe’l frazeologizmlari haqida ma’lumotlar keltirilgan35.
Dissertatsiya ishida XVII – XIX asrlarda yaratilgan lug‘atlarning tarkibini “فرهنگ رشیدی” Farhang-e Rašidi (“Rashidiy lug‘ati”) lug‘ati maqolalarining tahlili orqali umumiy ta’riflashga harakat qilindi.



Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish